uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Тулкин Эшбек ижодидан (https://uforum.uz/showthread.php?t=10599)

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 07:12

Азизларим! "Кувнок гаплар" туркумидан берилаётган машкларимга муносабат билдиришингизни истардим. Дастлабки сахифада маълум килганимдек, бу туртликлар 1800 дан ортикрок. Балки, сизда хам кушимча гаплар бордир?
Жавобингиз учун олдиндан ташаккур билдираман.

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 07:16

Кадрли Олимжон Рахмонкулов!
Сиз билан УзМУ Ахборот хизматида хам хамкорлик килиш ниятидамиз. Ахборот хизматимиз УзМУ бош биноси 6-каватида, 61-хонада жойлашган. Хар куни соат 15-16 лар атрофида буламан. Бошка пайт ходимамиз Малохат Ботировна кутиб олади.

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 07:26

QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Yoshlikdan yaxshi gapga o`rganmaganlar hayotda yomon gaplar girdobida qolib ketishi hech gapmas. Demak, yoshlarga chiroyli gapirishni o`rgatsak maqsadga muvofiq bo`lardi! Ish bilguncha gap bil, degan iddaoni kim qanday tushunadi, bilmadimu, biroq, dunyoviy tillarni puxta o`rganganlar hech qachon yutqazmaydi.

ADI-BADI GAP
Adi-badi aytishmanglar,
Adi-badi gap shartmi?
Kuchi – tili bilan bo`lgan
Og`zibotir zot mardmi?

ADO BO`LMAS GAP
G`iybatchining hamisha,
Ado bo`lmas gapi bor.
Gap ketidan quvlama,
Senga nima nafi bor?

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 07:28

Кувнок гаплар орасидаги айрим "кайгулирок" гаплар хазил албатта!

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 07:29

QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Shu o`rinda gap atalmish buyuk ma’naviy ne’matning yaralishi, ibtidosi-yu intihosiga nazar tashlaylik. Bilamizki, dunyo asli so`zdan yaralgan. Ollohning “Bo`l!” degan kalomidan olam, yana “Bo`l!” deganida dunyo, so`ng tog`lar, daryolar, jonzotlar, Odamato yaralgani qadimiy kitoblarda yozib qo`yilgan.

ADO QILADIGAN GAP
Ado qiladigan gap,
Ado qildi anchani.
Yana ado qilmoqqa,
Poylab yurar qanchani…

ADOVATLI GAP
Adovatli gap bilan,
Etmaysan hech niyatga.
Siring oshkor bo`lgan on,
Qolasan-da uyatga...

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 07:33

Жаннатмакон хаётимизни тараннум этувчи янги-янги бадиий асарлар укишни истардим. Бугуннинг Алпомишлари, Рустами достонлари, Тумарислари камми? Нега уларнинг образларини гузал бадиий ижодимизда курсатиб бера олмаяпмиз, деб уйга толаман.

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 23:21

QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Hozir ham biror odam gap-so`zsiz tug`ilmaydi. Ya’ni, bo`lg`usi ota-onalar ahdu-paymon qiladilar, nikoh o`qitadilar. To`ydagi tilaklar, o`lanlar. Bular har bir tug`ilajak inson hayotining ibtidosidagi buyuk gaplar! Bo`lmag`ur gaplar bilan tug`ilganlar ham kam emas. Ular “turli mish-mish bilan dunyoga kelgan”i mashhur she’rda yozilgan! Bu – g`iybat qilib yurgan nusxalarga berilgan bahodir.

ADOLATLI GAP
Haqsizlikka duch bo`lganlar,
Adolatli gap istar.
Haqiqatni so`zlangiz, deb
Hatto qozini qistar.

ADOLATSIZ GAP
Ochlikka ham chidar odam,
Adolatsiz gapga – YO`Q!
Adolatsiz gap aytsangiz,
Bolangiz ham urar do`q?!

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 23:24

Ушбу сахифада фаол иштирок этишаётган барча ижодкор дустларимга хавас билан карайман. Улар билан самимий мулокот урнатгим келади. Кулига калам тутган (яъни, замонавий калам - компьютерда ижод килаётган!) ёш хамкасбларимга ижодий парвозлар тилайман.

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 23:35

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 286683)
Цитата:

Сообщение от Tulqin Eshbekov (Сообщение 286494)
Замбаракнинг ў?идек гумбирлаган товушдан капалагим учиб кетди. ?айси аблах ўйлаб топган экан ўша “хлопушка” деган мато?ни?!

Цитата:

-=Paqildoq sotayotgan amaki-yu holalarga=-
Yo'limda portlagan paqildoq
Ovozing olamni tutadi.
Tutuni to'ldirib ko'chani
Top-toza havoni buzadi.

Bozorda sotadi berkitib
Hech qanday ta'qiqdan foyda yo'q
O'ylamas hech qachon birovni
Qo'y, unga gapirma, nafi yo'q.

Tushlik ham qilmasdan bolalar
Ko'chada portlatib o'ynaydi.
Farzandiga beparvo otalar
Tartibga chaqirib qo'ymaydi.

Qaydan keldi bu balo
Xalqimizning boshiga?
Paqildoqni sotganning
Pashsha tushsin oshiga.

Xitoydan tashiydi tinmasdan
Pulni deb ko'r bo'lgan nokaslar.
Qilayotgan ishidan uyalmay
Bolalarga sotadi pastkashlar.

Bizga tinchlik bormi, xo'sh ayting
O'zimiz yashaydigan maskanda
Paqildoq sotishni to'xtating
Yoshingiz bir joyga borganda.

Кадрдоним! Шеърингизни укиб роса яйрадим. Худди уста футболчи "пенальте"дан гол киритгандек койил килибсиз, офарин!

Tulqin Eshbekov 20.10.2009 23:38

Бугун яна ижод бустонида дийдор куришиб турганимиздан мамнунман. Сизларга омад ёр булсин.


Текущее время: 01:32. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»