![]() |
1-oktabr ustozlar va murabbiylar bayrami!
Barcha ustozlarni va barcha ustozlarimni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklayman!
Shu o'rinda Allohni tanitgan va qo'limga qalam tutqazgan Onamga, Birinchi sinf o'qituvchim Ilenova Nag'ima hozirgi kunda Qozog'iston respublikasida yashaydi, barcha maktab o'qituvchilarimga, Kasb hunar maktabidagi va Oliy o'quv yurtidagi domlalarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Maktabdagi, Kasb hunar maktabidagi va Oliy o'quv yurtidagi bugungi marhum o'qituvchilarimiz qilayotgan yaxshi amallarimizdan mamnun bo'lgay. Yana Islom qonun qoidalari va islomiy odob ahloqdan ilm bergan ustozlarimga ham alohida minnatdorchilik bildiraman! Shogirdingiz barcha koyigan, bergan tanbehlardan, ozgina bo'lsa tergab turganlaringizga raxmat! |
1-oktabr ustozlar va murabbiylar bayrami!
Paxta dalalarida xalqimizga yordam berayotgan, ustozu talabalarni, proffessor o'qituvchilar va soha vakillarini ham bu ulug' kunda muborakbod etaman. Sog'liklari pand bermay shu mavsumni yorug' yuz bilan tugatishlariga tilakdoshman. Yana bir marta yurtimizdagi ustozu murabbiylarni va shu soha vakillarini kasb bayrami bilan tabriklayman!
|
Kasb bayramingiz muborak, aziz murabbiylar va ustozlar!
:) |
Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 29 декабрдаги "Халқ таълими ходимлари кунини белгилаш тўғрисида"ги Қонунига мувофиқ октябрь ойининг биринчи якшанбаси халқ таълими ходимлари куни сифатида нишонлаб келинган. 1996 йил 27 декабрда эса "Ўқитувчи ва мурабийлар кунини белгилаш тўғрисида"ги Қонунга мувофиқ 1 октябр устозларимизнинг касб байрами сифатида расман белгиланди.
Назаримда, бу билан ушбу айём фақатгина ўқитувчилик касби эгаларининг эмас, балки бутун миллатнинг байрами эканлиги уқтирилгандек... Зеро, миллатнинг, ҳалқнинг эртаси, тараққиёти (ва ёки таназзули ҳам) азиз устозлар қўлида! Шундай экан, уларни шарафлаган сайин, қадрлаган сайин буюк келажагимизни кафолатлаб борган бўламиз ва ёки акси. Айёмингиз муборак, азиз устозлар!!! |
Butun millatning bayrami...
Цитата:
|
Цитата:
Оффтоп: Айтгандай, кимнинг оиласида яқин инсони ўқитувчи бўлса, менинг ва форумимиз аъзолари номидан табриклаб қўйиш ёдингиздан кўтарилмасин. :) |
Байрамингиз муборак устозлар! Барча кунингиз ушбу кундагидек хурсандчиликда, яхши кайфиятда утишига тилакдошмиз!
Цитата:
Оффтоп: Бизни оиламиз ҳам деярли ўқитувчилар оиласи, онам, акам, синглим, ўзим десам ҳам бўлаверади Тасаввур қилинг, онамни табриклаяпман: она, Нигора опани номидан ҳам табриклайман. -Ким у Нигора? -Модератор форумда? -Нимарум, Нимаратор? :))) -Мудиратор .. хааа, кайси районони мудири? :))) |
Форумимиз ўқитувчи ва мураббийларини, устозлик қилиб, кимларгадир оз бўлса-да йўл-йўриқ кўрсатиб келаётган барча инсонларни байрам билан табриклайман!
|
Hamma chiroyli gaplarni aytib bo'libsizlar, :) men nima desam ekan..
Eng chiroyli tabrik - yurakdan chiqqan so'z bo'lsa kerak.. Men uchun bittagina harf o'rgatgan bo'lsa ham, yoki tog'day ilmlarini barchaga quyosh nuridek beminnat taratgan barcha ustozlarimni, dunyoda mudarrislik kasbini tanlagan jamiiyki fidoyi insonlarni ushbu qutlug' ayyomlari bilan samimiy, dildan tabriklayman! |
Aziz ustoz-murabiylar!
Kasb bayramingiz muborak bo'lsin. Yaratgan ishlaringizga baraka berib, doimo o'z panohida asrasin... Bir kitobda ustozlarni charxpalakka o'xshatilganini o'qigandim. O'quvchlar esa, suvga... Biz o'quvchilarni pastdan yuqoriga chiqarib qo'yasizlar-u, o'zingiz ortimizdan kuzatib qolaverasizlar. Sizlar yuqoriga chiqargan suvlarning bir qismi yerga singib ketsa, qolgan qismi ekinlarning joniga oro kiradi, tabiatni gullatadi, olamni yashnatadi, rivojlantiradi. Gurkiragan tabiat, olam esa unga yetkazilgan suv qayerdan kelganini ba'zida biladi, ba'zida esa yo'q... Charxpalak esa tinmay aylanaveradi, aylanaveradi... Hurmatli ustozlar! Jamiyatimizni ma'rifat va ziyo ila sug'oradigan kishilar yetkazib berishda charchamang... Sizning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz ortida millat, jamiyat mas'uliyati turadi. Ushbu mas'uliyatni dildan his qilib yuritadigan faoliyatingizda Alloh hamisha madadkor bo'lsin! |
Текущее время: 18:38. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»