uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Nigora Umarova 13.06.2008 10:15

Hurmatli Hasan G'ulomov va Behzod Sulaymonov!
Bahru bayt qoidasi asosida she'r aytishga kelishib olgandik. Qoidaga rioya qiling. :-)

Qoidaga asosan, Sizdan oldingi xabarda qoldirilgan she'r qaysi harfda tugagan bo'lsa, Siz shu harfda boshlanguvchi she'rni yozib qoldirishingiz kerak.

Ogohlantirganim uchun uzr so'rayman...

Nigora Umarova 13.06.2008 10:21

Necha dedim ul sanamg'a: bormog'in,
Qilmadi ul tark oxir bormog'in.
Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi, tishlab bormog'in.

Alisher Navoiy

Akhmad Kodirov 13.06.2008 12:39

Nuhda kezin Hud yalovoch bo'ldi uch yuz yil kechib,
Yurir erdi ko'p xaloyiqdin,sha'riatdin qochib.
Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning yorlug'in,
"Sakkiz ujmoqqa keeling",teb haqni botildan sijib.
Rabqa yozib,yo'ldan ozib,sunmadin ding'a bo'yun,
Haqg'a tonib,xalqg'a yonib,butg'a sig'inib,xamr ichib.


Burhonuddin Rabg'uziy

Nigora Umarova 13.06.2008 14:03

Bog'larga namozgar
Salqini tushdi.
Gullar nam bargini
Qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar
Tog'lardan pastda,
Loladek qip-qizil
O't shafaq o'chdi.

Usmon Nosir

Akhmad Kodirov 14.06.2008 08:41

Ishongin sen mening muhabbatimga
Mening muhabbatim buyukdan buyuk
Bovar et va lekin ushbu gapimga
Dilimda nafrat ham buyukdan buyuk

JET 14.06.2008 11:45

Extirosga limmo-lim qalbim
To’lib bo’lgan orzu muhabbat
Beixtiyor pichirlar qalbim
Yolg’iz seni sevaman faqat
Yuragimdan otilgan nido
Orzularim bo’y cho’zdi qat-qat
Tog’lar berdi shunday aks-sado
Yolg’iz seni sevaman faqat...

Оффтоп:

(istochnik http://sheriyat.vo.uz)

xurlixan 16.06.2008 11:19

Оракшылар

Tууган жерлерин сагынып,
Кайгыдан хайкел тагынып,
Хал сорасканга жагынып,
Кайгыда жур оракшылар.

Оскен жерине жете алмай.
Жумысты таслап кете алмай,
Аскар кумлардан оте алмай,
Кайгыда жур оракшылар.

Ауылга аман кайткайсыз,
Балаларынды кууанткайсыз,
Душпанларды мунайткайсыз,
Хош, аман бол, оракшылар.

Ажинияз шайыр.

Nigora Umarova 16.06.2008 15:50

Rishtai jonim sanga bog'liqdur, o'ltur bir zamon,
Kim, erur qo'pmoq hamonu rishtani uzmak hamon.

Fahm etar yaxshi yomon vasling manga tegmasnikim,
Yaxshilardin yaxshisen sen, men yamonlardin yamon.

Vasli no'shi lazzatin so'rdung, javobni ne deyin,
Menki hijron neshidin bir lahza topmasmen amon.

Ashk uza qolqir zaifu zor jismim ohdin,
Tund yel tahrikidin andoqki, bahr uzra samon.

Eldin o'lmishmen ramida ani rom aylay debon,
Lekin ul yor elga rom, ammo erur mendin ramon.

Bu fano dayrida har damkim o'tar, tut mug'tanam,
Kim, yana bir damg'acha mumkin emas bo'lmoq zamon.

Ey Navoiy, davr agar budur, meni mast etkali
Sen to'la quykim, men aning sofu durdin tolg'omon.

Alisher Navoiy

Vasliddin Tuychiev 16.06.2008 17:08

Ne ko'ray to'bini qaddi xushxiroming borida,
Ne qilay sunbulni hatti mushkfoming borida.

Kim Xizr suyin og'izlag'ay labingning qoshida,
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida.

Oshiqingni davlatin vasling bila qil muhtaram,
Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.

Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani,
Bizni ham gohe sog'in shurbi mudoming borida.

Ey ko'ngul, gar g'ayr so'zi zahri qotildur, ne g'am,
Lablaridin sharbati yuhy-il izoming borida.

Tarki nomus aylabon badnom bo'lg'il ishq aro,
Kim seni oshiq degay nomusu noming borida.

Bobur ul gul ko'yida bulbul kibi topting maqom,
Bir navoye rost qil mundoq maqoming borida.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Nigora Umarova 16.06.2008 17:23

Ashraqat min aksi shamsil -ka'si anvorul xudo,
"Yor aksin mayda ko'r" deb, jomdin chiqdi sado.

G'ayri naqshidin ko'ngul jomida bo'lsa zangi g'am,
Yo'qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g'amzudo.

Ey, xush ul maykim, anga zarf o'lsa bir singg'an safol,
Jom o'lur getiynamo, Jamshid, ani ichkan gado.

Jomi may gar buyladur, ul jom uchun qilmoq bo'lur,
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.

Dayr aro hush ahli rasvo bo'lg'ali, ey mug'bacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.

Toki ul maydin ko'ngul jomida bo'lg'ach jilvagar,
Chehrai maqsudi mahv o'lg'ay ham ul dam moado.

Vahdate bo'lg'ay muayassar may bila jom ichrakim,
Jomi may lafzin degan bir ism ila qilg'ay ado.

Sen gumon qilg'andin o'zga jomu may mavjud erur,
Bilmayin nafyi etma bu mayxona ahlin, zohido.

Tashnalab o'lma Navoiy, chun azal soqiysidin,
"Ishrabu, yo ayuhal-atshon" kelur har dam nido.

Alisher Navoiy


Текущее время: 14:19. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»