![]() |
Цитата:
Ibrohim Yusupovning ajoyib she'rini keltiribsiz, biroq mushoiramiz bahri bayt tarzida ketmoqda. Oxirgi aytilgan she'r misrasi qaysi harfda tugasa, keyingi keladigan she'r shu harf bilan boshlanishi kerak. ;-) |
SINFDOSH QIZ
Tegib ketdi, sinfdosh qiz, tegib ketdi, Egilmagan qaddimizni egib ketdi. Yurar edik orqasidan to’dalanib, Bittamizga tegmadi-ya, tegib ketdi. - Kokillari biram unga yarashardi, Bir o’zini qirqta bola talashardik. Kattalar ham suqi bilan qarashardi, Bir kunda ming janjallashib, yarashardik. - Qirq kokilga qirqta oshiq osilgandik, Qirqilmagan sochlariday sochilgandik. Maktabdagi to’polonchi oshiqchalar Uni korsak o’sha fursat bosilgandik. - O’sma qo’ygan qoshlariga termulardik, Ko’zimizni uzmas edik partasidan. Bir bor qiyo boqsa agar kerilardik, Sochlarini o’ynar edik orqasidan. - Qizlar o’zi tengqurlarni teng ko’rmaskan, Sinfdosh qiz sevganiga sir bermaskan. Endi bilsam, qiz boladay shum bo’lmaskan, Bilmam nelar yuragiga tugib ketdi. - Sinfdosh qiz singildayin bo’lar ekan, Ko’rganingda ko’ngling tog’day to’lar ekan. “Sizga tegsam kimdir hafa bo’lar ekan”, Ketar payti sirlarini berib ketdi, Uyalgandan boshlarini egib ketdi. - Qirqta oshiq qirg’ovulday qolib ketdik, Ketar bo’ldi ko’ngil berib begonaga. Sinfdosh qiz dilga armon solib ketdi, Ko’rar bo’ldik yozganini peshonaga. - Tegib ketdi, sinfdosh qiz tegib ketdi, Egilmagan qaddimizni egib ketdi. Yurar edik orqasidan to’dalanib, Bittamizga tegmadi-ey, tegib ketdi. |
Raxmat Nigora opa!
O'yin shartini buzganim uchun uzr surayman!:dash2: |
Илож канча: гап мундок,
Хайрон этган вазирлар: "Эсини епди-деб-бизнинг Шер!" Хоним ётган эшикка, Муралашди ховлика... А.С.Пушкин "Шох Салтан хакида эртак" |
Ajab, sershovqin dunyoga atay cho'kar sukunat,
Yigitlar qalb ochsa bizga, qor uchqunlab turganda. O'y-rejalar qushlarining to'dasiga otar tosh, G'am-tashvish yo'q rizqi-ro'zga, qor uchqunlab turganda. Halima Xudoyberdiyeva |
Arzimni aytay bodi sabog'a,
Yetkursa holim ul dilrabog'a. Qilsa xudoyim ko'nglim muloyim, Rahm aylag'aymu man mubtalog'a? Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla, Borsam ko'yiga, miskin gadog'a? Dedi raqiblar yorni yomonlab, Soldi judolig', naylay arog'a. Ko'nglumda yo'qdur zarra gumonim, Kimki yomondur, soldim xudog'a. Holimni aytsam, yorim inonmas, Emdi kuyubman yavmuljazog'a. Yorsiz kishini firdavsi yo'qdur, Suydim sanamni, qoldim balog'a. Dushmanlarni nozu niamda Parvarish aylab, soldi g'inog'a. Do'stini yorim ranju alamda Qo'ydi el ichra javru jafog'a. Miskin Huvaydo sabru tahammul Aylab hamisha yig'lar xudog'a. Xo'janazar Huvaydo |
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi,ayo do'stlar,
Bu dunyo deb, u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku. Uning gulzorida bulbul o'qib qon ayladi bag'rim, Ko'zimdan yoshni jo' aylab, alamlar ichra botdim-ku. Qalandardek yurib dunyoni kezdim,topmayin yorni, Yana kulbamga qayg'ular, alamlar birla qaytdim-ku. Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim, do'stlar, Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku. Cho`lpon |
UL SANAM UYQUDADIR
Ul sanam oromijon uyqudadir, Sochlari to'zg'in, boshi parqudadir. Oq harir ko'ylak yarashmish, voajab, Bu qiyofa ehtimol ma'budabir. Uxlasin rohatlanib debmu sabo, Yo atay yeru samo osudadir. Lablarin qimtib qo'yar goh to'lg'onib, Balki tush ko'rgay, shirin tuyg'udadir. Tong chog'i chiqmish tomoshaga quyosh, Yoki shundan nur ko'zi kulgudadir. Kim uni bezovta qilsa beyurak, Vaqti yetmay uyg'otish behudadir. Uyg'onib noxush javob etmasmi deb, Bu ko'ngil xavfu xatar - qo'rquvdadir. Uyg'onish paytini ko'zlaydir Mo'min, Vasliga yetmak asil orzudadir. |
Расгойсен шынын айткан анкылдак,
Сахрайысан катты дауыс шанкылдак, Жалган сойлеп жагыныуды билмейсен, Бирак сен дым жакынсан-ау жаныма. И.Юсупов."Ана тилиме" (Коракалпок тилида.) |
Цитата:
|
| Текущее время: 11:01. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»