uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Vasliddin Tuychiev 16.05.2008 13:03

(Erkin Vohidovdan)

Shoirlarni sevasiz ammo,
Injenerga tegib ketasiz.
Injener ham qoldi modadan,
Endi kimni bahtli etasiz?

Balki sizga biznesmen alo,
Olimga-ku endi tegmaysiz.
Yo istaysiz "manman" amaldor,
Ammo unga boyin egmaysiz.

Hazilimni ko'ngilga olmang,
Ato etsin munosib hamdam,
Gaplarimga etibor bermang,
Muhimi u bo'lsin bir ODAM.

Aziza Abdunabiyeva 19.05.2008 14:17

Men bilaman, endi unga keragim yo'q,
Lekin ortga yarim yo'ldan qaytolmayman.
Endi unga aldanguvchi yuragim yo'q,
"Yuragim yo'q" deb o'ziga aytolmayman.

Men bilaman, u menga munosib emas,
Bari yolg'on menga aytgan so'zlarining.
Lek ne qilay hech bosilmas hayajonim,
Ko'rsam uni, sehri bormi ko'zlarining?

Men bilaman bu maftunkor so'zlarini,
Takror aytgan yana qancha go'zallarga.
Yo'llarida uchratgan hur qizlarining,
Madhin bitgan qancha-qancha g'azallarga.

Ha, men xabardorman, bilaman barin,
Lek baribir umidga mahkum bo'laman.
Qalbda ardoqlayman ushbu ilinjni,
Yo'qsa uni ko'rishdan mahrum bo'laman.

Qalbim ham, ko'nglim ham, dilim ham bo'm-bo'sh,
Unga bor-budimni ato qildimmi?
Aybim nima, aybim nima xo'sh?
Yoki uni sevib xato qildimmi?
O'zing aytgin, sevib seni xato qildimmi?



Aziza To'lqin qizi

xurlixan 19.05.2008 14:43

Мошинани расмини,
Укам котириб солибди.
Лекин ушбу расмга,
"Икки" бахо олибди.
Нега "икки" олганин,
Мен кейинрок билдим,
Дафтари экан да бу,
Коракалпок тилининг. (хазил шеър)
Амекбай Хакимбаев

Sparc 19.05.2008 14:56

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 99479)
Meni men istagan suhbatig'a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatim pisand etmas.

Ne bahra topqamen ondinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahraye ondin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu hoshxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.

Kerak ul chobuki qotilvashi majnunshiorimkin,
Buzug' ko'nglimdin o'zga yerda javloni samnd etmas.

Ko'ngul uz charxi zolidin, firibin yemakim oxir,
Ajal sarishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.

Ul oy o'tlig' yuzin ochsa, Navoiy tegmasin deb ko'z,
Muhabbat tuxmudin o'zga ul o't uzra sipand etmas.

Alisher Navoiy

Газалнинг бошида бироз ноаниклик бор, янглишмасам бундай булиши керак


Мени мен истаган уз сухбатига аржуманд этмас,
Мени истар кишининг сухбатин кунглим писанд этмас.

Sparc 19.05.2008 14:59

Цитата:

Сообщение от Sanjarbek Rizoqulov (Сообщение 100594)
Orazin yopqoch ko`zindin to`kilur har lahza
Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lgach quosh.

ko`zindin= кузимдан
har lahza= har lahza ёш
quosh=куёш

Nigora Umarova 19.05.2008 17:21

Цитата:

Сообщение от Sparc (Сообщение 101907)
Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 99479)
Meni men istagan suhbatig'a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatim pisand etmas....


Alisher Navoiy

Газалнинг бошида бироз ноаниклик бор, янглишмасам бундай булиши керак


Мени мен истаган уз сухбатига аржуманд этмас,
Мени истар кишининг сухбатин кунглим писанд этмас.

Tahrir uchun rahmat, to'g'riladim... Fikrni shoshib bayon etganda bo'lib turadi.

Sanjarbek Rizoqulov 20.05.2008 12:40

Цитата:

Сообщение от Sparc (Сообщение 101908)
Цитата:

Сообщение от Sanjarbek Rizoqulov (Сообщение 100594)
Orazin yopqoch ko`zindin to`kilur har lahza
Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lgach quosh.

ko`zindin= кузимдан
har lahza= har lahza ёш
quosh=куёш

Rahmat tahriri uchun, haqiqatda juda qo`pol yozgan ekanman.

Masud Mahsudov 20.05.2008 18:04

Гуллaрнинг муaттaр ҳидлaрин туйдим,
Сув ичдим булоқдaн тaмшaниб, қониб.
Исмингни кўкракка яшириб қўйдим,
Сeвишни мeн сeндaн ўргaндим ёниб.

Энди бошқaчaдир олaм кўзимгa,
Кaмaлaк рaгидa ўзгaчa жило.
Итоaт этибон юрaк сўзимгa,
Сeвишни ўргaндим, дилдaн қувониб.

Кўклам ҳар нафаси енгил нақадар,
Қуёш нурлaридaн тўлқинлaнaр дил.
Бу баҳор қалбимни ўзгача ўртар,
Сeвишни ўргaнди бу aжиб кўнгил.

Тилaгим ҳaммaгa: сeвсин, сeвилсин,
Бaғишлaб диллaргa мeҳр, зиё, шуур,
Жудa кўп нaрсaни тушундим бугун,
Ишқингни бeргaнинг учун тaшaккур!!!


Firdavs

Sulhiya Gaziyeva 21.05.2008 20:43

Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yunus Emro


Nigora Umarova 22.05.2008 15:09

Inson fe'li ajabdan ajab,
Yo'qdir unga mezonsiz olam.
Yulduzlarni o'lchar botmonlab,
Qarichlaydi cheksizlikni ham.

O'zi ega, o'zi qul mangu,
O'zi topgan aqidalarga.
Ne dey, hatto mangulikni u
Bo'lib chiqqan daqiqalarga.

Daqiqadan soatlar yig'ib,
Kunlar tuzib oy jam qiladi.
Yig'lamaydi umr o'tdi deb,
Yil o'tdi deb bayram qiladi.

Ko'paysa-da ajinlar harchand,
Oqarsa-da yillardan boshi,
Quvonadi - ko'paydi farzand,
Sevinadi - ulg'aydi yoshi.

Bu tugamas orzu-havasda
Bor umidbaxsh imonga asos.
Inson o'lmas.
Asta va asta
Farzandlarga o'tadi, xolos.

Erkin Vohidov


Текущее время: 10:43. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»