| Norbek Toshniyozov |
20.11.2009 18:00 |
Nadejdaxon, Siz sanayotgan muammolardan albatta ko`z yumib bo`lmaydi! Ammo bu degani avtotarnsport sohasidagilar odamlarga muammo yaratish bilan shug`ullanayapti, degani emas-ku! Axir keyingi yillar ichida bu sohada qanday o`zgarishlar bo`lganini, qanday ulkan islohotlar olib borilganligini anglab olish ushun olim bo`lish shart emas, nazarimizda. Iltimos qilardim-ki, masalaga ana shu nuqtai nazardan qarab, yana bir bor o`zingizga savol berib ko`ring — Siz sanayotgan muammolar borgan sari ko`paymoqdami yoki kamaymoqdami? Agar ko`payayotgan bo`lsa unda har qancha noroziligingizni bildirsangiz haqsiz. Ammo oz bo`lsada kamayayotgan bo`lsa, oz bo`lsada ijobiy jihatlar ko`zga tashlanayotgan bo`lsa, keling, birgalashib ana shu yutuqlarni yanada mustahkamlashga harakat qilaylik! Ko`chaning gapi bilan emas, aniq va asosli takliflar bilan ularga yordam beraylik!
So`zlarim Sizni ranjitib qo`ymaydi degan umiddaman!
|