uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Колледжи и лицеи (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=411)
-   -   Kollej va litsey tabaqalanishiga sabab (https://uforum.uz/showthread.php?t=8604)

Murod Sadikov 24.07.2009 12:43

Цитата:

Сообщение от Javohir Mahmudjonov (Сообщение 249783)
Haqiqiy Sardor(lider)dek faol bo'ling!!! Sizga omad

Javohir, хамма гаплариззи йиғиб, битта қилиб ёзинг. Мавзу очгансизку, ўша ёққа ёзинг! :)

Javohir Mahmudjonov 02.08.2009 17:31

Цитата:

Сообщение от Murod Sadikov (Сообщение 250106)
Javohir, хамма гаплариззи йиғиб, битта қилиб ёзинг. Мавзу очгансизку, ўша ёққа ёзинг!

albatta taklifingizni inobatga olaman!

Ulugbek Pulatov 29.08.2009 16:37

Цитата:

Сообщение от Maxmudov Bekzod (Сообщение 200456)
Hozirgi kunga kelib kollej va litseylar orasida tabaqalanish juda keng tarqalgan.Misol uchun Qishloq xo'jaligi kolleji va Diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyini olaylik,ular o'rtasida katta tafovut borga o'xshaydi .Lekin aslida ular bir-xil davlat tomonidan qurilgan.Ammo hozirgi kungi yoshlarning ongida yuqoridagi kollej va litseylar orasida juda katta farq bor degan tushuncha singib qolgan. Ho'sh bunga sabab nima deb o'ylaysiz?:cray:

Menimcha oq'uvchining qayerda ta'lim olayotgani emas qanday ta'lim olayotgani muhim. Muhimi o'zi tanlagan kasbni yaxshi egallasa bo'lgani.

Nigora Tursunova 03.09.2009 18:22

Цитата:

Сообщение от Maxmudov Bekzod (Сообщение 200456)
Hozirgi kunga kelib kollej va litseylar orasida tabaqalanish juda keng tarqalgan.Misol uchun Qishloq xo'jaligi kolleji va Diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyini olaylik,ular o'rtasida katta tafovut borga o'xshaydi.

sizni ongizgizda xam shunaqa fikr o'rnashib qolgan.

Kollej bilan litseyni farqi bor-ku.

Kahramon Jalilov 24.09.2009 22:44

Biz o'qigan davrda litsey nomi juda obro'li va juda hurmatli joy tariqasida qabul qilanardi, chunki e yerda (qishlog'imizda) juda ham kuchli o'qituvchilar va bilim berish darajasi juda yuqori edi va buning natijasi o'laroq u yerni bitirgan o'quvchilar 70-80% i oliy ta'lim maskan talabalariga aylanar edilar. Hozirgi kunda esa kollejlar soni ko'payishi va o'quvchilar soni kamligi sababli bu o'quv maskanlarida 9-sinfgacha o'qish joriy etilgan, ammo 9-sinfni bitirgan aqlga to'la o'quvchilarimiz hozirgi kunda ayanchli holatlarni ko'rsatayotgan kollejlariga o'qishga kirib ketishmoqda va bu bilan oz-muncha saviyalariga ta'sirni kuchaytirishmoqda!!! Litsey baribir kollejlarga nisbatan bilim berish darajasi kuchli hisoblanadi menimcha!!!

Akmal 02.10.2009 18:39

Лицейларда билим бериш даражаси анча яхши, лекин охирги йиллардаги 1 август куни бўладиган ўйинлар лицей берадиган илмни ҳам йўққа чиқараяпти. Шундай бўлгандан сўнг баъзида коллежга кириб қўйган мақул бўлса керак деб ўйлаб қоламан.

Umida Yusupova 03.11.2009 21:41

Litseylar nisbatan yaxshi bilim beradi agar ular ayrim maktab yoki kollejlarga solishtirilsa. Lekin ixtisoslashgan fanlari maktabdan juda farq qiladi(har holda men o'qigan maktabdan). Ya'ni litseyda, mening fikrimcha, institutga kira oladigan bilimlarni egallay olmaysan. Aksincha maktabda olgan narsa ham esdan chiqib, 9 yillik mehnat bir pul bo'ladi. Kamiga bir yil ortig'i bilan vaqtingni bekor o'tkazishing kerak.

Alishertuitff 12.12.2009 16:36

Masofa.uz
 
Masofa.uz yangi sayt akademik litsey va kasb hunar kollejlari talabalari uchun.kelajakda yanada mukammallashtirmoqchiman, iltimos fikrlaringni bildiringlar: http://www.masofa.uz.


Umida Shodiyeva 12.12.2009 22:42

Цитата:

Сообщение от Umida Yusupova (Сообщение 295548)
litseyda, mening fikrimcha, institutga kira oladigan bilimlarni egallay olmaysan. Aksincha maktabda olgan narsa ham esdan chiqib, 9 yillik mehnat bir pul bo'ladi. Kamiga bir yil ortig'i bilan vaqtingni bekor o'tkazishing kerak.

Kechirasiz-u... Unda litseyda nega o'qiyapsiz?!(1 yil bekorga vaqt yutkazib.)
Keyin, 9 yillik narsani esdan chiqishi yoki, chiqmasligi insonni o'ziga bog'liq(harakatiga, tirishqoqligiga, o'ziga ishonishiga), xususan litseydagi bilim bilan oliygohga kirish ham...

ElyorTB 20.12.2009 23:56

Цитата:

Сообщение от Umida Yusupova (Сообщение 295548)
Ya'ni litseyda, mening fikrimcha, institutga kira oladigan bilimlarni egallay olmaysan. Aksincha maktabda olgan narsa ham esdan chiqib, 9 yillik mehnat bir pul bo'ladi. Kamiga bir yil ortig'i bilan vaqtingni bekor o'tkazishing kerak.

Albatta bu sizning fikringiz. Ammo, masalan men shu mavzuning boshida gapirilgan litseyning ya'ni JIDU qoshidagi Shayxontohur akademik litseyining 3-kursida tahsil olaman. Ko'pchilikka ma'lum bo'lsa kerak, bilim saviyasi. Oliy o'quv yurtiga kirish uchun, bizning o'qituvchilar berayotgan bilim yetarli darajada. Faqatgina o'quvchidan faollik, qiziqqonlik, harakat kerak. Hulosa o'zingizdan.


Текущее время: 22:16. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»