Masud Mahsudov |
31.10.2010 13:00 |
Цитата:
Сообщение от Alisher Ishmatov
(Сообщение 471961)
Яхши савол.
Назаримда бунга бир неча нарса сабаб.
Биринчидан чоп этилаётган китоблар сони кам, сифати эса паст. Мисол тарикасида Узбекистонда бир йилда 1000 га якин номда китоб чоп этилса, Европанинг баъзи мамлакаталарида, бир кунда 2000 мингта китоб нашр этилади ...
|
Assalomu alaykum
Chop etilib bo'lgan asarlarimizni o'qishsa ham katta gap... Kutubxonlar to'la kitob, a'zo bo'lishsa, bemalol o'qish imkoniyati bor. Lekin unday qilmay qo'yishdi yoshlarimiz...
Цитата:
Ёшлар чет эл китобларини укимайди, бу учун таржимонлар армияси китобларни таржима килиши керак ва жахон адабиётининг энг яхши асарларини мактаб дарсликларига (хрестоматия сифатида) киритиш керак.
|
Tarjimonlarning rag'batlantirish darajasi qay ahvolda, avvalombor mana shunga e'tibor qaratish kerak emasmikin? Yaxshi, tajribali tarjimonlarni bilaman, ko'p suhbatida bo'lganman. Gaplaridan shuni angladimki, ularni moddiy va ma'naviy qo'llab turmasak, tarjimaga qo'l urishmaydi, urisholmaydi...
Цитата:
Ёзувчиларимиз уз устида купрок ишлашлари керак. Яъни бир асарни ёзиш учун тарихни урганиш керак.
Ёшлар китоб укийди агар у кизик булса, Гарри Потерми ёки бошкаси. Ва албатта оилада ва мактабда китобга эътибор катта булиши керак.
Бу хали масаланинг факат бир тарафи ...
|
Fikrimcha, yozuvchilik maktabimizni takomillashtirishimiz kerak, o'zbek filologiyasi, jurnalistika fakultetlariga xalq yozuvchilarimizni jalb qilishimiz kerak, talabalarda bunga qiziqish uyg'ota bilishimiz kerak...
Umuman olganda esa, "nega kitob o'qimay qo'ydik?" degan savolga "yoshlarimiz ma'naviyatini nega o'yalamay qo'ydik?", "Nega oila tarbiyasida badiiy adabiyot o'rni deyarli yo'q?", "Nega seriallarga o'rganib qoldik?", "Nega dinimizni o'rganishga e'tibor past?", "Nega maktablarda adabiyot to'garaklari tashkil qilinmay qo'ydi?"... degan minglab savollar bilan javob berish kerakmikin, deb o'ylanib qoladi kishi...
|