uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Nigora Umarova 28.04.2008 17:55

Rab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo?
Odamlarda na shafqat bor, na mehru vafo.
Yigitlarda odob yo'qdir, qizlar hayosiz,
Xotin zoti kun o'tkazmas bir mojarosiz.
Qo'yib bersa el bir-birin o'yar ko'zini,
Ovboshilar esa faqat o'ylar o'zini...
Dunyo oxir, birodarlar, yo'q endi hayot.
Kuni kecha tamom bo'ldi oxirgi mamont..."
Qadim ajdod o'kinch bilan cho'kib soyaga,
Bu so'zlarni cho'kich bilan yozdi qoyaga.

Erkin Vohidov

Abduganiyev Murod 28.04.2008 18:29

Agar sevgi gunoh bo'lsa
Demak menda gunoh bor
Ul gunohdan xabardor
Faqat bittta guvoh bor
Ul guvohim aytolmas
O'zgaga sirin oshkor
Chunki uning o'zi ham
Xuddi menday gunohkor.
(No name)

Anvar Latipov 29.04.2008 11:19

Rauf Parfi degan bir odam -
Ko'zoynakli, sochi oq darvish.
Og'ir-og'ir bosadi qadam,
Yelkasida uxlab qolgan qish.

Rauf Parfi degan bir osmon -
Og'riq -yulduz charaqlab turar.
Kahkashonmas,dardli bir doston
Ko'kda tig'dek yaraqlab turar.

Rauf Parfi degan bir daryo -
Shovullaydi tinmay hamisha.
Sahrolardan qochib chanqog'in
Qonndiradi tunda binafsha.

Rauf Parfi degan bir daraxt -
Yaproqlari za'far, sarg'argan.
Quyosh esa uning shoxidan
Har kun uchib tushayotgamn barg...

Xurshid Davron

Sanjarbek Rizoqulov 29.04.2008 11:29

Rahmat anchadan beri kutayotgandim "G' harfida tugashini. Axir, bu mening eng sevimli she`rlarimdan biri-da.

Go`daklikdan ma`lum har odam
Bola boshdan degan gap to`g`ri
Maboda men shoir bo`lmasam
Bo`lar edim bezori o`g`ri.

Jikkakina sho`x bola edim
Tengdoshlarim ichra qahramon
Qaytar edim ko`chadan doim
Burnim pachoq. usti-boshim qon

Qo`rqib ketgan onam qoshida
Derdim tutib o`zimni mahkam
Hechqisi yo`q yiqildim toshga
Ertagacha qolmas o`rni ham.

Yillar o`tdi, ketdi bolalik
Nihoya yo`q armonlarimga
Yoshlikdagi jo`shqin olovlik
Ko`chdi she`ru-dostonlarimga

Bolalaigim hamon qolmagan
Hamon baland, o`tli ko`kragim
Bolalikda burnim qonagan
Bugun esa qondir yuragim.

Mendan kulgan to`da qoshida
Tutib deyman o`zimni mahkam
Hechqisi yo`q yiqildim toshga
Ertagacha qolmas o`rni ham

Sergey Esenin
(Yoddan yozdim, xatosi bo`lsa, uzr)

Ra`noxon Xo`jaeva 29.04.2008 12:21


Men sizni o`ylayman shomu saharda,
Ona, sog`insam ham bora olamayman,
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmayman.


Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O`z do`stim uyiga ko`mildi sevgim,
Kun bo`lib ko`ksimni kuydirdi nafrat.


Boshimdan o`tgani ko`kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men –zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…


Mana, men ketayapman tosh yo`lda ko`zim,
Qadamim moshinlar yo`rg`asiga mos.
Yig`lasam yupatib o`zimni o`zim,
Pishqirib qo`yaman toychoqlarga xos.


Va sizni o`ylayman shomu saxarda,
Ona, sog`insam ham bora olmasman.
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmasman…


Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sog` bo`ling deb,
Sog`ingan o`g`lingiz – Muhammad Yusuf.


MUHAMMAD YUSUF

Akhmad Kodirov 30.04.2008 09:50

Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig’, yashil.

Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo’ldi naming rangidin devon qizil, sorig’, yashil.

Alisher Navoiy

Nigora Umarova 30.04.2008 10:08

Lahzaga joyladim million yillarni -
Yuragimga kirdi qo'rqinch vahima:
Tog'lar osmonotar to'lqinlar kabi
Yugurib borishar cheksiz sohilga.

Lahzani milliard yillarga cho'zdim -
Qalbimni qamradi karaxtlik, hayrat:
Tog'lar tizmasida qotdilar to'zg'in -
Horigan to'lqinlar qoldilar yayrab.

Shunday o'yin topdim ermakka bu dam,
Jonimdan o'tkazdi hayot maromi:
Netay, tog'lar mustar turgani - turgan,
Netay, dengizlarning yo'qdir oromi.

Usmon Azim

Akhmad Kodirov 30.04.2008 12:07

Ibrohimning haq qardoshi Hozar o'g'li erdi Lut,
Yorlig' ko'p telim yillar quvonib o'zi birla turdi Lut.
Jabroil keldi yalavochliq tegurdi mavlodin,
Yorlig' eshitib kuch keturdi ev tarkak bordi Lut.
Tab qiling,butg'a tabunmang, bot keeling imong'a teb,
Qirq yil emgab to'ng, arig'siz kofir aro turdi Lut.
Ancha tenglik bo'ynag'uning biri yo'lg'a kirmadi,
Qazg'uluq bo'lub umid kesdi ulardin erdi Lut.
Bir yaratg'an haqg'a yondi yolborib, qildi duo,
Jabroil qanit to'qindi, qirdi Olloh, ko'rdi Lut.

Burhonuddin Rabg'uziy

Nigora Umarova 30.04.2008 12:16

Toki bo'lsin muvozanat unda paydo
Qo'yib chiqdim kitob ichra tumorlarni,
Kim ilohiy nina bilan uni tiksa,
Darddan xalos aylagay u bemorlarni.

Yoxann Volfgang Gyote

Sanjarbek Rizoqulov 30.04.2008 14:14

Iymoni pok, yorug` yuzli yuzga kirib
To`ylar qilib elkasidan tog` tushsin
Har kimning ham so`nggi safar oldidan
O`z bolasi qo`lida tuproq tushsin


Текущее время: 15:27. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»