uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Школы (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=409)
-   -   O'qituvchilarni qiynayotgan muammo - Qog'ozbozlik! (https://uforum.uz/showthread.php?t=5882)

Shahodat 04.02.2012 22:20

Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 687686)
Buyruq berayotgan menmi, yoki uni so`zsiz bajarayotgan senmi aybdor?

Hammasi.

Hero 06.02.2012 08:24

Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 687686)
"Buyruq berayotgan menmi, yoki uni so`zsiz bajarayotgan senmi aybdor?".

Bu fikriz bilan siz raxbarning ham buyruqlarini ayrimlarni chetlab o'tish kerak demoqchimisiz?

Ustoz 06.02.2012 15:45

Цитата:

Сообщение от Hero (Сообщение 688139)
Bu fikriz bilan siz raxbarning ham buyruqlarini ayrimlarni chetlab o'tish kerak demoqchimisiz?

Bizning ta`lim sohasida juda ko`pini :) . Albatta bu hazil, mana masalan menga ortiqcha narsa qilish aytilmaydi, ba`zan kerak bo`lib qolsa odamgarchilik yuzasidan o`zimga aloqasi bo`lmagan ishlarni qilaman, ammo buyruq orqali emas, menga taalluqli bo`lgan narsa uchun esa buyruqning keragi yo`q, shundoq ham bajaraveraman (navbatchilikka kelsak, bu ahmoqona buyruqni faqat ma`muriyatning iltimosiga ko`ra bajaraman).

Shahodat 06.02.2012 21:13

Цитата:

Сообщение от Hero (Сообщение 688139)
Bu fikriz bilan siz raxbarning ham buyruqlarini ayrimlarni chetlab o'tish kerak demoqchimisiz?

Ha, chunki biz demokratik davlatda yashaymiz. Bizning asosiy qonunimiz Konstitutsiymiz. Undan tashqari O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi bor. Agar rahbar qonuniy bo'lmagan ish sizga buyurgan bo'lsa uni chetlab o'tishga haqlisiz.
Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 688342)
kerak bo`lib qolsa odamgarchilik yuzasidan o`zimga aloqasi bo`lmagan ishlarni qilaman

Bunday holatlar o'z vijdoningizga ko'ra bajarasiz.

Hero 07.02.2012 08:32

Цитата:

Сообщение от Shahodat (Сообщение 688493)
Ha, chunki biz demokratik davlatda yashaymiz. Bizning asosiy qonunimiz Konstitutsiymiz. Undan tashqari O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi bor. Agar rahbar qonuniy bo'lmagan ish sizga buyurgan bo'lsa uni chetlab o'tishga haqlisiz.

To'g'rilikkka-to'gri lekin siz boshqa ma'noda yazgandim postimni oldingisi o'qib ko'ring Tashqi nazorat bo'yicha yozgandim. Shunga fikrizni bildirsayiz?

Akrom Obidov 07.02.2012 11:25

Бизда билим пулига яраша, дунёни деярли барча нуқталарида таълим пуллик, бизда бепул. Шунисига шукур қилиш керак, пуллик таълим тизими билан бепул таълим тизимини солиштириш менимча умуман ақлга сиғмайди. Бизда бериладиган билим ҳеч қачон нуфузли давлатлардаги билим билан тенглаша олмайди, чунки уларда ёндашув ўзгача. Нега асосан аёл кишилар ўқитувчи? Чунки даромад нуқтаи назаридан билим бериш эркак киши учун камлик қилади (агар қўшимча даромадингиз бўлмаса албатта). Қоғозбозликка келсак, давлатни пули қаерга кетаётганини кўриш ва кўрсатиш учун хизмат қиладиган энг арзон тизимдан бошқа нарса эмас бу. Таълим тизимимиз бепул экан, ушбу қоғозбозлик каби камчиликлар мавжудлигича қолади.

Ustoz 07.02.2012 16:33

Gaplaringiz to`g`ri, ammo shu qog`ozbozliklar davlat pulini tejash uchunmas, aksincha yanayam ko`proq sarf qilishga sabab boi`lyapti. Masalan XTTB ning umuman keragi yo`q, 2006 yili uni qisqartirmoqchi bo`lishdi (kimningdir bunga aqli yetib qoldi), ammo qandaydir yo`l bilan ular jon saqlab qolishdi. Bu idora xodimlarining nima ish bilan shug`ullanishligini hech tushunmayman. 1996 yildan beri maktab sohasida ishlasam hali biror marta shu idora yoki uning xodimlaridan birorta foydali narsa chiqqanini bilmayman. Doim qanaqadir bitmas-tuganmas qog`ozlar yozishligi va shunga o`xshagan ishlar qilishligidan nolishadi, bir kuni bittasi "Biz shanba-yakshanba kunlari ham ishlayapmiz" deb menga minnat qilib gapirganida "O`zi oddiy kunlari qiladigan ishinglarning tayini yo`q, dam olish kunlari nima qilyapsizlar" deganimda jahli chiqqandi. (Shu forumda bir marta bu haqda yozuvdim). O`sha davlat pulini tejaydiganlar mana shunaqa tomonlarga ahamiyat bersin. Bu qog`ozbozliklardan yagona maqsad kerak bo`lmagan mansabdor o`rinlarni ushlab qaysidir tekinxo`r rahbar va hattoki idoralarni boqib o`tirish deb o`ylayman.

Akrom Obidov 07.02.2012 17:33

Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 688762)
Gaplaringiz to`g`ri, ammo shu qog`ozbozliklar davlat pulini tejash uchunmas, aksincha yanayam ko`proq sarf qilishga sabab boi`lyapti.

Текинхўр ташкилотлар деярли барча соҳаларда мавжуд :-) Лекин барибир менимча шукур қилиш керак, шу давлатимизнинг шарофати билан сиз устоз мен дастурчиман, бепул таълим тизимимиз бўлмаганида балки бозорда юрган бўлармидим хозир :-) Шу давлатимизнинг яратиб берган шароити туфайли барчамиз хозирги ҳолатга келганмиз, ўйлаб кўринг бепул таълим тизими бўлмаганда аҳвол қандай бўлар эди? Хозирги қоғозбозлик, вақти соати келиб (агар бефойда бўлса) бекор қилинади, агар фойдаси бўлса такомиллаштирилади бу аниқ!

Shahodat 07.02.2012 20:52

Цитата:

Сообщение от Hero (Сообщение 688585)
Tashqi nazorat bo'yicha yozgandim. Shunga fikrizni bildirsayiz?

Tashqi nazorat bir vaqtda hamma fanlarni kamrab olishi kerak emas. U rejalashtirilgan bo'lib, o'qituvchilarga metodik yordam va tavsiyalar uchun kerakdir. Bizda esa "tashqi nazorat" deganda hammasi teskari bo'ladi. Kamchilik topilsa "shtraf", ustamani olib tashlash va h.k. choralari ko'riladi.
Цитата:

Сообщение от Akrom Obidov (Сообщение 688806)
Хозирги қоғозбозлик, вақти соати келиб (агар бефойда бўлса) бекор қилинади,

Bungacha qancha vaqtimiz ketadi, qog'oz va davlat puli sarflanadi. Hayotimiz yetmasligi mumkin.

Ishchanov Bektosh 08.02.2012 00:08

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 297364)
1) Чорак охиридаги мониторингни автомат ҳисоблаш учун электрон жадвал. Ҳар бир чорак алоҳида листларга киритилади. Синфдаги ўқувчилар сони белгиланган катакча(С3)га киритилади. Керакли фоиз(%)лар ва йиғиндилар автоматик тарзда ҳисобланади. 5-Листда ўзлаштириш графиги автоматик тарзда чизилади.
2) Ўқув йили бошида ўқитувчиларнинг юклама(пед.нагрузка)сини ҳисоблаш учун электрон жадвал. Бир ставкадаги дарслар сони ва ўқитувчининг ҳафталик дарслари сони керакли катакчалар(мос равишда С9 ва С10)га киритилади. Қолган маълумотлар автоматик тарзда ҳисобланади.
ПС: Бу электрон жадваллар озгина бўлса ҳам ишингизни осонлаштиради деб умид қиламан. Фойдаланаётганда жадваллар муаллифини озгина эслаб қўйсангиз кифоя.

Juda zo'r narsa yaratibsiz. Sizga katta raxmat. Ayniqsa endigina ish boshlagan yangi o'qituvchi uchun bu narsa xali ko'p asqotadi ) Bir pasda xisoblab berar ekan-a )


Текущее время: 17:42. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»