![]() |
RAP bo'ladimi, ROCK bo'ladimi yoki POP yo'nalishidagi musiqa bo'ladimi, ular hammasi yoshlarning hammasini zaharlaydi, degan fikrdan sal yiroqman. Balkim, bularga mukkasidan ketish, butun vaqtini sarflashi, taqlid qilishi zararli . . .
Shundagina yoshlarning ongini zaharlashi mumkin . . . Lekin, aynan ong mukammal shakllana boshlaganda, RAP, ROCK yoki POPlardan nusxa olish ayanchli . . . Menimcha, hammasi tarbiyaga bog'liq. Malasan, juda ko'p shunaqa qo'shiqlarni eshitadigan, lekin mo'min-qobil, tafakkuri mukammal bolalarni ham, bir-ikki marta u-bu joydan RAP eshitib, ongi zaharlangan yoshlarni ham ko'rganman. Hammasi tarbiyaga bog'liq . . . Tarbiya esa faqat ota-onadan emas, o'rtog'idan, ustoziyu o'qituvchisidan, yon atrofidagi jamoatdan oladi . . . Shuning uchun, shunday yoshlarni ko'rib qolsangiz, buning oxir-oqibati haqida kichik nasihat sizdan bo'lsa bo'lgani . . . |
Цитата:
Bizda ma'anaviyatni himoya qiladigan tashkilot yo`q - bu bir. Bo`lganda ham repning hech qayeriga yozishning iloji yo`q - bu ikki. Umuman olganda repning hammasi ham yomon emas - bu uch. Оффтоп: Iltimos, mavzu yuzasidan bir necha sahifa oldingi fikrlarni o`rganib chiqsangiz. Hehc bo`lmasa menikini o`qib chiqing. Ana shundan keyingi mavzu borasidagi fikrlaringiz va e'tirozlaringizni qabul qilib javob yozishga va'da beraman. |
Цитата:
Sog'liqni saqlash vazirligi ogoxlantiradi Chekish sog'liq uchun xafli- deb yozilgan. RAPdachi. Sog'liqni saqlash vazirligi ogoxlantiradi. RAP eshtish yoki kuylash sog'liq uchun xavli-deb yozilgan joyi bormi. RAP-bu xam san'at. Bu usulda kuylash uchun xam ISTEDOD kerak. Sigaret chakishga ISTEDODning keragi yuq.:rtfm: |
Цитата:
RAPni san't yo`nalishi ekanligiga e'tirozimiz yo`q. Lekin biznin yurtimizdagi darajadagi RAPni kuylash uchun faqat gina pul kerak. Yuqoridagi postlarimni o`qib chiqishingizni taklif qilaman. (O`qigan bo`lsangiz tashakkur.) 2006 yil, adashmasam 1 yo 2- avgust. Manhetton/New York Metropolitenida ikki qora tanli xuddi shunday yo`nalishda qo`shiq kuylab tilanchilik qilib yuribdi. Ular shunchalik berilib, mahorat bilan kuylashayaptiki..... go`yoki vagonlardan vagonlarga o`tib ko`chma konsert berishayatgandek. Mana mahorat, mana iste'dod. Men hali UZdagi raperlarimizda bunday ijroni his qilganimcha yo`q. Оффтоп: Ushbu misolni ikkinchi marotaba keltirayotgan bo`lsam uzr. |
Цитата:
|
Цитата:
ISTEDOD kerak. ISTEDOD bumasa RAP aytishni keragi yuq. Xozirgi kunda RAP aytadiganlar kupayib ketti lekin xammasiyam ma'noli aytilmagan. Chunki ISTEDODi yuq. Masalan: SHOXRUX REPPER bu xonandani butun UZBEKISTON tanidi. Nima uchun? Chunki yaxshi aytadi. Yozgan al'bomlaridan ma'nosiz musiqalar yuq. RAP aytishni bilganga chiqargan. |
Цитата:
Цитата:
Оффтоп: Овози бор, таланти бор, кўпроқ эса "соққаси" борлар бемалол куйлайверади. |
Цитата:
REPda ohang ham usul ham, va shunchaki so`zlar tizgini emas qofiya ham bo`ladi. Bu yerda ushbu omillarni deyarli e'tibor berilmagan. Va aynan mana shu jihatlar bolalarni jaharlaydi. Birdaniga emas albatta. REP va shunga o`xshagan yo`nalishlarga umuman e'tibor bermagan bo`laredik agarda bularni o`rini bosa oladigan boshqa ma'naviy-madaniy omillar bo`lganida. Bo`lganida ham shular darajasida yoshlarni qiziqtiradigan, e'triborni tortadigan omillar. Suhbatimizga PSIXOLOGlarni taklif qilib qolgan bo`lardim. To`g`ri san'at psixologiyasi bizda deyarli umuman bo`lmasada, umumiy psixologik tushunchalar bilan nimalargadir oydinlik kiritaolamiz degan umiddaman. (Balkim umuman chiqisha olmasmiz.) |
Цитата:
Оффтоп: -Эхх... Ўзбек санъатини дабдала қилди-да.Юқорида таъкидланаётган РЕПларнинг сўзларининг муаллифи ҳамда бастакори ҳисобланган ушбу аёлни таниган бўлсангиз керак. |
Цитата:
|
Текущее время: 04:17. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»