uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Sulhiya Gaziyeva 23.04.2008 21:17

Orzularim bepoyon
Yolg'iz Allohga ayon
Orzularim ushalsin
Armonlarim qolmasin.

Aziza Abdunabiyeva 24.04.2008 13:01

Nega meni doim azoblarga tashlaysan,
Nega ko'zlarimni qayta-qayta yoshlaysan,
Endi sevinch tuysam, ters aylana boshlaysan,
Javob bergin, menda qasding bormidi, hayot?!

Nigora Umarova 24.04.2008 13:19

...Tunlar, axir, o'ynamoqqa men bilan shatranj,
Parket polga cho'q tusharlar oy nur sepgan choq.
Anqib ketar akats bo'yi, oyna ochiq lang
Va iztirob gung termular, sochlari oppoq.

Boris Pasternak

Sulhiya Gaziyeva 25.04.2008 07:49

Qarindoshlariga oqibat qilmas-
Odamni qarindosh atamoq bo'lmas.
Uzilgan qardoshlik rishtalarini
Bog'lovchi mo'minlar qarindoshdir, bas.

Nigora Umarova 25.04.2008 09:21

Sendanmu chu bezor bo'layin? Yo'q, yo'q, yo'q!
Bir boshqasiga yor bo'layin? Yo'q, yo'q, yo'q!
To bog'i visolingda faqat gul ko'rdim,
Guldin kechibon, xor bo'layin? Yo'q, yo'q, yo'q!

Jaloliddin Rumiy

Aziza Abdunabiyeva 25.04.2008 13:40

Qattiq titroq chulg'aydi meni,
Ko'rgim kelsa seni, sog'insam gar.
Bugun suyib erkalardim, ukajon, seni,
Hayotda ayriliq bo'lasa agar.

Hayotda o'lim bo'lmaganida,
Bugun bo'larmiding aziz suyanchim.
Qalbimni sog'inch o'rtaganida,
Suratingdir yolg'iz yupanchim.

Afsus o'lim bor, ayriliq mavjud,
Shularni deb olamni erta tark etding.
Sen borligingda quvnoq ko'zlarni,
Ukajon, sog'inchdan yeg'latib ketding.

Tun-u kun yodimda-yu, har dam hayolimdasan,
Begunohim, jannatiysan, shundan ko'nglim to'q.
Sog'inch ezsa majruh qalbim, ukajon, netay,
Suratingga termulishdan o'zga choram yo'q...!

Aziza To'lqin qizi

Nigora Umarova 25.04.2008 14:02

Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin,
Ko'nglima har birining dardi balisinmu deyin.

Ko'zi qahrinmu deyin, kipriki zahrinmu deyin,
Bu kudurat ichra ruxsori safosinmu deyin?!

Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qattiq dard aro vaslining davosinmu deyin?!

Zulfi dominmu deyin, la'li kaliminmu deyin,
Birining qaddin, yana birining adosinmu deyin?!

Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko'nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin?!
Jononima har birining javru jafosinmu deyin?!

Ey Navoiy, dema qoshi ko'zining vasfini, ayt
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin?!

Alisher Navoiy

Sanjarbek Rizoqulov 25.04.2008 15:54

Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon bo‘ldi seni sog‘inib.

Nigora Umarova 25.04.2008 16:04

Bildim, endi shuncha bergan va'dalar yolg'on ekan,
Ko'nglingizni o'zgalar o'z ko'ngliga olgon ekan.
Men ko'ngil berdim, u ham menga ko'ngil berdi desam,
Ayriliq o'z xanjarini ko'ksimga o'qtalgon ekan.
Yosh ekanman, bilmaganman va'dalarning oxirin,
Bevafolikka kishilar o'rganib qolgon ekan.
O'qibat, mehru muhabbat zarra ta'sir etmadi,
Shum raqiblar yorni beshak yo'ldan ozdirgon ekan...

Cho'lpon

Akhmad Kodirov 25.04.2008 16:05

Nelardandir ko`ngil bo`lib g'ash
ham egilib bu egilmas bosh
Bu holimga berolmay bardosh
Bir mushtipar onam yig'laydi
Qolganlari yolg'on yig'laydi.


Tog'aymurod


Текущее время: 08:22. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»