![]() |
|
Demak, n harfiga...ekan...
...Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron, G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar. Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda, “Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar. Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar. Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq, Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar. Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat, Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar. Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan, Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar. Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma, Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar. |
Roviylar ne uchun? Haq va Haqiqat!
Asirlik zanjirin parchalab tashla. Vujudingni yoqsin alamli fikrat, Ayon haqiqatga , haq yo'lga boshla. Fursat o'tmakdadir. Vaqt bu - beamon, Omonat dunyoda omonat odam - Vijdon shevasi bor, mehrobi iymon - Asl insonlarni chorlaydi bu dam. Falakka sanchilib qolgan ko'zim bor, Olovlar, chamanlar ichra o'zim bor. Rauf Parfi |
Цитата:
Usmon Azimdan R harifga she'r.... Rashk, g‘iybatning to‘lqinlarida Kema misol chayqaldi xonam. Endi bizlar hech uchrashmaymiz... Xayr! Tong otadi, Sen yo‘q. Kun botadi, Sen yo‘q. Stolimda sen yozgan xatlar, Devordagi suratdan ham sen Mehr bilan boqib turibsan. Derazadan ko‘ringan osmon Parchasiga shodmon boqardik, Yulduzlari kulganida ham, Oy shafaqqa to‘lganida ham... Xonam, o‘zim, bu ulkan olam Sendan qolgan g‘amgin xotira. Tong otadi, Sen yo‘q. Kun botadi, Sen yo‘q. Uzoqlarda bepoyon yo‘lda Yig‘lab ketib bormoqdasan sen, Oyoqlaring tagidagi yer To‘lqin otar monandi dengiz. Oq chorlog‘im, uchib charchading – Yiqilasan daqiqadan so‘ng, Yiqilasan, to‘lqinlar yutar... Tong otadi, Sen yo‘q. Kun botadi, Sen yo‘q. Chidab bo‘lmaydi. Endi mendan ketdi ixtiyor! Yuragimni qo‘yib kaftimga Shivirlayman besabr, takror: Qiblanamom, yo‘l ko‘rsat menga! |
Alminnatulillo, yana ko'rdim yuzingizni,
Eshitdi quloq duru adandek so'zingizni. Oyning na qora qoshi boru, na qora ko'zi, O'hshatmag'ayman ul falakiga o'zingizni, Ortiq yaratibdur hammadan yulduzingizni. Atoiydan bo'lsa kerak, bolaligimda Ayamdan eshitganman |
I ga...
Ishq o'tiga o'rtanib, devona bo'lgan o'zginam, Kuya-kuya kul bo'lib, biryona bo'lgan o'zginam. Oshiqi diydorman, ey yor, bilmassan magar, Mansuri Xallojdek dorga osilgan o'zginam. Kuya-kuya kul bo'lib, dunyodin o'tkan bormikin, Ishq yo'lida ming o'lib, ming bor tirilgan o'zginam. Chok siynamni qilib mahsharda aylarman fig'on, Ul kuni diydor deb mahsharni buzgan o'zginam. Ul sirot al- mustaqim oldida barcha yig'lashur, Ishqni rahbar qilibon andin o'tkan o'zginam. Mashrab |
Цитата:
Mayli, rashkim sindiraman hammaga yoq, Yonib turgin ko`z – ko`zlarga tushgani chog`, Shunda sevay, qayta –qayta, bir o`zingni! Bir kun kelib cho`p tutqizsa qo`lga dayr, Kunim bitib yakunlanib qolsa sayr, Shunda senga termulsamu demay xayr, Faqat sevsam, qayta –qayta, bir o`zingni! (C) |
Цитата:
...Ilkima bersang asoyi himmat, og'zima sano, Ko'ngluma ishq otashin solsang, ko'zum yosh aylasang. Bor umidim: gardi isyonimni yuvg'ay obi afv, Harna yo'qdur chorasi qora tosh aylasang. Chehrai jurmimni yopg'il pardai ismat bilan, Onda mushkuldur gunohim xalq aro fosh aylasang. |
Гуллар оқшом чоғида, ўйга толар эмишлар,
Қуёш ботган тарафга, қараб қолар эмишлар. Сўнг барчаси субҳидам, сал ийманиб, нозланиб, Қуёшни кутар эмиш, шарқ томонга юзланиб. Фақатгина атиргул, соғинч доғлаб кўксини, Қуёши кетган йўлдан олмас эмиш кўзини. Терс томондан кун чиққач, тўлиб шабнам – кўзёшга, Ҳайрату араз билан қайрилармиш қуёшга. ...Мен бир – сафар одами, йўлда кечар ҳаётим. Гулим, дилда ёнади бир илтижо, бир додим. Бу дунёда йўл кўпдир, Гулим, умрим – хаёлдан: Гоҳи жанубга ботиб, чиқадирман шимолдан. Атиргулим – севгилим, мен қайларда елмайин, Кетиб қайси кўчадан, қайси йўлдан келмайин. Кўзларингни қадаб қол қуёш янглиғ дилимга, Келгунимча қараб қол, жўнаб кетган йўлимга!.. Мирзо Кенжабек |
Цитата:
Аждодим шумерлар қуёш фарзанди, Турнинг авлодиман боболар машҳур, Шу тупроқ, шу ерда яшаб келдик ҳур, Фақат биз қуёшга асил арзанда. Еру кўк осмоним туркнинг маскани, Унинг қудратига андилар ҳайрон, Бизга ҳавас билан қарайди жаҳон, Тикла машҳурлигинг туркнинг аскари. Бугун кун жаҳонда сиёсат базми, Ҳар кимга ўзининг қондоши нозли, Мана шу дунёда энг азиз ҳилқат. Кўкмисан, оқмисан, аждодингку бир, Сен буюк вакилсан, дунёйи кабир, Бирикган ютади шулдир ҳақиқат. (С) |
Цитата:
Telba Mashrab, qilmag'il sirringni zohidga ayyon, Aytib-aytib yig'laysan, oshiqi zor oldida. |
Текущее время: 22:16. Часовой пояс GMT +5. |
|
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»