![]() |
|
Цитата:
*** Негадир чайқалиб қулади осмон, Хаёл оғушидан чиқди бир фарёд, Тиз чўкиб Тангрига қилди қасамёд, “Сен айбдор эмассан, эмассан замон. Узилган лоладай эгилди бошим, - Лаблар пичирлади сирли бир оят, - Оллоҳим ато эт сен бир ҳидоят, Барқ уриб қайтадан чиқсин қуёшим.” Ҳижронли ошиқнинг бу оҳи эди, Наҳот азоблари чин барҳам еди, Энди у висолга қўяди қадам. Қанийди илтижо қабул бўлсайди, Яголар ажалсиз шу дам ўлсайди, Умидвор, умидвор яшайди одам. (С) |
Цитата:
Do`st so`rarman tildan tilga. G`urbatda holim kim bilar, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Majnun bo`lubon yururman, U yorni tushda ko`rurman. Uyg`onib malul bo`lurman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Rangim sariq, ko`zlarim yosh, Bag`rim pora, jigarim tosh. Holim bilgan dardli qardosh, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. YUNUS EMRO |
Цитата:
Esga solar chiroyli tunlar, Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar, Esga solar baxtiyor kunlar. Toleimning oshinosi sen, Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i. Sening bilan birga iqbolim, Ishonchimning sen vafo tog‘i. Meni qurshar salqin bir havo, Suv ustidan tun quyuladi. Shunda qancha-qancha gaplarni Esga solib oy ham to‘ladi. Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar Pishqiradi bilmay tinimni. Hiylagar oy, sehrgar dilbar, Solib qo‘yding yodimga kimni?... H.Olimjon |
Цитата:
Ishongan tog‘ing ketdimi? Yo nomu oring bitdimi? G‘urbatda yoring qoldimi? Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Gulistonlarda yayrarding, Toza gullarni bo‘ylarding, Ajib xonishlar aylarding, Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Uyqudan ko‘zim uyg‘ondi, Uyg‘ondi, qonga bo‘yondi, Yondi, bu yuragim yondi, Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Ne bo‘ldi, Yunusga ne bo‘ldi? Daryoi ishqqa g‘arq bo‘ldi, Yana bahoriston bo‘ldi, Nechun yig‘larsan bulbul, hey… YUNUS EMRO |
Цитата:
Ишқ уфуриб турган юрагимни қўлимга олиб, Ой музи парчасидан совуқ кафтга қўйдим. "Бу нима", деган савол бўкириб турар эди унинг кўзида. Сувни сув, ўтни ўт, лолани гул деб тушунтирмайдилар. Мен ҳам, бу юрак, демадим. Юрагим питирлаб жон берди унинг қўлида. (О. Ж) |
Цитата:
Azaldan to abad ko’nglum qutulmas ishq balosidin, Yurokim rahnalar bo’ldi, bu ishqning mojarosidin. Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron, Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin. Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag’rim kabob o’ldi, Raqiblar shodmon bo’ldi nigorimning jafosidin. Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog’im mushkul, Kel, ey ko’ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin. Sanam, ishqing o’ti oxir meni bexonumon etti, Kuyarman dam-badam tinmay bu dardi bedavosidin. Xarob o’ldi mening ko’nglum, kishim yo’qturki, roz aytsam, So’ngoklar raxnalar bo’ldi dilimning ohi bosidin. Seni ishqing bila yig’lab, agar mahsharda oh ursam, Kuyarlar mo’minu kofir bu Mashrabning navosidin. |
Цитата:
Nihoniyga necha ahdu vafolar bog'lagan erdi, Degil, ko'p qilmasun ahdini yolg'on, bir kelib ketsun. |
Цитата:
Mudom motamda qoldim, bo'lmadim dilshod dastingdin, Tamomi xonumonim bo'ldi chun barbod dastingdin, Qafasdin bo'lmadimki qumridek ozod dastingdin, Hamma obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin. Dilimning quvvati, ruhi ravonimdin ayirdilar, Ko'zimning oqi yanglig' mehribonimdin ayirdilar, Azizim, hamdamim, oromijonimdin ayirdilar, Jahon gulzorida ul gulistonimdin ayirdilar, Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin. Mashrab |
Цитата:
Senga jonim bo'sin qurbon, ko'zlaringni yashirma. Hamza |
Адолат деб ўлдим заҳархандадан,
Сас чиқди мен бошим қўйган кундадан: Мавҳумни ахтариб хор бўлган эй зот, Адолат тиланма ҳаргиз бандадан! М. Кенжабек |
Текущее время: 23:30. Часовой пояс GMT +5. |
|
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»