![]() |
|
Demak, L harifga ekan...
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila, Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila. Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul, Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila. Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko'rar, Ne quvong'ay dam-badam sen nozanin farzand ila. Qo'y nasihat, zohido, o'tlug' damimdin vahm qil, Telba it imkoni yo'qturkim, sog'alg'ay pand ila. Hojatingni elga arz etmakka hojat bo'lmasun, Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila. Lablaring hajrinda yur parkandkim bo'lmish ko'ngul, La'l erur mahlul qon o'rnig'a har parkand ila. Chun Navoiy ko'ngli sindi, emdi lutfing ne asig'? Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila. |
Öèòàòà:
Til nekim, xomam tilidin dog'i mastur etmayin. Barcha elga fitna bo'lgan ko'zga maftun bo'lmayin, Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin. Ishq kufri birla taqvo xonaqohin buzmayin, But xayolidin ko'ngul dayrini ma'mur etmayin... Gar chiday olmay, ko'ngul bersam birovga nogahon, Bori el ichra chiday olg'ancha mashhur etmayin. Ishqu may anjomi chun hajr o'ldi, qo'y, ey shayxkim, O'zni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin. Zulm ila el desa jonini o't yoqma, eykim, shohsen, Gar desang do'zax o'tig'a jonni mahrur etmayin. Garchi ma'zur o'ldi ma'mur, ey Navoiy, o'zni men Do'st ma'mur aylagan xidmatda ma'zur etmayin. |
... Íèãîҳèíãèç ìàúþñ, қàðàøëàð ìàҳçóí,
Ê¢çèíãèç àôñóñäàí ҳå÷ ê¢ðìàñèí íàì. Áàõòíè ÷èíäàí òóéèá ÿøàøèíãèç ÷óí, Қàëáèì êåðàê á¢ëñà, îëèíã, ôàðèøòàì. Ғàì íèìà, қàéғó-þ, äàðäíèíã áàð÷àñèí, Óíóòèá øîäëèêêà ñèíãèá êåòàð äàì, Ҳèñ қèëèá қîâóðғàì áèòòà ïàð÷àñèí, ¨íèìäà òîàáàä á¢ëèíã, ôàðèøòàì. Ҳà¸ò õà¸ëîòäàí ¢çãà òóøóí÷à; Áàúçèäà òîòëè ҳàì, áàúçàí à÷÷èқòàúì. Қàí÷à óìð áåðñà, òèíìàé ¢øàí÷à Îéäåê, îñìîíèìäà ò¢ëèíã, ôàðèøòàì. Îҳèì ê¢êëàðãàìè áîðìîқäà åòèá? ¨êè íèÿòëàðèì òîçà, ñàðèøòà... Çóëìàòëàðíè êóíäåê ÷àðîғîí ýòèá, Òóíèìäà қó¸øäåê êóëèíã, ôàðèøòàì. Ñîғäåê ê¢ðèíñàì-äà, øó äèëèì õàñòà, Ôàқàò òàøðèôèíãèç æîíèìãà ìàëҳàì. Ñàҳàðãè øàáíàì ¸ ¸ìғèðäåê àñòà, Êåëèíã, êèïðèãèìãà қ¢íèíã, ôàðèøòàì. (ñ) |
Öèòàòà:
Bo'lsa, naylay, mast bo'lmay, maskanim mayxonada. G'ofilo, fikr aylag'il, uqboni rohat istasang, Shodlig' ko'z tutmakim, bo'lmaydi mehnatxonada. Manzilimni so'rma, ey mag'ruri mulki dastgoh, Dahri sahroyi junun uy bo'lmag'ay devonada. Bulbul aylar nolalar yolg'iz, dema, ey gul'uzor, Chug'zdek qilg'ay Muqimiy ham navo vayronada |
Alvon-alvon yuzlaringda holing yo’qdir,
So’zlamaysan tilingda ham boling yo’qdir, Bu dunyoda seni mendek zoring yo’qdir, Armonlarga to’lib-toshgan lolaginam, Har bahorda yo’qlab turgin lolaginam. Seni qo’msab necha oylab kutar ko’nglim Saratonning olovidek yonar ko’nglim. Keng dunyoga sig’may qonlar yutar ko’nglim Ko’nglimga o’t sololgan bir donaginam, Har bahorda yo’qlab turgin lolaginam. Sho’r peshonam sho’r ekan-da, netay endi, Qandoq qilib senga qo’lim tutay endi? Ruxsat bergin men uyimga ketay endi, Meni kutib ko’zi tolsa onaginam, Men uchun ham yo’qlab turgin lolaginam. Ko’rmoq bo’lsang ko’kragimda dilzorim bor, O’zga uyni obod qilgan gulzorim bor, Yuragimni tirnab yotgan ozorim bor, Har bahorda yo’qlab turgin lolaginam Unutmagin meni oltin lolaginam (ñ) Øàâêàò Ðàҳìîí |
Öèòàòà:
Kashfdin xoliduram-nuri karomat menda yo'q, Loladek qalbimda dog'im bor- farog'at menda yo'q, Rozi dil izhor qilurg'a ahli suhbat menda yo'q, Rangi zardi qahrabo bo'lgan kishidin dard so'rang. Mashrabo, zulmatga g'arq bo'ldi meni obu gilim, Bu sababdin tang keldi boraturg'on manzilim, Har zamon, har lahzada, har soat parishondur dilim, Izlasam, yonimda yo'q bir g'amgusori qobilim, O'rtanib qolg'an, ado bo'lgan kishidan dard so'rang. |
Gulim, shukr borligingiz chun,
Yaxshiyamki tanishmiz bizlar. Ko’rgim keldi judayam bugun, Shundan yurak bahona izlar. On sanaydi yuragim zarbi, Xayollarga g’arq bo’lar boshim. Sog’inchlardan dilim sarg’ardi, Egilmoqda metin bardoshim. Ketmoqdaman ko’nglingiz tomon, O’zgalar-u, o’zimdan kechib Taskin izlab qolar ekan jon, Xijron, degan sharobdan ichib. Manzilgacha qancha bor – bilmam, Bilganim shu – sabrim bitmaydi. Atrofimda ko’plar jamuljam, Faqat… sizga qo’lim yetmaydi... Tushga o’xshab bormoqda hayot: Yugursam-da, uzayar yo’llar. Hamrohimga aylangan sabot, Har kunimda o’tmoqda yillar... Vaslingizni xudodan so’rab, Duolardan topgum panohim. “Ikkimizni baxtlarga o’rab, Suyganlardan qilgin, ilohim...” (c) |
Öèòàòà:
Oti oning har kishi og'zima mazkur o'lmasun. Jonima bedodu zulmin, yo rab, ul miqdor qil, Kim, aning oshiqlig'i har kimga maqdur o'lmasun. Men xud o'ldum, lek har oshiqki, bordur pokboz, Navha tortib, motamim tutmoqda ma'zur o'lmasun. Pand ila ko'nglum uyin qilma imorat, ey rafiq, Bizni buzdi, hargiz ul, yo rabki, ma'mur o'lmasun. Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli, Voqif o'l, holimni aytur chog'da maxmur o'lmasun. Yor vaslig'a quvondim- qovdi ko'yidin meni, Ey Navoiy, hech kishi davlatqa mag'rur o'lmasun |
N harfiga davom etamiz..
Ne ajabkim, mast bo`libman Ko`zlaringga termilib, Yetti iqlimda bu yanglig` May yo`gu mayxona yo`q. Ishq g`amin aytsam qalamga Ich-etin kuydirdi ul, Sevgidek o`t yo`q jahonda, Men kabi so`zona yo`q. Oq qog`ozim, senga Erkin Ochdi pinhon ishqini, Sen boru men bor, qalam bor O`rtada begona yo`q E. Vohidov p.s...Alisher aka, davom etamiz... |
Qaro tunning bag’rida,
Yorug‘ xayol qanday xush: Bu dunyoda bir qiz bor – Yostig’ining yarmi bo’sh. Qaro sochi – jamalak, Qaro zulfi qayrilgan. Uning guldek xayoli, Shabnamlarga chayilgan. Seni suyib xayolda, Ko’cha kezar qiynalib. Suratlarga tushar u, Sening uchun jilmayib. Yostiqlar ham ko’p ekan – Baxmaldan qurog’i bor: O’zga soch bo’yog’idan, Qolgan hidi, dog’i bor. Odamlar ham ko’p ekan – Tun zulmati cho’kkan payt. Yostig’ining yarmini Band etadi xiyonat. Bir momo bor qaydadir, Yostiq unga dil ranji – Ochilmagan tunlardan, Meros qolgan paranji... Lekin, bag’rim, o’ksima, Sen kuylayver xushnavo. Bu dunyoda bir qiz bor – Xayollari musaffo. Paxta emas, par emas, Mehrdandir bolishi. Sen kechalar tinglagin, Uning nafas olishin. Bo’sh o’rningda pok yostiq, Go’yo, kelgin, qani, deb. Chorlar safarga tayyor, Kemaning yelkanidek. Mana, bo’sh uy, bo’sh stol, Oppoq qog’oz, men yakka. Sen shubhangni qo’y, aqlim, Izn bergin yurakka. Yurak, tovushga aylan, Yurak, ishon, chorla, jo’sh. Bu dunyoda bir qiz bor – Yostig’ining yarmi bo’sh. Mirzo Kenchabek |
Òåêóùåå âðåìÿ: 13:53. ×àñîâîé ïîÿñ GMT +5. |
|
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä:
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»