uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Alisher Asror 14.11.2011 21:35

Ana, qizimni ham kuzatdim yo`lga ,
Uchoq qanotlari borar yuksalib…
Tangridan omonlik tilab qolaman,
Sog`inchning eng yangi kuyini chalib.


(C)

Gulchehra Ibragimova 15.11.2011 09:31

Цитата:

Сообщение от Alisher Asror (Сообщение 642850)
Ana, qizimni ham kuzatdim yo`lga ,

..Sog`inchning eng yangi kuyini chalib.

(C)

Бу фақат бир Сизнинг бахтингиз эмас,
Бутун ўзбек башари қилади дуо!
"Алишер Асрорнинг қизи у", демас,
Лек ўзбекка фахр деб яратган Худо!

..биз унга ғалаба тилаб қоламиз!!

Alisher Asror 15.11.2011 09:48

Цитата:

Сообщение от Gulchehra Ibragimova (Сообщение 642956)
..биз унга ғалаба тилаб қоламиз!!

Tilaklaringiz uchun tashakkurlar!

Zamin aylanadi, uchib boradi,
Yangi zamonlarni quchib boradi.
Yaxshilik qoladi, yaxshi so'z qolar,
Har ne yomon bo'lsa o'chib boradi.

(C)

Gulchehra Ibragimova 15.11.2011 14:04

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O'rtanma g'amda.
G'iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug' olamda.

Men esa
Oshig'ing sening -
Eng g'arib.
Tundan so'z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho'kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo'lamiz
Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!

Muhammad Yusuf

Masud Mahsudov 15.11.2011 15:05

Куз...
Қалбда қандайдир жимлик ўй сурар,
Мудраб қолгандайин ҳаёт севгиси.
Деразам ортидан уйимга қарар
Кўчада баргларнинг хазонрезгиси.
Қуёш узоқлашиб борар заминдан,
Учиб кетаётган қушлар сингари.
Кундуз қисқа бўлиб боради тундан,
Дарахт либос ташлар кун ўтган сари.
Сойлар шарқирамай оқмоқдадирлар,
Тоғлар хоҳламайин кутади қорни.
Сариқликни кийган кўҳна адирлар
Лолани соғиниб қўмсар баҳорни.
Тонг билан туш вақтни ажратиш қийин.
Хаёлим мисоли тўзғир ер-осмон.
Шамол олиб келган ғуборни кейин
Ёмғир ювиб кетар аллақай томон...
Лекин кетармикин бу билан ғашлик?
Кўнгил маҳзунликка бўлганми сургун?
Ахир ғаниматдир бебаҳо ёшлик,
Кетдик, қалб, истиқбол тарафга юргин!

Атрофни эгаллаб олгани етмай,
Дилга ҳам ҳазинлик келтирмоқда куз.

(c)

Gulchehra Ibragimova 15.11.2011 15:20

..Zotan, siz sevgiga, ishqqa tashnasiz
Zotan, men mehrga muhtojman, zorman,
Bilmam: kimga do'stsiz, kimga oshnasiz
Bilmam: kimga yorman, kimga darkorman.

Kunora ko'raman, salom berasiz,
Hatto jilmayasiz, qilasiz karam.
Men sizni sog'ina boshlagan kundan,
Buyon siznikiman, sizga man qaram.

Bir shu'la ko'raman ko'zlaringizda,
"Kim yoqqan olov bu?"- xatarli so'roq.
Begona ism yo'q so'zlaringizda,
Mening ismimni ham aytmaysiz biroq.

Xadicha

Alisher Asror 15.11.2011 15:35

Qarang, erimoqda kechagi muzlik,
Kechagi sovuqlik ketib bormoqda.
Jonimni qiynagan firoq – sizsizlik,
Visol hayrati-la ortda qolmoqda.

:)

Gulchehra Ibragimova 15.11.2011 16:37

Цитата:

Сообщение от Alisher Asror (Сообщение 643135)
.
Jonimni qiynagan firoq – sizsizlik,
Visol hayrati-la ortda qolmoqda.

:)

Афу, этинг, дўстим, биз гумроҳларни,
Вақт келар ювармиз бу гуноҳларни..
Чекинар, дегандик қалбдаги фироқ,
Минг битта баҳона мисоли қуроқ
"БИЗ СИЗДАН УЗРЛАР СЎРАЙМИЗ БИРОҚ..."
Узримиз қабулми, сўз сўнгги-"С Ў Р О Қ??!"

Maryam 15.11.2011 16:43

Цитата:

Сообщение от Alisher Asror (Сообщение 643135)
Qarang, erimoqda kechagi muzlik,
Kechagi sovuqlik ketib bormoqda.
Jonimni qiynagan firoq – sizsizlik,
Visol hayrati-la ortda qolmoqda.

:)


eh, sal kech qolibman...

A ga

Pushkindan
Aqlimni band etib, o'zimni maftun,
Bu baxtsiz sevgimga ishonchim komil,
Ko'rmaysan, shovqinli gurungda butun
Suhbatga begona iztirobda dil, —

Tanholik hasratin chekaman tolib,
Mahrumman iltifot va shavqatingdan...
Ketmoqchi bo'laman: qo'rqib, yolvorib
Ko'zlaring qidirmas mening izimdan

Ishvali so'zlar-la qilmoq bo'lib rom,
Meni gapga tutib qolsa bir jonon. —
Sen beg'am, osuda, quvnoqsan mudom,
Bu ta'nang men uchun o'limdan yomon!

Gapirchi ne uchun mening raqibim,
Menu sen ikkovni ko'rarkan xilvat,
Senga nechun sirli qiladi ta'zim?..
Ayt-chi, kim beribdi bunga ijozat?

So'yla-chi! Ne uchun to'lg'anar rashkda,
Ne uchun oqarar jamoling ko'rib?
Ne uchun kun va tun o'rtasi paytda
Onangsiz, sen tanho olasan kutib?!

Lekin men sevimli... Men-la qolganda
Shu qadar munissan, shu qadar dildor1!
Bo'sang o't! sen ishqdan suhbat ochganda
Samimiy yuraging etilar izhor1!

Senga kulgilidir mendagi azob
Va lekin sevasan yetadi aqlim.
Azizim, qiynama, hech qolmadi tob.
Bilmaysan, naqadar kuchlidir ishqim,
Bilmaysan, qanday zo'r menda iztirob.

Maryam 15.11.2011 16:45

Цитата:

Сообщение от Gulchehra Ibragimova (Сообщение 643199)
Цитата:

Сообщение от Alisher Asror (Сообщение 643135)
.
Jonimni qiynagan firoq – sizsizlik,
Visol hayrati-la ortda qolmoqda.

:)

Афу, этинг, дўстим, биз гумроҳларни,
Вақт келар ювармиз бу гуноҳларни..
Чекинар, дегандик қалбдаги фироқ,
Минг битта баҳона мисоли қуроқ
"БИЗ СИЗДАН УЗРЛАР СЎРАЙМИЗ БИРОҚ..."
Узримиз қабулми, сўз сўнгги-"С Ў Р О Қ??!"

Q ga yana Pushkindan

Quvg'inlikning changida nursiz
G'amga to'lib kunlarim botdi;
Xudo, ilhom, ko'z yoshisiz,
Ishq, iztirob, hayotsiz oqdi.

Mana, qalbga oshno bo'ldi nay,
Ko'z oldimda bo'lding namoyon,
Go'zallikning sof parisiday,
Bir lahzalik ajib tushsimon.

Ruhim yana uyg'ondi bu dam,
Yana unda tirildi najot;
Yana dilda xudo va ilhom,
Ko'z yoshi-yu muhabbat, hayot.


Текущее время: 18:02. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»