uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Vasliddin Tuychiev 17.04.2008 12:21

Nasib etmagankan sizga sevilmoq,
Kasib aylamangiz nazimni o'rtoq.
Sevgini hor etib, zarini to'kib,
Takror aylamangiz ommaga mundoq.

Muhabbat berilgan har bir jonzotga,
Sevisni bilarkan hatto qumursqa.
Lek uni qadirlab, avaylab asrash,
Nasib etmasikin tokis barchaga.

Sevgimning mevasin darvishlar terar,
Boshimu, vujudim tunu kun titrar.
Etibmidim sizlarga sevgimning arzin?!
Umrimmi zavoli tinmay tentirar.

Har bir mo'jizaning poyoni bormish,
Sevish ham sevilish ertak kabimish.
Noloyiq sevilib, tark bo'lmish Loyiq,
Men sevdim Robbimni aniq farmoyish.

Seving siz Robbini, Asl Lateefni,
Seving siz Raufni, seving Saburni.
Sevdim man Wadudni ortiq jonimdan,
Seving siz Wajidni, yolghiz Majeedni.

Komila Baxtiyor qizi 17.04.2008 14:38

Inson qalbi bilan hazillashmang siz,
Unda yashar ona, yashaydi vatan.
Uni jo'n narsa deb o'ylamang hargiz,
Hayhot qo'zg'almasin bu qalb da'fatan...
Abdulla Oripov.

Nigora Umarova 18.04.2008 11:11

Necha yilki yo’lingizga zor-zor bo’ldim, sultonim,
Gulzor edim, yetolmayin ozor bo’ldim, sultonim.

Ko’z yoshlarim seldek oqdi, qarog’larim ko’mildi,
G’amu hijron lahad bo’ldi, mozor bo’ldim, sultonim.

Ko’kda mag’rur oyu quyosh, men zaminda sadpora,
Vasl uyiga yetolmadim, osor bo’ldim, sultonim.

Yo’lingizda shirin jonni fido qilmoq niyatim,
Umidlarim sarob o’ldi, afgor bo’ldim, sultonim.

Poyimga tiz cho’kmish bukun buyuk tog’lar, Hisorlar,
Nahot sizga nasib etmas bozor bo’ldim, sultonim.

Bunchalar ham shijoatsiz, hadsiz bo’lurmi odam?
Nazdingizda men Ra’nomas, bird or bo’ldim, sultonim…

Ra'no Yarasheva

Sanjarbek Rizoqulov 18.04.2008 12:27

Mening muhabbatim nimaga arzir
Nimaga ham arzir yonib-kuyganim
Mehr bu-sunnatdir, mehr bu-farzdir
Seni Xudo suysin mening suyganim

Komila Baxtiyor qizi 18.04.2008 15:09

Muallaq gaplarni so'ylama menga,
Men endi yer uzra topganman qo'nim.
Inson deb falakka hayqirmoq nega,
Inson yoningdaku, u mening qo'shnim.
Abdulla Oripov

olimbek 18.04.2008 15:46

Мен ўшаман, юрагингни ёндирган олов,
Мен ўшаман, висол дея терганинг лола.
Мен ўшаман, биров билан кўрмагунча то,
Севгисини тан олмаган ўша дилпора.

Anvar Latipov 18.04.2008 15:52

Agar farhodning shirin bo`lsa Majnunnig Laylosi
Nasib qilmish menga gulshan aro gullar ra`nosi
Anvar


Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin
Ne baxt Ra`no xaridoring talab ahlining mirzosi
Ra`no

olimbek 18.04.2008 16:57

Иймони бор дўстинг бир хил турармиш,
Ҳақни ҳақ, ноҳақни ноҳақ деярмиш.
Йиғласанг йиғлармиш, кулсанг кулармиш.
Сенда поклигингда қолгин.ю иймоним,
Мендан юзинг бурма қоши камоним.

Nigora Umarova 18.04.2008 17:30

Meni men istag'an suhbatig'a arjumand etmas,
Meni istar kishilarni mening ko'nglim pisand etmas...

Alisher Navoiy

Aziza Abdunabiyeva 18.04.2008 17:48

...Sun'iy endi labda tabassum,
Dilimda qon yig'lab yuribman har on.
Soxtadir gul ko'rib quvonishim ham,
G'unchalar o'rnida qovjirar hazon.

Avvalgi taftli o't, shodlik endi yo'q,
Barchasin to'ldirdi beda'vo armon.
Endi o'sha armon bir umr meni,
Ezib, yuragimga bo'lar hukmron....


Aziza To'lqin qizi (men)


Текущее время: 00:10. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»