Цитата:
Сообщение от ЖасурБЕК
(Сообщение 942734)
Русчасига скоч бу -липкая лента,узбекчасига ёпишкок лентами ёки ёпишкок богичми ёки елимлими ...
|
Endi mustaqillik boshlanib hamma narsa o`zbek tiliga o`tkazilayotganda blankalarni shunaqangi kulgili qilib tarjima qilishgandi, o`shanda men "Bunday narsalar tarjima qilinishi emas, bitta mutaxassis tomonidan boshqatdan tuzilishi kerak" deb bir necha blanka va hujjatlarning yaratilishida ishtirok etgandim. So`zlar ham huddi shunday, ammo hammasini ham tarjima qilaverib o`zimizni kulgili ahvolga solib qoygan paytlar ham bo`ldi.
Ba`zi so`zlarni o`zbekcha ishlatsang boshqalar mayli, o`zimizning o`zbeklar tushunishmaydi, masalan, qurilish do`koniga kirib "Suyuq oyna bormi?" desam "Yo`q" degan javob oldim va o`sha zahoti peshtaxtada turganini ko`rib "Ana turibdi-ku" desam "Eeee, oka, "jidkiy steklo" demaysizmi, o`rishchani bilmaysiz shekilli" deb ustimdan kuldi. "Yo`q, uka, o`rishchani siz bilmas ekansiz "jidkoye steklo" bo`ladi, o`zbekchasi esa "suyuq oyna" deb ataladi" deb javob berdim. Bunaqa holatlarga ko`p tushaman. MP3 (em p uch) desam ham ko`pincha tushunishmaydi-da "Ha em p trimi?" deyishadi, chunki unaqalar zamonaviy, mendakalar esa zamondan orqada qolganmiz. Agar savodsizlik zamonaviylik bo`lsa men zamonaviy emasman.
|