uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Gulchehra Ibragimova 31.10.2011 17:13

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 635185)
Meni zoru zaifu poshikasta,
Boshimdin to ayoq a'z shikasta...

Ажаб дунё экан бу ишқ дунёси, аё дўстлар,
Бу дунё деб у дунёни баҳосиз пулга сотдим-ку.

Унинг гулзорида булбул ўқиб қон айлади бағрим,
Кўзимдин ёшни жў айлаб аламлар ичра ботдим-ку...
Чўлпон

Nigora Umarova 31.10.2011 17:23

Цитата:

Сообщение от Gulchehra Ibragimova (Сообщение 635193)
...Унинг гулзорида булбул ўқиб қон айлади бағрим,
Кўзимдин ёшни жў айлаб аламлар ичра ботдим-ку...
Чўлпон

Ul oyni yuzig'a bahs etarsen,
Yetmish magar, ey quyosh, zavoling.
Zuhd ahlig'a salsabilu kavsar,
Basdur menga rashhai zuloling.
Chiqmasdi hanuz xau savodi,
Mushafda muborak erdi foling.
Jamshidni jomidin ziyoda,
Ey rindi gado, sinuq safoling...

Nodira

Gulchehra Ibragimova 31.10.2011 17:36

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 635202)
Jamshidni jomidin ziyoda,
Ey rindi gado, sinuq safoling...

Гўзал тупроқ узра қуйилди оқшом,
Кундуз олар дам,
Жўшқин мушоира этади давом,
Дўстим, кел сен ҳам!

Зулфия

Nigora Umarova 31.10.2011 17:48

Цитата:

Сообщение от Gulchehra Ibragimova (Сообщение 635220)
...Дўстим, кел сен ҳам!

Зулфия

...May keltur, ey mug'ki, yuz hayrat aro qolmish masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy to'kti ul oy furqatidin bahri ashk,
har qachon boqsang quyosh aksi aning yoshindadur.

Gulchehra Ibragimova 31.10.2011 17:51

Рaшк илa aлaмли пaйкoн йўллaмaнг,
Сoғиндим, юкимни oсoн ўйлaмaнг.
Интиққaн бу қaлбгa ишқсиз йўлaмaнг,
Бу ҳижрoн кунлaри oсoн бўптими?

Кeлaрсиз, Тoш шaҳри oсмoн бўптими,
Фирoқлaр сизнинг ҳaм жoндaн ўтдими?
Кўксимни ёндиргaн ишқнинг ўтими-
Ул ҳижрoн тунлaри oсoн бўптими?

“Ҳижронли кечалар жондан ўтдими?!”
(С)

Nigora Umarova 31.10.2011 18:11

Цитата:

Сообщение от Gulchehra Ibragimova (Сообщение 635227)
“Ҳижронли кечалар жондан ўтдими?!”
(С)

...Ishq istar bo'lsa majnun aylagay payravligim,
Yo'lni ne bilg'ay kishi, to rahnamo ko'rsatmagay.
Ochmagay ko'zini, to so'kmakka og'iz ochilmagay,
Yuzini ko'rsatmagay, to yuz jafo ko'rsatmagay.
Uchgudektur jon qushi hijronda Bobur ohidin,
Kel, pariy, ta'jil ila, jonim havo ko'rsatmagay.

мафтун 31.10.2011 21:17

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 635242)
Uchgudektur jon qushi hijronda Bobur ohidin,
Kel, pariy, ta'jil ila, jonim havo ko'rsatmagay.

Йўл юриб, мўл юриб келдим олисдан,
Минг йил ахтарганим ёнимда борсан.
Ёнимда борсану баттар ёлғизман—
Кошки юрагингга яқинроқ борсам.

Қўл чўзсам, зулфингга етар бемалол,
Балки қучишимни кутяпсан, зорсан.
Қўлларим ҳалвираб тушар бемажол,
Кошки юрагингга яқинроқ борсам.

«Қўй юрак, силтанма, ошиқма бекор.
Бунча шошқалоқсан, бунчалар торсан?»
Бунча бечораман, бунчалар ночор—
Кошки юрагингга яқинроқ борсам.

Қайси йўлдан борай, кимдан сўрай, айт?
Қайси тошга уриб бошимни ёрсам?
Сўраб-ку Маккани топарман бир пайт,
Кошки юрагингга яқинроқ борсам.

(c) 1999

Nigora Umarova 01.11.2011 10:14

Цитата:

Сообщение от мафтун (Сообщение 635315)
Кошки юрагингга яқинроқ борсам.

(c) 1999

Mayda tashvishlarga qo'limni siltab,
xayol og'ushiga cho'maman yolg'iz.
Oqshom kechayotir dilga o't qalab,
Qandaydir sharpalar kezadi ruhsiz.

Ko'zimga kiradi tanish ko'chalar,
Mendan rozimisan, ey qaro ko'zum?
Borgim kelayapti jimjit kechalar,
Unda hasratlarim, toabad dardim.

Unda bolalikning zangor surati,
Kechki kuzaklardek sovurilar sokin.
Qayda yuragimning olov shiddati,
Qayda ko'zlarimni kuydirgan uchqun?

Kipriklarim uzra to'kiladi yo'l,
Kimni baxtsiz qildi mendan o'tgani?
Tashqarida nega beshinchi fasl,
Yuragimda yanvar izg'irinlari?

Bir parcha yer usti, bulutlar kulrang,
Vidosiz yo'llarda buzilar ko'nglim.
Deraza ortida ma'yus va diltang
Qor kabi yonadi xotiralarim.

Adiba Umirova

Gulchehra Ibragimova 02.11.2011 10:22

Men bu so‘zni qanchalar kutdim,
Uni kutib, so‘ldi gullarim.
Shu so‘zni deb o‘zni unutdim,
O‘tib ketdi yoshlik yillarim.

O‘ylamovdim eshitaman deb,
Sochimga oq oralaganda.
O‘ylamovdim eshitaman deb,
Ajal zimdan mo‘ralaganda.

O‘zingmisan? Ishonmayapman,
Jim yashashdan oxir toldingmi?
Sen o‘zingga o‘xshamayapsan,
Yo chindanam sevib qoldingmi?

Nega qarab turibsan osmon,
Boshimdan gul yog‘ib bersan-chi!?
Yuzlarimdan o‘pmaysanmi oy,
Bulutdan baxt sog‘ib bersan-chi!?

Oqaverdi suvdek yillarim,
Hatto o‘ylab ko‘rmabman bir oz.
Shu so‘zni deb o‘tibdi umrim,
Shu so‘zni deb yashabman xolos.
Men bu so‘zni qanchalar kutdim

Behzod Fazliddin

Alisher Asror 02.11.2011 10:24

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 635504)
...xotiralarim.

Men betofiq , men devona bolami,
Toshkon ketib shuncha uzoq qolami!?
Qaytib kelib yolg`on ohu-volami.
Intizorim, doim kutgan Onajon,
Xovuchida jonin tutgan Onajon.

Na qo`ng`iroq, na sovg`a salom taskin,
Na yupatish – shirin so`z kalom taskin,
Ko`zlari to`rt o`ltirar tamom taskin,
Intizorim, doim kutgan Onajon,
Xovuchida jonin tutgan Onajon.

Topgan-tutgan molu-mulki – bolasi,
Yuragida shodlik, kulki – bolasi,
Duosida yo`qlagani nolasi,
Intizorim, doim kutgan Onajon,
Xovuchida jonin tutgan Onajon.


(C)


Текущее время: 23:27. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»