uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Alisher Asror 03.10.2011 18:14

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 620570)
Rahm qil, davlatlu sultonim, muruvvat chog'idur.

Rubobim ko'nglimning quvonchi do'st-o'rtog'idir,
Seningsiz unga suyanmak dil ishtiyoqidur,
Kel beri, endi bir takalluf ayla, rad etma,
Rahm qil, davlatlu sultonim, muruvvat chog'idur.

(C)

Nigora Umarova 04.10.2011 09:41

Цитата:

Сообщение от Alisher Asror (Сообщение 620689)

Rubobim ko'nglimning quvonchi do'st-o'rtog'idir,
Seningsiz unga suyanmak dil ishtiyoqidur,
Kel beri, endi bir takalluf ayla, rad etma,
Rahm qil, davlatlu sultonim, muruvvat chog'idur.

(C)

Rubob tori tarannumi -bu ko'ngulning ohidur,
Sen shamsni qilding orzu va lek ul osmon mohidur.
Zimiston qalbga ziyo taratubdir ul hilol,
Rahmi uldir, davlatli sulton, ayni muruvvat chog'idur.
(C)

Sherzod Nortojiev 04.10.2011 10:03

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 620915)
Rubob tori tarannumi -bu ko'ngulning ohidur, Sen shamsni qilding orzu va lek ul osmon mohidur. Zimiston qalbga ziyo taratubdir ul hilol, Rahmi uldir, davlatli sulton, ayni muruvvat chog'idur.

Rayxon senga uylanaman
Go'shangamiz bog' bo'ladi Rayxon
Yaprog'inga yuzim bossam
Mayus ko'nglim tog' bo'ladi Rayxon

[N]

Nigora Umarova 04.10.2011 10:09

Цитата:

Сообщение от Sherzod Nortojiev (Сообщение 620923)
...Mayus ko'nglim tog' bo'ladi Rayxon

[N]

Bu Ozodbek Nazarbekovning qo'shig'imi?
Odatda, "Bahru bayt" mavzusida qo'shiq matnlarini emas, she'riy matnlarni qoldirardik.

Цитата:

Сообщение от Masud Mahsudov (Сообщение 86615)
Ushbu bo'limda har bir foydalanuvchi o'ziga yoqqan she'r yoki o'z nazmiy ijodi namunasini forumdoshlar bilan baham ko'rishi mumkin...


Bekmirzo 04.10.2011 10:32

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 620926)
...
Odatda, "Bahru bayt" mavzusida qo'shiq matnlarini emas, she'riy matnlarni qoldirardik.
...

Ibeee, qo'shiq matni aslida she'riy matn bo'ladi, deb, xato o'ylab yurarkanmiz-da...

Unda, konsert saroylarida nima uchun "Falonchi she'ri, pistonchi musiqasi" deyisharkinlar-a...
;)

Nigora Umarova 04.10.2011 10:35

Цитата:

Сообщение от Bekmirzo (Сообщение 620935)
Ibeee, qo'shiq matni aslida she'riy matn bo'ladi, deb, xato o'ylab yurarkanmiz-da...

Unda, konsert saroylarida nima uchun "Falonchi she'ri, pistonchi musiqasi" deyisharkinlar-a...
;)

Bek aka, yuqorida keltirilgan matn bu she'rmi? Hozir qo'shiqlarga she'r emas, so'z yozishyapti. Shuning uchun ham "Falonchi so'zi, falonchi musiqasi" so'z birikmasi ko'proq ishlatilyapti.
Bilmadim: yoki men she'rni tobora umuman tushunmay boryapman, yoki shoirlarning saviyasi tobora yuksalib bormoqda. ;)

Nigora Umarova 04.10.2011 10:45

Цитата:

Сообщение от Sherzod Nortojiev (Сообщение 620923)
Mayus ko'nglim tog' bo'ladi Rayxon

[N]

Ne uchun faryod chekursan, so'zlagil, ey sharshara,
Anduhi birla yuzingga kim ajin solmish, qara,
Ne edi dardingki fard chekding tunu kunlar aro,
Bosh urib toshlarga yig'larsan, nechun bu manzara?

Zebunisobegim

Bekmirzo 04.10.2011 10:48

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 620937)

Bek aka, yuqorida keltirilgan matn bu she'rmi?

Menimcha, oddiy she'riy matn...

Rayxon senga uylanaman
Go'shangamiz bog' bo'ladi.
Yaprog'inga yuzim bossam
Mayus ko'nglim tog' bo'ladi.

Nigora Umarova 04.10.2011 10:51

Цитата:

Сообщение от Bekmirzo (Сообщение 620944)
Menimcha, oddiy she'riy matn...

Agar "bog'" va "tog'" so'zlarining qofiyalanishini e'tiborga olmasak, men buni she'r deya olmayman. Erkin Vohidov bilan bo'lib o'tgan ijodiy uchrashuvda qatnashganligingizda Siz ham bunday deb o'ylamagan bo'lardingiz.

Bahru -baytni davom ettirsak. :)

Alisher Asror 04.10.2011 12:07

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 620942)
Bosh urib toshlarga yig'larsan, nechun bu manzara?

Ayb etmangiz ko'zdagi qona, dil bulog'idir,
Meni Majnundek yig'latgan yorning firog'idir,
Kel , Allohni sevarsang, oshiqa javr etma, lutf ayla,
Rahm qil, davlatlu sultonim, muruvvat chog'idur.

(C)+ Fuzuliy:)


Текущее время: 12:48. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»