uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Masud Mahsudov 02.09.2011 19:10

... Нур – Сиздан таралган ажиб чин ёғду,
Шаббода – сочингиз ўйнаган насим.
Мeҳр –сўзингизда яширин жоду,
Тундeк кўзингизга кeлар ҳавасим.

(с)

albatros 03.09.2011 11:39

Цитата:

Сообщение от Masud Mahsudov (Сообщение 604153)
Тундeк кўзингизга кeлар ҳавасим.

Me’yoridan o‘tsam tuting ma’zur, jonim,
Men qizg‘onsam nodon bo‘lib qizg‘onaman.
Guldekkina ko‘nglingizdan uzr, jonim,
Men qizg‘onsam tikon bo‘lib qizg‘onaman.

Holim bordir siz o‘zgaga bir boqqulik,
Arazim-da dunyolarga o‘t yoqqulik.
Alamlarni tilga qamab, lab tishlasam –
Tishlarimning orasidan qon oqqulik,
Men qizg‘onsam yomon bo‘lib qizg‘onaman.

Oydin tushga do‘nganim bor uyqungizda,
Binafshalar terganim bor kulgungizda.
Dil darchasin sizga ochib qo‘ydim qanday,
Qanday paydo bo‘ldim yurak mulkingizda?
Men qizg‘onsam hayron bo‘lib qizg‘onaman.

Hijronlar-ey, jonim aro jon saqlaydi,
Yo‘limizni ikki yonga taroqlaydi.
Siz og‘rinmang, shu kuydirgi rashkimni ham
Bir kun kelib sog‘inchingiz so‘roqlaydi…
Men qizg‘onsam armon bo‘lib qizg‘onaman.

Guldekkina ko‘nglingizdan uzr, jonim,
Men qizg‘onsam tikon bo‘lib qizg‘onaman

Iroda Umarova

Gulchehra Ibragimova 05.09.2011 13:37

Цитата:

Сообщение от albatros (Сообщение 604397)
Guldekkina ko‘nglingizdan uzr, jonim,
Men qizg‘onsam tikon bo‘lib qizg‘onaman

Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim,
Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?


Usmon Azim

albatros 05.09.2011 14:20

Цитата:

Сообщение от Gulchehra Ibragimova (Сообщение 605217)
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.

E.Vohidov.

Gulchehra Ibragimova 05.09.2011 15:06

Men telbaning gunohidan o`tarmusiz
Zarra shavqat muruvvatlar etarmusiz
Ohlarimning ohlariga etarmusiz
Bilmay sizning diydoringiz so`rab qo`ydim

Laylilika yoydi dunyo bozorida
Nadomatga qo`ydi dunyo bozorida
Titrayotgan jonni so`ngi ozorida
Bilmay sizning diydoringiz so`rab qo`ydim

(узр, муаллифини билмадим..яхши шеър экан)

Mahmud Jurat 05.09.2011 17:26

Цитата:

Сообщение от Gulchehra Ibragimova (Сообщение 605285)
Bilmay sizning diydoringiz so`rab qo`ydim

***
Мусаввир расмимга бўёқ тортган пайт
Кўзимдан чақмоқлар отилиб кетди.
Шу заҳот тинчидим, йўқолди ғайрат,
Бутун бор ҳаётим олдимдан ўтди.

Бўёқлар чапланди қуюқлашди ранг,
Матодан ҳўмрайиб юзим кўринди,
Менга қўрс боқарди тушмай шаштидан,
Нотаниш файласуф, қандайдир анди.

Сочлари патила, малла бир одам,
Синчиклаб қалбимга боқар эди жим.
Оёқлари йўқ, юрмай бир қадам,
Менга вужудила қиларди ҳужум.

Бир дам кўзларига боқдим ҳадиксиб,
Унинг нолаларин эшитган бўлдим.
Мен ўзим дардларим елкага олиб,
Секин холстдан чиқиб жим жўнаб қолдим.

Мен кетиб бораман ортга қарамай,
Сен энди Дориан аксисан холстда.
Хато қилсам Шагрен вужудим, камай,
Бўғзимдан олақол билдирмай аста.

Мана мен иккига бўлиндим, эвоҳ,
Бирим сийрат бўлса бошқаси суврат.
Бири такрор такрор қилади гуноҳ,
Бошқасин қийнайди ҳаётий ҳайрат.
(С)

Masud Mahsudov 07.09.2011 08:30

Tunim o’tar bedor va yolg’iz,
Tashqari qor -
Ichimda otash.
Sabrim ashkdan yaralgan dengiz,
Tugamasga o’xshaydi bardosh.

Tunim o’tar sokin, ohista,
Olislaydi tushlar-uyqular.
Yuragimni kezadi asta
Ta’riflarga ojiz tuyg’ular.

Tunim o’tar.
Sog’inch, intiqish,
Ezg’ilaydi mushtdek jonimni.
Buncha uzoq choz’iladi qish
To’rga solib qalb tug’yonimni?

Tunim o’tar;
Hadik, g’ulg’ula,
Mehmon bo’lib kelar uyimga
So’ngra “umid” atalgan shu’la,
Dalda berar ojiz ko’nglimga

Tunim o’tar,
Mudramoqqa ko’z
Jazm qilmay kutar baxtimni.
Bisotimda qolmasa ham so’z,
Haq qo’lida tutar baxtimni.

Tunim o’tar – iqbolim g’arib,
Zulmatlardan ziyo axtarib...

(c)

Gayratxodja Saydaliyev 07.09.2011 12:11

Цитата:

Сообщение от Masud Mahsudov (Сообщение 606029)
Zulmatlardan ziyo axtarib...

Бунчалик йиғлама муҳабат учун,
Муҳаббат афсона, муҳаббат ёлғон.
Тақдир азалийдир билмадим нечун,
Тақдирга тан бермай йиғлайсан ҳамон.

Йиғлама, тез кунда кетади булут,
Сенга ҳам кулади тақдир қуёши.
Бошингда бахт қуши қанотидан тут,
Майли, сўнгра томсин қувонч кўз ёши.

А.Абдураҳмонов

Gulchehra Ibragimova 07.09.2011 12:52

Цитата:

Сообщение от Gayratxodja Saydaliyev (Сообщение 606129)
Майли, сўнгра томсин қувонч кўз ёши.

Ishq dedik – yo’lida ado bo’ldik biz,
Ishq qayda? Bilmadik – xato bo’ldik biz,
Ishqimizu ishq so’rab gado bo’ldik biz –
Ishq jondan do’zaxni boshlab o’tadir,

Ko’ksimdan qalb chiqdi – ochilib qoldi,
Shamollar tikanday sanchilib qoldi,
Zamon to’fonida yanchilib qoldi –
Oshkormas, pinhon dard yashnab o’tadir.

Suyganim yashamoq sabru qanoat,
Daqiqa – sinovdir, lahza – sinoat,
Ishq deb ado bo’lmoq balki saodat –
Garchi u ko’zlarni yoshlab o‘tadir.

Usmon Azim

Gayratxodja Saydaliyev 07.09.2011 17:21

Цитата:

Сообщение от Gulchehra Ibragimova (Сообщение 606142)
Garchi u ko’zlarni yoshlab o‘tadir.

Руҳимни яратиб эдинг латофат бирла,
Қилдинг анга танни ҳамроҳ, офат бирла
Руҳимни чу тан эвига келтурдинг пок,
Мундин бори элтма касофат бирла.

Бобур. Рубоий


Текущее время: 08:46. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»