Mahallada duv-duv gap bo'lyapti ekan-ku, :)
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
(Сообщение 455994)
Kavsaroy, ayting bularga, men sizga Bobikvoyga birinchi o'rin "chempion" degan titulni e'lon qiling deb po'pisa qilmaganimni....
|
Mening ham Samarqandda aqlli bir itim bor. Negadir men ham uni "Bobik" deb chaqiraman. Xuddi moder opamizni itlariga o'xshab ketarkan. Avvalo shu yodimga tushdi. :) Itlar, haqiqatan egasiga g'amxo'r, vafodor bo'larkan.. Shuning uchun har birimizniki o'zimizga yaxshi ko'rinishi tabiiy..
Chempion kimligini esa ularning suratlarida yiqqan ovozlari aytib turibdi-ku, shunga qarab xulosa qiluvdim-da.. :)
Цитата:
Сообщение от OmoN
(Сообщение 455986)
Модератор бўлсанг маззада. Форумчилар ҳатто итингни ҳам ҳурмат қилишади Мен ҳам катта бўлсам модератор бўлсаммикин...
|
Hurmatli Omon aka. Sizning "Pusat"ingiz juda yoqimtoy, keyin juda yosh.. Hali chempion bo'lishga yoshlik qilmasmikan, nima deb o'ylaysiz ;)
Цитата:
Сообщение от Lutfillo Tursunov
(Сообщение 456017)
Nigora Umarova ва OmoN, келинг чемпионликни бошқа йўл билан аниқлаймиз. Уриштирса кимнинг ити ғолиб келади? Менинг "Қоплон"им нақ еб ташайдия. Оёқлари кетмон дастадан бақувват, боғловли турганда унча мунча занжир дош бермайди. Керак бўлса иккига бир қўяман!
|
Hurmatli Lutfillo aka Tursunov. Itingiz ko'rinishidan ta'riflaringizni oqlaydiyov, lekin keling jonivorlarga mehr ko'rsataylik, ularni urishtirmaylik. Omon aka haq gap aytibdilar...
O'zi it, egasiga o'rganib qolsa juda mehribon bo'larkan. Odamniyam mehri tushib qolarkan itiga.. Ba'zan, shu itning sadoqatidan o'rnak olsa arziydi deb o'ylab qolaman..
|