uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ўзбекистон ва дунё янгиликлари (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=602)
-   -   Кун мавзуси (https://uforum.uz/showthread.php?t=10722)

Bobir Samadov 26.10.2011 18:00

Тошкент-Қарши йўналиши бўйича қатновчи тезюрар "Насаф" поезди билетлар нархи неча пул экан? сабаби шанба куни юртимизда илк маротаба ОФК доирасидаги нуфузли мусобақа финали Қаршида бўлиб ўтади. Насаф жамоасини бевосита стадионда қўллаб-қувватлаб, ўйиндан завқ олиш бошқача-де!

Shuhrat Ismailov 26.10.2011 18:14

Pfefferminze нега блок қилинганини кимдир тушунтира оладими?

Bekmirzo 26.10.2011 21:27

Цитата:

Сообщение от Bobir Samadov (Сообщение 632751)
Тошкент-Қарши йўналиши бўйича қатновчи тезюрар "Насаф" поезди билетлар нархи неча пул экан? сабаби шанба куни юртимизда илк маротаба ОФК доирасидаги нуфузли мусобақа финали Қаршида бўлиб ўтади. Насаф жамоасини бевосита стадионда қўллаб-қувватлаб, ўйиндан завқ олиш бошқача-де!

1-klass bilet bir tomonga = 37.700 so'm.
2-klass uchun esa 28.000 so'mdan edi shekilli...

Stadion uchun biletlar narxlaridan xabaringiz bo'lsa kerak. Ikkala darvozaning orqa tomonlaridagi sektorlar uchun biletlar narxi = 10.000 so'mdan. Maydonning ikki yon tarafidagi sektorlar uchun biletlar narxi = 15.000 so'mdan. VIP-biletlar narxi = 50.000 so'mdan. Ishqilib, stadion uchun bilet ololsangiz bo'ldi. Ana shunda final o'yinini O'zbekistonning ayni paytdagi eng chiroyli 2 ta stadionidan birida tomosho qilasiz. :) ;)

Nigora Umarova 27.10.2011 10:29

Цитата:

Сообщение от ShN (Сообщение 632776)
Pfefferminze нега блок қилинганини кимдир тушунтира оладими?

Shaxsiy iltimoslariga binoan blok qilindilar.

Цитата:

Pfefferminze
salom

Nigora salom
nega admin mening accountimni haliyam o'chirmabdi?
o'rtoqjonim bilib bering...

R

Bekmirzo 28.10.2011 21:48

Цитата:

Сообщение от Bekmirzo (Сообщение 632860)
...
Stadion uchun biletlar narxlaridan xabaringiz bo'lsa kerak. Ikkala darvozaning orqa tomonlaridagi sektorlar uchun biletlar narxi = 10.000 so'mdan. Maydonning ikki yon tarafidagi sektorlar uchun biletlar narxi = 15.000 so'mdan. VIP-biletlar narxi = 50.000 so'mdan. Ishqilib, stadion uchun bilet ololsangiz bo'ldi. Ana shunda final o'yinini O'zbekistonning ayni paytdagi eng chiroyli 2 ta stadionidan birida tomosho qilasiz. :) ;)

Qarshida biletlar narxlari kamida 3-4 baravarga oshib ketgan, degan gaplar bor.

http://www.uff.uz/news/sections/asia/32231

Kahramon Jalilov 01.11.2011 23:10

Shu kunlada juda ko'p gaplar yuribdi, Qurbon hayiti qaysi kunga belgilandi?

Behzod Saidov 01.11.2011 23:47

Цитата:

Сообщение от Kahramon Jalilov (Сообщение 636025)
Shu kunlada juda ko'p gaplar yuribdi, Qurbon hayiti qaysi kunga belgilandi?

6-noyabr.

Kahramon Jalilov 02.11.2011 00:21

Behzod bergan manba orqali shu maqola e'lon qilingan ekan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, yosh avlodning ruhiy va ma’naviy olamini boyitish, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada yuksaltirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram “Qurbon hayit”ni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

1. 2011 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 noyabrga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, ushbu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayram tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2011 yil 31 oktabr

Оффтоп:
Hammaga ayyom muborak

Шох Салтан 03.11.2011 08:03

ҳамма 7 ноябрь куни бўлиб уч кун дам оламиз деб юрган эди. ҳафсалани пир қилишди.

Hero 03.11.2011 08:14

Цитата:

Сообщение от Шох Салтан (Сообщение 636762)
ҳамма 7 ноябрь куни бўлиб уч кун дам оламиз деб юрган эди. ҳафсалани пир қилишди.

Кўпчилик шу фикрда эди


Текущее время: 17:58. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»