uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Masud Mahsudov 09.04.2008 16:50

Мени “бевафо” деб,
Айблама, гулим,
“Меҳрингиз қаттиқ”,-деб
Солма юзимга.
Тошга қиёслама
тирик вужудим,
Тўр солма
ҳар куни босган изимга.

Ширин ўйларингни
Қилма дастурхон,
Бу таом туюлар
Мисоли заққум.
Кўзларингга қараб
Эзилади жон,
Сен-ла қололмайман.
Йўқ бунга ҳаққим!

Виждоним йўл қўймас,
Қалбим қийналар.
Дардим қанчалигин
Билмайсан, гулим.
Пичоқсиз сўйилар,
Тиғсиз тирналар,
Ипсиз осилади
Нотавон дилим.

Бўлди.
Кетаяпман.
Умидингни уз!
Бир нарса тўсиқдир
Пок ниятингга:
Кўксимда илк севгим
Яшайди ҳануз.
Мен лойиқ эмасман
Муҳаббатингга.


Firdavs... 2008 yil, mart

Anvar Latipov 09.04.2008 17:04

Agar odam bo`lsang gapimga tushin
Agar xudo bo`lsang menga yo`l ko`rsat
Sevaman so`zini eshitmoq uchun
Chorak umrim o`tdi hijronga ulfat

Kimga aka, kimga birodar bo`lmoq
Qismatim ruxsat ber etayin barchin
Birovga do`st bo`lib, mehrga to`lmoq
Eng go`zal, eng aziz xislatdir garchi

Akalik jo`ralik tegdi jonimga
Gohida tirilib goho berib jon
Yakka-yu yolg`izing bo`lib yoningda
Yashagim kelyapti besharaf, beshon

Birovlarning g`amdan egik boshini
Silashdan qo`llarim shol bo`ldi,toldi
Bugun sen arta qol ko`zda yoshimni
Bugun mening boshim egilib qoldi

Yulduzlar porlagan shu osmon haqqi
Ona zamin haqqi qasam ichaman
Sen mening bag`rimda birgina balqi
Istasang she`rimda kechaman

Sevaman so`zini eshitmoq uchun
Turibman yoningda kutib shu fursat
g`aribman, ojizman gapimga tushun
Xudo ekanimni olamga ko`rsat

Vasliddin Tuychiev 09.04.2008 17:08

TUNDA

Tun. Olamni qoplagan butkul,
G'animlarning qora niyati.
Milt-milt etar o'chishdan qo'rqib
Odamlarning pok oriyati.

Sitamlarga boshimni qo'yib,
Alam uzra yotarman behol,
Xayolimni qoplaydi kulfat,
Dardni quvish keladi malol.

Kecha - armon, erta-chi - gumon,
Bugun yolg'on, aqlim lol hayron.
Men kulfatdan qochayin desam,
Ayni zamon, oqibat yomon.

Burchga qo'shib, unutdim o'zni,
Bir zum darddan yiroqda bo'lib.
So'ng anduhni sirtdan yashirdim,
Kulganlarning ustidan kulib.

Javlon Abdullo - Kechikkan bahor

Nigora Umarova 09.04.2008 17:19

Birovning qaddini tiklash-chun
O’z qadring tuproqqa tenglama,
Ko’nglingni asragin bus-butun,
Sen uni osmonday keng dema.

Yog’dular sochilar tinimsiz
Ochilsa muhabbat daftari.
Ko’kdagi bir dardday ko’rimsiz
Tuyular dunyoning dardlari.

Goh daryo ko’nglingga qil sig’may
Bir qatim nur tushsa o’t ketar.
Kichrayar hech kimga bildirmay-
Quyunday yoprilsa xavf-xatar.

Birovning qaddini tiklash-chun
Yiqilgan kunlarim ertakmas.
Ololsam-olaman bus-butun-
Menga ham yarim dil kerakmas.

Yo’lingda kamonday egilgan
Dardlarni ichingga yutmagin.
O’zini ardoqlay bilmagan
Ko’ngildan ro’shnolik kutmagin!

Zamira Egamberdiyeva

Vasliddin Tuychiev 09.04.2008 17:46

Nigohingni yashirma mendan
Ko'zlaringga boqayin to'yib
O, umidim shumidi sendan
ne orttirdim mehrimni qo'yib
Bo'lamidi biror yering kam
menga bir bor boqqaning bilan

Nigora Umarova 09.04.2008 17:56

Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan muhabbat ixtiyor et.

Uzor-u qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarv-u gulini sharmsor et.

Labi maxmurdurmen jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i xumor et.

Analhaq mojarosin aylading fosh,
Kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duri ashku aqiqu xuni dilni
Kelur yoring ayoqiga nisor et.

Kuyub, ey Nodira, olam eliga
Muhabbat shevasini oshkor et.

Nodirabegim

Vasliddin Tuychiev 09.04.2008 18:02

QILOLMASSAN

Tiriklik chog'ida qilgin vafo so'ngra qilolmassan
Elingni qilgin o'zingdan rizo so'ngra qilolmassan

G'animat har nafas hurmat bilan umringni hurram qil
O'tib ketgay oto bilan ona so'ngra topolmassan.

Belingda quvvating borda bir maqsadga intilgan
Qilay desang olib qo'lga aso so'ngra topolmassan.

Har ishni qilgil vaqtida fursat o'tkazib qo'ymay
Umr so'ng qisqa olis muddao so'ngra qilolmassan.

Jarohit katta bo'lmay chorasin izla avvaldin
Tabibsiz dardingga davo so'ngra topolmassan

qo'lingda ixtiyoring borida sho'xi shahovat qil
Yoqangdan bir kun qazo so'ngra qilolmassan

Kamoliddin Rahimov qo'shig'i

Sanjarbek Rizoqulov 09.04.2008 18:02

Necha kunki yo`q oromim
kelolmayman hushimga
Kechalari onajonim
Kirib chiqar tushimga
Qo`llarida oq yelpig`ich
Oy nurida yaltirar
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

Vasliddin Tuychiev 09.04.2008 18:45

Ra'no dedim o'zingni - guldan baloga qoldim,
Shakkar dedim so'zingni - boldan baloga qoldim.

Qaddingga havaslansa, sindirma sanobarni,
"Chumoli" deb belingni, qildan baloga qoldim.

Tun qo'ynida ko'rinmas qaldirg'och qarolari,
So'rmay-so'rib labingni, tildan baloga qoldim.

Bir so'z bilan yutildim - tutildi olov jonga,
Tilim qilgan gunohga dildan baloga qoldim.

Cho'lponlaring suydurgi, hijronlaring kuydurgi,
Ashkimni erkalatsam, seldan baloga qoldim.

Javob qilmas sanamlar, savob bilmas sanamlar,
Ishq yo'llarin o'ng topib, so'ldan baloga qoldim.

Yillar yildan yiroqlab, eslanarmu Mug'anniy,
"Barcha bir - sen bir yon" deb, eldan baloga qoldim.

Sanjarbek Rizoqulov 09.04.2008 18:52

Maylida kimgadir yoqsa
yoqmasa
Ularga qo`shilib yig`lasharmidik
Biz baxtli bo`lamiz
xudo xohlasa
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.


Текущее время: 07:09. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»