![]() |
|
Цитата:
Sezib turipman, Ko`kda kelayotir Qushlar qaytishib. Xayrlar yog`dirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib. Bor, mening uchun ham Ularga qo`l qoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! M.Yusuf. |
Цитата:
Ko'zlari yuz marg'zorig'a iki vahshiy g'izol. Qomati bog'i murod ichra yangi bitgan nihol, Olloh-Olloh, kim ko'ribdur bu latofatlu jamol, Husn aro bir misli napaydoya oshiq bo'lmisham. Mahzuna ----------- mushkini hilo-tim qora qosh marg'zor-chamanzor g'izol-kiyik, ohu nopaydo- ko'rinmaydigan, yo'q, g'oyib |
Цитата:
Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi. Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan, Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi. O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas, Do`stlarim behuda zavolim izlar, Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas, Meni xarob etgan bevafo qizlar!.. M.Yusuf. |
Оффтоп: albatros, Абдулла Ориповнинг китобини ўқиб бўлиб, Муҳаммад Юсуфни бошладийзми :) |
Цитата:
Qomatingga bo'lmisham xushtor, bilmaysan hanuz. Hasratingda qon yutarman kechalar tong otquncha, Man asiri mubtaloying, yor, bilmaysan hanuz... Nihoniy |
Цитата:
Етар нигоҳингдан юрганим нари. Замон! Елкамда тоғ, жонимдан ўтар, Армоннинг ҳар галги ғалабалари. .. ..Замон!! Ўтинаман чоғ қил вақтимни, Бахтли одам бўлиб, кўнглим тин олсин. Замон! Шундай қил-ки, кўриб бахтимни Армонлар аламдан, армонда қолсин!. |
Цитата:
Оффтоп: klassik qo'shiqdan parchaНа бўлди Нигоро бизга асло қарамайсиз, На бўлди Нигоро бизга асло қарамайсиз, Гулдек очилиб ғунча-ю зухро, қарамайсиз... |
Цитата:
Наҳанги нуҳ фалак дарёси бўлди, алҳазар, танҳо. Нигорим бирла мен пурхандадурман, халқи дайр танҳо, Қаландарман, жаҳонни сайр этиб, қилдим сафар танҳо, Чу симурғеки, парвоз айлағай беболу пар танҳо. Бобораҳим Машраб |
Цитата:
Бу дунёда шоирим. Номард тўфонлар турса, Отингдан гард қолмагай. Зотим қолар демагин Бу дунёда шоирим, Қисмат тескари бурса Зотингда мард қолмагай.. ... У.Азим |
Yo’llar yiroq,
Istaklar olis, Manzil uzoq - qachon yetaman? Garchand qalb oq, niyatlar xolis, Ming yillarki, baxtni kutaman. Sham yoqsayam yorishmas ichim, Yillarga teng har o’tgan onim. Dard yenggani yetmaydi kuchim, Iqbol qachon bo’lar mehmonim? Boshim garang – xayol qaynaydi, Halovatim misoli sarob. Tinchlim bermay ruhim qiynaydi, Saodatga intilgan azob. Peshonamda bitilgan yozuv, Balki nurin sochar falakda. Faqat shu on yarador orzu, Tole mudrab turar yurakda. Kun keladi, qushdek uchaman, Baxtdan qanot yasab o’zimga. Ezgulikning tog’in quchaman, Jannat rangin olib ko’zimga. Hozircha-chi, yo’ldaman hamon, Manzil yiroq Ko’zlarim giryon... (c) |
Текущее время: 22:29. Часовой пояс GMT +5. |
|
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»