Цитата:
Сообщение от Utkir Mahmudov
(Сообщение 551828)
Оффтоп: Ха айтганча яна бир нарса, хурматли эркаклар, келинг эркак булайлик, хотинларга ухшаб майда чуда нарсаларни ковлаб, дардлашавермайлик, узи сизларга интернет берган давлат ахмок =) бекорга давлатни пулини ишлатиб булар бумагир нарсаларни гаплашиб утирибсизлар, ундан кура кеттик пиво ичишга, хамма борадими ишкилиб??? Бир узим бокални кутарволиб ашула айтмайманми???
|
Pivo ichmaganimga ham ancha bo`ldi ;) Ichish niyatim ham yo`q, ammo bunaqa mayda gaplardan ko`ra pivoxo`rlik yaxshi-da. :)
Shundoq bo`lsa ham men Nigoraxon tarafidaman, chunki yaqinda qo`limga bir ichimlikning bo`shagan idishi qo`limga tushib qoldi. U yerda "Sevgi bilan yeying" deb yozib qo`yilganini o`quvchilar bilan muhokama qildik, deyarli shu yerdagiga o`xshgan suhbat ketdi (men ingliz tili o`qituvchisiman). Bitta o`quvchim "Xato yozsa yozibdi, axir ichimlikni chiqargan-ku, o`zining qo`lidan kelmaganlar buni tanqid qilaverishadi-da" dedi. Bolalarning o`zaro munozarasiga qo`yib berdim va ohiri "Agar sizlar o`z ona tilinglarda shunaqa xato qilsanglar unda men sizlarga nima qilib ingliz tilini o`rgatib o`tiribman" dedim, chunki ba`zi bolalar u yerdagi xatoni sezishmadi. "Nima qipti, hech qanday xato yo`q-ku" deyishdi ham.
Men o`zim ham boshida xato qilib qo`yganimda juda qo`pol ravishda xatoni to`g`rilagan odamdan xafa bo`ldimu ammo keyinroq har bir postimni qattiq tekshirib keyin saqlaydigan bo`ldim (ming afsuski baribir xatolar o`tib ketadi :) )
Iltimos birovning xatolariga va birovning tanqidiga nisbatan sal yurakni kengroq qilaylik.
|