Просмотр полной версии : Tarmoqli marketing – pul topishning oson yo’limi?
Behzod Sulaymonov
08.04.2009, 12:54
Bugungi kunda butun mamlakatimiz bo'ylab Questnet (http://quest.net/) nomli tarmoqli marketing atamasi juda ko'p tilga olinmoqda. Atrofimizdagi yaqinlarimizning kamida uch-to'rttasi allaqachon ushbu biznes turiga a'zo. Ba'zida sizni ham bot-bot taklif qilishayotgan bo'lishlariham mumkin.Qisqa vaqtda keng ildiz otgan tarmoqli marketing haqida rasmiy matbuotlarda ham turli chiqishlar uyishtirilmoqda. Xo’sh , bu turdagi biznes omma orasida nega juda ommalishib ketmoqda.Biznes va’da qilayotgan katta-katta mablag’lar ostida halollik yashirinmi yoki qandaydir qing’irlik? Men bu bo’yicha biron bir fikr bildirish istagida emasman. Shunchaki Questnetga o’xshagan tarmoqli marketing yuzasidan sizlarning fikrlaringizni bilmoq istadim, xolos.
Aziza Abdunabiyeva
08.04.2009, 13:43
Bu faoliyat (aynan Questnet) bilan yaxshi tanish emasman, lekin Tyan-shi, Chans, Faberlic, Oriflame kabi MLM bilan shug'ullanuvchi firmalar haqida juda ko'p marta eshitishimga to'g'ri kelgan va fikrim haliyam o'zgarmadi:
"Bu bema'nilikdan boshqa narsa emas!"
Бу бўйича баҳсга киришишдан аввал форумдошларга баъзи маълумотлар билан танишиб чиқишни тавсия қилардим.
Тармоқли маркетинг ёки Herbalife, quest.net ва бошқалар хақида (http://islomolami.com/?p=61)
Сўнгги бор тармоқли маркетинг ҳақида (http://islomolami.com/?p=164)
Quest Net ҳақида нималарни биласиз? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2665.15;wap2)
Тармоқли маркетингга аъзо бўлаётганлар орасида талабалар кўпчиликни ташкил қилар экан. Уланиш учун 500-600 АҚШ доллари миқдорида маблағ лозимлигини инобатга олсак,.....
Хўш, сиз нима деб ўйлайсиз, муҳтаррам форумдош!
Behzod Sulaymonov
08.04.2009, 14:15
Аlbatta, Husen Tangriyev ta'kidlaganidek, tarmoqli marketing a'zolari ichida talabalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Shaxsan meni ham juda ko'p marta taqdimotlarga taklif etishgan.Yaqinda biр o'rtog'im bayram arafasida qishloqqa uyiga borib keldi. Eshitsam, tarmoqli marketing(questnet)ga a'zo bo'lish uchun uyidan pul olib kelgan ekan. Ota-onasi azob-uqubatda topgan pulni tayinsiz biznesga urish xudbinli emasmi!
Хўш, сиз нима деб ўйлайсиз, муҳтаррам форумдош!
"Тармокли маркетинг" фирибгарликнинг замонавий куриниши...
Aziza Abdunabiyeva
08.04.2009, 14:28
"Тармокли маркетинг" фирибгарликнинг замонавий куриниши...
Ha, aynan shunday. Yana hayron qolarli jihati, o'sha a'zolar bu biznes orqali pul topgan insonlar haqida to'lqinlanib gapirishadi, sizni ham shunday puldor bo'lib ketishingizga jonini berib ishontirmoqchi bo'ladi, o'zi esa eh... Ularga "Avval o'sha pullarni o'zing top, o'zing boy bo'lib ket, keyin menga gapirasan, hop" dib qo'ya qolaman, chunki allaqanday "loxotron"ga aldanayotganini gapirsangiz baribir quloq solmaydi...
Behzod Sulaymonov
08.04.2009, 14:49
Tarmoqli marketing(questnet) foydami yoki zarar...Bu yerda: info.islom.uz (http://info.islom.uz/content/view/1673/987/)
Ha, aynan shunday. Yana hayron qolarli jihati, o'sha a'zolar bu biznes orqali pul topgan insonlar haqida to'lqinlanib gapirishadi, sizni ham shunday puldor bo'lib ketishingizga jonini berib ishontirmoqchi bo'ladi, o'zi esa eh... Ularga "Avval o'sha pullarni o'zing top, o'zing boy bo'lib ket, keyin menga gapirasan, hop" dib qo'ya qolaman, chunki allaqanday "loxotron"ga aldanayotganini gapirsangiz baribir quloq solmaydi...
Улар хам уша куп пул топганлардай бой булиб кетишлари учун сиз уларнинг ортидан лохотронга аъзо булишингиз керак-да.
Behzod Sulaymonov
13.04.2009, 14:51
Hozirda nafaqat poytaxtimizda balki, viloyatlarda ham tarmoqli marketingga bo'lgan qiziqish juda avj olmoqda.Hali-ham xalqimiz tarmoqli marketingga a'zo bo'lishda davom etmoqda.Hurmatli forumdosh bunga sabab nimada deb o'ylaysiz... Xalqimizni taniyi yoq ishga pul tikishga nima majbur qilyapti...
Behzod Sulaymonov
14.04.2009, 09:25
Tarmoqli marketing(questnet) xalqimizni nimasi bilan jalb qilmoqda, nahotki tarmoqli marketing qalloblik bilan ish yuritayotganini ko'zimiz ochiq bo'laturib bilmasak! Hurmatli forumdoshlar bunga fikringiz qanaqa...?
Feruza Xodjayeva
14.04.2009, 10:38
Hozirda nafaqat poytaxtimizda balki, viloyatlarda ham tarmoqli marketingga bo'lgan qiziqish juda avj olmoqda.Hali-ham xalqimiz tarmoqli marketingga a'zo bo'lishda davom etmoqda.Hurmatli forumdosh bunga sabab nimada deb o'ylaysiz... Xalqimizni taniyi yoq ishga pul tikishga nima majbur qilyapti...
Tarmoqli marketingchilar allaqachon poytaxtdan ko'ra viloyatlar bilan ishlashni o'zlariga "shior" qilib olishgan.Bunga sabab, viloyatlarimizda ishsizlar sonining poytaxtga qaraganda ko'proq miqdorni tashkil etishida bo'lsa kerak.Ayniqsa bu ishga ayollarni jalb qilish osonroq kechadi.Qop-qop va'dalar-u,qog'ozda qisqa muddat ichida "boyib" ketishni va'da qilishadi.Kuchli psixolog suhbatidan chiqqaningizdan so'ng pul tikmay ham ko'ringchi!:dash2:
Aziza Abdunabiyeva
14.04.2009, 14:29
Kuchli psixolog suhbatidan chiqqaningizdan so'ng pul tikmay ham ko'ringchi!:dash2:
Shuning uchun ham yangi qurbonni avrashda o'sha marketingchilar uyushib ishlashadi, darrov asosiy ofislariga chaqirishadi, chunki yaxshi psixologlari ofisda bo'ladi... Yangi a'zo bo'lganlarni shunga o'qitishadiyam shekilli...
Quest.net КАПУТ!!! (http://www.uforum.uz/showthread.php?p=191768#post191768)
Nigora Tursunova
14.04.2009, 16:54
"Bu bema'nilikdan boshqa narsa emas!"
Lekin shu siz aytgan bema'ni narsadan anchagina kishilar kun ko'rayapti-ku?
Lekin shu siz aytgan bema'ni narsadan anchagina kishilar kun ko'rayapti-ku?
Алданувчилар бор экан бизда хам Озарбайжондагига ухшаб фаолияти тухтатилмагунча кун куришаверади.
onasriddinov
14.04.2009, 20:10
Quest Net капутни ўқишганларидан кейин ҳар қандай киши ҳам ўйлаб кўрса керак унинг фирибгарликдан иборат эканлиги ҳақида. :dash2: Унда бўлганлар кейин қайтишар. Quest Net капут мавзусида кимдур ёзганидай уларнинг шиори "сени алдашдими сен ҳам алда". Буни кўриб, ўқиб ёки эшитиб турган ҳар қандай мусулмон бу ишдан юз ўгирар, нима дейсизлар, форумдошлар?
Masud Mahsudov
14.04.2009, 23:24
Тармоқли маркетинг (quest.net)
“Қачонки тармоқли маркетинг пирамида шаклига эга бўлиб, янги келган мижозлардан олинган пул улардан юқорида турган иштирокчиларнинг барчасига (энг тепа қисмигача) тақсимланар экан, бас бу фирибгарликнинг асл кўринишидир”. давоми>> (http://info.islom.uz/content/view/1673/987/#jc_allComments)
Men xam talabaman. Bizda xam ko'pchilik shu yo'lga kirishib xozirda afsuslanishmoqda. Chunki bu narsa o'zini oqlamasligini yorqin fikirli odam tezda anglab oladi. Negadir bizi bugungi tengdoshlarimiz bu narsaga osongina berilib ketishyabti. Nimaga deganda bu yerda berilayotgan vadalar deymizmi yoki reklamami juda ishonarli chiqadi. Agar bu yo'l pul topishni oson yo'li bo'lsa nega yoshi kattaroq o'z yo'lini topib olgan insonlar shug'ullanishmayabdi deb o'zlariga savol berishmayabdi. Meni taxminimcha aynan Questni aytadigan bo'lsak yana 7-8 oylardan keyin g'oyib bo'lib qolishadi.
Umid_Komilov
26.04.2009, 02:06
Қуйидагиларни бир ўқиб кўринг:
http://info.islom.uz/content/view/1734/999/
Исмим Эльвира
Мен Қозоғистон университетнинг 2 курсида ўқийман. «QuestNet» компаниясига ишга келганимга кўп бўлгани йўқ . Мени у ерга энг яқин дўстим чақирган. Мен бу ишни эшитган пайтимда шу ишга кирмасам ўз кўзлаган мақсадимга ета олмайдигандай бўлдим. Кейин пул излай бошладим. Кўп ердан пул изладим. 80000 тангани ҳеч қаердан топа олмадим. Кейин овулимга бориб ота-онами кунига яраб турган ёлғиз сигирни сотишга мажбурладим. Ота-онам мендан нимасини аясин, сутини соғиб ўтирган сигирини бозорга олиб чиқиб сотиб беришди. Ҳозир улар қора чой ичиб ўтришибди (изоҳ: қозоқларда чойга сут қўшиб ичилади). Мен ишга жойлашсам ўз жамоамни йиғиб, сигирни пулини қайтариб, орзуларим ушалади деб ўйлаган эдим, лекин мен ўйлаганидек бўлмади. Бу ерга одам ўзининг энг яқин дўстига ишониб киради ва яна орзуларинг ушалишини ўйлаб бу ишдан чиқиб кета олмасдан юраверасан!!! Мен ёш талабаларга шуни айтмокчиман: “Бу ишга кирманглар. Мен хато килдим. Сизлар такрорламанглар. Сабаби ҳар қандай одам ўз орзусига ўз ўрни билан, тоза йўл ва ҳалол меҳнати билан етиши мумкин!!
Менинг исмим Дониёр.
Абулайхон номли халкоро университетининг 3 курсида ўқиганман. 2008 йил одамларнинг қизиқтиришлари билан шу компанияга жалб қилиндим. Келиб қолишимни сабаби ҳаётимни яхши томонга ўзгартирмоқчи бўлдим . Бироқ нимага етишдим?
Биринчи - 7 ойда 250доллар пул олдим (80000 сарф қилиб (изоҳ: 80000 ўша пайтда 670 доллар, 2008 йилги курс)
Иккинчи - Бутун вақтимни йўқотдим,
Учинчи - Дўстларидан айрилдим,
Тўртинчи - Ўқишдан чиқдим
Ёшларнинг бу ишга кирмасликларини сўрайман. Сабаби келган одамлар афсусланиб юришибди. Мен ва менинг жамоам афсусланганимиздан бу ишни тўхтатганмиз.
Батафсил ўқиш учун қуйидаги линкка мурожаат қилинг: http://info.islom.uz/content/view/1734/999 (http://info.islom.uz/content/view/1734/999/)/ (http://info.islom.uz/content/view/1734/999/)
Behzod Sulaymonov
01.05.2009, 15:57
Ming afsuski, "tarmoqli marketing"ning juda ko'p firibgarliklarini forumdoshlarimiz tomonidan ochiq-oydin o'qib va ko'rib turibmiz, lekin hali-hanuz juda ko'p yurtdoshlarimiz tarmoqli marketingga a'zo bo'lishda davom etmoqda. Hattoki pul evaziga o'z yaqin qarindoshlari va hatto oila a'zolarini ham a'zo qilishmoqda. Bunday kishilarga yana qanday faktlar keltirish mumkin? Hurmatli forumdoshlar bunga fikringiz qanday...
Ming afsuski, "tarmoqli marketing"ning juda ko'p firibgarliklarini forumdoshlarimiz tomonidan ochiq-oydin o'qib va ko'rib turibmiz, lekin hali-hanuz juda ko'p yurtdoshlarimiz tarmoqli marketingga a'zo bo'lishda davom etmoqda.
Улар ушбу форум аъзоси эмаслар-да :)
Bunday kishilarga yana qanday faktlar keltirish mumkin? Hurmatli forumdoshlar bunga fikringiz qanday...
Уларни ҳам www.uforum.uz га жалб қилиш керак
Quest.net kompaniyasi "Tarmoqli marketing" niqobi ostida piramidani shakllantirishni o`ziga asosiy maqsad qilib olgan. Ularni har bir ishi firibgarlikdan boshqa narsa emas. 2004 yili kompaniya "Gold quest" nomi b-n ishlagan ekan va 27 000 000 $ pulni a'zo insonlarga taqsimlamasdan "o`g`irlangan". Bu ma'lumotni man Amerikaning qimmatli qog'ozlar saytida o`qigan edim.
Quest.net kompaniyasining asosiy prinsipi bu insonlarni kop potensialga ega bo'lgan va kam kapitalli biznes deb ishontirishdir.
Hozirda O`zbekiston bo`yicha bir eshitishim bo`yicha, 40 000 nafar a'zosi borligi ta'kidlangan edi. Bu a'zolarni ba'zilari islom ulamolarining harom deb chiqargan fatvolaridan keyin ishni boshlaganiga pushaymon bolgan holda tark etishganini eshitgan va ko`rgan edim. Miyasi joyidagilarni kopchiliklari ozi hohlagan holda bu tizimdan ketishmoqda, qolganlar esa qo`pol qilib aytganda ZOMBI holatida yurishda davom etishmoqda.
Ba'zi "tarmoqli marketing" niqobi ostida yuruvchi piramida tashkil etuvchi kompaniyalar hatto davlatga ham zarar. Ba'zi kompaniyalarda naqd pulni chet davlatga yuborish va shu b-n a'zo bo`lish shartlari mavjud. Bu degani, bir davlatdan juda ham kop valyuta chiqib ketishdek havf mavjud degani. bu iqtisodga salbiy ta'sir ko`rsatmay qolmaydi.
axmedovshuhrat
14.05.2009, 09:19
Umuman barcha turdagi "Tarmoqli marketing" (ruschada ko'proq eshitganman "Сетевой маркетинг") lar g'irt yolg'onni o'zginasi. O'sha ozdiraman, semirtiraman, internet lotoreya (spamlar), daromadli ishlar (daromad 500$ dan ko'p) - bu hammasi psixologiyaning amaliyotda foydalanilayotganligidir. Negadir "ALDANGANLAR" deb chet elda fohishalikka sotilib ketgan odamlarni ko'rsatishadiyu, tarmoqli marketing girdobiga tushib qolib bor pulidan ayrilib qolgan odamlarni ibrat bo'lsin deb ko'rsatilmaydi. Ular (begunoh o'ljalar) ham o'z paytida boy bo'lib ketaman deb belni mahkam bog'lagan edilar. Ammo, hayotni ko'rsatishicha payti kelib ushbu FIRIB ekanligi ochilganda, kech bo'lganligi aniq bo'ladi.
SHUNING UCHUN AZIZLAR HAR QANDAY FIRIBDAN UZOQ YURING. ZERO FAQAT HALOL MEHNAT ODAMGA HURMAT, E'TIBOR VA BOYLIK KELTIRISHI MUMKIN.
Djalolatdin Rakhimov
16.05.2009, 15:39
Umid_Komilov, не надо кричать и засорять форум, дублируя сообщения. Все Ваши одинаковые сообщения удалены с форума
Zumrad Shadjalilova
27.09.2010, 15:35
Наткнулась на эти статьи.
занимающаяся сетевым маркетингом организация «Questnet», имея представителей в различных странах, в том числе в Армении, посредством интернет-сайта продала гражданам, якобы нормализующие здоровье различные виды стеклянных БИО-дисков, другие технические товары, а также золотые украшения и цепочки весом до 8 граммов, стоимостью 600-1500 долларов США.http://www.arka.am/rus/economy/2009/12/03/17878.html
Поражают цены на их простые товары и наивность народа.
Власти Ирана сообщили об аресте в аэропорту имени имама Хомейни 120 человек, замешанных в создании и функционировании международной мошеннической схемы GoldQuest, жертвами которой стали тысячи наивных инвесторов по всему миру.http://www.gazetasng.ru/news/show/4055.html
http://www.sec.gov/litigation/litreleases/2008/lr20557.htm
Причем, в каждой стране хватает своих "простачков".
В местных газетах писали, что прикрыли порядка трёх "компаний", занимавшихся т.н. сетевым маркетингом и обманывавших доверчивых граждан. Это Квестнет (Quest.net), Тяньши и ещё какая-та китайская контора типа "Рога и копыта". Инфо о последней прошла буквально неделю две назад в местных СМИ. Постараюсь найти в сети и дать ссылку.
Вот нашёл статью в газете: «Yang Chans Asian» МЧЖ сири (http://www.huquq-gazeta.uz/maqolalar/3182)
Ming afsuski, "tarmoqli marketing"ning juda ko'p firibgarliklarini forumdoshlarimiz tomonidan ochiq-oydin o'qib va ko'rib turibmiz, lekin hali-hanuz juda ko'p yurtdoshlarimiz tarmoqli marketingga a'zo bo'lishda davom etmoqda. Hattoki pul evaziga o'z yaqin qarindoshlari va hatto oila a'zolarini ham a'zo qilishmoqda. Bunday kishilarga yana qanday faktlar keltirish mumkin? Hurmatli forumdoshlar bunga fikringiz qanday...
Ming afsuski, "tarmoqli marketing"ning juda ko'p firibgarliklarini forumdoshlarimiz tomonidan ochiq-oydin o'qib va ko'rib turibmiz, lekin hali-hanuz juda ko'p yurtdoshlarimiz tarmoqli marketingga a'zo bo'lishda davom etmoqda. Hattoki pul evaziga o'z yaqin qarindoshlari va hatto oila a'zolarini ham a'zo qilishmoqda. Bunday kishilarga yana qanday faktlar keltirish mumkin? Hurmatli forumdoshlar bunga fikringiz qanday...
Ассалому алайкум азизлар!
Мен барча фикрлар билан танишиб чиқдим. Лекин бир нарсага унча тушунмадим. Нимага Тармоқли маркетинг деганда форумдошларимиз айнан QuestNet компаниясини тушунишмоқда?
Бу компания тармоқли маркетинг йўналишида ишлайдиган минглаб компанияларнинг бири холос. Тармоқлм маркетинг ўзи нима деган саволга менда атрофлича маълумот бор. gairat2007@yandex.ru электрон манзилимга хат ёзсангиз ушбу маълумотни жўнатиб юбораман.
Чунки, бирор бир ҳолат бўйича фикр билдириш учун аввал тўлиқ маълумотга эга бўлиш керак, акс ҳолда фикримиз бир томонлама бўлиб қолади деб ўйлайман. Мен QuestNet компанияси билан таниш эмасман. унинг ишлаш шартларини ҳам билмайман. Лекин QuestNet дегани - бу тармоқли маркетинг дегани эмаслигини биламан.
Эътиборингиз учун рахмат, хатларингизни кутаман.
Bobir Samadov
28.04.2011, 19:14
Лекин бир нарсага унча тушунмадим. Нимага Тармоқли маркетинг деганда форумдошларимиз айнан QuestNet компаниясини тушунишмоқда? Сизнинг фикрингизга кушиламан, QuestNet тармокли маркетинг оркали иш курувчи ташкилотлардан бири.
Шуниям айтмокчиманки, биз QuestNet хакида канча салбий фикрлар илдирсакда, куни кеча Осиё чемпионлари лигаси бахсларида стадион четига урнатилган реклама тахтачалари ичидан QNET деган хомийни куриб колдим. Яшамагур QuestNetчилар энди номларини шундай атай бошлашгани бир томон, аммо агар фирибгар компания деб атайдиган булсак, улар канака килиб нуфузли чемпионатга хомийлик килишмокда?
Bobir Samadov
28.04.2011, 19:17
Узр, яна бир гап, Тармколи маркетинг билан молиявий пирамидани купинча даштириб куямиз, гарчи уларнинг куринишлари бир-бирларига жуда ухшаб кетсада. Энг макбули, буларни ажратишда интернетда гуугл сингари кидирув хизматларидан multilevel marketing and financial piramids, яъни "сетевая маркетинг и финансовая пирамида" деб кидириш.
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot