PDA

Ïðîñìîòð ïîëíîé âåðñèè : Orzu va istak


Umida Shodiyeva
24.03.2009, 15:19
Odamlar bor ezgulikni qilarlar orzu,
Odamlar bor yovuzlikka bo’larlar ko’zgu.

Inson zoti borki, har daqiqada tug’ilgan yangi istaklarini qondirishni, amalga oshirishni istab yashaydi. Inson orzusini na etib, na yetib tugata olasan! U shunchalar ko’p narsani istaydiki, ammo hammasi ham ushalavermaydi-da ,negaki xohishning o’zi kamlik qilar ekan buning uchun. Sizdan “Eng katta orzuyingiz nima?” deb, hech so’rashganmi? Javob uchun albatta bir bahiya bo’lsa ham to’xtab qolasiz, hayolingizga kelgan birinchi fikrni aytib yubormoqchi bo’lasiz-u ,ammo ayta olmaysiz … Qizig’-a, orzuning ham katta –kichigi bo’lar ekanda. Orzu qilishlik siz uchun shunchalar muhimki, xatto o’zingiz ham bilmaysiz,uning hayotingizdagi o’rnini . Balki uning,ba’zilar uchun hech qanday ahamiyati yo’q, deb hisoblarsiz. Xuddi shu fikrlilarga qarata deymanki. Orzu bu - hoy-u, havas emas. U insoniyatning shu bugungi kunga yetib kelishiga sababchi bo’lgan eng mustahkam tirgakdir. Inson orzusi nimalarga xizmat qilmaydi deysiz, qaboxatga ham, saodatga ham u yetaklaydi sizni. Bir vaqtlar bobomdan “Hamma narsa niyatlarga bog’liq” deganlarini eshigandim, ammo unda hech nimani tushunmagam edim. Sekin - asta inson ulg’aya boshlar ekan, bolalikdagi “katta bo’lish” orzusi o’rniga ,”bolalikka qaytish” istagi mavj urar ekan. Aynan shu orzuni ko’nglimga tukkan holda aytamanki, bu hayot biz uchun eng katta muallimdir, yurtning bag’rida o’tgan har bir kunim esa olayotgan darsim ekan. Orzular esa muallim hayotning pas-u ,balandiga chidashni va bu sabrimiz orqali olajak mukofotimiz ekan. Mening orzuyimga kelsak, bilmadim uni nima deb atay? Ammo tilagim,istagim shuki, insoniyatga cheksiz sabr .Vatan uchun, uni qadrlovchi va bu burchni qarz deb bilguvchi farzand. Qalb orzusi esa sir tutilmog’i lozim ,deb o’ylayman ,aks holda sirli insoniyatning sirliligidan , asar ham qolmaydi...
“Orzu”, nima o’zi u? Inson orzu qilmasdan yashay oladimi? Orzular faqat yaxshilikka xizmat qiladimi? Yoki yovuzlikka hammi? Orzu va istakning qanday farqlari bor? Orzu, istakdan ustun turadimi? Siz ham bu savollarga javob axtarib ko’ring, balki orzuyingizga bo’lgan ishonchingiz mustahkamlanar.

Aziz forumdoshlar!
Sizlarga akademik litseyimizda tahsil olayotgan , guruhdoshlarimning ushbu mavzuga bo’lgan o’z fikr-mulohazalarini taqdim etsam.

Umida Shodiyeva
24.03.2009, 15:24
Mening orzu va istaklarim
Go’zallikni yaratgan Alloh,
Aql –idrok beribdi bizga .
Qurib bizga go’zal qarorgoh ,
Tinchlik sirin aytadur aytadi bizga .
Bog’bon batpo etibdi loydan ,
Dunyolarni bezamoq uchun.
U atalar emishki odam,
Egallabdi dunyoni butun.
Aql ila ko’rkam qilarkan,
Yashab turgan maskan, makonin.
Yurti uchun tinchlik tilarkan,
Baxsh etibon unga bor jonin.
Bir-biriga mehr ularmish ,
Obod makon barpo etarmish.
Mehnat qilib,o’ynab – kularmish,
Jannatga ham birga ketarmish .
Tabiatga boqib men bugun,
O’ylab qoldim “Men ham bog’bonman”.
Albat , yurtim rivoji uchun ,
O’zim katta hissa qo’sharman.
Balki ko’chat eka olmasman,
Go’zal bog’ ham barpo etmasman.
Ammo, ilm olib yurtimning ,
Yuzin yerga hech qaratmasman.
Olim bo’lib chiqib dunyoga,
Elim faxri, qalbi bo’lurman.
Ishonmasman aslo ro’yoga,
Mehr berib, baxtga to’lurman.
Orzularim chorlar baxt tomon,
Yo’l olaman go’zallik sari .
Agar bo’lsa tan-jonim omon,
Balolarni quvarman nari .
Bir kun kelib daraxt ekaman,
O’zimdan nom qolmog’i sabab,.
Uni zo’r parvarish etaman,
Vatan husn-u, ko’rkiga atab.
Tingladingiz istaklarimni ,
U xamir uchidan bir patir.
Qalbga ko’mib niyatlarimni,
Bitib qo’ydim uzun bir satr.

Toshkent islom universiteti qoshidagi akademik litsey o'quvchisi Xursandova Umida

Umida Shodiyeva
24.03.2009, 15:29
Alloh tabiatni yaratibdiki,hali –hanuz uning sir-sinoati oldida hamma tiz cho’kadi .Ona tabiatning betakror jumboqlarini yechishga kelganda esa ,lol-u hayron.Qizig;-a ,nima uchun “tabiat” so’zi oldiga “ona” so’zini qo’shib ishlatamiz ?!Balki tabiat bizga ,butun insoniyatga hattoki mayda hashoratlatgacha mehribonlik qilib, to’ydirib,ichirgani uchundir.Shu bois ,bashariyat bu go’zallik makoniga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishi darkor.Tabiat… Bu bizga berilgan shunday bir ulug’ ne’natki,u bo’lmaganida, biz ya’ni odamzod bunday hissiyotli ,nafis va sog’lom bo’la olmas edik. Lek, shu odamzodning o’zi maftunkor, jozibador ona tabiatga ziyon yetkazmayatimi?! Ko’m-ko’k,ora-sira oq bulutlar uchrab turadigan go’zal,musaffo osmonga inson bolasi allaqanday tadqiqotlar uchun raketa uchiradi va natijada bizning “ko’rpamiz”ning yirtilishiga olib keladi. Yohud undan chiqarilgan noxush ,zararli gazlar tabiatning muattar iforlaridan boshqa bir inson bahramand bo’lishidan mahrum etayotganichi?!Qarang bu faqat min kilogrammli raketa uchirishdan kelayotgan zarar. Bunday kerak-kerkamas tadqiqotlar minglab, millionlab qilinmayaptimi?! Nazarimda xalqimizning ajoyib bir maqoli xuddi shunga aytilgandek :”O’zingdan chiqqan baloga ,qayga borarsan da’voga”. Hozirgi davrga kelib, har bir yurtning , mamlakatning eng katta maqsadi,muammosi ona tabiatni kelajak avlodga yaxshi ,go’zal holda qoldirishdir. Bu borada mamalakatimizda ham juda ko’p ishlar amalga oshirilib kelinmoqda .Mustaqil bo’lganimizga bor yo’g’i o’n yeti yil bo’libdiki, yurtimiz tanib bo’lmas darajaga keldi.Diyorimizda qilinayotgan obodonchilik ishlari hali hanuz davom etmoqda.Yurtimizda tabiat bamisoli qaytadan ko’z ochgandek . Har yondan tabiatning yoqimli , muattar ijorlari ufurib turishi ,insonlarning qalbini hissiyotga ,qandaydir bir go’zal tuyg’uga asir qilib qo’yayotgandek go’yo. Men milliy qardiyatlarini ,urf-odatlarini saqlab qola olgan,kelajagi porloq yutr farzandiman. O’zbek xalqi o’zligini bilgan ,ota-bobolarining o’gitlariga doimo amal qiladigan ,tarixi boy ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Buning yaqqol isboti natijasida, yurtimizda kuni kecha bo’lib o’tgan umumxalq hayriya hasharini ko’rsatish mumkin. Mening nazarimda ,bunday ishlarni faqatgina o’zligini saqlab qola olgan …… qilishga qodirdek. Zotan ,biz kelajak avlod bunday go’zallikni ,nafosatni shunday saqlab qolishimiz ,”Qizil kitob” deb atalmish yodgorlikni imkoni boricha qisqartirishimiz ya’ni tabiatni ko’z qorachig’imizdek avaylab bundan keyingi avlodga yetkazishimiz shart va zarurdir.

Xusniddinova Munira

Umida Shodiyeva
30.03.2009, 11:16
Hayot juda qiziq ekan-da bugun to'q yurgan ,ertaga ham to'q bo'lsam deydi.
Ammo dunyoda qanchadan-qancha och ,suvsizlikka mahkum insonlar bor, ular uchun to'q yurish ,suvni to'yib ichish bir orzudir .
Hayot -u,ammo ota-onasini bilmaydi, ular uchun farzanlik erkaligi bir orzu.
Yashayapti-yu ammo, farzandga zor, ular uchun ota-onalik xissi bir orzu.
Ko'zlari bor-u ,ammo yorug' dunyoni ko'rmaydi, ular uchun ko'z nuri bir orzu.
Demak, inson baxtli bo'lishi uchun, faqat moddiy va ma'naviy boylik kam ekanda ...

Robiya
07.04.2009, 06:10
Orzu! Bu so'z zamirida olam-olam ma'no mazmun mujassam. Har bir insonning murg'aklik kezlaridan qalbida ummon-ummon orzulari va istaklari bo'ladi. "Orzu va istakga ayb yo'q" deganlaridek inson umr bo'yi nimanidir orzu qiladi va unga albatta erishishni istaydi. Shu o'rinda quyidagi she'rni keltirmoqchi edim:

Orzular

Orzular, ko'kka bo'y cho'zgan orzular,
Parvozda lochindan o'zgan orzular,
Olovdek otilib,
Ohudek sanchib,
Mavj urib to'lqindek suzgan orzular.
Erta ayon ekan, ishonch so'zlarda,
Lolalar ochilgan bahor kezlarda
Murg'ak hayollarni buzgan orzular
Yonmoqda havolar ko'ngilni tutsang,
Quvonchdan baqirmay turibman arang
Ko'nglimda ochilgan xushbo'y turfarang
Gullardan guldasta tuzgan orzular.

(Bir vaqtlar qaysidir gazetada o'qib yod olgan edim)

Umida Shodiyeva
14.05.2009, 12:18
Inson yashamoqdan tolmasi uchun, ko'ngliga bir olam orzu berilgan...
(Ustozimdan eshitgan edim)