PDA

Просмотр полной версии : Мумтоз мусиқа ва кушиклар


Shomurodov Shohruh
09.10.2008, 22:26
Мумтоз кушиклар, фикрлар.

Мумтоз адабиётга шунчалик катта эътибор каратар эканмиз, шу шеърларга янада хусн кушувчи, киши кунглига ором берувчи куй хакида тухталмасдан иложи йук. Утган даврлардан хозиграча бу жанрга булган талаб каттик, шунинг учундир балки, улмас кушиклар яратилган ва яратилаётгандир. Лекин, хозирда уларнинг ахволи кандай, асосий омма эшитадими???
Бир мисол, Францияда узбек классик кушиклар ёзилган дискни куриб хайрон колган эдим, "Uzbekistan - the great voices of past (1940-1960)", ва уйланиб колган эдим, узимизда худди шундай кушикларни дискларда топиш муаммо. Эътибор берсак Муножот Йулчиева сингари кушикчиларимизнинг концерталри асосан чет-элда катта эътибор билан кутиб олинмокда, биздачи, качон караманг чала-хофизлар залларни тулдиришмокда...

Husniddin Ato
10.10.2008, 11:48
Muhtaram xshom, mavzu uchun tashakkur.

Mumtoz qo`shiqlar hali ham yaratilayapti. Bir narsani inobatga olish kerakki bugungi kundagi tamonaviy ma'naviy o`zgarish va texnik rivojlanishi ancha-muncha ijod mahsullarini o`z tizgini bilan hisoblashishga majbur qiladi.

Лекин, хозирда уларнинг ахволи кандай, асосий омма эшитадими???
Ma'lum doira eshitadi va ma'lum qo`shiqlarni va asosan ma'lum bir vositalar asosida xolos. Masalan Ustoz Turg`un Alimatov noxunlariga mansub "Tanbur nolasi" musiqasi telefonlarga chiqib ketganiga bir necha yil bo`ldi. Hozirgi kunda esa bu estafetada Zulayho Boyhonovaning qo`shiqlari rekord natijani ko`rsatayapti. Ushbu qo`shiq esa mumtoz qo`shiqlar sifatida kiritish basl masala, sababi ushbu xonishda yuqorida tilga olganimiz zamonaviy texnalogiyalardan foydalanilgan.

Бир мисол, Францияда узбек классик кушиклар ёзилган дискни куриб хайрон колган эдим, "Uzbekistan - the great voices of past (1940-1960)"...

Bir necha yil ilgari xuddi shu disk nusxasidan menga ham yuborishdi Olmoniyadan. Faqat unda "(1940-1965)" deb yozilgan. Ushbu to`plamda Aka Uka So`pixonnovlar, Jo`raxon sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Hadiya Yusupova, Fahriddin Sodiqov, Rasul qori Mamadaliyev, Zaynab Polvonova kabi zabardast Xonanda, sozanda va bastakorlarning ijod mahsullari o`rin olgan.

2007 yilning bahorida esa kaminaning sayi harakatlari bilan Anglyaning ARC Music kompaniyasi bilan hamkorlikda "Samarqand & Beyond" nomli Audio albom chop etilda. Ushbu CDda marhum xonanda, bebaho ovoz sohibasi Dilnura Qodirjonoivaning 4 qo`shig`i joy olgan (Alloh o`z rahmatiga olsin).
http://www.arcmusic.co.uk/shop/samarkandandbeyondmusicofcentralasia-p-729.html

... ва уйланиб колган эдим, узимизда худди шундай кушикларни дискларда топиш муаммо.

O`zimizda ham bunday to`plamlarni topish mumkin faqatgina CD chop etuvchi kompaniyalarning bosh sotuv do`konlaridan. Albatta u yerda ham siz istagan xonandalar xonishlarini topish mu'ammo. Har holda yo`qdan ko`ra borda.

Эътибор берсак Муножот Йулчиева сингари кушикчиларимизнинг концерталри асосан чет-элда катта эътибор билан кутиб олинмокда, биздачи, качон караманг чала-хофизлар залларни тулдиришмокда...

Munojot Yo`lchiyeva deyarli har yili Toshkentda ham konsertlari bo`lib o`tadi. Unda ham aksar xorijlik muxlislarni ko`rish mumkin. Endi bir atrofga boqing, uyali aloqa telefoni bor har 10 ta o`rtog`ingizning nechtasida va qanchadan o`zbek qo`shiqlari bor? Va ularning nechtasi o`zbek mumtoz qo`shiqlari?
Televizoringizda nechta O`zbek kanali bor va bir kunda namoyish etiladigan qo`shiq (klip) larning nechtasi mumtoz yo`nalishdagi qo`shiqlar?

Evropa tarixidan bir misol keltirayli. 2-jahon urushidan so`ng Olmoniyadagi barcha sohalar singlari san'at sohasi ham juda murakkar yo`qotishga uchradi (garchi bu urushni ko`plab Olmonlar istashmagan bo`lsada.). Yaxshigina musiqa tarixi va klassik janrlariga ega bo`lgan Olmoniya shu tarixini yo`qotishday holatni boishdan kechira boshladi. Bu mu'ammoga sabab esa, bo`shab qolgan san'at o`rnini kirib kelayotgan yengil janrlar egallayotganligi eda. Mu'ammoni o`z vaqtida tushunib yetgan mutaxassislar hali ham klassik janrni unutmagan va yangicha musiqaiy yo`nalishlar ta'siriga tushushga ulrugmagan xalqdan qanday musiqani xush ko`rishlari va qanday musiqani eshitishni ma'qul ko`rishlari borasida so`rov o`tkazilgan. Va shundan so`ng ularni talablari esosida o`sha davr kompozitorlari klassik janrdan uzoqlashmagan holda xalqning talabiga muvofiq asarlar yaratishgan. Bu tajriba esa bugungi kunga qadar klassic janrning umri boqiyligini ta'minlab muhlislari safini saqlab kelmoqda.

Balkim xabaringiz bo`lsa kerak. Shunday bo`lsa ham eslatib o`taman.
O`zbek mumtoz kuy va xonishlarni mana bu sahifada tinglashingiz mumkin.
http://www.classicmusic.uz/music.htm

Shomurodov Shohruh
10.10.2008, 13:05
Hozirgi kunda esa bu estafetada Zulayho Boyhonovaning qo`shiqlari rekord natijani ko`rsatayapti. Ushbu qo`shiq esa mumtoz qo`shiqlar sifatida kiritish basl masala, sababi ushbu xonishda yuqorida tilga olganimiz zamonaviy texnalogiyalardan foydalanilgan.
"Hay-hay" qo`shig`i emasmi, bilmadim, lekin negadir bu qo`shiq menga yoqmadi...albatta bu shahsiy fikr, boshqalarga yoqqan bo`lsa, hursandman.
O`zbekiston kanallarining birida bir yosh xonandaning "Sayding qo`yaber sayyod"ni aytganini ko`rib qoldim, xonandani tanimadim, menimcha estrada yo`nalishidagilardan bo`lsa kerak, chunki qo`shiqni avjiga chiqarib ayta olmagan. Shu qo`shiqni O`ktam Ahmedov ijrosida eshitganimda, qanday paytda bo`lmasin, qanaqadir bir trans holatiga tushaman, tinchlanib, o`ylanib qolaman. Lekin yangi talqinda eshitganimda, to`g`risini aytsam, g`ashim keldi.


2007 yilning bahorida esa kaminaning sayi harakatlari bilan Anglyaning ARC Music kompaniyasi bilan hamkorlikda "Samarqand & Beyond" nomli Audio albom chop etilda. Ushbu CDda marhum xonanda, bebaho ovoz sohibasi Dilnura Qodirjonoivaning 4 qo`shig`i joy olgan (Alloh o`z rahmatiga olsin).
http://www.arcmusic.co.uk/shop/samarkandandbeyondmusicofcentralasia-p-729.html mana shu to`plamni Toshkentda sotib olsa bo`ladimi?

Endi bir atrofga boqing, uyali aloqa telefoni bor har 10 ta o`rtog`ingizning nechtasida va qanchadan o`zbek qo`shiqlari bor? Va ularning nechtasi o`zbek mumtoz qo`shiqlari?
Televizoringizda nechta O`zbek kanali bor va bir kunda namoyish etiladigan qo`shiq (klip) larning nechtasi mumtoz yo`nalishdagi qo`shiqlar? Tanish o`rtoqlarimning aksari shunday kuylarni eshitmagani uchun ham kuyinayapman, hatto ba'zilarini qiziqtirmoqchi bo`lganimda, bu san'atni mensimagandek qilishadi. Yot xalqlarning bizning boyligimizga bo`lgan qiziqishi bilan o`zimizning yoshlarimizni ahvolini ko`rib o`ylanib qoladi kishi.
Televizorimda O`zbek kanallarning barchasi bor, "Yoshlar" telekanalidan beriladigan "Ohanrabo" ko`rsatuvini yaratuvchilariga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O`ziga hos aytishuv, ayniqsa, ikki maktab vakillarini ko`rsangiz, juda ham chiroyli va shiddatli tarzda kechadi.


Evropa tarixidan bir misol keltirayli. 2-jahon urushidan so`ng Olmoniyadagi barcha sohalar singlari san'at sohasi ham juda murakkar yo`qotishga uchradi (garchi bu urushni ko`plab Olmonlar istashmagan bo`lsada.). Yaxshigina musiqa tarixi va klassik janrlariga ega bo`lgan Olmoniya shu tarixini yo`qotishday holatni boishdan kechira boshladi. Bu mu'ammoga sabab esa, bo`shab qolgan san'at o`rnini kirib kelayotgan yengil janrlar egallayotganligi eda. Mu'ammoni o`z vaqtida tushunib yetgan mutaxassislar hali ham klassik janrni unutmagan va yangicha musiqaiy yo`nalishlar ta'siriga tushushga ulrugmagan xalqdan qanday musiqani xush ko`rishlari va qanday musiqani eshitishni ma'qul ko`rishlari borasida so`rov o`tkazilgan. Va shundan so`ng ularni talablari esosida o`sha davr kompozitorlari klassik janrdan uzoqlashmagan holda xalqning talabiga muvofiq asarlar yaratishgan. Bu tajriba esa bugungi kunga qadar klassic janrning umri boqiyligini ta'minlab muhlislari safini saqlab kelmoqda.Albatta, Yevropa o`zining san'atini saqlash borasida juda katta buyuk ishlar qilgan. Lekin ularning yoshlari ham aksari klassikaga qiziqishmaydi. Bo`lgan misol, 2003 yili, Bonndagi Bethhoven-Gymnasiumning o`quvchilari almashinuv programmasi bo`yicha O`zbekistonga yuborilgan edi, Samarqand, Xiva, va Buxoro shaharlariga borishlari kerak edi. Buxoroda o`zim ular bilan birga edim, lekin ularning tarixiy obidalarga qiziqishi yo`qligi ajablantirdi, muzeylarga biz o`zbeklar qiziqib kirganimizda, ular ko`chada soyada dam olib o`tirishardi, holbuki, biz, buxoroliklar, necha marta shu narsalarni ko`rgan bo`lsak ham, har ko`rganda yanada yangi bir qirralarni ochar edik.


Balkim xabaringiz bo`lsa kerak. Shunday bo`lsa ham eslatib o`taman.
O`zbek mumtoz kuy va xonishlarni mana bu sahifada tinglashingiz mumkin.
http://www.classicmusic.uz/music.htmBergan url uchun katta rahmat, bilmas edim.

Husniddin Ato
11.10.2008, 03:36
"Hay-hay" qo`shig`i emasmi, bilmadim, lekin negadir bu qo`shiq menga yoqmadi.

Albatta, didlar borasida bahslashilmaydi. Lekin mutaxasis sifatida aytishim mumkinki yuqorida tilga olingan qo`shiq xonandaning "Kechalar" yoki "Gar sog`insam" qo`shiqlari bilan solishtirganda anchayin orqada qoladi.


O`zbekiston kanallarining birida bir yosh xonandaning "Sayding qo`yaber sayyod"ni aytganini ko`rib qoldim, xonandani tanimadim, menimcha estrada yo`nalishidagilardan bo`lsa kerak, chunki qo`shiqni avjiga chiqarib ayta olmagan.

E'tibor qilayotgan bo`lsak hozirgi kunda estrada yo`nalishida ijod qilayotgan ko`pgina qo`shiqchlar mumtoz yo`nalishdagi ashulalarga "qo`llaridan kelganicha" murojaat qilishayapti. Aslida ular murojaat etayotgan ashulalar allaqachon ustakorona ijro etib qo`yilgan bo`lsa ham buni tinglovchilar iliq qabul qilishayapti.

mana shu to`plamni Toshkentda sotib olsa bo`ladimi?
Uzr, kompaniya bilan tuzilgan shartnomaga asosan kompaniya bu albomni O`zbekistonga sotish huquqiga ega emas.

...hatto ba'zilarini qiziqtirmoqchi bo`lganimda, bu san'atni mensimagandek qilishadi.
Buni biz ham ko`p guvohi bo`lamiz. Avallari xunob bo`lardik, endilikda esa faqatgina chinib qo`ya qolamiz. Albatta, mumtoz merosni saqlab qolish va targ`ib qilishni qo`limizdan keladigan yo`lida kuch sarflaymiz.
Masalaga yechim bor, lekin bir kishi hech narsa qila olmaydi.

"Ohanrabo" ko`rsatuvini yaratuvchilariga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Ko`rsatuv ijodkorlaiga tashakkur.

...Lekin ularning yoshlari ham aksari klassikaga qiziqishmaydi.

Evropa klassikasiga yoki o`zimizning mutoz musiqaga qiziqish bu ong va tafakkur tarbiyasiga bog`liq. O`z davrida ham Maqomlar va maqom yo`llaridagi ijod namunalarini faqatgina saroylarda ijro etishgan. Xalq orasida esa folklor qo`shiqlar, ya'ni, doston, lapar va yallalar, turli maroqsim qo`shiqlari ijro etilgan va tinglangan. Bu holatni ba'zilar "ushbu san'at oyoq osti bo`lmasligi uchun maqomlarning saroydan tashqarida ijro etilishi shohlar tomonidan ta'qiqlangan" - deyishsa, ba'zilar esa ushbu ijod namunalarini tushunishga avom tafakkuri ojizlik qilganligini keltirishadi. Xo`sh, qanday bo`lmasin e'tibor beraylik. So`nggi marotaba lapar yoki yalla xirgoyi qilganmiz yoki eshitganmiz. Adashmasam o`rtacha 25-30 yoshlargacha va undan keksa avlod bolaligimizda eshitganmiz va aytganmiz. Lekin bugungi kunda kichkintoylarchi? Aslida esa xalqimizning bolalar qo`shiqlari kelajaklaridagi mumtoz merosimizni qiynalmasdan tushunush va hazm qilishlaridagi katta maktab hisoblanadi.

Husniddin Ato
25.10.2008, 11:53
Man bunisi yana bir katta mua'mmo.

Yaqinda bir to`yda bo`ldim. Har galgidek bu to`yda bir qancha qiziqchi va xonandalar tashrif buyurishdi. To`y tugash arafasida bazm mibariga ikki qo`shiqchi qizni taklif etishdi. Va xonish boshlandi. Uni qarangkki, bugungi kunda shov-shuv b`olib ketgan Zulayho Boyxonovaning "Hay-Hay" ashulalari. - "O`xshatib aytishini qarang-a"; - "Bu qizning ovozi Zulayhoxonning ovozini o`zginasi ekanmi-a?...". Aslida esa ... bu yog`i tuppa-tuzuk ko`zbo`yamachilikning o`zi edi. Buni fonogramma deya atashga ham haqqim yo`q. Chunki bu "magnitofon"ning edi. Nima sodir bo`layotganini bilgan-bildi, bilmagan esa yo`q. Lekin aldanilayotganiga qaramasdan hech bir kim lom-mim demadi.
Birovning qo`shig`ini kuylashayotganiga hech ishimiz bo`lmayapti, sababi ular o`z ovozlarida kuylashaytapti. Lekin xalqni butunlay aldashga ularni nima undayapti? Yoki bunga davo bormi?

Mavzudan bir oz chetlashgan bo`lsam uzr azizlar.

Aziza Abdunabiyeva
25.10.2008, 15:09
Buni fonogramma deya atashga ham haqqim yo`q. Chunki bu "magnitofon"ning edi. Nima sodir bo`layotganini bilgan-bildi, bilmagan esa yo`q. Lekin aldanilayotganiga qaramasdan hech bir kim lom-mim demadi.


Yana bular uyalmasdan o'sha to'ydagi "xizmatlari" uchun haq olishadi!

Husniddin Ato
26.10.2008, 12:08
Aziz forumdoshlar.
"Alpomish" dostonini internetdan tinglab tomosha qilishga nima deysiz?!
Garchi dostonlar folklor hisoblansada ularni siz bilann forumning ushbu sahifasida baham ko`rmoqlikni lozim topdim.

Alpomish dostonidan parcha (oz bo`lsada ko`p o`rnika ko`rasiz degan umiddamiz):
Baxshiqul baxshi ijrolarida
http://www.dailymotion.com/Uzbekmusic/video/x76t7n_epos-alpomish-1st-part-of-passage-b_music
http://www.dailymotion.com/Uzbekmusic/video/x76tvh_epos-alpomish-2nd-part-of-passage-b_music

Safar baxshi ijrolarida
http://www.dailymotion.com/Uzbekmusic/video/x76uug_pos-alpomish-1st-part-of-passage-sa_music
http://www.dailymotion.com/Uzbekmusic/video/x76y1v_epos-alpomish-2nd-part-of-passage-s_music

Baxshiqul baxshi va Safar baxshi ijrolarida termalar
http://www.dailymotion.com/Uzbekmusic/video/x76ya8_bakhshiqul-bakhshi-safar-bakhshi_music

Boshqa videolar uchun ham shu sahifalarga tashrif buyurishingiz mumkin.
http://www.youtube.com/uzbekmusic
http://www.dailymotion.com/uzbekmusic

Bizda barchasi "classic"! :)

Khumoyun Madamindjonov
29.10.2008, 11:41
Buni fonogramma deya atashga ham haqqim yo`q. Chunki bu "magnitofon"ning edi. Nima sodir bo`layotganini bilgan-bildi, bilmagan esa yo`q. Lekin aldanilayotganiga qaramasdan hech bir kim lom-mim demadi.


Yana bular uyalmasdan o'sha to'ydagi "xizmatlari" uchun haq olishadi!

To'yda qo'shiq aytayotgan qo'shiqchilarni hammasini san'atkor deb bo'lmaydi.
Glier nomli musiqa maktabini bitirganim uchunmi, ba'zan to'ylarda kuylanayotgan qo'shiqlarni eshitib, musiqa san'atini naqadar xor qilayotganlariga achinaman.

Husniddin Ato
29.10.2008, 13:25
Yana bular uyalmasdan o'sha to'ydagi "xizmatlari" uchun haq olishadi!

Uyalmasliklarining esa jiddiy sababi bor. Yo`q bu uyatsizliklari emas. Ular ustoz ko`rishmagan. Chin ma'nodagi ustoz. Uyat nima, halol luqma nima, minbarga chiqib 100 lab insonlarning oldida qo`shiq kuylashning mas'uliyati qanaqa?! Xo`sh ularga kim ustozlik qilayapti?! Yoki ular kimlarni o`zlariga ustoz deb bilishadi. Sentyabr oyining o`rtalarida (adashmasam) O`zbekiston Konservatoriyasi zali bir tadbir bo`ldi. Unga bir qancha yosh estrada qo`shiqchilari taklif etilgan, ularga faqat bittadan qo`shiq kuylash aytilganda, qo`shiqchilar birdaniga "faqat bittadan aytamizmi?" deb yuborishdi.

Husniddin Ato
29.10.2008, 15:48
Kuni kecha ozar xalqining mashhur xonandasi Zaynab Xonlarvaning BBCga bergan intervyularini o`qib qoldim.

"Зайнаб Хонларова: Нима десам экан, менимча, қўшиқчи ўз халқини севиши керак. Мен шу пайтга қадар бирор марта бўлсин фонограммадан фойдаланмаганман. Мен ҳамиша қўшиқларимни жонли айтаман. Халқни ҳеч қачон алдамайман. Халқни фонограмма билан алдамаслик керак. Шунинг учун ҳам халқ ҳамиша мени яхши қарши олиб, қўшиқларимни шу пайтга қадар яхши кўриб, тинглаб келади. Яна нима дейишим мумкин, юқорида ҳам айтиб ўтганимдек, ўша даврда қўшиқчи сифатида қандай машҳур бўлган бўлсам, ҳозир ҳам худди шундайман... Мен ҳамиша ўзининг қадрини билган, ўзини ҳурмат қилган инсонман. Ўзимга бўлган ҳурмат эса, халқимга бўлган ҳурматдир. Агар халқингни ҳурмат қилсанг, у ҳам сени ҳурмат қилади. Ва халқ орасида ҳам қўшиқчи сифатида машҳурлигингча қолаверасан."

Shomurodov Shohruh
05.11.2008, 21:05
Нима деб уйлайсиз, фонограмма булишини билиб туриб, уша концертга борган тингловчи узини хурмат киладими? Ахир, бу нафакат кишининг маънавий дунёси, балки моддий дунёсига хам таъсир курсатадику. Бозорда сифати паст нарса учун пул тулагимиз келмайди, лекин кушикни сифатсиз холда етказишса, маъкуллаб эшитамиз.
Агар бир эътибор берсак, фонограмма билан факатгина поп йуналишидаги кушикчилар куйлайди (эстрада), факат бизда эмас, чет элда хам. Бу нимадан булиши мумкин...?

Lutfillo Tursunov
07.11.2008, 17:21
Нима деб уйлайсиз, фонограмма булишини билиб туриб, уша концертга борган тингловчи узини хурмат киладими?
Ўзимизда фанограммасиз концерт бир йилда бир-иккита ташкил қилинса ҳам катта гап. Одамлар эса концертга тушишни истайди ва танлашнинг деярли имкон йўқ.
Агар фонограмма концерт бериш тақиқланса, тасаввур қиляпман, ҳозирги юлдузларимизнинг 10тадан камида 8таси "тўкилиб" қолади. Истиқлол саройида ҳар ҳафта ташкил этилаётган концертлар эса жуда бўлса бир ойда бир марта ўтказиладиган бўлиб қолади.

Nigora Umarova
07.11.2008, 17:37
Ўзимизда фанограммасиз концерт бир йилда бир-иккита ташкил қилинса ҳам катта гап. Одамлар эса концертга тушишни истайди ва танлашнинг деярли имкон йўқ.
Агар фонограмма концерт бериш тақиқланса, тасаввур қиляпман, ҳозирги юлдузларимизнинг 10тадан камида 8таси "тўкилиб" қолади. Истиқлол саройида ҳар ҳафта ташкил этилаётган концертлар эса жуда бўлса бир ойда бир марта ўтказиладиган бўлиб қолади.

Бирок жонли ижрога нима етсин!..
Шу йил август ойида Гафур Гулом номидаги истирохат богида узбек миллий мусикаси-макомга багишланган концертда тасодифан катнашиб колдим. Инсон хам рухий, хам маънавий озука олди. Айникса, Узбекистон халк артисти Коммунахон ая Исмоилова гарчи 80 ёшда булсалар хам жонли ижрода кушик куйлаганларида инсоннинг калби ларзага келди.
Мана буни ижро деса булади.
Хозирги айрим "юлдуз"лар эса микрафонни ютиб юборгудек кушик куйлашади. Уларга микрафонни хам кераги йук эди.

Nigora Umarova
07.11.2008, 19:05
Мухтарам форумдошлар!

Сизларнинг маслахатингиз керак.

"Ижод хусусида суз" рукнимизда кейинчалик санъаткорлар билан хам сухбат уюштириш ниятимиз бор. Мумтоз кушик ижрочилари билан факатгина шу ерда сухбат уюштирайликми ёки хар бмир санъаткорга алохида мавзу очайликми?

Жавоблар учун олдиндан рахмат.

Maestro
07.11.2008, 19:50
Бирок жонли ижрога нима етсин!..
Чамамда 4 йилча олдин Зарафшон концерт залида Фахриддин Умаров ва Хожиакбар Ҳамидовларнинг концерти бўлиши ҳақидаги афишани кўриб қолдим (жонли ижро). Чипта сотувга чиқарилган куни эрталабдан биринчи бўлиб касса олдига борсам, чипталар сотувга чиқмасдан "тамом" бўлибди. Концерт зали нисбатан кичик, талабгорлар эса кўп... Ота-онам учун "қўл"дан зўрға топиб, ҳар бирини 25 мингдан сотиб олдим (ўзимга қўл калталик қилиб қолди;-)). Дадамнинг айтишларича, залда томошабинларнинг 80% ёшлар ташкил қилишибди.
Демоқчиманки, жонли ижронинг қадрига етадиганлар жуда кўп, шу жумладан ёшлар орасида ҳам. Фақат таклиф кам...
Агар хозир "Ёдингдами ёшлигимиз?" деб концерт ташкил қилинса ва унга Фахриддин Умаров, Ортиқ Отажонов, Камолиддин Раҳимов, Шерали Жўраев, "Ялла", Хожиакбар Ҳамидов, Ҳайрулла Лутфуллаев, Қодиржон Мирашуров каби санъаткорлар таклиф қилинса - концерт 30 кун давом этса ҳам "Истиқлол" саройи ихлосмандлар билан лиқ тўлади. Мен бунга аминман! Томошабинларнинг 90% ёшлар бўлса ҳам ажаб эмас...
Агар бир эътибор берсак, фонограмма билан факатгина поп йуналишидаги кушикчилар куйлайди (эстрада),
;-). Мустақиллик байрамига бағишланган концерт дастурида ҳатто аскиячилар фонограммага "аския" айтишаяпти-ю, Сиз бўлсангиз қўшиқчилар дейсиз... ;-)

Maestro
07.11.2008, 19:53
Сизларнинг маслахатингиз керак.
Ҳар бир санъаткорга алоҳида мавзу очган маъқул деб ўйлайман. Ҳар ҳолда, ҳар бирининг ўзига хос ижод йўли, хотиралари, кечинмалари, фикрлари бор...

Lutfillo Tursunov
08.11.2008, 10:25
"Ижод хусусида суз" рукнимизда кейинчалик санъаткорлар билан хам сухбат уюштириш ниятимиз бор. Мумтоз кушик ижрочилари билан факатгина шу ерда сухбат уюштирайликми ёки хар бмир санъаткорга алохида мавзу очайликми?
Аоҳида мавзу яхшироқ. Кейинчалик топиб ўқиш ҳам осон бўлади.

Husniddin Ato
08.11.2008, 14:38
Нима деб уйлайсиз, фонограмма булишини билиб туриб, уша концертга борган тингловчи узини хурмат киладими?

Agarda tinglovchilarimizning hech bo`lmagan 20% o`zini hurmat qilganicha, bugungi kunda hech bir qo`shiqchi fonogrammadan foydalanmasdi deb o`ylayman. Kecha ham xuddi ilgarigi manzaraning guvohi bo`ldim. "Otarchi" Ozodbek Nazarbekov qo`shiqlari jo`rligida kuylayapti.

Агар бир эътибор берсак, фонограмма билан факатгина поп йуналишидаги кушикчилар куйлайди (эстрада), факат бизда эмас, чет элда хам. Бу нимадан булиши мумкин...?

Sababi mumtoz yo`nalisha fonogrammaning iloji yo`q. Bu yo`nalishdagi fonogramma faqatgina TVda yoki katta bayram sahnalarida bo`lishi mumkin u ham bo`lsa qo`shiq bilan birgalikda. Ushbu yo`nalishda Faqat musiqiy fonogrammadan foydalanib ashulaning jonli ijro etilishi anchayin mushkul.
O`zbek mumtoz, milliy yo`nalishidagi ashulalarda usul birinchi o`rinda turadi. Va bu usul va tezlik surati (temp) bir maromda emas, balki, kichik farq bilan sekinlashib va tezlashim turadi, ashulaning jozibasi ham shunda. Pop yo`nalishida esa usul, temp bir maromda, uning ustiga u juda ham baland yangraydi.
Turli ohang tinglovchiga turlicha ta'sir etadi. O`zining turi va uslubiga, ovozi va ohangiga qarab tinglovchining avvalo ongiga, jismiga, ruhiga ...ta'sir etadi. Ba'zi ohanglar avval jismga keyin ruhga, ba'zilari ongiga-ruhiga, ...ruhiga-jismiga ta'sir etadi. Eng xavfli ohang esa faqatgina jismiga ta'sir etadi va na ongga va na ruhga ko`chmaydi. Endi aytingchi, sanab o`tilgan qaysinisi sizni ko`proq boshqaradi? Qo`shiq tinglayotgandachi?

... Мана буни ижро деса булади.

Ayniqsa o`sha kechada chiroq o`chib qolganini aytmaysizmi. O`shanda Aka-uka Vahobovlar - Bizga mikrofonning keragi yo`q - deb, mikrofonsiz qo`shiq ijro etganlari hali ham ko`z oldimda. Endi tasavvur qiling , fonogramma u yoqda tursin ovoz kuchaytiruvchi vosita ham bo`lmasachi?!

Yuqorida "jonga tekkan Reklama" mavzusida badiiy kengash haqida gap ketdi. Badiiy kengash ilgari ham bo`lgan va hozir ham bor. Agarda Bu kengash bundan 10 yilcha oldingidek ishlaganda bugun bizni va xalqimiz ongi anchayin zaharlanmagan bo`lardi. Balkim siz sezmayotgan bo`lishingiz mumkin, mutaxassis sifatida ishinch bilan aytaman, yoshlarimizning ta'lim-tarbiyasiga bu jarayon juda ham jiddiy salbiy ta'sir ko`rsatayapti.

Ko`pincha qo`shiqchilar "bahoni muhlis beradi" deyishadi. Endi, shu desyiz, har kuni bir xil bemaza "taronani" bir qancha TV va Radio to`lqinlardan bir necha martadan tinglayverganingizdan keyin, to`g`rirog`i tinglashingizga majbur qilishayotgandan keyin bu xonish siz xohlaysizmi yo`qmi sizni "sevimli" taronangizga aylanadi qoladi-da.
Aslida esa har qanday ijod namunasi uchun bahoni birinchi navbatda haqiqiy badiiy kengash berishi kerak. Badiiy kengashda esa mutaxassis psixologlar kerak.

Mu'ammoli jarayonlarga barham berishning esa eng asosiy yo`li avvalo o`zimini hurmat qilaylik va bizga nisbatan hurmatsizlik qilishlariga va aldashlariga yo`l qo`ymaylik. Faqat shu yo`l bilan mu'ammoni olidni olishimiz mumkin.
....

OmoN
18.11.2008, 17:32
Агар фонограмма концерт бериш тақиқланса, тасаввур қиляпман, ҳозирги юлдузларимизнинг 10тадан камида 8таси "тўкилиб" қолади. Истиқлол саройида ҳар ҳафта ташкил этилаётган концертлар эса жуда бўлса бир ойда бир марта ўтказиладиган бўлиб қолади.
Фонограмма билан концерт берадиганларниг концертига билетни ксерокопиядан чикарилган пулга сотиб олиш керак. Менимча шунда адолатдан булади. Калбаки ижрога калбаки пул.

OmoN
18.11.2008, 17:56
Узбек мумтоз кушиклари дурдоналарини мана бу ердан топишингиз мумкин. http://classicmusic.uz

Husniddin Ato
18.11.2008, 20:41
Yan bir voqea.

Poytaxtimizning hashamatli to`yxon`larini birida bazm avjida... Hamma "Hay Layli, lo`yli, lo`yli, l`oy" (yaxshi talaffuz qilolmagan bo`lsam uzr), "Lezginka" va yana bir qancha tirli xalqlar ohanglariga mansub bo`lgan qo`shiq va musiqalarga berili xirom aylayapti. Bir mahal bazm "ovoz rejisyor"i adashib boshqa taronaga o`tib ketib qoldi hamki davrani tark etishni istamagan yoshlar:
- He, nima bu, shunga ham o`ynab bo`ladimi? - deya munosabat bildirdi,
- ha, adashib ketishti. Adashib ketishti - deb istakdoshiga dalda bo`ldi.
Bu HAQIQIY O`ZBEKONA USULdagi xalqchil tarona indallosi edi xolos. Afsus, boshlanmasidan yakuniga yetdi...

E'tibor beringa, o`zbegimning to`ylarida Tanovvar yangramasa-yangramas, Mustahzodni hidi ham arimasa-arimasu lekin albatta "lezginka" atalmish tarona albatta yangraydi, ba'zida maxsus buyurtmalar bilan qayta-qayta. Bular qatoriga Aslbekning (qo`shiqchi ismida adashgan bo`lishim mumkin) Arman ohaglariga monand "Boylama" va shunga o`xshash arab, turk, hind, uyg`ur, tojik.... kabi yana bir qancha xalqlar ohanglari albatta yangraydi.

Xo`sh, siz qanday fikrdasiz?

Shomurodov Shohruh
18.11.2008, 21:22
Qanday fikr bildirish mumkin, agarda shu to`ydagilar o`zbek mumtoz lirikasining bir misrasini ham eslashmasa...o`z tilini, adabiyotini bilmagan, hurmat qilmaydigan xalqning kelajagi porloq bo`lishi qiyin...
barcha keraksiz harajatlar, bir-biridan o`taman deb butun umr yiqqan sarmoyasini bir kunda sovurish, aynan shunday to`ylarda ham yot madaniyat qo`shiqlari ostida yayrab raqsga tushganlarni ko`rish mumkin...
IMHO albatta.

Aziza Abdunabiyeva
07.12.2008, 17:04
Yaqinda bir xabarni eshitib qoldim. Munojot Yo'lchiyeva - o'zining klassik ijrosi bilan dunyoga tanilgan ayol estrada yo'nalishida ijod qilayotgan ekanlar. Ilk albomlarini chiqaribdilar. 16 ta estrada yo'nalishidagi qo'shiqlar o'rin olgan. O'zim eshiib ko'rmadim, balki eshitganlar bordir. Bu haqda fikringizni bildirsangiz iltimos.

Husniddin Ato
11.12.2008, 06:49
Yaqinda bir xabarni eshitib qoldim. Munojot Yo'lchiyeva - o'zining klassik ijrosi bilan dunyoga tanilgan ayol estrada yo'nalishida ijod qilayotgan ekanlar.

Bu xabarni sizdan eshitishim. Bir qiziqib ko`ramizda endi.
Leki tasavvur qilayapman. Ishonish qiyin. Shunday bo`lgan taqdirda ham unchalik o`xshamasa kerak.

Aytgancha "estrada" ning ham yo`nalishlari ko`pku.

Aziza Abdunabiyeva
11.12.2008, 09:59
Bu xabarni sizdan eshitishim. Bir qiziqib ko`ramizda endi.
Leki tasavvur qilayapman. Ishonish qiyin. Shunday bo`lgan taqdirda ham unchalik o`xshamasa kerak.

Aytgancha "estrada" ning ham yo`nalishlari ko`pku.
Bu aniq gap, chunki 1-dekabr kuni Konservatoriyada shu yo'nalishda konsert beribdilar.
Haqsiz, yo'nalish ko'p. Endi Munojot opa milliy estradada kuylagandirlar. Yana bilmadim.... Surishtirib ko'raman.

Nigora Umarova
20.12.2008, 18:26
Shu yili 17 dekabr kuni O`zbekiston xalq artisti, O`zbekiston Davlat Konservatoriyasi professori, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi mohir sozanda Turg`un Alimatov bu foniy dunyodan boqiy dunyoga rixlat etdilar. (http://www.classicmusic.uz/index_uz.htm)
Ilohim, ularning ruhlari shod, oxiratlari obod bo'lsin.
Mohir sozandaning xalqimizga qoldirgan boy meroslarini xalqimiz doimo qalbida saqlaydi.

Nigora Umarova
14.05.2009, 18:14
Узбек мумтоз мусикаси ихлосмандлари диккатига!!!

20 май, чоршанба куни соат 15-00 ва 19-00лар да "Истиклол" санъат саройида "Истиклол офтоби" хусусий корхонасининг Тошкент шахрининг 2200 йиллиги ва шахримизда яшаб ижод этган халкимизнинг севимли санъаткорлари, хофизлар Мулла Туйчи Тошмухаммедов, Юнус Ражабий, ака-ука Акмалхон ва Бобохон Суфихоновлар, ака-ука Шокосим, Шоолим, Шоакбар Шожалиловлар хотирасига багишланган мусикий кеча булиб утади.
Мумтоз мусика тинглашни ёктирувчилар ташриф буюришлари мумкин.

Malika Vahobzoda
16.10.2009, 01:43
Ассалом форумдаги ижодкорлар.
Kани энди шу гапириб утилган хамма гапларга хозирги ёш хофизлар амал килишса.амал киладиганлар бор, йук эмас. Кунглида, дилида шунаканги нолалар билан ижро этади-ки, одамни эти жимирлаб кетади.аммо, шундай талантга эга ёшлар факат укиётган даргохида, имтихонларда курсатишади. Хозирги чикаётган ёшларнинг аксарияти - давлати бор инсонларнинг кумагида "чикишяпти". Таланти борми, овози борми - дарак йук, пулига ишониб чикишади. Твдаги клипларнинг 90% хаммаси пул бн кутарилганлар руйхати деб биламан. Тескари дунё деб бежиз айтишмайди, шекилли. Овози, таланти бор ёшларга канийди учраса шу давлатманд ёрдамчилар? нима дедингиз?

Ozoda Umarova
16.10.2009, 10:48
Ассалом форумдаги ижодкорлар.
Думаю зрение форумчан не настолько плохое чтобы включать Caps Lock, подправила Ваш пост.

Malika Vahobzoda
16.10.2009, 22:38
Ассалом форумдаги ижодкорлар.
Думаю зрение форумчан не настолько плохое чтобы включать Caps Lock, подправила Ваш пост.

Извините пожалуйста, если это ВАС так задело.......Будем иметь в виду.

axmedovshuhrat
20.06.2010, 05:14
Классик мусиқа эшитиш одамга завқ бағишлайди.
Уни эшитиб асаб торлари бир тортилади бир кенгаяди.
Оҳ, нақадар бу куй, оҳанг ва сўз уйғунлиги гўзал бирлик бўлса.

ҚОРА СОЧЛАР

Қора сочлар ўсуб қошга тушубди
Қора сочлар ўсуб қошга тушубди
Ҳамма савдо бизнинг бошга тушубди
Ҳамма савдо бизнинг бошга тушубди
Тилаб-тилаб олган тиламчи севгим
Келиб-келиб бағри тошга тушубди
Тилаб-тилаб олган тиламчи севгим
Келиб-келиб бағри тошга тушубди

Ёрил-ёрил дедим ёрилмади тош
Дилга қорил дедим қорилмади тош
Ёрил-ёрил дедим ёрилмади тош
Дилга қорил дедим қорилмади тош
Қанча тўксам кўз ёшимни батарроқ
Ичиб нетин бўлди ёр бўлмади тош
Қанча тўксам кўз ёшимни батарроқ
Ичиб нетин бўлди ёр бўлмади тош

Бир бандидай бағри тошга бойландим
Кетолмадим тўкилди банду-бандим
Бир бандидай бағри тошга бойландим
Кетолмадим тўкилди банду-бандим
Хон қилурга давлатим йўқ деди-ку
Нечук яна келингиз деб тиландим
Хон қилурга давлатим йўқ деди-ку
Нечук яна келингиз деб тиландим

Видо демай видоларни куйдурай
Севдим демай севгиларни севдирай
Видо демай видоларни куйдурай
Севдим демай севгиларни севдирай
Сизга менинг битта севгим етмаса
Шу севгимга қўшиб жонимни берай
Сизга менинг битта севгим етмаса
Шу севгимга қўшиб жонимни берай

Қора сочлар ўсуб қошга тушубди
Қора сочлар ўсуб қошга тушубди


Сиз ҳам классик мусиқадан эшитиб турасизми?
Қандай классик мусиқалар ёқади?

Javohir Mahmudjonov
20.06.2010, 14:31
Klassik musiqalardan snoqlilari menga yoqadi.

Ustoz
06.07.2010, 13:50
Men klassik musiqani juda ham dam olgim kelganida, ilgari plastinkalarda bo`lardi stereo kolonkalarni sozlab o`rtasiga joylashib olib, miriqib eshitardim, ammo juda kam. Men bu yerga bir iltimos bilan kirgan edim. Qachonlardir, 1980-yillarda "Chekka bir qishloqning chekka uyida, sunbul sochlarini tarab o`rgan qiz..." , "Ko`zlaringda gar yosh ko`rsam ado bo`laman... " degan qo`shiqlar bo`lardi. Ming afsuslar bo`lsin-ki qo`shiqlarni kim kuylagani esimda yo`q. Men ilgari o`zimiz eshitib yurgan eski qo`shiqlarni Yangioboddan MP3 variantida olib, ularni yozib olib kompimni yoqqanimda eshitib o`tiraman, qarang-ki hatto 14 yashar o`g`limga ham yoqadi ba`zilari. Hullas gap bundamas, mening iltimosim, agar iloji bo`lsa, kimda shunday imkoniyat bo`lsa yuqorida aytib o`tilgan qo`shiqlarning, faqat tambur ijrosidagi kuylarning va "Original" qo`shiqlarining MP3 variantini yuborsangiz yoki qayerdan topish mumkinligini aytsangiz juda minnatdor bo`lgan bo`lardim.

OmoN
06.07.2010, 14:15
"Chekka bir qishloqning chekka uyida, sunbul sochlarini tarab o`rgan qiz..."Менда Тоҳир Маҳкамов ижросидаги варианти бор. http://audme.ru ёки http://my.mail.ru (Мой мир)дан ҳам кўп қўшиқларни топса бўлади.

Ustoz
06.07.2010, 19:40
Менда Тоҳир Маҳкамов ижросидаги варианти бор. http://audme.ru ёки http://my.mail.ru (Мой мир)дан ҳам кўп қўшиқларни топса бўлади.

Kim aytgan uni o`zi? Siz aytgan joydan qidirish uchun men qo`shiq nomini yoki qo`shiqchini, yo ikkovini bilishim kerak. Qo`shiq so`zlari bilan qidirgandim, arbuzdan nimadir chiqdi, ammo ochilmadi (men uni ko`rishga haqqim yo`qmish). Tohir Mahkamov ijrosidagi qanaqa, agar iloji bo`lsa Sizdan uni qanday olishim mumkinligini kelishib olsak. "Original"ni esa ancha yildan beri qidiraman, hech qayerda yo`q, hatto inetdayam. audme.ru ochilmadi,