PDA

Просмотр полной версии : Ustoz o'quvchidan shikoyat qilishi mumkinmi?

Aziza Abdunabiyeva
23.07.2008, 23:09
O'qituvchilar tarbiyachilik vazifasini bajaradilar. Mana shu tarbiyachilikda eng xunuk narsa-o'qituvchining o'quvchidan shikoyat qilishi bo'lsa kerak, menimcha. Afsuski, o'qituvchilar orasida shundaylar bor... bolalarni yaxshi-yomonga ajratadilar, hatto ayrimlarini o'zlariga dushman deb bilib, uni qitmirlik bilan ta'qib qiladilar, hali o'qituvchilar xonasiga, hali direktorni oldiga uni ta'zirini berish uchun tortqilashadi. Ko'p guvoh bo'lamiz bunday holatlarga, o'sha sinfga rahbar bo'lgan muallimga kun yo'q, ko'zga ko'rindi deguncha shikoyat eshitadi.
Ba'zan hayron qoladigan joyi shundaki, hatto 15-20 yil ishlab qo'ygan muallimlar ichida ham qaysidir sinfning to'polonchiligi, davomati yomonligi yoki yaxshi o'zlashtirmayotganlarning ko'pligidan shikoyat qiladiganlar bor.
Aynan mana shunaqa ustozlarga nisbatan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira va adiba Tursunoy Sodiqova ushbu fikrlarni bildirgan:
Hoy, birodar, sen o'zingni zaifligingni, yaroqsizligingni tomga chiqib e'lon qilyapsanmi? Senga 45 daqiqalik darsning hokimligi berildi. Bolaga ilm berish degan kasbga 5 yil o'qigansan, bir necha yildan beri maktab atalmish bolazorda tajriba yig'yapsan, nega ularning tilini topolmaysan? Dars seniki, fan seniki, bu soatning ish haqini ham sen olasan-u, bolalarni sinf rahbari tinchitib bersinmi? Huddi o'tkazib qo'ygan haqingni talab qilayotgandek qo'laringni bigiz qilasan?! darsingni o'tolmayotganingni qo'y, eng yomoni o'sha sinfning intizomini buzib chiqyapsan! Ya'ni bolalarda kattalarni, hatto ustozlarning ham hammasini eshitish shart emas, ularni kalaka qilsa bo'laveraadi, degan fikr uyg'otyapsan!
Bizning birinchi ishimiz - tarbiya. Keyin ilm. Ilm- ilohiy nne'mat, uni esa tarbiya yo'qq joyga ekib bo'lmaydi.

Vasliddin Tuychiev
24.07.2008, 14:23
Ўқитувчилар тарбиячилик вазифасини бажарадилар. Мана шу тарбиячиликда энг хунук нарса-ўқитувчининг ўқувчидан шикоят қилиши бўлса керак, менимча. Афсуски, ўқитувчилар орасида шундайлар бор... болаларни яхши-ёмонга ажратадилар, хатто айримларини ўзларига душман билиб, уни қитмирлик билан таъқиб қиладилар, хали ўқитувчилар хонасига, хали директорни олдига уни таъзирини бериш учун тортқилашади. Кўп гувоҳ бўламиз бундай ҳолатларга, ўша синфга раҳбар бўлган муаллимга кун йўқ, кўзга кўринди дегунча шикоят эшитади. Баъзан хайрон қоладиган жойи шундаки, ҳатто 15-20 йил ишлаб қўйган муаллимлар ичида ҳам синфнинг тўпалончилиги, давоматнинг ёмонлиги ёки яхши ўзлаштирмаётганларнинг кўплигидан шикоят қиладиганлар бор. Айнан мана шунақа устозларга нисбатан Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, таниқли шоира ва адиба Турсуной Содиқова ушбу фикрларни билдирган:
Хой, биродар, сен ўзингнинг заифлигингни, яроқсизлигингни томга чиқиб эълон қиляпсанми? Сенга 45 дақиқалик дарснинг ҳокимлиги берилди. Болага илм бериш деган касбга 5 йил ўқигансан, бир неча йилдан бери мактаб аталмиш болазорда тажриба йиғяпсан, нега уларнинг тилини тополмайсан? Дарс сеники, фан сеники, бу соатнинг иш ҳақини ҳам сен оласан-у, болаларни синф раҳбари тинчитиб берсинми? Ҳудди ўтказиб қўйган ҳақингни талаб қилаётгандек қўлларингни бигиз қиласан?! Дарсингни ўтолмаётганингни қўй, энг ёмони ўша синфнинг интизомини бузиб чиқяпсан! Яъни болаларда катталарни, хатто устозларнинг ҳам ҳаммасини эшитиш шарт эмас, уларни калака қилса бўлаверади, деган фикр уйғотяпсан!
Бизнинг биринчи ишимиз - тарбия. Bizning birinchi ishimiz - tarbiya. Кейин илм. Илм - илоҳий неъмат, уни эса тарбия йўқ жойга экиб бўлмайди.

Samariddin
24.07.2008, 15:20
5 йиллик педагогик давомида бундай вазиятга хеч дуч келмаганман.бу ерда хамма гап укитувчининг уз ишига булган муносабатида.

G'olib Nishonboyev
24.07.2008, 16:35
5 йиллик педагогик давомида бундай вазиятга хеч дуч келмаганман.бу ерда хамма гап укитувчининг уз ишига булган муносабатида.Каерда ишлашингизни билмадиму, лекин бу Тошкент шахар мактабларида хар бир укитувчи дуч келадиган вазиятдир. Хох у уз касбининг устаси булсин, хох...

Lutfillo Tursunov
24.07.2008, 17:12
Mana shu tarbiyachilikda eng xunuk narsa-o'qituvchining o'quvchidan shikoyat qilishi bo'lsa kerak, menimcha. Afsuski, o'qituvchilar orasida shundaylar bor... bolalarni yaxshi-yomonga ajratadilar, hatto ayrimlarini o'zlariga dushman deb bilib, uni qitmirlik bilan ta'qib qiladilar, hali o'qituvchilar xonasiga, hali direktorni oldiga uni ta'zirini berish uchun tortqilashadi. Ko'p guvoh bo'lamiz bunday holatlarga, o'sha sinfga rahbar bo'lgan muallimga kun yo'q, ko'zga ko'rindi deguncha shikoyat eshitadi.

Qars ikki qo'ldan chiqadi. O'quvchi tomonidan biror salbiy harakat bo'lmasa o'qituvchi bunday yo'lga qadam bosmaydi. Har bir narsaning kelib chiqishiga biror boshqa narsa sabab bo'ladi. Hayot kurashdan iborat va g'irrom xatti-harakatlarga qarshi xuddi shunday yo'l bilan kurashuvchilar ham paydo bo'la boshlaydi. Haqqoniy kurashishdan ko'ra g'irromlikni ishlatib yengish osonroq ekanini tatib ko'rgan alamzada bu usulni yanada mukammalroq o'zlashtirib oladi. Qarabsizki, atrofga anqiyotgan nomardlik hidi bizni yanada kuchliroq bug'a boshlaydi...

Aziza Abdunabiyeva
24.07.2008, 23:13
O'quvchi tomonidan biror salbiy harakat bo'lmasa o'qituvchi bunday yo'lga qadam bosmaydi.

To'g'riku-ya, lekin,Hoy, birodar, sen o'zingni zaifligingni, yaroqsizligingni tomga chiqib e'lon qilyapsanmi? Senga 45 daqiqalik darsning hokimligi berildi. Bolaga ilm berish degan kasbga 5 yil o'qigansan, bir necha yildan beri maktab atalmish bolazorda tajriba yig'yapsan, nega ularning tilini topolmaysan?
Tursunoy Sodiqova
O'quvchilar ham o'z-o'zidan, duch kelgan o'qituvchisiga yomon munosabatda bo'lavermaydi. (Bu yerda gap hali aqli yo'q boshlang'ich sinf o'quvchilari haqida emas, sal-pal bo'lsa-da es-hushini yeg'ib olgan yuqoriroq sinf o'quvchilari haqida, albatta) Ayrim g'irt bezori, hatto, o'g'ri bolalarning ba'zi o'qituvchilarni judayam hurmat qilib,har doim izzatini joyiga qo'yib yurishlarini ham ko'rganman. Shunday vaziyatlar bo'ladiki, a'lochi, tartib-intizomli bolalar ayrim o'qituvchilar asabiga atayin tegadilar... Har holda buniyam sababi bo'lsa kerak.

Abduganiyev Murod
29.07.2008, 11:06

Hamma gap tarbiyaga bog'liq. Agar bolaga oilada O'qituvchilarning qanchalar ulug'ligi, ularga doimo izzat hurmatda bo'lish kabi hislatlar uqtirilsa edi bu kabi voqealar ro'y bermagan bo'lardi. :187:

Nigora Umarova
29.07.2008, 13:16
5 йиллик педагогик давомида бундай вазиятга хеч дуч келмаганман.бу ерда хамма гап укитувчининг уз ишига булган муносабатида.Каерда ишлашингизни билмадиму, лекин бу Тошкент шахар мактабларида хар бир укитувчи дуч келадиган вазиятдир. Хох у уз касбининг устаси булсин, хох...

:-) Укувчи каерда булмасин Тошкентдами ёки вилоятлардами хамма ерда укувчи. Авваламбор укитувчи уз укувчисига душман кузи билан карамай, мехр кузи билан караса олам гулистон. Хар бир боланинг фазилатларига яраша, тарбиясида баъзи нуксонлар хам булади. Укувчига ха деганда дакки бериб ёки маъмурият олдига олиб чикканингиз билан камчиликлар бартараф этилмайди. Укувчингизни тушуна олсангизгина унга якинлаша оласиз. Шогирдидан узоклашган устоз таълимий хамда тарбиявий максадларига эриша олмайди.

Nigora Umarova
29.07.2008, 13:29
O'quvchilar ham o'z-o'zidan, duch kelgan o'qituvchisiga yomon munosabatda bo'lavermaydi. (Bu yerda gap hali aqli yo'q boshlang'ich sinf o'quvchilari haqida emas, sal-pal bo'lsa-da es-hushini yeg'ib olgan yuqoriroq sinf o'quvchilari haqida, albatta) Ayrim g'irt bezori, hatto, o'g'ri bolalarning ba'zi o'qituvchilarni judayam hurmat qilib,har doim izzatini joyiga qo'yib yurishlarini ham ko'rganman. Shunday vaziyatlar bo'ladiki, a'lochi, tartib-intizomli bolalar ayrim o'qituvchilar asabiga atayin tegadilar... Har holda buniyam sababi bo'lsa kerak.

Азизахон!

Биринчидан, бошлангич синф укувчиси хеч качон укитувчисининг асабига тегмайди. Уларнинг масъум кузлари укитувчининг хар бир хатти-харакатини кузатишга ва уни тезда узига илиб олишга каратилган булади. Хаттоки, ота-онасининг панд-насихатидан хам кура укитувчисининг гапи у учун конун булади.
Иккинчидан, укувчида 6 - синфнинг охири(купрок III- IV чораклардан бошланади) ва 7 синфга утгач унинг рухиятида физиологик ва психологик узгариш жараёнлари бошланади. Энди у узини ута аклли, хамма ишни узи мустакил хал кила оладиган деб хисоблайди. Шу пайтда унга буйрук охангида эмас, маслахат охангида муомала килиш ва фикрини албатта, инобатга олиш лозим. Бола фикри асосида узингизнинг фикрингизни бериб сингдириб боришингиз керак.
Хамма гап укувчига укувчи эмас, шахс каби муомала килишда.

Nigora Umarova
29.07.2008, 13:33
Hamma gap tarbiyaga bog'liq. Agar bolaga oilada O'qituvchilarning qanchalar ulug'ligi, ularga doimo izzat hurmatda bo'lish kabi hislatlar uqtirilsa edi bu kabi voqealar ro'y bermagan bo'lardi. :187:

Тарбияга хам боглик, бирок тарбияни тарбиясиздан урган деган гап хам бор.
Оиласи нобоп булса-да, укитувчининг саъйи харакатлари билан тугри йулга кириб кетган укувчилар, укитувчининг ёмон сузи оркали укиши сусайиб кетган укувчилар хам бор, афсусларким...

Aziza Abdunabiyeva
15.08.2008, 13:29
Азизахон!

Биринчидан, бошлангич синф укувчиси хеч качон укитувчисининг асабига тегмайди. Уларнинг масъум кузлари укитувчининг хар бир хатти-харакатини кузатишга ва уни тезда узига илиб олишга каратилган булади. Хаттоки, ота-онасининг панд-насихатидан хам кура укитувчисининг гапи у учун конун булади.

Хамма гап укувчига укувчи эмас, шахс каби муомала килишда.

Balki men fikrimni to'g'ri ifodalab bera olmagandirman, lekin men ham huddi shuni nazarda tutgan edim. Boshlang'ich sinf o'quvchilari haqidagi fikringizga to'liq qo'shilaman, albatta, axir ular chindan ham ma'sum bo'lishadi-ku, maktabda bo'ladigan amaliy ishlarda ularga dars berib ko'rganman.

Хамма гап укувчига укувчи эмас, шахс каби муомала килишда.
Rahmat, haqiqiy ma'noda ustozsiz-da...O'quvchilarning ham, bolalarning ham hurmatiga va mehriga birdek sazovorligingiz haqida ko'p aytganman, lekin yana bir marta aytgim kelyapti, siz bollarni yaxshi ko'rib, shaxs sifatida muomala qilganingiz uchun ular ham sizni rostanam yaxshi ko'rishadi.

Shohruh Rahmat
15.08.2008, 15:50
Шу чокда маъноси жудаям чукур булган русча маколни ёзгим келиб колди:
"Плохих учеников не бывает, бывают плохие учителя"

Muhayyo Turdialiyeva
15.08.2008, 16:23
Shunday ustozlar borki o'quvchilar boshlang'ich sinflardanoq ularga havas qilib "katta bo'lsam ustoz bo'laman" deganlarini eshitamiz. Bundan tashqari "birinchi o'qituvchim" deganda barchamiz iliq xotiralarni eslaymiz.Nima bo'lganda ham aynan maktabda olingan ta'lim-tarbiya, yaxshi yomon xotiralar bizning mustaqil xayotimizda katta ahamiyat kasb etadi deb o'ylayman...
Shunday o'qituvchilar (uzr ustoz deyishga tilim bormadi) borki....
1ta latifa esimga tushdi: "2chi sentyabr kuni 1 sinf o'quvchilari partalarga ustozlari tomonidan joylashtirilyapti. -Kelchi,Isming? Adang qayerda ishlaydi? Nalogoviyda? Kel 1chi partaga! Xo'sh keyingisi, Seni adang qayerda ishlaydi? Maktabda o'qituvchi? unda hov orqadan 1ta oldingi partaga o'tir. Kelaqol, seni adangchi? PROKROTURADA? Hozir, ey nalogiviyni bolasi tur orqaga 1chi partaga prokroturadagila o'tirishadi........ "
xullas shunaqa gaplar nima demoqchiligimni tushundingiz deb o'ylayman........

Nigora Umarova
04.09.2008, 11:19
1ta latifa esimga tushdi: "2chi sentyabr kuni 1 sinf o'quvchilari partalarga ustozlari tomonidan joylashtirilyapti. -Kelchi,Isming? Adang qayerda ishlaydi? Nalogoviyda? Kel 1chi partaga! Xo'sh keyingisi, Seni adang qayerda ishlaydi? Maktabda o'qituvchi? unda hov orqadan 1ta oldingi partaga o'tir. Kelaqol, seni adangchi? PROKROTURADA? Hozir, ey nalogiviyni bolasi tur orqaga 1chi partaga prokroturadagila o'tirishadi........ "

Хуллас, укувчиларни саржин тахлагандай тахловчи укитувчи денг...
Агар укитувчи нафсини биринчи уринга куйиб, илм беришни иккинчи уринга куйганида сифатли билим беришга эриша олмасди.
Илм бергувчи инсон таъмагирликдан узок булсагина билим бериш самарадорлиги ошади.
Латифани укиб, тугрироги бугунги кундаги укитувчининг мавкейига жуда-жуда ачиндим, эсиз укитувчилик, эсиз мавке...
Укувчиларнинг партага утиришларини тартиблаштириш эса, баъзи бир гигиена талабларига- укувчининг буйига, куз нурига каралади, ота-онасининг амалига эмас.

Feruza Xodjayeva
10.09.2008, 16:59
Doimiy ravishda o'quvchi ustidan shikoyat qilish o'quvchini loqaydlikka va nafaqat ustozdan balki,o'sha fandan bezishga ham olib keladi.

Tohir Malik
11.09.2008, 13:07
Тарбия бераётган одам маънавий ҳуқуққа эга бўлиши керак. Маънавий ҳуқуққа эга бўлмаган одам тарбияга умуман яқинлашмасин. Мен сизга бир ҳикоят айтиб берсам. Бир ота донишманд олдига келиб, ўғлимга насиҳат қилиб қўйинг, кўп хурмо ейди, дебди. Шунда донишманд, бир ойдан кейин келинглар, деб уларни қайтариб юборибди. Орадан бир ой ўтиб, ота-бола яна донишманд ҳузурига келишибди. Шунда донишманд, ўғилга қараб, кўп хурмо емагин, зарари бор, дебди. Шунда ота шу гапингизни бир ой олдин айтсангиз бўлмасмиди, деганда донишманд: “Мен ҳам хурмони кўп ердим, бир ой ичида кам ейдиган бўлдим. Ана энди шундай насиҳат қилишга ҳаққим бор”, дея жавоб қайтарган экан.
Мактабдаги энг катта муаммолардан бири – бу болаларнинг чекишидир. Бу аввалдан бор нарса, илгари фақат сигарет билан чекланиб қолинган бўлса, ҳозир бу ҳолат гиёҳвандликнинг илк дебочасига айланиб қолмоқда. Хайрият, бизнинг ўзбек мактабларимизда аёллар сигарет чекишмайди. Аммо рус мактабларида чекадиган ўқитувчи аёллар кўп. Бир куни Педагогика университетига учрашувга борганимда, рус гуруҳида ўқийдиган толиба қизларнинг чекиб туришганини кўрдим. Улар эртага мактабга бориб, ўқитувчи бўладиган қизлар. Хўш, улар келажакда қандай тарбия берадилар? Умуман уларни тарбияга қўйиш мумкинми? Биринчи навбатда тарбиячининг ўзини тарбиялаш лозим.