PDA

Просмотр полной версии : Yashayotgan joyingiz tarixini bilasizmi?!


Nigora Umarova
02.07.2008, 13:19
"O'z yurtini, yashayotgan joyi nomini, tarixini bilmagan odam, o'rmonda adashib qolgan yosh bolaga o'xshaydi",- degan ekan donolardan biri.
Joy nomlari haqidagi fan ilmda toponomika (toponomika- yunoncha topos-joy, onoma, yoki onima so'zlaridan tashkil topgan)deyiladi.
Qadrli Forumdoshlar!
Kelinglar, ushbu mavzuda o'zingiz yashayotgan jo'yingiz- shahringiz, viloyatingiz, kochangiz, mahallangiz, qishlog'ingiz nomining kelib chiqishi, uning tarixi bilan forumdoshlarni tanishtirsangiz.
Zero, moziyga qaytib ish ko'rishni xayrlik deydilar.

Nigora Umarova
02.07.2008, 13:43
Toshkent shahri nomining kelib chiqishidan boshlab bersam...

Eramizdan avvalgi II asrlarda va eramizning boshlarida Toshkent shahri Chirchiq vohasining eng boy suv zahiralariga, yer osti boyliklariga, yaylov va ekin maydonlariga boy o'lka bo'lgan Qanqa va Kushon davlatlariga qarar edi. Zardoushtiylarning qadimiy muqaddas kitobi "Avesto"da Sirdaryo havzasidagi mamlakat Turon aholisi esa "tur"lar deb yuritilgan bo'lsa, Sosoniylar shohi Shopurning Zardushtiylar ka'basidagi 262 yildagi qo'lyozmalarida Chirchiq vohasi Choch nomi bilan atalganligi eslatib o'tiladi.
Keyinchalik (VI-VII asrlarda) Choch g'arbiy turk hoqonligi tarkibiga, so'ng arab xalifaligi tarkibiga kirgan.
Beruniy o'zining "Hindiston" asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to'g'risida fikr yuritib, "tosh so'zi turkcha ism bo'lib, "shosh" ko'rinishini olgan. Toshkent - toshli qishloq demakdir",- deb izohlaydi.

Vasliddin Tuychiev
02.07.2008, 14:35
Men tug'ilgan qishloq nomi Qurbon Qashqar deb nomlanadi. Otam bu nomning kelib chiqishini quyidagicha izohlashgan.

Avvalda qishlog'imiz o'rni keng yaylovlar bo'lgan ekan. O'sha paytda Qashqar urug'iga mansub Qurbonali ismli bir kishi qishloq o'rniga birinchi ko'chib kelib vatan qilib qolgan ekan. O'shandan keyin odamlar ko'payib borgan va joy nomi asoschisi nomi va urug'idan kelib chiqib Qurbon-Qashqar deb nomlana boshlagan. Qachondan e'tiboran qishloq tashkil topganidan esa xabarim yo'q.

Ibrohim Djuraev
02.07.2008, 14:43
Toshkent - toshli qishloq demakdir",- deb izohlaydi.
бу ерда (http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D1%80%D0%BE%D0%B8%D1%81%D1%85%D0%BE%D0%B6%D 0%B4%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D0%B5_%D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0 %B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F_%D0%B3%D0%BE%D1%80%D0% BE%D0%B4%D0%B0_%D0%A2%D0%B0%D1%88%D0%BA%D0%B5%D0%B D%D1%82%D0%B0)анча кенгрок маълумот берилган, Позднее слово "Шашкент" трансформировалось в слово "Ташкент", что в переводе на русский язык означает "Каменный город".

Evgeniy Sklyarevskiy
02.07.2008, 15:12
Относительно названия - Чиланзар в научных кругах существуют различные мнения. Одна из версий связывает появление этого названия с зарослями чилона - лекарственной разновидностью дикой джиды, терпкие оранжевые ягоды которой напоминают маленькие финики. Вся местность к юго-западу от средевекового Ташкента была засажена этим растением.

Имеется также мнение, что название Чилонзор могло произойти от слова Чинорзор - роща прекрасных чинар. Такое видоизменение слова могло произойти при небрежном переписывании старинных рукописей, поскольку арабское начертание этих слов очень схоже.

Также существует мнение, что слово "Чиланзар" на одном из местных диалектов, означает не только заросли чилона, но и вообще «отброшенные», находящиеся за межой земли, какими и были в свое время заболоченные пустоши к юго-западу от средневекового Ташкента
Отсюда (http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A7%D0%B8%D0%BB%D0%B0%D0%BD%D0%B7%D0%B0%D1%80)

Nigora Umarova
02.07.2008, 16:01
Toshkent - toshli qishloq demakdir",- deb izohlaydi.
бу ерда (http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D1%80%D0%BE%D0%B8%D1%81%D1%85%D0%BE%D0%B6%D 0%B4%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D0%B5_%D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0 %B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F_%D0%B3%D0%BE%D1%80%D0% BE%D0%B4%D0%B0_%D0%A2%D0%B0%D1%88%D0%BA%D0%B5%D0%B D%D1%82%D0%B0)анча кенгрок маълумот берилган, Позднее слово "Шашкент" трансформировалось в слово "Ташкент", что в переводе на русский язык означает "Каменный город".

Маълумотлар учун рахмат, Иброхим ака!
Интернетда жой номлари хакида узбек тилида хам маълумотлар учрайдими?

Nigora Umarova
02.07.2008, 16:04
Относительно названия - Чиланзар в научных кругах существуют различные мнения. Одна из версий связывает появление этого названия с зарослями чилона - лекарственной разновидностью дикой джиды, терпкие оранжевые ягоды которой напоминают маленькие финики. Вся местность к юго-западу от средевекового Ташкента была засажена этим растением.

Имеется также мнение, что название Чилонзор могло произойти от слова Чинорзор - роща прекрасных чинар. Такое видоизменение слова могло произойти при небрежном переписывании старинных рукописей, поскольку арабское начертание этих слов очень схоже.

Также существует мнение, что слово "Чиланзар" на одном из местных диалектов, означает не только заросли чилона, но и вообще «отброшенные», находящиеся за межой земли, какими и были в свое время заболоченные пустоши к юго-западу от средневекового Ташкента
Отсюда (http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A7%D0%B8%D0%BB%D0%B0%D0%BD%D0%B7%D0%B0%D1%80)


Beshyog‘och dahasining mavzelaridan biridir. Chilonzor tumanidagi Chilonzor qabristonining tarixiy nomi “Jilon ota qabristoni ” deb yuritilgan. Qabristonda XIII asrga oid Jilon ota maqbarasi bor.
Rivoyatlarga ko‘ra Jilon ota tabobatdan xabardor inson bo‘lib< shifobaxsh o‘simliklar, jumladan chilonjiyda (bu o‘simlik qon bosimi kasalligiga davo hisoblanadi) darxtlari bilan burkangan bog‘ barpo qilgan.
Xalqimizda chilonjiyda goho “Jilonjiyda” talaffuzida ham uchrab turadi. Mavzening Chilonzor deb atalishi shundan degan fikrlar bor.
Mavzeda Chilonzor oqtepasi IV-XI asrlar arxeologiya yodgorligi ham mavjud bo‘lib, Toshkentning janubiy-g‘arbiy qismida Bo‘zsuv kanali bo‘yida joylashgan. Yodgorlikning balandligi 15 metrliktepalik bo‘lib, atrofida qadimiy qishloq xarobalari joylashgan. Qazilmalar natijasiga ko‘ra undagi imorat xom g‘isht va paxssadan solingan qasr bo‘lganligi, hamda otashparastlarning istehkomli ibodatxonasi ekanligi aniqlangan.

www.madaniyat.zn.uz

Nigora Umarova
02.07.2008, 16:06
Poytaxtimizning Yunusobod dahasi o‘zining ko‘p yillik tarixiga ega. U aslida “Yunusrabot” deb yuritilgan. Xalq orasida “Yunsavat” deb ham talaffuz qilingan.

Bu nom uchta, ya’ni “Yunus” (shaxs nomi), “ra” (fors-tojikcha “roh”, ya’ni “yo‘l”) va sug‘diycha “vot” yoki “bot” (ya’ni “qo‘noq”) so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. Demak, mahallaning nomi Yunus ismli shaxsning yo‘l ustidagi qo‘nog‘i yoki karvonsaroyi degan ma’noni anglatgan.

Ilgari bu mahalla Toshkent shahrining tashqarisida — Labzak, Taxtapul va Qorasaroy kabi darvozalardan Dashti Qipchoq va Yettisuvga tomon yo‘nalgan qadimgi karvon yo‘li ustida joylashgan edi. Shubhasiz, shimoliy yurtlardan qaytayotgan savdogarlaru sayyohlar kech kirib, shaharga yetib kela olmasalar, Yunusobodda tunab qolganlar.

XVI-XVIII asrlarda Toshkentning Dashti Qipchoq, Yettisuv va G‘arbiy Shivir (Sibir) aholisi bilan savdo-sotiq aloqalari jonlanib ketadi. Shu davrlarda Toshkentning shimoliy ostonasida joylashgan Oqtepa-Yunusobod mavzesi shahar sarbozlarining qo‘noqli toshhovlisi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yunusobod mavzesi nomining qaror topishi mustaqil Toshkent xonligining asoschisi Yunusxo‘janing ismi-sharifi bilan bog‘liqdir. Keyinchalik Toshkent shahrining kengayishi natijasida Yunusobod shaharga tutashib ketib, uning yirik mahallalaridan biriga, bora-bora alohida tumanga aylandi.

Ibrohim Djuraev
02.07.2008, 20:12
Интернетда жой номлари хакида узбек тилида хам маълумотлар учрайдими?
агар учратсам, албатта манзилини бераман

Vohid Oripov
02.07.2008, 22:35
Men tug'ilgan qishloq nomi Qurbon Qashqar deb nomlanadi. Otam bu nomning kelib chiqishini quyidagicha izohlashgan.

Avvalda qishlog'imiz o'rni keng yaylovlar bo'lgan ekan. O'sha paytda Qashqar urug'iga mansub Qurbonali ismli bir kishi qishloq o'rniga birinchi ko'chib kelib vatan qilib qolgan ekan. O'shandan keyin odamlar ko'payib borgan va joy nomi asoschisi nomi va urug'idan kelib chiqib Qurbon-Qashqar deb nomlana boshlagan. Qachondan e'tiboran qishloq tashkil topganidan esa xabarim yo'q.

Мактабда укиб юрагинмизда укитувчимиздан эшитгандим. Qurbon-Qashqar тарихи тахминан 350 йилга бориб такалади.Бундан 350 йиллар аввал одамлар кучиб келган экан бу хакида укитувчимиз батафсиз сузлаб берган эди. Сух дарёсини ирмоларига одамлар кучиб кела бошлаган. Хаммага маълум дастлаб одамлар сув буйлари, яйловларга келиб урнашган сабаб тирикчилик манбаи сифатида сув буйларида дехкончилик билан шугулланган, яйловларда эса чорвачилик билан шугулланишга шароит булган.

Nigora Umarova
03.07.2008, 11:40
Афсоналарни "Хакикатдан дарак берувчи ёлгон хакикатлар "деган эди Аристотель. Шундан келиб чиккан холда Андижон хакидаги афсонани эътиборингизга хавола этмокдаман.

Боболарнинг айтишича, Андижон булмай, аслида "Анда жон", "Анда жоним" булган дегани экан. Бир пайтлар "Анда жон" жуда катта вилоят булиб, ахолиси хам минг-минглаб экан. Унда узбеклар, киргизлар, хитойлар, уйгурлар, тожиклар яшар эканлар.
Андижоннинг ёш, бакувват, адолатли халкпарвар бир подшоси бор экан, кунлардан ьир куни подшо шахар айланиб юриб, катта Шахрихон сойи буйида мажнунтол тагида кушик айтиб утирган гузал бир кизга кузи тушиб, уни яхши куриб колибди. Етти кеча-ю етти кундуз туй килиб кизга уйланибди. Туйнинг эртасигаёк ёв бостириб келаётгани хакида хабар келибди. Подшо:"Шахарда туриб ёвни кутсак булмас. Эл-юрт, ёрим азият чекар. Яхшиси шахардан чикиб, боскинчиларни узокрок жойда кутиб олсак",-деб уйлабди-да, хамма аскарларини шахардан ташкарига чикарибди. Ёв келаётган томонга жадал от чоптириб кетибди. Йулда, шахардан узок бир жойда боскинчи душманлар билан тукнашиб, каттик жангда голиб чикибди. Бирок бир дайди ук келиб уни огир яралабди. Улими якинлашиб, охирги дакикаларини бошидан кечира бошлабди. Улими олдидан кун чикар томонни курсатиб:
- Мени шу томонга олиб боринглар. Йулда улиб колсам хам уша ёкка куминглар,- дебди.
Кишилар:
-Нега ундай дейсиз?-дейишган экан, подшо:
- У ёкда жон колди. Анда жон колди, шахарда ёрим, жоним колди, мени уша ерга куминглар,- дебди.
Йигитнинг жони узилибди. Уни васиятига кура бир кунлик рафикаси колган жойга олиб бориб кумишибди. Шу-шу жой номи Анда жон- Андижон булиб колган экан.

Nigora Umarova
03.07.2008, 13:57
Дархон махалласи

Олимларнинг фикрича, мугулча - "дархон"- мажбуриятдан озод килинган демакдир. Махалла Пуштибог, Оркакуча, Окмасжид каби махаллалар билан чегарадош булган. Козок уругларидан бири Дархон деб аталган.

Nigora Umarova
07.07.2008, 10:58
Do'mbirabod hozir Chilonzor tumanidagi mahalla. Ayrim mahalla oqsaqollarining gapiga qaragnada, dastlab mavze guzarida Mirsoat nomli qassob do'kon ochib ish boshlagan. har mol so'yganida uning aqli zaif o'g'li do'mbira chalib turgan.. Do'mbira ovozini eshitgan odamlar go'sht olish taradudida guzarga otlanishgan. Shuningdek Mirsoat nihoyatda semiz bo'lgan. va shunga yarasha laqabi ham Do'mbira bo'lgan. Mavzening u yoki bu sababga ko'ra Do'mbirabod nomini olishi shundan.

Akhmad Kodirov
09.07.2008, 11:13
Nigoraxon, ushbu sahifani ochib juda yaxshi qilibsiz, chunki har bir kishi o`zining tarixini bilishi bu kelajagini bilishdir.

Men ham bundan bir necha yil oldin o`z qishlogimning tarixini qisman saytini tayyorlagan edim. Men to`gilgan makon Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani Langar-ota qishlogida joylashgan.
Ushbu malumotlar bilan http://mahorat.freenet.uz/langar
yoki http://ahmadk.narod.ru/langar/ adreslar orqali to`liq ma'lumot olishingiz mumkin.

Nigora Umarova
14.07.2008, 13:23
O'sh nomining paydo bo'lishi

Zangi ota ot-sigirlarning piri, g'amxo'r-mehriboni ekan. Zangi otaning mol-hollari ko'payib, hech qayoqqa sig'may ketibdi. Bunday paytlarda uning qora mollarini Qo'ng'ir buqasi boshqarar ekan. Vaqti-soati kelib Qo'ng'ir buqa qarib butun podani boshqarib borishga kuch-quvvati yetmay qolibdi. O'zi bilan o'zi ovora bo'lib qolibdi. Poda esa o'z holicha o'tlab, olis-olislarga tarqab ketibdi. Bir payt poda jila-jila boshi Farg'onadan o'tib, Andijondan ham oshib ketibdi. Xuddi shunday paytda Toshkentning shundoqqina biqinida istiqomat qilayotgan Zangi ota qattiq ovoz bilan:" Xo'sh, xo'sh" deb hayqirgan emish. Zangi ota pirlarining ovozini eshitgach< o'tlab yurgan sigirlar: "Qaytmasak bo'lmaydi, pirimizning qarg'ishlariga qolamiz",- deb orqalariga qaytibdilar.
Zangi otaning hayqirig'ini eshitib, sigirlar qaytgan manzil shu-shu "O'sh" deb atala boshlagan emish.

Abduganiyev Murod
14.07.2008, 13:49
Bu ma'lumotlarni Omonulla Madayevning "Poetik xalq og'zaki ijodi" kitobida o'qiganmiz.

Nigora Umarova
14.07.2008, 13:57
Bu ma'lumotlarni Omonulla Madayevning "Poetik xalq og'zaki ijodi" kitobida o'qiganmiz.

Ma'lumotlarni kirgizishdan maqsad bu ma'lumotlarni bilmaganlarga yetkazish edi. Siz faqat "O'sh haqidagi afsona"ni va "Andijon nomining kelib chiqishi" haqidagi ma'kumotni o'qigansiz. ;-)
O'ylaymanki, bilag'onligingizni o'zingiz bilgan afsona va toponimik ma'lumotlar bilan yana-da ko'rsatib berasiz...

Abduganiyev Murod
15.07.2008, 21:11
Shunday buzoqcha tug’iladi. Akalari hayron bo’lib “Ota! huddi Suzuk aytganidek buzoqcha tug’ildi. Ukamizga barcha narsalar ayon bo’lar ekanda “ deyishadi.
Otasi Jigarbandlarim! Ikki qo’chqorning boshi bir qozonda qaynamaydi degan naql bor. Sizlar uchtasizlar…
Suzugim siz barvaqt yetishibsiz. Endi o`zga yurtga borib, odamlarga ilm-ma’rifat, ahloqu odob o’rgatib, halol kasb bilan luqma topish va ezgu ishlar qilishni targ’ib qilishingiz joiz bo’ladi.
Shu somonni otaman, shamol uni olib borib suvga tushiradi, somon oqib borib qayerda aylanib tursa, o’sha joyni makon qilasiz.deya oq yo’l tilaydi.
Shamol somonni Chirchiq daryosiga tushiradi, oqib Anhorga o’tadi, undan Quyi Bo’zsuvga oqib kelib, bu mahallaning Jar-soyli joyida tinimsiz aylanib turadi. Suzukota manzilga yetib kelgach atrofga nazar tashlayotganda Qo’lida ketmon bilan bir dehqon oldiga kelib “Bolam musofirga o’xshaysan, shu ekinzorni o’toq qilib bersang, senga issiq ovqat beraman, chaylamdan boshpana beraman” deydi. Suzukota- “Roziman ota” deydi. Dehqon Suzukotaga yegulik olib kelgani ketganida Suzukota ekinzorning ariqlarida yurib, engashib, qo’llari bilan ekinzorni ustidan olib boradi va “Ekilgani qolsin , begonasi chiqsin” deydi.
Buni ustiga kelib qolgan dehqon –“Vo ajabo! bir zumda-ya. Yo-tavba.
Voy-dod, ey piru-buzrug men omi nodonni kechiring. Beadablik qildim” deb ayuhannos soladi. So’ngra Suzukotaning qo’llari va yelkalarini silab yerga dasturxon solib, non ushatib choy quyadi.
Birin ketin boshqa odamlar kelib, biri dardiga da’vo berilishini, kim hosili barakotli bo’lishini, kim ilm istagida kelganligini aytishadi. Suzukotaga uy-joy qurib berishadi. So’ngra Suzukota ota-onasiga manzilini bildirib kelish uchun uyiga jo’naydi. Oradan bir oz vaqt o’tgach qaytib kelganida o’zi bilan birga hujradosh do’stlari, kasb-hunarlik qarindoshlarini olib keladi.
Oradan yilar o’di. Amir Temur bobo “Suzukota” masjidi va maqbarasini qurdirdi. Cho’pon ota masjidi, chaqar masjidi, Andijon va Mirlar mahalla masjidlari qurildi. Diyorimizga qora bulutlar keldi. Qatag’on va yalpi qirg’in boshlandi. Asl insonlarni o’n gulidan bir guli ochilmay so’ldi. Mahallamiz nomi qayta-qayta o’zgartirldi Komintern, Qahramon, Bauman va Obod deyildi ammo hammayoq harob edi. Oradan yarim asr o’tdi. Otalarimiz orzu qilgan xur zamon keldi, diyorimiz mustaqil bo’ldi. Uylarimiz bir-biridan obod bo’ldi. Obidalarimiz qayta tiklandi.Yangi guzar qurildi. Ustalarimizning bag’riga shamol tegdi. Bozor-u do’konlar rom-eshigu, beshikka to’ldi. Chet eldan kelgan mehmonlar ustalarimizning ijodlarini ko’rib, “Bunday nodir buyumlar, xech bir yurtda yo’q” deb lol qolishmoqda. Muhtaram prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning sayi-harakatlari va bevosita ishtiroklari Mustaqillik sharofati ila sharq mash’allari bo’lgan aziz-avliyolar va olimlarning ziyoratgohlari obod bo’ldi…
Ularning hayotlari, qoldirgan boy me’roslari haqida o’nlab kitoblar chop etildi. Kimning uyidan Qur’on, Hadis va arab imlosidagi kitob chiqsa, qamalib va otilib ketgan edilar. Xozir esa, Qur’on-Hadislari bo’lmagan
xonadon bo’lmasa kerak…
Ko’hna Toshkentning yuragi bo’lgan “Xastimom” majmuasi va butun dunyo Islom olamida, 2007-yil Toshkent. Islom madaniyatining poytaxti deya tan olinishi, Ona Vatanimizni dunyoga yanada mashhur qildi.
Istiqbol rejalarimiz.
Mahalladagi soyliklarda kichkintoylar uchun o’yingoh, qariyalar uchun oromgoh, maqbara orqasidagi maydonga sport kompleksi va mevalik bog’ barpo qilish.
Suzukota xaqidagi rivoyatlar, ota-bobolarimiz boshidan kechirgan ibratlik voqealar, urf-odatlar va ustazodalar sulolalarini o’z ichiga oladigan “suzukota mahallasi” deb nomlanadigan kitobni chop ettirib, hamshaharlarimizga Suzukota va ularning davomchilari haqida ko’proq ma’lumot berish.

Ko’plab obidalarimiz va ko’hna uylarimiz bor Mahallamizni “Muzey-mahalla”qilish loyihasi 2006 yil Fransiyada o’tgan “Dunyo studentlarining ijodi” tanlovida birinchi o’rinni oldi.

Mahallamiz fidokori ASQAR hoji otamiz faqat Suzukota mahallasini emas, balki ko’hna Toshkentdagi ko’plab mahallalarning tarixi va aziz insonlari haqida ma’lumot va rivoyatlar yig’dilar.Ularni jamlab “Toshkentdan o’tgan buyuk siymolar” kitobini chiqarib, shahrimiz azizlarini olamga tanitish…

Suzukotaga zamondosh, maslakdosh bo’lishgan mashhur do’st birodarlari:
Shayx Zayniddin bobo (Ko’kcha),
Shayx Hovandi Tohurning otasi, Shayx Umar Bog’istoniy, Cho’ponota,
Zangi ota (Beshyog’och), Qaffol Shoshiyning nabirasi, Xoja Ahrorning bobosi Shayx Shahobiddin Shoshiy kabilar, Toshkentning eng ulug’ va aziz avliyolari bo’lishgan.
Zangiotaning mashhur xalifalari Cho’pon ota Badr ota va Sadr otalarning birinchi ustozi Suzukota bo’lgan.

Abduganiyev Murod
15.07.2008, 21:13
Samarqand.

Qadimiy madaniyat markazlaridan biri Samarqand 2500 yildan ortiqroq tarixga ega..Arxeologik qazilmalardan ma’lum bo’lishicha, Samarqand dastlab Siyob daryosi sohilida qad ko’targan. U So’g’diyona (So’g’d davlati)ning poytaxti bo’lib, so’g’dcha “samarkansa” (ulug’ shahar) deb yuritilgan. Yunonlar uni Marokanda deb atashgan. Dushman hujumidan himoyalanish uchun shahar baland devor bilan o’rab olingan bo’lib, uchta darvozasi bo’lgan. Samarqand qal’asi devorining uzunligi 10,5 kmni tashkil etagan. Hamma tomonlaridan tabiiy suv yo’llari o’rab olgan tik yonbag’rlik, g’uj tepaliklar dushman qamal qilgan paytda qudratli istehkom vazifasini o’tagan.

Abduganiyev Murod
15.07.2008, 21:14
Xiva.
O’zbekistondagi ko’xna shaharlardan biri - Xiva O’rta Osiyodan Xorazm orqali kichik Osiyoga o’tgan qadimiy karvon yo’li ustida qad ko’targan. Rivoyatlarga qaraganda qadim zamonlarda g’arbdan kelayotgan savdo karvoni qoraqumni kesib o’tib Xorazmga yo’l olar ekan, uning barxamli qumlarga tutashib ketgan janubiy chegarasidagi ko’hna bir quduq yonida hordiq chiqargan. Tashnalikdan nihoyatda qiynalgan karvon ahli Amudaroning so’l qirg’og’iga tutashgan qumlikdagi bu ko’hna quduqni tozalab, undanmarjondek qaynab chiqqan suvdan bir ko’zani to’ldirib, karvonboshiga uzatishgan. Suv nihoyatda shirin va muzdek bo’lib, uni simirayotgan karvonboshi nihoyatda mamnun holda “Xey-Voh” degan emish. Shu-shu bu quduq Xey-voh qudug’I nomi bilan yuritilib kelgan. Keyinchalik xey-voh qudug’I yonginasida bir rovot so’ngra esa kichik bir qishloq barpo bo’lgan bu qadimgi qishloq kengayib shaharga aylangan va u asta –sekin Xivak, Xiva deb yuritilib ketgan. Qumliklar ichida qad ko’targan bu qadimiy shaharni o’rta asrlarda Raml, ya’ni “Qumzor” deb ham yuritishgan. XVII asrda yashagan Xiva xoni va tarixchi Abulg’oziy Baxodirxon uni Xoyvonik va Xaykonik nomlari ostida tilga oladi. Xiva amudaryoning chap qirg’og’idagi Polvonyop kanali sohilida joylashgan. Xivaning qachon paydo bo’lgani haqida aniq ma’lumotlar xozirgacha mavjud emas. Ayrim arxeolog ma’lumotlariga qaraganda, Xiva meloddan avvalgi 4-3- asrlarda barpo etilgan.

Abduganiyev Murod
15.07.2008, 21:17
Otaxonlarning aytishlaricha, Toshkentning 12 darvozasidan biri joylashgani uchun «Samarqand darvoza» deb nomlangan bu mahalla azaldan juda fayzli, aholisi ahil, mehr-oqibatli bo‘lgan ekan. Uch tomonida choyxonalar bo‘lib, sozandalar, xonandalar ishtirokida yig‘inlar o‘tkazilar, dorbozlar, qiziqchilar tomoshalar qo‘yib, guzarni saylgohga aylantirib yuborisharkan. Choyxonalar yonida baland-baland ustunlar bo‘lib, ularga o‘rnatilgan kerosinli osma chiroqlar mahallani charog‘on qilib turarkan. Mahalliy aholi «interes» deb nom qo‘yib olgan bu chiroqlarni Toshpo‘lat ota degan odam har kuni yoqib, o‘chirib turgan ekanlar.
1936-37-yillarda Usmon Yusupovning tashabbusi bilan mahallada 2 qavatli maktab qad rostlabdi. 1960-yilda qurilgan bolalar bog‘chasi mahalla kichkintoylarini o‘z bag‘riga olibdi. Guzar hududida bog‘lar ko‘p bo‘lgani uchun A.Xoliqov ko‘chasida bolalar oromgohi ham qurilibdi.
Ushbu mahallada juda ko‘plab xalqimiz ardog‘idagi taniqli insonlar yashab, ijod qilishgan. O‘zbekiston Qahramoni, sevimli yozuvchimiz Said Ahmad, romannavis Abdulla Qodiriy – Julqunboylar shular jumlasidandir. Yozuvchining ijodxonasi hozirda ham saqlanib kelinmoqda. O‘zbek folklori asoschisi – Muzayana Alaviya, «Mushtum» jurnalining taniqli rassomi Alijon Xoliqov hamda O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimovlar mahallaning faxrli fuqarolari hisoblanadilar.
2004-yilda bundan 50 yil avval qurilgan eski choyxona va mahalla binosi o‘rnida yangi mahalla idorasi va otalar choyxonasi qad rostladi. Termiz ko‘chasidagi tashlandiq choyxona bobom Sobidxon Karimxo‘jayevning himmati bilan qayta tiklandi.
«Samarqand darvoza»si 1994-yili ramziy ma’noda arka ko‘rinishida homiy fuqarolar tomonidan qayta barpo etildi. Hozirgi kunda qayta ta’mirlangan bu darvoza zamonaviy Toshkentda qadimiy me’morchilik uslublari qo‘llanilgan yagona darvoza hisoblanadi.
Vatan ichra mo‘jaz Vatanimiz sanalmish mahallamizning milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz saqlangan holda kundan-kunga ko‘rkamlashib, chiroy ochib borayotganidan biz ham behad shodmiz. Bunday mahallada unib o'sayotganimdan faxrlanaman.

Aziza Abdunabiyeva
15.07.2008, 22:09
Bunday mahallada unib o'sayotganimdan faxrlanaman.


Faxrlanishga arziydigan narsaning borligi yaxshi albatta...

Nigora Umarova
16.07.2008, 12:42
Faxrlanishga arziydigan narsaning borligi yaxshi albatta...

Ofarinlar Murodxo'ja!
Sizdan yurtimiz tarixi va toponimlariga oid bundanda ko'p ma'lumotlarni kutib qolamiz.

Bunday mahallada unib o'sayotganimdan faxrlanaman.

Yashayotgan joyining tarixini bilish va ajdodlaridan faxrlanish yaxshi fazilat. Hamma gap yashayotgan joyiga va ajdodlariga munosib bo'lishda...

Nigora Umarova
16.07.2008, 12:50
ularga o‘rnatilgan kerosinli osma chiroqlar mahallani charog‘on qilib turarkan. Mahalliy aholi «interes» deb nom qo‘yib olgan bu chiroqlarni Toshpo‘lat ota degan odam har kuni yoqib, o‘chirib turgan ekanlar.


Balkim, yozuvchi Oybekning "Fonarchi ota" hikoyasida tasvirlangan fonarchi ota Toshpo'lat otaning prototipidir?!..
Yozuvchi Oybek ham Toshkentning Eski shaharning Govko'sh mahallasidan bo'lgan. Uning "Gulnor opa" hikoyasida ham Eski shahardagi hayot tasvirlangan. Govko'sh mahallasi mahsi tikuvchi kosiblar yashovchi joy bo'lganligi uchun ham "Gov ko'sh"- (fors tilida gov-sigir, qoramol, ko'sh-kavush so'zining qisqargani) deya atalgan.

Nigora Umarova
16.07.2008, 12:54
Otaxonlarning aytishlaricha, Toshkentning 12 darvozasidan biri joylashgani uchun «Samarqand darvoza» deb nomlangan bu mahalla azaldan juda fayzli, aholisi ahil, mehr-oqibatli bo‘lgan ekan.

Samarqandga boriladigan karvon yo'li shu yerdan boshlanganligi uchun ham bu yer Samarqand darvoza deb atalgan

Nigora Umarova
16.07.2008, 13:08
Qadimdan ota-bobolarimiz Beshyog'och dahasining Arpopoya mahallasida yashashgan. Toshkentliklarning qishki va yozgi hovlilari mavjud bo'lib, qishda Arpapoyada, yozda esa hozirgi Tekstil kombinatining oldidagi yozgi bog'larida istiqomat qilishgan.
Beshyog'och (besh og'och turkiy so'z)- beshta daraxt ma'nosini anglatadi. U qo'lyozmalarda Zangi ota dahasi deb ham yuritilgan.
XIX asrning 70-yillarigacha bu hududdan shaharning mudofaa devori o'tgan. Mudofaa devori buzib tashlangach, ochilib qolgan joy Beshyog'och maydoni deb atalgan. Qariyalarning eslashlaricha, hozirgi Milliy bog'dan o'tgan ko'l (avvallari Komsomol ko'li deb atalgan)ning o'rnida mozor bo'lgan ekan.
Arpapoya nomi bilan Chaqar mahallasining bir muncha sharqrog'idagi joylar yuritilgan. Avval "O'rpapoya, ya'ni, ya'ni "jar qobog'ining etagi" deb yuritilgan. Chunki shahardan tashqarida joylashgan bu yerlar jarlikdan iborat bo'lib, u yerda keyingi asrlarda tashkil topgan mahalla toshkentliklar o'rtasida Arpapoya deya nomlangan. Hozirda Muqimiy teatr binosidan boshlanuvchi biir ko'chaning nomi Arpapoya nomi bilan saqlangan. Bu ko'chada G'afur G'ulomning uy-muzeyi ham joylashgan.

G'olib Nishonboyev
16.07.2008, 17:55
Men tug`ilib o`sgan qishloq Shirmonbuloq deb ataladi. To`g`risi tarixini unchalik yaxshi bilmayman. Lekin ayrim eshitgan ma`lumotlarim bor.

Bizning qishloqda buloq mavjud bo`lib tarix shunga borib taqaladi. Suvning shirinligi dastlabki Shirinbuloq, shirmon non shaklida chiqishi esa Shirmonbuloq nomini taqdim etgan. Hozirgi kunda so`lim dam olish joylariga ega. Bu suvdan davolash vositasi sifatida ham foydalaniladi.

http://foto.mail.ru/mail/saidalixon//shirmonbuloq/98.html

Abduganiyev Murod
29.07.2008, 11:35
Bunday mahallada unib o'sayotganimdan faxrlanaman.


Faxrlanishga arziydigan narsaning borligi yaxshi albatta...

Sizlarda faxrlanishga arziydigan narsalar yo'qmi deyman?:naughty:

Sulhiya Gaziyeva
06.08.2008, 19:57
Men Sergeli tumanida tug'ilib o'sganman. Lekin Sergeli tumanini hamma turlicha talaffuz etadi. Aslida Sergeli tumanining nomi Sergey Li ismli insonning nomiga atab qo'yilgan. Bu insonning Sergeli tumaniga foydasi ko'p tekkan deb eshitganman.

Nigora Umarova
07.08.2008, 11:38
Men Sergeli tumanida tug'ilib o'sganman. Lekin Sergeli tumanini hamma turlicha talaffuz etadi. Aslida Sergeli tumanining nomi Sergey Li ismli insonning nomiga atab qo'yilgan. Bu insonning Sergeli tumaniga foydasi ko'p tekkan deb eshitganman.

Сергели тумани номининг келиб чикиши хакидаги бир версияни берибсиз, рахмат.
Бу жой номининг келиб чикиши хакида яна куйидаги тахминлар бор.
Сиргали ота деган авлиё номига куйилган. Бу манбани "Хидоят сари" журналида укигандим. Афсуским, журналнинг чиккан йили ва сонини эслай олмадим.
Кейинги вариант. Абдулазиз Мухаммадкаримовнинг "Тошкентнома" китобида баён этилган. манбада айтилишича, Сергели мавзеси йулдош шахарча сифатида Тошкент худудига кушилган. 1966 йилда бошланган туманнинг асосий укини умумшахар маркази билан богловчи Сергели шохкучаси ташкил этади. Туманнинг асосий кисми илгари Бешёгоч дахасининг Нугойтоштепа (Чоштепа) мавзеси булган. Топономик манбаларга кура козок элатининг таркибида учта кабила гурухлари булган. Жойнинг Сергели деб номланиши хам Тошкент худудида козок элатининг сергели кабиласи яшаганлигидан далолат беради.

Nigora Umarova
12.08.2008, 14:46
Бугун Узбекистон Республикаси тарих музейида Тошкент шахрининг 2200 йиллик юбилейига багишланган "Чоч-Бинкент- Тошкент" деб номланган илмий конференция булиб утди.

Бу кизик!!! Хаммамиз Тошкент номини Тош шахар деб юрардик. Бирок тарих фанлари доктори, академик Буряков кизик бир янги маълумотни берди. Янги илмий тадкикотларга кура Тошкент сузи Феруза шахри (Бирюзовый город) деган маънони англатар экан. Сабаби Кадимдан Тошкент шахри атрофидан куплаб фируза тошлари казиб олиниб, Буюк ипак йули оркали четга сотилган экан.

Samariddin
14.08.2008, 11:47
Men ak. Buryakov fikriga qo'shilmayman. "Toshkent" toponimi "Chochkat" so'zining o'zgargan shaklidir.

Samariddin
14.08.2008, 12:14
Men to'g'ilib o'sgan qishloq Qorasuv deb ataladi. O'zbekistonda bunday joy nomlari juda ko'p uchraydi,chunki, oqova va yer osti suvlari tashladigan zovurlar o'zbek tilida "qorasuv", tojik tilida esa "siyohob" yoki "suyob" deb nomlangan.Darg'om kanali sug'oradigan maydonlarning oqova suvlari tashlanadigan zovurning Zarafshon daryosiga qo'yiladigan yeriga 14-15 asrlarda odamlar ko'chib kelib qishloq barpo qilishgan va uni "Qorasuv" deb atashgan.

Nigora Umarova
15.08.2008, 12:14
Men ak. Buryakov fikriga qo'shilmayman. "Toshkent" toponimi "Chochkat" so'zining o'zgargan shaklidir.

Айнан мана шу "чоч" сузи хитой тилида феруза тошига нисбатан ишлатилар экан-да... Узбекистон Миилий энциклопедиясида хам "Тош шахар" маъносини англатиши хакида ёзилганди, топонимлар лугатида хам. юртимиз тарихини кизикувчиси сифатида Бурюковнинг фикри нихоятда кизик эшитилдименга.
Тарихчи сифатида тарихий манбалар мисолида фикрингизни исботлаб берсангиз, илтимос...

Feruza Xodjayeva
23.10.2008, 15:08
Rahmat, Nigora opa!
Menimcha juda ham foydali mavzu.
Shu o'rinda men ham o'z tug'ilib o'sgan joyim haqida qisqagina bo'lsada ma'lumot bermoqchiman, ya'ni Sariosiyo tumani.
Sariosiyo so'zi tojik tilidan olingan bo'lib "sar"-bosh,"osiyo"-tegirmon,yani "Bosh tegirmon"ma'nosini anglatadi.Qadimda hozirgi Saroisiyo o'rnida kichik bir qiwloq bo'lib,unda atigi bitta tegirmon mavjud bo'lgan ekan.Atrofdagi barcha qishloq aholisi ushbu tegirmondan foydalanishgan.Keyinchalik atrof qishloqlarda ham tegirmonlar ko'payib ketgandan so'ng bu tegirmon "Bosh tegirmon","Tegirmon boshi" ya'ni fors-tojik tilida "Sari Osiyo"deb atala boshlangan va shundan tuman nomi kelib chiqqan. Hozirda esa 2 ta so'z qo'shilib "Sariosiyo"deb ataladi.Fors-tojik tilida atalishining sababi esa, tuman qo'shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo'lganligi sababli u yerda asosan tojik millatiga mansub aholi yashaydi.

Husen
23.10.2008, 15:32
Кўпчилик мен туғилиб ўсган "Қоракўл" тумани номини қоракўлчиликка даҳлдор деб ўйлашади. Вахолангки, туманимимиз иқтисоди фақат қоракўлчиликка асосланмаган.
Бу ном қадимий бўлиб, Қоракўл туманига қадар бу ерда Қоракўл беклиги бўлган. Мазкур беклик бир пайтлар гуллаб-яшнаган - Пойканд шаҳридан сал жануброқда шаклланган. Маълумки, Пойкандгача Зарафшон дарёсининг сувлари келмай қўйгач, аҳоли бу шаҳарни тарк эта бошлаган. Ва назаримда тарк этаётган аҳолининг бир қисми ҳозирги Қоракўл худуларига келиб қолган.
Қоракўл тепадан кузатилса, қуриб қолган кўлнинг ўзани, тубида жойлашгандек туюлади. Шаҳар атрофлари қумлик тепаликлар билан ўралган. Шу боисдан. олимлар ҳозирги Қоракўл ўрнида қўл бўлган деган тахминни билдиришади. Унинг суви эҳтимол олисдан қорайиб кўринган бўлиши ҳам мумкин. Ҳар ҳолда Қоракўл номининг қоракўлчиликка ҳеч қандай даҳли йўқ. Мендан ҳамиша Қоракўлдан қачон баррача олиб келасиз деб сўрайдиганларга шуни тушунтирганча эсим чиқиб кетади.

Nigora Umarova
30.12.2008, 15:54
Собик Тошкент вино заводининг кесишадиган йулидаги унг кул кучани Первушка деб аташади.
Уйга кайтаётиб кари ёши саксонларга якинлашиб колган рус аёли билан хамсухбат булиб колдим. Сухбат мазмунидан англадимки, аёл Тошкентда тугилиб усган, шахримиз тарихини яхши биларкан.
Юкорида номи келтириб утилган кучанинг номи нима учун бундай аталишини сураганимда у менга куйидаги маълумотларни айтди.
Вино заводи револяциядан олдин граф Первушин томонидан курилган хамда унинг атрофида спиртли ичимликлар сотиладиган майда-майда дукончалар булган. Махаллий ахоли бу жойни Первушка деб атаркан. Кейинчалик дукончалар бузиб ташлангач жой номи сакланиб колган экан.

Calina
07.01.2009, 16:29
Qoraqalpog'iston Respulikasi Xo'jayli tumani. XO'JAYLI (XO'JALAR ELI yani yurti) Xaqqatdan xo'jalar yashagan va shu nom bilan tumanning nomi Xujayli deb atalgan. Men xam XO'JAMAN.

Tulkin Yusupov
08.01.2009, 09:35
Meni ota-onam to'g'ilib o'sgan Samarqandning Zarafshon tog' tizmalari etagida joylashgan Sazag'on qishlog'i (Samarqand viloyati Nurobod tumani) ning nomi haqida eshitganim buyicha, bu nom ancha yillar avval talaffuz orqali shunday holga kelgan ekan.

Xullas, bir vaqtlar o'sha tog'ni etagida uch og'a-inilar yashab o'tishgan ekan. Ular juda inoq, qishloqqa qo'lidan kelguncha yordamlarini ayamas, doim bir-birlari bilan murosada yashashar ekanlar. Shunda qishloq aholisi, ularni olqishlab, "Soz og'a-inilar", "Soz ekanlar" deb atab kelishgan va yillar o'tib, o'sha joyga ham shu iborani ishlatisha boshlashgan. Sekin sekin bu ibora "Sazag'on" holiga kelgan . . .

Shunaqa gaplar . . . :)

Nigora Umarova
04.02.2009, 13:09
Икки олмос тарихи

Узбекистон Давлат санъат музейи 1918 йилда княз Николай Константинович Романовнинг шахсий коллекцияси асосида ташкил топган дея эндигина экскурсия бошлаган хам эдимки томошабинлар кетма- кет саволларга мени кўмиб ташладилар. Романов Николай Константинович ўзи ким бўлган? Нима учун Россиядан сургун килинган? Кандай килиб Тошкентга келиб колган? Шу ва шунга ўхшаш саволларга жавоб беришим учун эса мустабид тузимда тарихдан ўчириб ташланган шахс тўгрисида деярли хеч кандай маълумотлар йўклиги туфайли изланишимга тўгри келди.
Тарихий шахслар ва машхур одамларнинг хаёти, фаолияти ва такдири доимо одамларнинг диккатини тортиб, шов-шувларга сабаб бўлиб келган. Ушбу маколада такдир такозоси билан умрининг асосий кисми бизнинг ўлкамизда ўтган ва шу ерда дафн этилган княз Николай Константинович Романовнинг хаёти ва фаолиятига тўхталиб ўтилади.
Бу шахсга нисбатан хаётлигида ва тарихий манбаларда мурожат этилганда Зоти Олийлари, Улуг Княз Николай Константинович Романов дейилган. 1989 йиллардан бошлаб унинг хаёти ва фаолияти хакида жуда кўп кизикарли маколалар чоп этила бошланган. Маколаларда келтирилган далил ва мулохазалар бир бирига зид бўлганлиги сабабли бахс ва мунозараларга сабаб бўлиб келган. Шунга карамасдан княз ўз даврида кўпгина ижобий ишларни амалга ошириб, тарихда ўзига хос из колдирганлигини инкор этиш кийин.
Маълумки Романовлар сулоласи Россияда императорлик бошкаруви вужудга келганидан сўнг 300 йилдан ортик давр мобайнида хукмронлик килган. (1613 - 1917) Биз сўз юритаётган шахс эса император Николай I нинг набираси, улуг княз Константин Николаевичнинг ўгли ва 1855 йилда тахтга ўтирган император Александр II нинг амакиваччаси бўлган.
Ўша пайтларда юкори табакали кишилар ташриф буюрадиган турли хил йигин ва кечаларда ёшларнинг хам, катталарнинг хам эътиборини ўзига торта оладиган, асли француз миллатига мансуб америкалик гўзал ва келишган бир аёл тез-тез пайдо бўлади. Саргузаштларни хуш кўрадиган бу хушчакчак аёлнинг номи Фанни Лир эди. У аёл князнинг хам эътиборидан четда колмайди. Тез орада уларнинг муносабати жиддий тус ола бошлайди ва улар оила куришга карор килишади. Бундан хабар топган сарой маъмурлари уларнинг режаларини барбод килиш чораларини излаб топишади ва князни вактинчалик Италияга юбориб, Фанни Лирни эса Россиядан Францияга чикариб юборишади. Княз Италияда ўзининг Павловскдаги кароргохини безаш учун мармар хайкаллар сотиб ола бошлаганида Фанни Лир хам у ерга етиб боради. Шунда князда бир йўла Фанни Лирнинг хайкалини ясатиб олиш фикри пайдо бўлади ва хайкалтарош Томазо Соларига мурожат килади. Хайкалтарош аёлни Антонио Канов яратган «Венера олма билан» хайкали холатида ўтказиб колип олади. Фанни Лирнинг мармар хайкали 1874 йилда тугатилиб князга юборилади . Кейинчалик Фанни Лир ўзининг княз билан муносабатлари хакида китобча чоп этади ва бу китоб хам анча шов-шувларга сабаб бўлади. Айнан шу аёл туфайли князни саройдан сургун килишган деган тахминлар хам бор.
Фанни Лирни князнинг соф мухаббати эмас балки, унинг оиласи хакидаги маълумотлар хамда бойлик кўпрок кизиктирган эди. Бу гўзал аёлнинг тузогига илинган княз Романовлар сулоласининг мукаддас санамидаги икки олмосни ўгирлаб унга топширган. Булардан ташкари саройда кўплаб майда- чуйда нарсалар хам йўкола бошлайди. Йўколган барча нарсаларда ёш князнинг кўли бор деб Николай Константиновични хибсга олишади ва жандармлар бошлиги граф П.А. Шувалов томонидан сўрок килинади. Буларни барчасини рад этган князга лейб-медик Н. Здекауер рухий касал деб ташхис кўйади.
Бу миш-мишлар тез орада шахарга таркалади. Кимдир нахотки император сулоласининг вакили ўгри бўлса деса, бошка кимдир князни тахт ворислигидан узоклаштириш максадида килинган ишлар деган хулосага келган.
1873 йилга келиб Россияда Хивани босиб олиш режалари етила бошлаган эди. 1874 йилда уруш бошланади ва бу хавфли урушга биринчилар каторида княз хам юборилади. Бахтга карши княз бу урушдан эсон-омон бир неча кўкрак нишонлари, жасорат кўрсатганлиги учун олтин килич хамда полковник унвони билан кайтиб келади. Энди император князни турли бахоналар билан Оренбургга жўнатиб унинг устидан каттикрок назоратни ўрнатишни буюради. Хивани босиб олиш учун юборилган княз у ердан бир олам таассуротлар билан кайтган эди. Унда Ўрта Осиё халкининг бой тарихий мероси, юкори маданияти, ўзига хос миллий анъана ва урф-одатлари катта кизикиш уйготган эди. Ерларни ўзлаштириш, сув захираларидан унумли фойдаланиш оркали катта иктисодий самарага эришиш мумкинлиги унинг хаёлини буткул чулгаб олади. У Ўрта Осиёга, хусусан Туркистон ўлкасига оид илмий адабиётларни синчиклаб ўргана бошлайди. 1877 йилда сугориш тизимини такомиллаштириш ва Ўрта Осиёга Россиядан темир йўл ўтказиш гояларига багишланган бир нечта илмий маколаларни чоп этади. 1878 йилнинг сентябр – октябр ойларида Ўрта Осиёга биринчи экспедицияни ташкил килади ва унинг таркибига Козон университетининг профессори, ботаник Сорокин, темир йўл мухандислари Ляпунов ва Соколовский, топограф Каширин ва бошкаларни жалб этади.
Бирок бу сафардан олдин княз оренбурглик хамда петербурглик бошликларни яна хайратда колдирди. У энди махалий полицмейстрнинг кизи Надежда Александровна Дрейер билан танишиб 15 феврал 1878 йилда яширинча никохдан ўтган эди.
Сафар тугагач князни император буйруги билан Самарага жўнатишади. Бир йил ўтгач Самарада, Ўрта Осиёга иккинчи экспедицияни ташкил этиш гояси тугилади. Бу сафарга олдинги иштирокчилардан ташкари шифокор Валицкий, рассомлар Каразин ва Сумаковлар кўшиладилар.
Экспедиция натижаларига кўра 1878-1879 йилларда «Аму ва Узбой» харитаси билан «Ўрта Осиё дарёлари», «Коракумнинг Ўрта Осиё темир йўлларига алокаси», «Амударёнинг Узбойга бурилиши», «Туркистон темир йўллари» каби макола ва китоблар чоп этилди.
Бу пайтда князни назорат килиб турувчилар орасида келишмовчиликлар юзага келиб у хакида саройга турли уйдурмалар етказишади. Бу зиддиятларга чек кўйиш бахонаси билан князни Петербург якинидаги Пустинка кишлогига кўчириш буюрилади. Николай Константиновичнинг Пустинкадаги осуда хаёти тез орада бузилади. Бунга Император Александр II нинг ўлими ва тахтга князни хуш кўрмайдиган Александр III нинг келиши сабаб бўлди. Энди назоратни янада кучайтирган холда князни аввал Павлоскга кейинчалик 1881 йилда Туркистон ўлкасига сургун килиб уни саройдан улоктиришга карор килинди ва шахсан Александр III томонидан тасдикланган 9 банддан иборат йўрикнома тузилади. Бу йўрикноманинг хамма бандлари князнинг хак – хукукларини чеклашга каратилган эди. Мисол учун йурикноманинг иккинчи бандига асосан княз император хонадонига мансуб шахс эмас, балки оддий фукаро сифатида кабул килиниши керак деб ёзилган бўлса, саккизинчи бандида эса агарда княз махаллий хукумат органларига бўйсунишдан бош тортган такдирда дархол хибсга олиниши лозимлиги кайд этилган. Факатгина йўрикноманинг биргина учинчи банди князнинг кўнгли таскин топишига сабаб бўлган. Бу бандга асосан княз Н.А. Дрейер билан бирга яшашга рухсат берилган эди.
Улар Тошкентга 1881 йилнинг ёзида кириб келишди ва умрининг охирги кунларигача шу ерда кўним топишди. Тошкентга келиши билан княз шахар марказида меъмор В.С. Гейсельманнинг лойихаси асосида чиройли кароргох курдириб унинг атрофида бог яратди (Хозирда Республика Ташки Ишлар Вазирлигининг кабуллар уйи). Бинонинг ичини эса ўзи йигиб юрган ноёб гиламлар, расмлар, хайкаллар хамда Ўрта Осиё худудидан йигиб келинган халк амалий санъти намуналари билан безатади.
Улар Тошкентга ўзлари билан Н.А. Дрейернинг кичик ёшдаги Елизавета исмли жиянини хам олиб келишган эди. Бу киз вояга етгач Бельгия кироличасининг зотига мансуб бўлган номдор йигитга турмушга чикиб Бельгияга кетади.
Тошкентда княз ўз насабини Искандар деб ўзгартиради. Мехмонларни ўз кароргохида миллий кийимларда бошига салла ўраган холда кабул килган. Баъзан шу либосда шахарни сайр килиб юрадиган одати хам бўлган.
Тошкентга келганидан сўнг Оренбургда режалаштириб юрган ишларини бевосита амалга оширишга киришади. Ўз маблаглари эвазига Амударё ўзани бўйлаб Оролгача уч маротаба илмий экспедиция ташкил этиб натижалари хакида Туркистон Генерал Губернаторига хабарномалар такдим этади.
1885 йилга келиб чўлларни сугориш учун Амударёдан Узбойгача канал казиш ишларини бошлайди. Мирза Равошга хам бир неча каналлар казиб ерларни ўзлаштиришга Хива хонини кўндиради. «Хоним» канали хам ўша даврларда куриб битказилган эди. Кўп ўтмай ўзлаштирилган ерлардан мўмайгина даромад туша бошлайди. У шахар ободончилигига ва хайрия ишларига вакт хам, маблаг хам топади. Жумладан хайвонот боги, «Эски Хива» кишки кинотеатри (хозирги Ўзбекистон халклари тарихи музейи ўрнида бўлган), «Янги Хива» деб номланган ёзги ва кишки бинолари (хозирги шахар хокимиятининг янги биноси ўрнида), иккита кариялар ва ногиронлар уйларини курдиради, кўчаларга мослама тошлар ёткизиб симёгочлар ўрнатиб кўчаларни ёритиш учун электрлаштиради.
Н.А. Дрейер билан турмушидан икки ўгил Артемий ва Александр Искандерлар дунёга келади.
1895 йилга келиб княз яна уйланишга жазм килади ва казак Елисей Часовитиннинг 16 ёшли Даря исмли кизига уйланади ва унга шахар четрогидан уй курдиради (Хозирги Хиндистон элчихонаси жойлашган бино). Улар никохсиз яшаган бўлишса хам уч фарзанд кўришган. Кизини исми Даря, ўгиллари Святослав ва Николай бўлган.
Бора бора вакт ўз хукмини ўтказиб князнинг эхтирослари хам сўна бошлайди. Огир дамларида унинг кўнглига доимо никохсиз кизи Даря далда бўлар эди. Ёшлигиданок скрипка чалишга кизикиши сезила бошлагач княз уни Норвегиядаги машхур скрипкачи профессор Ауэрнинг кўлида ўкишга юборади. Князнинг Даряга бўлган мехри хам ўзгача бўлган.
Н.К. Романов кароргохига келиб кетувчиларнинг сони кўпая боради. Тошкентга келадиган хар бир мартабали мехмон унинг уйига ташриф буюришга, санъат ишкибозлари эса ноёб экспонатларни узок вакт томоша килиш ва мухокама килишга кизикар эдилар. Кейинчалик княз санъат асарларини алохида уйда кўргазма килиш режаси хакида ўйлай бошлайди ва Н.А. Дрейерга махсус дангиллама уй курдириб барча ноёб буюмларни у ерга жойлаштиришади. Кўп ўтмай бу кўргазма хакикий музейга айлантирилиб Н.А. Дрейерга хам иш, хам эрмак бўлди. Чунки у музейнинг хар бир жихози тугрисида тўла маълумотга эга бўлган холда томошабинларга улар хакида завк билан, тўлиб тошиб гапириб берар эди. (Бу музей 1966 йилги зилзила натижасида яроксиз ахволга келганлиги сабабли бузиб ташланиб, Ш.Р. Рашидовнинг шахсий ташаббуси билан хозирги музейнинг биноси курилади) . Музейнинг довруги ошган сари унинг экспонатлари хам бойиб боради.
1916 йилнинг охирларида князнинг соглиги ёмонлашиб нафас йўлларининг шамоллаши аникланади. Унинг оёкка туриб кетишига машхур шифокор Боровский катта хисса кўшади ва у тез орада фаол хаётга кайтади.
1918 йил 14 январ куни отасидан хабар олиш учун Норвегиядан етиб келган кизи Даря Чусовитина кўлида княз 68 ёшида оламдан кўз юмади. Князнинг дафн маросими тантанали ўтказилиб унинг хоки Тошкент шахар марказидаги Георгиев черкови ёнига кўйилади.
Унинг васиятномаси хам ўкувчиларни кизиктирса керак. Ўзининг асосий даромадлар манбаи бўлган «Олтин Ўрда» дан хар бири йилига юз минг рубл фойдасини Н.А. Искандер (Дрейер) ихтиёрига колдиради.
Колганини 10 кисмга бўлиб 5 кисмини рус армиясининг уруш ногиронларига ёрдам беришга, шахар электр станцияси ва электр тармокларини таъмирлаб туришга, Тошкент политехника олийгохи ва Тошкент ўкитувчилар (Педагогика) олийгохига кўмаклашишга, янги мактаблар куришга, сугориш иншоатларини таъмирлаб туриш учун ишлатишни васият килади .
Колган беш кисмини Артемий ва Александр Искандерларга, Святослав, Николай ва Даря Часовитиналарга тенг бўлиб беради. Лекин замон ўзгариши натижасида унинг васиятномаси хам ўз кучини йўкотади.
Князнинг хотини Надежда Александровна Тошкентда колиб давлат томонидан Бадиий музейига айлантирилган, бир ўзи яшаб ва ишлаб турган уй музейда дастлаб рахбар кейинчалик эса бош мухофиз вазифасида фаолият олиб боради. 1921 йилда у ишдан бўшатилиб унинг яшаши учун музей коровулхонасидан жой берилади. Бу албатта унинг рухиятига салбий таъсир килмай колмайди. Умрининг сўнгги йилларини ночорликда ўтказган Н.А.Дрейер – Искандер эгасиз колган дайди итларни бокиб олиб, шулар билан ўзини овутиб юради. У 1929 йилда кутирган ит тишлаши окибатида огир касалликка чалиниб оламдан ўтади ва шахар четидаги (хозирги Боткина) кабристонга дафн этилади.
Шундай килиб Романовлар сулоласининг вакили Улуг княз Николай Константинович Романовнинг зиддият ва каршиликлар билан тўлиб тошган хаёти юртимизда якун топади. Дарвоке, 1920 йилларда Георгиев черкови бузиб ташланиши натижасида князнинг кабри хам вайронага айланади.
1958 йил 4 апрелида Тошкентга расмий равишда Бельгия кироличаси бошчилигидаги вакиллар ташриф буюришади. Улар ичида Надежда Александровнанинг жияни Елизавета хам бор эди. Улар Санъат музейи, Мусулмонлар диний идораси хамда Кашшофлар саройини томоша килишганида Елизаветанинг кўзи ёшланиб кетди. Чунки, у качонлардир яшаган уй олдида турар эди.

Камола Нишонова
Камолиддин Бехзод номидаги
МРДИ аспиранти.

Nigora Umarova
04.02.2009, 14:52
Маколада келтирилган Романовлар кароргохи 50- йилларгача укувчилар саройи вазифасида хизмат килган.
https://img.uforum.uz/images/2090237.jpg


http://uforum.uz/showthread.php?p=116542#post116542

univer
04.02.2009, 16:23
Man Qora-qamish dahasida yashayman. Bu joy nomi haqida kattalardan so`raganimda, "bu joy oldin qamishzor bo`lgan" degan javobni ko`p eshitganman. Bir manbada o`qigandim: bu joyning nomi "Xon yoki amirning shimoliy dam olish joyi, saroyi" degan ma`noni anglatadi va yillar davomida joy nomi tildan-tilga o`tib, o`zgarib, hozirda "Qora-qamish" deb ataladi.

Ulugbek Suyunov
06.02.2009, 13:04
Men Kitob tumani Beshterak qishlog'ida tug'ilganman. Kitob tumanidan Qashqadaryo va Oqdaryo o'tganligi uchun "Kiftiob" deb nomlangan keyinchalik esa Kitob deb yuritilgan.
Qishlog'imiz tarixi haqida gapiradigan bo'lsam, o'tmishda bobolarimiz o'lchov birligi sifatida tarak iborasidan foydalanishgan ekanlar. Qishlog'imiz yer maydoni besh tarakni tashkil qilgan va "Beshtarak" deb nomlangan. Bu nom ham o'zgarib "Beshterak qishlog'i" deb yuritiladi.
Kattalardan eshitganim.