PDA

Просмотр полной версии : Linux.zn.uz (автолента)


Behzod Saidov
12.06.2008, 18:50
Mandriva distibutivining yangi 2008.1*versiyasi*taqdim*qilindi.*An’anaga*ko‘ra*u* Spring*deb*ham*ataladi. Asosiy*yangiliklar: Yadro*- 2.6.24 AppArmor va Asus EEE PCni*to‘liq*qo‘lab*quvvatlash*imkoniyati bilan, X.org 7.3, KDE 3.5.9 va 4.0.3, GNOME 2.22, XFCE 4.4.2, OpenOffice 2.4, PulseAudio andoza tovush tizimi sifatida, Windows Mobile 5/6 operatsion tizimlari,*Blackberry va Nokia qurilmalari bilan oson sinxronizatsiya qilish imkoniyati, o‘rnatilgan GNU/Linux tizimlarini avto-aniqlash va yuklash menyusiga chiqarish, rpmdrake daturida qator qulayliklar, va boshqa ko‘pdan ko‘p yangiliklar… Yozib olish sahifasi Torrent Batafsil ma’lumotlar

Дальше... (http://linux.zn.uz/71)

Behzod Saidov
12.06.2008, 18:50
Bir necha kundan so‘ng Ubuntu distributivining yangi 8.04 verisyasi taqdim qilinadi. Uni CD disklarga yozilgan ko‘rinishda pochta manzilingizga jo‘natishlarini shipit.ubuntu.com saytida buyurtma berishingiz mumkin. Buyurtmangiz pochta orqali bepul yetkazib beriladi. Buyurtma berish uchun saytda ro‘yxatdan o‘tib, kontakt ma’lumotlarini qoldirishingiz kifoya.

Дальше... (http://linux.zn.uz/72)

Behzod Saidov
12.06.2008, 18:50
“Mustaqil xalq uchun erkin tizim” - “Internetga birinchi qadam” blogidagi maqola aynan shunday nomlanadi. Maqolada muallif erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar, ularning tarixi, GNU loyihasi, Linux operatsion tizimi haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Maqola rasmlar bilan ham boyitilgan. Xullas, linukschilar tili bilan aytadigan bo‘lsak - MUST READ!

Дальше... (http://linux.zn.uz/73)

Behzod Saidov
12.06.2008, 18:50
Agar xabaringiz* bo‘lsa, bir necha oydirki, uznetda erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlarga bag‘ishlangan asosan ikkita forum faoliyat ko‘rsatmoqda: Forum.Linux.Uz - rus tilidagi forum bo‘lib asosan Linux operatsion tizimini ommalashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Forum ishtirokchilari oyda bir necha bor uchrashib ham turishadi. Forum.Opennet.Uz* - o‘zbek tilidagi forum bo‘lim unda nafaqat Linux operatsion tizimi, balki umuman [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/74)

Behzod Saidov
12.06.2008, 18:50
Fedora 8 bo‘yicha tez tez so‘raladigan savollarga bo‘lgan norasmiy javoblarni endi rus tilida o‘qishingiz mumkin.

Дальше... (http://linux.zn.uz/70)

Behzod Saidov
13.06.2008, 06:55
MonoDevelop dasturi C# va boshqa .NET platformadagi tillarda dastur tuzish uchun erkin IDE hisoblanadi.Ushbu maqolada qanday qilib uni o‘rnatish va C# dasturlash tilida oddiy «Hello World» tipidagi dasturni yaratish ko‘rsatiladi. O‘rnatish Ubuntu 8.04 LTS distributivida amalga oshiriladi.Dasturni o‘rnatish uchun repozitoriylarni moslagandan so‘ng konsolni ochamiz va$sudo apt-get install monodevelop buyrug‘ini beramiz. Apt paket poshqaruvchisi Internetdan kerkli [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/75)

Behzod Saidov
18.06.2008, 07:52
Ajoyib! Mana nihoyat Firefox 3.0 veb brauzeri ham taqdim qilindi. Firefox 3.0 o‘zida ko‘pdan ko‘p yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Operatsion tizim bilan integratsiya yanada yaxshilangan; Xavfsizlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar; Veb brauzerning o‘zi bilan ishlashda, foydalanuvchi interfeysida yangi qulayliklar; Xatcho‘plar tizimidagi takomillashuv; Rendering va JavaScript kodlarni ishga tushirish tezligi oshgan; Operativ xotiradan foydalnish takomillashtirilib 400 dan ortiq bu [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/85)

Behzod Saidov
18.06.2008, 07:52
Hamma Firefox 3.0 ning chiqishini kutayotgan bir vaqtda hech kimga bilintirmay Wine loyihasi rasmiy 1.0 versiyani taqdim qildi.* Loyiha boshlanganiga ko‘p yillar bo‘lgan bo‘lsada Wine haligacha nol raqmi bilan boshlanadigan versiyalarda taqdim qilnardi. Bugungi kunga kelib wine yordamida Linux tizimida ko‘pdan ko‘p Windows uchun yozilgan dasturlar va o‘yinlarni ishga tushirish mumkin. Ular qatorida Photoshop kabi [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/84)

Behzod Saidov
19.06.2008, 20:10
Oldingi xabarda aytib o‘tilganidek Mozilla bir sutkada eng ko‘p yozib olingan dastur bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatish maqsadida maxsus aksiya o‘tkazdi. Natijalar qoyil qolar darajada! Hali bunaqasi bo‘lmagan. Firefox veb brauzeri 24 soat davomida 8 milliondan ko‘p marta yozib olindi. Statsitika sahifasida hozigacha O‘zbekistondan 701 marta yozib olinganligini o‘qish mumkin. Maxsus komissiya ushbu natijalarni ko‘rib chiqqanidan [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/86)

Behzod Saidov
23.06.2008, 21:00
Siz Firefox 3 brauzerini ishlatisni boshladingizmi? Unda manzillar satrida about:robots deb yozing va taqdim qilinadigan sahifani o‘qing. Robotlar insonlarga murojaat qilishmoqda! Qoyil, nimalarni o‘ylab tomishmaydi bu dasturchilar…

Дальше... (http://linux.zn.uz/87)

Behzod Saidov
25.06.2008, 21:40
CentOS 5.2 distributivi yozib olish uchun tayyor ekanligi e’lon qilindi. Distributiv Red Hat Enterprise Linux 5.2 paketlar bazasiga asoslangan. Reliz i386 va x86_64 arxitekturasi uchun taqdim qilinmoqda. Tez orada PowerPC, IA64 va Sparc platformalari uchun ham taqdim qilinadi. Tarmoqdan o‘rnatishga mo‘ljallangan kompakt disk tasviri (netinstall.iso) *endi distributivning standart to‘plamiga qo‘shilgan.

Дальше... (http://linux.zn.uz/88)

Behzod Saidov
28.06.2008, 22:13
Ko‘picha*biror bir matnni belgilab boshqa dasturga nusxasini olmiz. Odatda bunda kontekst menyudan yoki Ctrl+C va Ctrl+V tugmalar birikmasidan foydalanishadi. Linuxda buni yanada oson amalga oshirish mumkin. Kerakli matnni begilang, so‘ng uni nusxasini qo‘ymoqchi bo‘lgan dasturni oching. Oldingi dasturda belgilangan matnni bu dasturga qo‘yish uchun sichqonchaning o‘rta tugmasini (g‘ildirakchani) bosish kifoya…

Дальше... (http://linux.zn.uz/89)

shumbola
28.06.2008, 22:23
Ko‘picha*biror bir matnni belgilab boshqa dasturga nusxasini olmiz. Odatda bunda kontekst menyudan yoki Ctrl+C va Ctrl+V tugmalar birikmasidan foydalanishadi. Linuxda buni yanada oson amalga oshirish mumkin. Kerakli matnni begilang, so‘ng uni nusxasini qo‘ymoqchi bo‘lgan dasturni oching. Oldingi dasturda belgilangan matnni bu dasturga qo‘yish uchun sichqonchaning o‘rta tugmasini (g‘ildirakchani) bosish kifoya…

Дальше... (http://linux.zn.uz/89)

To'ldirma: :-)

Agar sizning sichqonchada o'rta tugmasi bo'lmasa, yoki notebook bilan ishlayotgan bo'lsangiz, u holda chap va o'ng tugmachalarni baravariga bosish kifoya. (2 tugmachali sichqonchada 3-tugmani emulyasiyasi)

Behzod Saidov
30.06.2008, 13:23
To'ldirma: :-)

O rahmat. Bilmagandim. Maqola uchun mulohazalarda yozib qo'yim (http://linux.zn.uz/89). :)

Behzod Saidov
03.07.2008, 23:00
Oldingi xabarlarda aytib o‘tilgan bir sutkada eng ko‘p yozib olingan dastur bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatish maqsadida o‘tkazilgan maxsus aksiya natijalari ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Firefox veb brauzeri 24 soat davomida 8,002,530 marta yozib olinganligi aniqlandi. Aksiya ishtirolchilariga Mozilla fondi o‘z minnatdorchligini bildirmoqda. Xususan, men ham bugun qoyidagi mazmunda xat oldim: We did it! We [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/92)

Behzod Saidov
03.07.2008, 23:00
Linux buyruqlari bilan tanishmisiz? Unda sudo buyrug‘ini bilsangiz kerak. Quyidagi rasmdagi hazilni tushunish uchun ingliz tilini va Linux tizimidagi sudo buyrug‘nini bilishingiz kerak bo‘ladi: PS.: Tushunmagan bo‘lsangiz tezda ingliz tilini va Linux operatsion tizimini o‘rganishni boshlang!

Дальше... (http://linux.zn.uz/90)

Behzod Saidov
06.07.2008, 23:41
Gnome ish stolini ishlatasizmi? Unda qiziq bir yashirin imkoniyat bor. Tekshirib ko‘rishingiz mumkin:Alt + F2 tugmalar birikmasini bosing va* taqdim qilingan dasturni ishga tushirish oynasida “free the fish” (O‘zbekchada: “baliqni qo‘yib yubor”) deb yozing:So‘ng klaviaturadan “Enter” tugmasini yoki oynadagi “Run” tugmasini bosing. Natijada ish* stolingizda kichkina bir baliqcha suzib yuradi… Uning qanday ko‘rinishini* bu yerda [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/94)

Behzod Saidov
06.07.2008, 23:41
Bugun Gentoo Linux distributivining yangi versiyasi e’lon qilindi. Yangiliklardan tizimni o‘rnatish dasturining yangilanganligini ko‘rsatish mumkin. LiveCD verisyasida ish stoli interfeysi uchun XFCE tanlangan. Relizdagi asosiy komponentlar: Portage 2.1.4.4, kernel 2.6.24, Xfce 4.4.2, gcc 4.1.2 va glibc 2.6.1.Eslatma sifatida shuni aytib o‘tishim kerak, Gentoo tizimi yangi foydalanuvchilar uchun ancha qiyin tizim hisoblanadi. Qisqacha aytganda “yangi foydalanuvchilarga [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/93)

Behzod Saidov
11.07.2008, 00:21
Ma’lumki, OpenOffice.org dasturi Linux operatsion tizimida asosiy idora paketi bo‘lib hisoblanadi. OpenOffice.org Writer hujjatlar bilan ishlashga yordamchi bo‘lsa, OpenOffice.org Calc elektron jadvallar bilan ishlashda juda qulay dastur. Lekin ularni oldin StarOffice deb atalganidan xabaringiz bormi? Sun Microsystems kompaniyasida yozilgan bu dastur 2000-yilda kodlari ochiq taqdim qilinib OpenOffice.org loyihasini boshlab bergan. Sun hozirda ham StarOffice [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/96)

Behzod Saidov
17.07.2008, 01:23
Veb 2.0 haqida gapirishdan oldin veb (web) tushunchasiga to‘xtalib o‘tish o‘rinli.* Veb deganda ko‘z oldimizga Internet tarmog‘idagi son sanoqsiz bir biriga chambarchas bog‘liq sahifalar, saytlar ko‘z oldimizga keladi. Internet tarmog‘i sahifalaridagi qandaydir bir bog‘ bizni boshqa bir sahifaga boshlasa, u sahifadagi bog‘ esa o‘z navbatida yana boshqa sahifaga o‘tishimizga yoki ortga, oldingi sahifaga qaytishimizga sababchi [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/100)

Behzod Saidov
19.07.2008, 13:50
CentOS distributivi dasturchilar jamoasi CentOS-5.2 i386 LiveCD distributivini chiqqanligini e’lon qilishdi. Distributiv boshqa distributivlar LiveCDlari kabi kompakt diskdan yuklanadi va uni kompyuterga o‘rnatmasdan ishlatish mumkin. Undan “qutqaruv diski” sifatida foydalansa ham bo‘ladi. CentOS-5.2 Live CD ga quyidagi dasturlar qo‘shilgan:* OpenOffice.org 2.3.0;* Firefox 3.0;* Thunderbird 2.0.0;* Pidgin 2.3.1;* K3B 0.12.17;* GIMP 2.2.13.Tizim utilitalari:* memtest86+-1.65;* QTParted;* [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/104)

Behzod Saidov
31.07.2008, 16:20
Mandriva Linux 2009.0 distributivining birinchi beta versiyasi taqdim qilindi.Asosiy yangiliklar:KDE 4.1;GNOME 2.23.5;asosiy brauzer sifatida Mozilla Firefox 3.0.1, lekin Firefox 2.0.0.16 dan ham foydalanish mumkin;eski bootsplash yangi, zamonaviy Splashy tizimini bilan almashtirilgan, u yadroga kamroq o‘zgartirish kiritadi va ko‘proq qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim qiladi;Windows Mobile 2003, Windows Mobile 5 va undan keyingi versiyalarda ishlaydigan mobil jihozlar bilan [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/105)

Behzod Saidov
03.08.2008, 17:00
Ertaga, 4-avgust kuni San Fransisko shahrida LinuxWorld 2008 ko‘rgazmasi va konferensiyasi o‘z ishini boshlaydi. Butun dunyodan yig‘ilgan minglab mutaxasislar, ko‘ngillilar, open source havaskorlari Linux va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar asosida ishlaydigan ko‘plab jihozlarni, dasturiy ta’minotlarning imkoniyatlarini ko‘rish, ular bilan tanishish uchun yig‘iladilar.Konferensiyani kirish so‘zlari bilan mashxur Cisco Systems, Oracle, IBM, Citrix Systems kabi korporatsiylarning vakillari [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/106)

Behzod Saidov
12.08.2008, 19:10
Linux tizimida elektron jadvallar bilan ishlashda asosan OpenOffice.org Calc dasturi ishlatiladi. Bundan oldingi bir maqolada uning mualliflari bilan tanishish haqida yozgandim. Unda yana bir qiziq yashirin imkoniyat bor. Agar jadvallar, formulalar bilan ishlab charchagan bo‘lsangiz xoxlagan katakchaga =Game(”StarWars”) deb yozing va enter tugmasini bosing… OpenOffice.org Calc dasturchilari uning ichiga siz uchun “StarWars” o‘yinini joylab [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/108)

Behzod Saidov
21.08.2008, 21:10
Mandriva Linux 2009.0 distributivining ikkinchi beta versiyasi taqdim qilindi. Asosiy yangiliklar: KDE 4.1 va 3.5.9; Gnome 2.23.90. Firefox 3.0.1 (Firefox 2 endilikda distributivga qo‘shilmaydi); OpenOffice.org 3.0 beta; Tizimni o‘rnatish dasturi(Installer)da katta o‘zgartirishlar; Yadroning kernel-laptop versiyasidan voz kechilgan. Endilikda notbuklarga ham kernel-desktop o‘rnatiladi. Mandriva Linux 2009 Beta 2 distributivini yozib olish mumkin bo‘lgan Internet manzillari ushbu sahifada ko‘rsatilgan. Shuni esalatib o‘tish lozimki, distributivining rasmiy [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/110)

Behzod Saidov
22.08.2008, 21:20
Royal Pingdom blogida dunyoning turli davlatlaridagi Linux distributivlariga qiziqish darajasini o‘zida ifodalaovchi tahliliy maqola taqdim qilindi. Tahlil uchun asosiy qurol sifatida Google xizmatlaridan foydalanilgan. Yani, Google yordamida distributiv haqida ma’lumot qanchalik ko‘p qidirilgan bo‘lsa, demak o‘sha distributiv eng mashxur degan tamoyil asosida tahlil o‘tkazilgan. Tahlil uchun 8 ta eng ko‘p ishlatiladigan distributivlar tanlab olingan: Ubuntu, [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/111)

Behzod Saidov
23.08.2008, 21:50
Wine dasturining yangi 1.1.3 versiyasi taqdim qilindi. Yangiliklardan grafika bilan ishlash imkoniyatlarining ko‘payganligini, yangi funksiyalar qo‘shilganini va Linux tizimidagi ovoz serveri PulseAudio bilan ishlashi takomillashganligini ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari dasturdagi 94ta turli xatolar ham tuzatilgan.

Дальше... (http://linux.zn.uz/113)

Behzod Saidov
26.08.2008, 10:20
25-avgust kuni an’anaga ko‘ra open source hamjamiyati Linux operatsion tizimining tug‘ilgan kunini nishonlaydi.* 1991-yilda finlandiyalik talaba Linus Torvalds Linux yadrosining eng birinchi versiyasi ustida ishni tugatdi va unga bash buyruqlar interpretatorini va gcc kompilyatorini o‘rnatdi.* Linux tizimining rivojlanishi va ommalashishi Linus o‘z muvaffaqiyati haqidagi xatni Minix operatsion tizimiga bag‘ishlangan pochta konferensiyasida yozgan kundan boshlanadi.Bu xat [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/114)

Behzod Saidov
28.08.2008, 22:50
Debian loyihasi Debian 5.0 Lenny distributivining LiveCD versiyasini tayyorladi.* Bu hali beta versiya bo‘lib bir qancha sinovlardan o‘tishi kerak. LiveCD iso tasvirlarining to‘rtta versiyasini hozirda yozib olish mumkin.* Bular GNOME(2.22.3), KDE(3.5.9), XFCE(4.4.2) ish stoli bilan ishlaydigan va umuman grafik muhitsiz ishlaydigan LiveCD nashrlaridir.Debian Live Lenny Beta1 tizimidagi asosiy paketlar quyicha:Linux 2.6.25;Xorg 1.4.2;GCC 4.3.1 va 4.2.4;Mozilla [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/115)

Behzod Saidov
31.08.2008, 23:30
Linux.zn.uz blogining qadrli o‘quvchilarilari! Barchangizga milliy bayramimiz - “Mustaqillik bayrami” muborak bo‘lsin! Baxt, omad va mustahkam sog‘lik doimo hamrohingiz bo‘lsin! Eng ezgu tilaklar bilan… Behzod Saidov. blog muallifi.

Дальше... (http://linux.zn.uz/117)

Behzod Saidov
05.09.2008, 00:20
KDE loyihasi KDE ish stolining 4.1.1 versiyasini taqdim qildi. Unga ko‘plab tuzatishlar va yangiliklar kiritilgan bo‘lib, asosiylari quyidagilar:Ishlash samaradorligi ancha oshirilgan;Konqueror veb brauzeridagi rendering jarayoni yaxshilangan;Okular hujjatlarni ko‘rish dasturida PDF formatini qo‘llab quvvatlash borasidagi xatolar tuzatilgan;Gwenview dasturida rasmlar eskizini ko‘rsatish jarayoni yaxshilangan va rasmlarni qidirish tizimi kuchaytirilgan;KMail e-pochta klientida bir qancha yangilanishlar;4.1.x ko‘rinishidagi yangilanishlar 2009-yil [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/118)

Behzod Saidov
10.09.2008, 13:20
*

Дальше... (http://linux.zn.uz/120)

Ruslan Aliev
10.09.2008, 18:19
Недавно нашел хорошую программку XNeur - аналог Punto Switcher из Windows. Работает не так хорошо, но лучше чем ничего.

Behzod Saidov
12.09.2008, 01:40
2008-yilning 8-oktabr kuni Moskva shahridagi “Redisson SAS Slavyanskaya” mehmonxonasida “Russian Open Source Summit” nomli konferensiya bo‘lib o‘tadi. Konferensiya tashkilotchilari: Red Hat, VDEL va АйТи kompaniyalari. Konferensiyada ishtirok etish bepul, faqat avvaldan ro‘yxatdan o‘tishingiz talab qilinadi. Qo‘shimcha malumotlar bilan konferensiyaning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Дальше... (http://linux.zn.uz/123)

Behzod Saidov
25.09.2008, 04:10
Mandriva kompaniyasi Asus EeePC kabi ultramobil notbuklar uchun yangi distributiv -* Mandriva Mini distributivini e’lon qildi.Distributiv Mandriva 2008 Spring tizimiga asoslangan bo‘lib, undan yuklanishi tezlashtirilganligi,* Intel Atom protsessorlariga ko‘proq moslashtirilganligi, hajmining kichkinaligi va Flash xotiralarda ishlashi optimallashtirilganligi bilan farq qiladi.Mandriva Mini tarkibiga multimedia kodeklar va turli tarmoqlarda (masalan,* WiFi va 3G tarmoqlarda)* ishlash imkoniyatlari ham [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/124)

Behzod Saidov
25.09.2008, 16:20
GNOME ish stolining 2.24-versiyasi taqdim qilindi. Asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat: Ilgari GnomeMeeting deb nomlangan* Ekiga 3.0 dasturi GNOME tarkibiga qo‘shilgan; Empathy qisqa xabarlar uzatish dasturi GNOME bilan integratsiya qilingan. U Jabber/XMPP, Google Talk, MSN Messenger, Apple Bonjour/Rendezvous kabi protokollarni qo‘llab quvvatlaydi; GNOME Control Center dasturiga ekran o‘lchamini o‘zgartirish va qo‘shimcha monitor ulashda yordamchi bo‘ladigan vosita qo‘shilgan; Nautilus fayl menejeri [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/125)

Nadir Zaitov
25.09.2008, 17:01
Недавно нашел хорошую программку XNeur - аналог Punto Switcher из Windows. Работает не так хорошо, но лучше чем ничего.

XNeur ставил после Гнома и Комприза - не работает кажется совсем: пробывал в OpenOffice.org, тупо в терминале и т.д. При это отжирал 30-40% ресурсов процессора. Помогите, если можите.

Behzod Saidov
27.09.2008, 16:40
GNU loyihasi boshlanganligi haqida 1983-yil 27-sentabrda Richard Stallman* net.unix-wizards va net.usoft yangiliklar guruhlarida e’lon qilgan edi. Bugun GNU loyihasi 25 yoshda! GNU loyihasi erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shgan bo‘lib, aytish mumkinki, hammasi GNU’dan boshlangan edi…

Дальше... (http://linux.zn.uz/129)

Behzod Saidov
08.10.2008, 21:40
Linux operatsion tizimining asoschisi Linus Torvalds blogspot.com tizimida blog ochdi. Bu haqida u yaqinda bergan intervyusida gapirgan. Blog manzili - http://torvalds-family.blogspot.com/.* Linus Torvalds va uning oilasi, bolalari, hayoti bilan tanshish istagida bo‘lsangiz blogda uning o‘zi bu haqida yozib borishi kutilmoqda. Hatto oilaviy rasmlarni ham qo‘yishi mumkinligini yozgan.

Дальше... (http://linux.zn.uz/131)

Behzod Saidov
09.10.2008, 22:30
Bir necha soat oldin Mandriva kompaniyasi yangi Mandriva 2009 distributivini taqdim qildi. Distributivda ko‘p yangiliklarni uchratish mumkin. Shulardan eng muhimi sifatida KDE 4.1 endilikda asosiy ish stoli sifatida qo‘llanilayotganligini ko‘rsatish mumkin.Boshqa o‘zgarishlar:Linux 2.6.27;KDE 4.1.2 (KDE 3.5.10 ham distributivga qo‘shilgan);GNOME 2.24;Netbook kompyuterlar uchun soddalashtirilgan LXDE ish stoli;Mozilla Firefox 3.0.3, OpenOffice.org 3, Compiz Fusion 0.7.8, VirtualBox 2.0.2;Distributivning [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/133)

Behzod Saidov
12.10.2008, 23:10
Linux buyruqlar satrida ishlaganda bitta direktoriya(jild)dan boshqasiga o‘tish uchun cd (change directory) buyrug‘i ishlatiladi. Bu buyruq* boshlovchi foydalanuvchilar fayl tizimida harakatlanish uchun dastlab o‘rganishi kerak bo‘lgan buyruqlardan biridir. Uni ishlatish juda oson. Masalan, /var/www/html/ direktoriyasiga o‘tish uchun cd /var/www/html/ buyrug‘ini berasiz. Ya’ni cd buyrug‘idan so‘ng qaysi direktoriyaga o‘tish kerak bo‘lsa o‘sha direktoriyagacha bo‘lgan yo‘lni yozish kerak. Agar [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/135)

Behzod Saidov
26.10.2008, 14:01
Debian GNU/Linux*4.0*(etch)**distributivi*uchun*yangilanishla r*e’lon*qilindi.Undagi*54*ta*paketda*xavfsizlik*mu ammolari*bartaraf*etilgan*bo‘lsa, 12 ta paketda tizimning barqaror ishlashiga ta’sir qiladigan xatolar tuzatilgan.Reliz haqida Debian loyihasining rasmiy saytidagi ushbu sahifada o‘qishingiz mumkin.

Дальше... (http://linux.zn.uz/138)

shumbola
26.10.2008, 14:04
Debian GNU/Linux*4.0*(etch)**distributivi*uchun*yangilanishla r*e’lon*qilindi.Undagi*54*ta*paketda*xavfsizlik*mu ammolari*bartaraf*etilgan*bo‘lsa, 12 ta paketda tizimning barqaror ishlashiga ta’sir qiladigan xatolar tuzatilgan.Reliz haqida Debian loyihasining rasmiy saytidagi ushbu sahifada o‘qishingiz mumkin.

Дальше... (http://linux.zn.uz/138)
Behzod,
'*' lar matnga o'zlari kirib olishdimi, yoki 'copy/paste' ni natijasimi? ;)

Behzod Saidov
27.10.2008, 13:47
Behzod,
'*' lar matnga o'zlari kirib olishdimi, yoki 'copy/paste' ni natijasimi?

Bu "copy/paste"dan emas. Chunki, bu mavzudagi postlar avtomat RSS orqali olinadi. Muammo, yoki ZiyoNet bloglaridagi RSS tizimida, yoki Eldar Ishimbayev bu mavzu uchun RSSni noto'g'ri moslagan. Blogdagi ayrim maqolalarda rasmlar ham bor. Lekin bu yerga chiqmayapti... :(

Behzod Saidov
01.11.2008, 03:01
Ubuntu distributivining rasmiy 8.10-versiyasi - Ubuntu 8.10 (Intrepid Ibex) taqdim qilindi. Distributivning serverlar uchun mo‘ljallangan Ubuntu Server, KDE ish stoli bilan taqdim qilinadigan Kubuntu, XFCE ish stoli bilan ishlaydigan Xubuntu va multimediya ma’lumotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan Ubuntu Studio tahrirlarini ham yozib olish mumkin. Distributivga juda ham ko‘p yangi imkoniyatlar, yangilanishlar va tuzatishlar kiritilgan bo‘lib, ularning hammasi [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/139)

Behzod Saidov
01.11.2008, 15:10
Ubuntu distributivining yaratuvchilari 3-noyabrdan 7-noyabrgacha Freenode tarmog‘idagi #ubuntu-classroom IRC kanalida foydalanuvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazishadi. Unda foydalanuvchilar o‘z savollariga javob olishlari, o‘z fikrlarini bildirishlari va takliflar kiritishlari mumkin.Ochiq muloqotning o‘tkazilish jadvali bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin. Jadvaldagi vaqtlar UTC bo‘yicha qo‘yilgan bo‘lib, ularga 5 soat qo‘shsangiz Toshkent vaqtini olasiz.Masalan, Ubuntu loyihasining asoschisi Mark Shuttleworth bilan [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/140)

Behzod Saidov
12.11.2008, 17:30
Bundan oldingi maqolada Ubuntu ochiq eshiklar haftaligi - UbuntuOpenWeek tadbiri haqida, ushbu tadbirda Ubuntu loyihasining asoschisi Mark Shuttleworth ham ishtirok etishi haqida ma’lumot berilgan edi. Mark Shuttleworth bilan o‘tkazilgan ikki soatlik suhbat matnini (ingliz tilida) ushbu sahifada o‘qishingiz mumkin.

Дальше... (http://linux.zn.uz/141)

Behzod Saidov
22.11.2008, 19:30
Debian GNU/Linux loyihasi distributiv repozitoriysidan o‘rnatish mumkin bo‘lgan dasturlarning foydalanuvchi interfeysini o‘zida ifodalovchi ekran tasvirlari(screenshots) katalogini taqdim qilish bo‘yicha screenshots.debian.net manzilida yangi resursni taqdim qildi. Loyihaning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga dastur ishlaganda uning ekranda qanday ko‘rinishi haqida ma’lumot berish hisoblanadi. “Ming bora eshitgandan ko‘ra, bir bora ko‘rgan afzal” qabilidagi g‘oya asosida taqdim qilinayotgan bu resurs hozirda [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/142)

Behzod Saidov
28.11.2008, 08:21
Fedora distributivining 10-versiyasini taqdim qilindi. Distributivga qo‘shilgan yangiliklar juda ham ko‘p bo‘lib, ular haqida quyidagi sahifada o‘qishingiz mumkin: http://docs.fedoraproject.org/release-notes/f10/en_US/

Дальше... (http://linux.zn.uz/143)

Behzod Saidov
03.12.2008, 21:20
EduMandriva loyihasi “za1Raz” nomli paketlarni onlayn o‘rnatish tizimini taqdim qildi. Tizim PHP da yozilgan dastur va MediaWiki tizimining o‘zaro integratsiyasi yordamida ishlaydi. Uning yordamida foydalanuvchilar o‘zlari xoxlagan dasturni katalogga qo‘shishlari mumkin. Hozircha tizim sinov jarayonida bo‘lsada, allaqachon bir qancha dasturlarni o‘rnatsa bo‘ladi. Masalan, bu dasturlar qatoriga Novell taqdim qiladigan OpenOffice.org paketi (Go-OOo), Opera, Flash 10 [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/144)

Behzod Saidov
20.06.2009, 20:40
Blog o‘quvchilarining xabarlari bo‘lishi kerak, u yarim yildan beri yangilanayotgani yo‘q… Afsuski, oxirigi oylarda mening bo‘sh vaqtim juda chegaralanganligi, ish va o‘qishdagi ko‘plab o‘zgarishlar tufayli yozishga hech fursat topa olmayapman. Shunday bo‘lsada, blogga siz yordam berishingiz, hissa qo‘shishingiz mumkin. Agar sizda Linux operatsion tizmi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar, maqolalar, yangliklar bo‘lsa ularni ushbu blogda yozishingiz mumkin. [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/145)

Behzod Saidov
10.08.2009, 20:30
Canonical 20 Aprelda Ubuntu 9.04 ni e’lon qildi.Har safargidek ish stoli hamda server komputerlariga moslangan turlari mavjud. Bundan tashqari, bu safar yana bir yangi tur Ubuntu - Netbook Remix - netbooklarga moslangan versiyasini ham taklif qilingan.Ubuntu 9.04 ni www.ubuntu.com saytidan saqlab olishingiz yoki CD shaklida yuborishlari uchun buyurtma berishingiz mumkin.

Дальше... (http://linux.zn.uz/146)

kinjo
06.10.2009, 19:45
Rahmat

RSS Feed
07.10.2010, 17:10
Linux.zn.uz -da yangi muallif! Teshaboyev Ilhomjon!

Дальше... (http://linux.zn.uz/147)

RSS Feed
08.10.2010, 22:40
Demak, ertalab saytdan bitta fayl saqlayatganimda zudlik bilan ketish vaqti bo‘lib, kompyuterni o‘chirishga to‘g‘ri keldi. Faylni Firefox yordamida saqlayatodim, anchaginasi tushgan edi, nima qilishni bilmasdan pauza -ga bosib komputerni o‘chirdim.

Дальше... (http://linux.zn.uz/149)

RSS Feed
11.10.2010, 02:30
Konsoldan bosmaga chiqarish uchun maxsus deb paket cupsys-bsd kerak ekanO‘rnatish uchun sudo* apt-get install cupsys-bsdAgar tizimingizda printer to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa matn faylini printerga jo‘natishlpr -P <printer nomi> <fayl nomi>

Дальше... (http://linux.zn.uz/154)

RSS Feed
13.10.2010, 16:00
Linux operatsion tizimlarini eng kuchli tarafi - bu buyruqlar satri. Nautilus yo‘l boshlovchi* dasturiga buyruqlar satrini o‘rnatish mumkin. Bu qulaylikga erishish uchun Ubuntu konsol satrida quyidagi buyruqlarni kiritish kerak: sudo add-apt-repository ppa:flozz/flozz & sudo apt-get update sudo apt-get install nautilus-terminal nautilus -q && nautilus & exit p.s. o‘rnatish, albatta, internetga ulangan holda Manba: http://unixhome.org.ua/blog/console/229.html

Дальше... (http://linux.zn.uz/158)

RSS Feed
16.08.2011, 09:40
Tarmoqda c++ bo’yicha ajoyib video darslar paydo bo’libdi (muallif Teantong). Dasturlashga qiziqqanlarga tavsiya etish mumkin. Videoda ajoyib tahrirlovchi emacs bilan foydalaniladi. Tahrirlovchida kod teriladi, kompilyatsiya qilinadi, tayyor dastur ishga tushiriladi. Hammasi* matn holatida, konsolda bo’lyapti. Bu tahrirlovchi haqida amerikalik yozuvchi Nil Stivenson aytgan ekan:“..emacs outshines all other editing software in approximately the same way that [...]

Дальше... (http://linux.zn.uz/162)