Просмотр полной версии : Ҳикматли сўзлар
Pfefferminze
27.07.2011, 14:43
Har bir qo`pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog`dor odam ahli do`zaxidir.
Imom al-Buxoriy haidslar to'plamidan
Gulchehra Ibragimova
27.07.2011, 16:16
Ўтмишни ўзгартиролмайсан, аммо келажак хали қўлингдадир.
Хай Уайт
Садоқатли дўст топган хазина топган билан баробар.
Аноним
Ҳамма севикли бўлишни хоҳлайди, агар кимнидир ёқтирсангиз, буни сир сақламанг.
Мари Кей
Pfefferminze
27.07.2011, 17:29
Hamrohini mushkul yo‘lda tashlab ketgan odam hech yerda halovat topmaydi.
Sa’diy Sheroziy
Pfefferminze
27.07.2011, 17:31
Donoga yondoshgil, qoch nodondan san,
Hatto u xavflidir dono dushmandan.
Jaloliddin Rumiy
Pfefferminze
27.07.2011, 17:34
So‘zlagan vaqtimda og‘zimdan beixtiyor yaramas, bo‘lmag‘ur so‘zlar ham chiqishi mumkin. Dushman esa og‘zimdan chiqqan yomon so‘zlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari yomondan bo‘lakka tushmaydi.
Sa’diy Sheroziy
Gulchehra Ibragimova
28.07.2011, 12:04
***
“Олтин ҳам қадри бор ердагина олтин,қадрига етмайдиганлар қўлида эса унинг оддий мисдан фарқи йўқ”
“Жаҳон дурдоналари”дан
albatros
01.08.2011, 16:13
Bolalarni qilmagan gunohlari uchun qiynash yoki loaqal arzimagan ayblari uchun qattiq jazo berish ularning ishonchi va hurmatidan butunlay mahrum bo‘lish demakdir.
J. LABRUYER
Shunday odamlar borki, ular umidsizlangan yoki asabiylashgan holda, o‘z ahvollaridan zavqlanadilar, hatto faxrlanadilar. Bu seni pastga olib ketayotgan ot jilovini qo‘yib yuborib, yana uni qamchilashing bilan baravardir.
L. N. TOLSTOY
Kishi umri oxirlab qolgan paytda ma’yus tortib, olisdan imlab chaqiruvchi yorqin manzillarni ko‘rish menga ham nasib qilarmikin, deya o‘z-o‘ziga savol beradi. Shunda u o‘z ortidan bardam-baquvvat yoshlar kelayotganini, keksalik bilan yoshlik haqiqatni kashf etish yo‘lidagi uzluksiz mehnatda qorishib ketajagini o‘ylab, tasalli topadi.
N. Ye. JUKOVSKIY
Gulchehra Ibragimova
01.08.2011, 17:29
Отага итоат қилиш - Аллоҳга итоат қилишдир, унга гуноҳкор бўлиш Аллоҳга гуноҳкор бўлиш билан баробардир.
(529-Ҳадис)
Биродарларининг узрини қабул этмаган кишининг гуноҳи судхўрнинг гуноҳи билан баробардир.
(790-Ҳадис)
Shokir Dolimov
01.08.2011, 21:53
Мнение о том, что всякий, знающий два языка, способен переводить с одного из них на другой, столь же далеко от истины, как и утверждение, что всякий, умеющий писать, может быть писателем.
Ёзишни билган ҳар қандай одам ёзувчи бўла олиши адолатдан қанчалик йироқ бўлса, иккита тилни биладиган ҳар қандай инсон таржимон бўлиши ҳақиқатдан шунчалик узоқдир.
Н. Шахова, физика-математика фанлари номзоди, таржимон
Нодонлик овининг ўлжаси ҳасрат,
Нодонлик баҳорин ёмғири кулфат.
Соч юлиб додламоқ билимсизликдир,
Огоҳлик кўзгуси билмас надомат.
Мирзо Абдулқодир Бедил.
Pfefferminze
02.08.2011, 19:01
Qaeyrga izlab borsang rohating,
usha yerda kutar seni ofating...
Jaloliddin Rumiy
P.S ertalab, sahar shuni menga Dadam aytdilar...
Gulchehra Ibragimova
04.08.2011, 18:30
Илму Одобу Ҳунар
одамни айлар баҳтиёр,
Ким булардан махрум эрса
бўлғусидир хор-зор
**"Донолар бисоти"дан
Отага итоат қилиш - Аллоҳга итоат қилишдир, унга гуноҳкор бўлиш Аллоҳга гуноҳкор бўлиш билан баробардир.
Assalomu alaykum, Gulchehra opa! Ro'zalar bilan charchamayapsizlarmi?
Bu hadisni ilk marotaba shu yerda o'qidim. Ko'p hadis bilmayman uzr. Qaysi kitobdan oldingiz, sanadlari bilan bera olmaysizmi, yana qanday hadis bu, hasanmi, sahihmi, shular haqida ham ozgina to'xtalsangiz.
Negadur uncha bu hadisni qabul qila olmayapman. Menda savol paydo bo'lyapti, nega aynan otani, onani emas. Agar ota johil bo'lsa-chi? Alloh johillar qavmini sevmaydiku. Shu hadisni tushuntirib bera oladigan biron kishi bormikan. Agar chindan hadis bo'lsa.
javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
Gulchehra Ibragimova
10.08.2011, 14:31
Отага итоат қилиш - Аллоҳга итоат қилишдир, унга гуноҳкор бўлиш Аллоҳга гуноҳкор бўлиш билан баробардир.
Assalomu alaykum, Gulchehra opa! Ro'zalar bilan charchamayapsizlarmi?
Bu hadisni ilk marotaba shu yerda o'qidim. Ko'p hadis bilmayman uzr. Qaysi kitobdan oldingiz, sanadlari bilan bera olmaysizmi, yana qanday hadis bu, hasanmi, sahihmi, shular haqida ham ozgina to'xtalsangiz.
Negadur uncha bu hadisni qabul qila olmayapman. Menda savol paydo bo'lyapti, nega aynan otani, onani emas. Agar ota johil bo'lsa-chi? Alloh johillar qavmini sevmaydiku. Shu hadisni tushuntirib bera oladigan biron kishi bormikan. Agar chindan hadis bo'lsa.
javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
Кавсархон! Сизни ёш бўлишингизга қарамай фикрларингизга, мулоҳазаларингизга ва қувваю хофизангиз баландлигига, захматли, аммо фароғатли илм-маърифат йўлини танлаганингизга, ижодингизга, ҳаракатингизга ҳамиша (Сизни билгандан бери) тан бериб келаман ва ўз ўрнида ҳурматим баланд!
Шунданми бу Ҳадисни ўқимаганман деганингизни унча қабул қилолмадим.. Сиздай зукко, изланувчан қиз-а? Балки бўлиши мумкиндир..
Унда Машрабнинг айнан шу мазмунга яқинроқ "..То отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени" деган ғазалини ҳам ўқимаган бўлишиз мумкиндир..
"Отанг ўтирган уйнинг томига чиқма" деган ҳикмат бор, эшитган бўлсангиз.. Ва шу ҳақда айрим манбаларда Ибн Синон билан айрим мавзуларда яна бошқа бир алломамиз билан боғлиқ ҳикоят бор..
Бафуржа гаплашарканмиз Сиз билан бу ҳақда.."Фикр Ўз"да.."Ота", "Оталар" ҳақида гапириш, ёзиш менинг энг севимли мавзуим..
Сиз иккиланган сатрлар ҳақиқатдан ҳам Ҳадис.
Мана ўша манба, марҳамат:
https://img.uforum.uz/thumbs/urwjiet1519849.jpg (https://img.uforum.uz/images/urwjiet1519849.jpg) https://img.uforum.uz/thumbs/cbecofl2429460.jpg (https://img.uforum.uz/images/cbecofl2429460.jpg) https://img.uforum.uz/thumbs/jcljgsm8848164.jpg (https://img.uforum.uz/images/jcljgsm8848164.jpg) https://img.uforum.uz/thumbs/drcbgeq7309534.jpg (https://img.uforum.uz/images/drcbgeq7309534.jpg)
Gulchehra Ibragimova
10.08.2011, 14:55
Кавсархоним, бу китоб сал эскироқ, 1998 йилда чоп этилган, озроқ уриниб қолибди, кўп фойдаланилганидан, қўлма-қўл бўлганидан, узр. Аммо унинг ичидаги мазмун асосийси-ку, тўғрими. Сал яқинлаштириб, кўрилса, бас, аниқроқ чиқади..
Кавсархоним, бу китоб сал эскироқ, 1998 йилда чоп этилган, озроқ уриниб қолибди, кўп фойдаланилганидан, қўлма-қўл бўлганидан, узр. Аммо унинг ичидаги мазмун асосийси-ку, тўғрими. Сал яқинлаштириб, кўрилса, бас, аниқроқ чиқади..
Samimiy fikrlaringiz va javobingiz uchun rahmat. Sizni tushunib turibman. Bunday kitoblardan menda ham bor, ammo aytmoqchi bo'lganim....
Biz Abdulaziz aka Mansur domla bilan universitetda uchrashuv o'tkazgan edik, u kishini juda hurmat qilamiz Chunki Qur'oni Karimni tarjima qilganlar. Menga aynan u kishining tarjimalari yoqadi. Olim sifatida yaxshi taniymiz, ammo yuqorida skaner qilingan kitobda baribir sanadlar berilmagan ekan. Hadisni kimdan rivoyat qilindi (Oisha r.a. danmi yoki Umar r.a.danmi) degan joyi bo'ladi. Bu sanadlari qancha qisqa bo'lsa va sahoba yoki hazrat payg'ambarimiz Mustafo (s.a.v.)ning ahli baytlaridan rivoyat qilingan bo'lsa shunchalik sahih (ishonchli) hisoblanadi. Imom al-Buxoriy hazratlarining islom uchun qilgan katta xizmatlari ham mana shunda. Sahihlarni nosahihdan ajratib berdilar. Shu bois Muslim hadislaridan ko'ra, hazrat Buxoriyning "Al-Jomi' as-sahih"lariga tayanaman.
Sizga savol berganimda Buxoriydanmi yo'qmi shuni bilib bering demoqchi edim. Chunki menda "Al Jomi' as-sahih"ning faqat 3 ta tomi bor. Lekin unda bunday hadisni uchratmadim. Sal boshqacharoq aytilgan:
Ibn Amr buni Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan ekanlar.
Mug'iyra rivoyat qiladilar: "Nabiy sallallohu alayhi va sallam: "Alloh taolo sizlarga onalaringizga oqlik qilmoqni (ya'ni itoatsizlik - Kavsarni izohi qavs ichida) man qilib... va mol-dunyoni behuda sarf qilmoqni makruh qildi", - dedilar.
Garchi Abdulaziz aka Mansur domlamizni olim sifatida hurmat qilsak ham, lekin dalilsiz chiqarilgan kitobga ishonib keta olmayman uzr.. Bu hadislar qaysi muhaddisga tegishli ekanligi kitobdan tushib qolgan ko'rinadi. Kitob chiqarishda shularga e'tibor berilsa minnatdor bo'lardim. Chunki bu badiiy roman emas. Birgina zaif hadis ham hayotimizni o'zgartirishi mumkin. Musulmonlarning tayanadigan manbasi esa Qur'on va hadis.
Унда Машрабнинг айнан шу мазмунга яқинроқ "..То отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени" деган ғазалини ҳам ўқимаган бўлишиз мумкиндир..
Afsuski Mashrab boboning kitoblari menda yo'q edi. Agar o'sha g'azalni kiritsangiz bahramand bo'lib qolardik.
"Отанг ўтирган уйнинг томига чиқма" деган ҳикмат бор, эшитган бўлсангиз.. Ва шу ҳақда айрим манбаларда Ибн Синон билан айрим мавзуларда яна бошқа бир алломамиз билан боғлиқ ҳикоят бор..
"Ota rozi Xudo rozi" degan hikmatini ham eshitgandim. Hozir men ham aka rozi Xudo rozi desam-chi? Akamni ko'proq yaxshi ko'raman. Nega ona, buvi yoki singil emas, aynan ota? Nega aynan bir kishi rozi bo'lsa Xudo rozi bo'larkan? Otada bor ko'ngil onada, ukada yo farzandda yo'qmi?.. Ilgari ham shuni ko'p o'ylardim.
Alloh uchun hamma qalblar bir xil bo'lsa kerak. U faqat qalblarimizning poklik darajasiga ko'ra bizni yaxshi ko'radi. Xoh u yosh bola bo'lsin, xoh zaifa agar Alloh uchun uning ko'ngli olinsa Alloh u odamdan rozi bo'ladi. Ya'ni U bizning nasabimiz, jinsimiz va yo suratimizga emas, ko'nglimizga qaraydi. (imxo)
Otani ham onani ham Allohni rizoligini topishga intilganimizdek muhabbat bilan qarash kerak. Magaram, ular johillardan bo'lsa va jaholatga buyursa ularning buyrug'iga itoat qilinmaydi.. Johiliyat davrida ba'zi yahudiy qavmlardan islomga kirgan yoshlar bor edi, ammo ba'zilarining ota-onalari hali butlarga sig'inib yurardi. Shunday paytlarda farzand ota-onaga g'amxo'rlik qiladi ammo ularning johilona buyruqlari, butga toat qil, namoz o'qima deganlariga itoat qilmaydi.
Ota rozi Xudo rozi degani - bu otang sendan rozi bo'lsa keyin Xudo rozi bo'ladi degani bo'lmasa kerak. Bu - rizolikda shunday bo'lginki (unig farqi yo'q, kim bo'lishidan qat'i nazar. U bir miskin yo go'dakning ko'ngli bo'lsin) xuddi Allohning rizoligini topish qanchalar muhim bo'lsa sen uchun; boshqalarning, jumladan ahli oilang, onang, otangni ko'nglini topishda ham shunday harakatda bo'l deganidir. (imxo) Ya'ni otani shunday rozi qilgin, xuddi Xudoni roziligini istaganing kabi deyilmoqda. Bu bilan yaqinlarga qanday muhabbatda, munosabatda bo'lish kerakligi ifodalangan bo'lsa ehtilmol.
Tasavvur qilinsa agar ota farzandni johillikka undasa unday otaga itoat qilmasang gunohkor bo'lasan deyish to'g'rimikan? Itoat o'zi nima? Itoatning "i"sini olsak toat qoladi. Toat-ibodat esa muhabbatdan paydo bo'ladi. Qalbida muhabbati bor kishi itoatkor bo'la oladi.
Nega yuqoridagi hadis deb berilgan hikmatni qabul qila olmadim, chunki unda agar adashmayotgan bo'lsam Ota Alloh taologa tenglashtirilgandek tuyuldi menga. Vaholanki Allohning o'xshashi yo'q, U beqiyos va tanho. Uning darajasi O'zigagina xos deb qarayman. To'gri, ota-onalarni hurmat qilamiz, ular biz uchun o'z o'rnida qadrli lekin Alloh bu Alloh. U hammadan ustun turadi. Ota esa bu baribir ota, bizga o'xshagan ojiz banda. (Nozik masala bo'lgani uchun hadisingiz bilan bog'liq e'tirozimni muxtasar qildim)
"Отанг ўтирган уйнинг томига чиқма" деган ҳикмат бор, эшитган бўлсангиз..
Aha, eshitgandekman. Shunga qo'shimcha ham qilish mumkin. Nafaqat ota, balki umuman uyni ichida biror odam bo'lsa o'sha uyning tomiga chiqmaslik kerak.Chunki bu odamning boshida yurishdek qattiq tegadi uy ichidagilarga. Sharqda adabsizlik hisoblangan. Hozir esa bilmadim, TVni antinasi buzilib qolsa balki uyni ichidagilarga qarab o'tirmay chiqib kelishar tomga ham.. ;)
Fikr.uzdagi maqolani ko'rdim, agar fikr kelib qolsa albatta u yoqqa ham o'taman inshaallah... :)
Gulchehra Ibragimova
12.08.2011, 10:09
"Ota rozi Xudo rozi" degan hikmatini ham eshitgandim. Hozir men ham aka rozi Xudo rozi desam-chi? Akamni ko'proq yaxshi ko'raman. Nega ona, buvi yoki singil emas, aynan ota? Nega aynan bir kishi rozi bo'lsa Xudo rozi bo'larkan? Otada bor ko'ngil onada, ukada yo farzandda yo'qmi?.. Ilgari ham shuni ko'p o'ylardim.
Аллоҳ Таолога ширк келтирмоқ гуноҳлар ичида энг катта гуноҳ! Аллоҳ буюкдир! У ҳамиша дилимизда, иймонимизда!
Кавсар! Сахих ва носахих (ҳақиқий ва ёлғон, ўйлаб топилган) Хадислар борлигини инкор қилмаган ҳолда узр-ку, қисман фикрингизга қўшилолмайман, ЯЪНИ Ота -ПАДАРИ БУЗРУКВОР ҳақида! Хафа бўлманг.
..Ҳозир мани қўлимда манба йўқ..Сиз айтган Хадислар тўпламини яна бир қараб чиқиш керак, ўшанда тўғри бўлади, деб ўйлайман..
Бу мавзуга албатта қайтамИЗ, асослар билан..
Яна бир қалбларни ларзага соладиган ривоят бор, билмадим эшитганмисиз йўқми.. "Отанг чўчқа бўлса боғлаб боқ"..Эшитилиши жуда қўпол, ..аммо ушбу мақол шу ривоят замиридан келиб чиққан..манбаларда айтилишича..
Оналаримиз ҳақида жуда кўп Ҳадислар бор, буларни биласиз, таъкидламасам ҳам..чунки улар жуда ҳам машҳур бўлиб, ёд бўлиб кетган: "Жаннат оналар оёғи остидадир " , "Ота-она чақирганда аввало оналарга" жавоб бериш тўғриси"да ги каби..(Узр, ҳозир айнан қўлимда манбам йўқ..)
Нима учун ҳақиқатдан ҳам "Она рози Худо рози" эмас?..Нима учун қиз узатилаётганда айнан Отаси оқ фотиҳа тилаб қизининг елкасига уради? Она эмас?..(тўғри отаси бўлмаса, ўрнига тоға ёки амакиси беради фотиҳани)...Булар Сизга берилган саволларим..
Хуллас, Кавсархон бу мавзу жуда керак..Бу борада бошқаларнинг ҳам фикрларини кутиб қолардик...
Shokir Dolimov
12.08.2011, 11:08
Нима учун ҳақиқатдан ҳам "Она рози Худо рози" эмас?..Нима учун қиз узатилаётганда айнан Отаси оқ фотиҳа тилаб қизининг елкасига уради? Она эмас?..(тўғри отаси бўлмаса, ўрнига тоға ёки амакиси беради фотиҳани)...Булар Сизга берилган саволларим.. Хуллас, Кавсархон бу мавзу жуда керак..Бу борада бошқаларнинг ҳам фикрларини кутиб қолардик...
Шахсан ўз фикримни келтириб кўраман:
Чунки эркак киши азалдан улуғ саналади. Одам алайҳиссаломни сўнг, Момаҳавонинг нимадан яралганини эсланг.
Gulchehra Ibragimova
12.08.2011, 11:33
Чунки эркак киши азалдан улуғ саналади. Одам алайҳиссаломни сўнг, Момаҳавонинг нимадан яралганини эсланг.
Раҳмат! Айнан шу фикрни "запас"да ушлаб тургандим.. Аммо бўлимимиз ходимлари билан Одам Отамиз ҳақларидаги машҳур ривоятни муҳокама қилиб тургандик..
"Одам Отамиз икки минг йил ёлғиз юрдилар ва бир куни Аллоҳга нола қилиб: "Мен-ку сенинг қулингман. Аммо нечун ёлғизман?! Ахир танҳолик фақат Сенга ярашур!..
..Эй , парвариш қилувчи Парвардигорим, менга шундай бир жуфт ато этгин-ки, мен ундан ҳеч қачон мосуво бўлмай. Туну кун Сенинг ёдинг ҳаққи ҳамроҳим ва маҳбубим бўлсин!"..дейди..Шунда Аллоҳи Таоло Одам Отамизни ухлатиб қўйиб, Момомизни яратди.. Момомизнинг жисмини Отамизнинг чап қовурғаларидан, руҳларини эса ҳаводан бунёд этди ва исмини Ҳавво деб атади...(бу ривоятни кўпчилик билганлари учун тўлиқ келтирмадим..)
Masud Mahsudov
12.08.2011, 12:10
Унда Машрабнинг айнан шу мазмунга яқинроқ "..То отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени" деган ғазалини ҳам ўқимаган бўлишиз мумкиндир..
"Отанг ўтирган уйнинг томига чиқма" деган ҳикмат бор, эшитган бўлсангиз.. Ва шу ҳақда айрим манбаларда Ибн Синон билан айрим мавзуларда яна бошқа бир алломамиз билан боғлиқ ҳикоят бор..
Бафуржа гаплашарканмиз Сиз билан бу ҳақда.."Фикр Ўз"да.."Ота", "Оталар" ҳақида гапириш, ёзиш менинг энг севимли мавзуим..
Сиз иккиланган сатрлар ҳақиқатдан ҳам Ҳадис.
Мана ўша манба, марҳамат:
https://img.uforum.uz/thumbs/urwjiet1519849.jpg (https://img.uforum.uz/images/urwjiet1519849.jpg) https://img.uforum.uz/thumbs/cbecofl2429460.jpg (https://img.uforum.uz/images/cbecofl2429460.jpg) https://img.uforum.uz/thumbs/jcljgsm8848164.jpg (https://img.uforum.uz/images/jcljgsm8848164.jpg) https://img.uforum.uz/thumbs/drcbgeq7309534.jpg (https://img.uforum.uz/images/drcbgeq7309534.jpg)
Ассалому алайкум, Гулчеҳра опа. Фикрларингиз учун раҳмат.
Опа, манбада кўрсатган китобни бир пайтлар мен ҳам варақлаб чиққандим.
Иккинчи томондан, опа, биласиз, хадис илми жуда нозик ва шу билан бирга масъулияти юқори илмдир. Шунинг учун ҳам бирор ҳадис ўқиганимизда унинг саҳиҳ, заиф ёки саҳиҳ эмаслигини билиш учун унинг ким томонидан келтирилганини аниқ билишимиз керак. Имом Бухорийда, масалан, мен бу хадисни ўқимагандим... Яна аниқ текшириб, ким томонидан ривоят қилинаётгани аниқ бўлсагина ишонч билан айтишингиз мумкин... Абдулазиз Мансур домладан бу ҳадис ҳақида аниқроқ маълумот олишга ҳаракат қиламан.
Gulchehra Ibragimova
12.08.2011, 12:46
бирор ҳадис ўқиганимизда унинг саҳиҳ, заиф ёки саҳиҳ эмаслигини билиш учун унинг ким томонидан келтирилганини аниқ билишимиз керак. Имом Бухорийда, масалан, мен бу хадисни ўқимагандим..
Масъудбек! Фикрларимни қайта ўқиб чиқинг, У ерда "Отага итоат қилиш - Аллоҳга итоат қилишдир, унга гуноҳкор бўлиш Аллоҳга гуноҳкор бўлиш билан баробардир".деган ҳикмат, яъни Ҳадис бу САҲИҲ. БУ БУХОРИЙга тегишли, ёки аксинча дейилмаган, менимча?!http://uforum.uz/images/icons/icon9.gif
Бу ҳақда Сиз айтганингиздек, Абдулазиз Мансур домладан ва яна бошқа олимлардан аниқроқ маълумот олишимиз керак. Ўзимизча тортишяпмиз.. Менгаям бу муҳим..кимга тегишлилиги..Ҳадисни жойлаштиришда бу томонини тўғриси ўйлаб ҳам кўрганим йўқ..бу менинг ҳақиқатдан ҳам эътиборсизлигим!
Аммо Менинг фикрим умуман бошқа мазмунга қаратилган эди. Эътибор беринг, кейин хулоса чиқаринг, бекорга тортишмайлик анови бир ривоят бор эди-ю "Ангур, узум" ҳақидагига ўхшаб:http://uforum.uz/images/icons/icon7.gif
1."Отага итоат қилиш - Аллоҳга итоат қилишдир, унга гуноҳкор бўлиш Аллоҳга гуноҳкор бўлиш билан баробардир"...
2".То отанг рози эмас, тавбанг қабул бўлмас сени" (Машраб)
3."Отанг ўтирган уйнинг томига чиқма"
4."Отанг чўчқа бўлса, боғлаб боқ"
Ушбуларни таҳлил қиладиган бўлсангиз ҳаммаси Отаниниг, Отамизнинг буюк зот экани ҳақида айтиляпти..Мани мақсадим, ман ифодаламоқчи бўлган фикрим ҳам шу: Ота азиз, Ота мўътабир!
Қолаверса, бу улуғ зот ҳақида ҚИБЛАГОҲ деб мурожаат қилинади..
Ахир ҳаммамизнинг отамиз бор..Гап улар ҳақида! Мабодо юқоридаги Ҳадис сахих бўлмаган тақдирда ҳам отанинг ҳурмати баландлиги ҳақида айтиляпти..Ота ёмон дейилмаяпти..
Яна қайтариб айтмоқчиман, Ҳадис саҳиҳ, носахиҳлигини мутахассислар аниқлаб беришади!
Ман учун Ота азиз, ота табаррук! Шуни айтмоқчиман, холос..бошқа нарсага эътироз йўқ.. Энди тушунтиролдим шекилли?
Мен ушбу ҳадисда Аллоҳ билан отани тарозида бир хил қўйиляпти деган ўйга боришга ҳаркат қилиш учун урунганим ҳам йўқ ва яна шуни таъкидлайманки "Отангни танимасанг, назаринга илмасанг, Аллоҳни билармидинг" қабилида таълқин қилиняпти. Балки домла таржимада озгина адашгандирлар ва ўзбек тилида шундай талқин қилгандирлар. Лекин сизлар ваҳима қилаётган нарсани кўрмаяпман.
Нима бўлганда ҳам сизни дунёга келишингизга ва шу ёруғ оламда нафас олаётганингизга ота-она сабабчими, демак уларни рози қилинг, Аллоҳ сиздан рози бўлсин, хурсанд бўлсин!
Nigora Umarova
12.08.2011, 13:07
Мен ушбу ҳадисда Аллоҳ билан отани тарозида бир хил қўйиляпти деган ўйга боришга ҳаркат қилиш учун урунганим ҳам йўқ ва яна шуни таъкидлайманки "Отангни танимасанг, назаринга илмасанг, Аллоҳни билармидинг" қабилида таълқин қилиняпти. Балки домла таржимада озгина адашгандирлар ва ўзбек тилида шундай талқин қилгандирлар.
Jasurbek, gap mazmunda emas, shakl haqida bormoqda. Y'ani hadis keltirishning o'z qonun-qoidasi bor. Hadisning sahihligini bildirish uchun aynan kim tomonidan aytilganligi, roviysi so'raldi, xolos.
Ota-onani hurmat qilish aynul farzligini barchamiz chuqur anglaganmiz.
Masud Mahsudov
12.08.2011, 14:09
бирор ҳадис ўқиганимизда унинг саҳиҳ, заиф ёки саҳиҳ эмаслигини билиш учун унинг ким томонидан келтирилганини аниқ билишимиз керак. Имом Бухорийда, масалан, мен бу хадисни ўқимагандим..
Масъудбек! Фикрларимни қайта ўқиб чиқинг, У ерда "Отага итоат қилиш - Аллоҳга итоат қилишдир, унга гуноҳкор бўлиш Аллоҳга гуноҳкор бўлиш билан баробардир".деган ҳикмат, яъни Ҳадис бу САҲИҲ. БУ БУХОРИЙга тегишли, ёки аксинча дейилмаган, менимча?!http://uforum.uz/images/icons/icon9.gif
Бу ҳақда Сиз айтганингиздек, Абдулазиз Мансур домладан ва яна бошқа олимлардан аниқроқ маълумот олишимиз керак. Ўзимизча тортишяпмиз.. Менгаям бу муҳим..кимга тегишлилиги..Ҳадисни жойлаштиришда бу томонини тўғриси ўйлаб ҳам кўрганим йўқ..бу менинг ҳақиқатдан ҳам эътиборсизлигим!
Аммо Менинг фикрим умуман бошқа мазмунга қаратилган эди. Эътибор беринг, кейин хулоса чиқаринг, бекорга тортишмайлик анови бир ривоят бор эди-ю "Ангур, узум" ҳақидагига ўхшаб:http://uforum.uz/images/icons/icon7.gif
Опа, ота табаррук эмас, демадим... Ота-онанинг динимизда қандай улуғланишини яхши биламан. Юқорида Сизга эътироз билдирган синглимиз ҳам, фикримча, айнан, шу нарсага шаъма қилганлар...
Мен бир жумла ёки ҳикматли сўзнинг ҳадис ёки ҳадис эмаслиги ҳақида гапирдим. Шунингдек, ҳадисни иқтибос келтиришда айнан кимдан ривоят қилиниши шарт эканини эслатиб ўтмоқчиман холос...Унинг маъноси ҳақида Сизга бир нарса демадим.
Gulchehra Ibragimova
12.08.2011, 14:35
Абдулазиз Мансур домладан бу ҳадис ҳақида аниқроқ маълумот олишга ҳаракат қиламан.
Мазмун аниқ, майли шаклини аниқланг, чоп этганлардан ва бизни ҳам бохабар қилсангиз ғоят миннатдор бўлар эдик!
Кавсар! Сахих ва носахих (ҳақиқий ва ёлғон, ўйлаб топилган) Хадислар борлигини инкор қилмаган ҳолда узр-ку, қисман фикрингизга қўшилолмайман, ЯЪНИ Ота -ПАДАРИ БУЗРУКВОР ҳақида! Хафа бўлманг.
Aslo xafa emasman, aksincha jon kuydirib menga tushuntirishga harakat qilayotganingizdan minnatdorman.
Odam (a.s.) haqidagi fikrlarni juda yaxshi keltirdingiz. Darhaqiqat Alloh erkaklarni ayollardan ustunroq qilib yaratgan. Shu bois ayol itoatkor bo'ladi. Nega payg'ambarlar ayollardan emas, ilk va so'nggi payg'ambarlar ham erkakdan bo'ldi? Chunki ayol bu zaifa sanaladi, buning hikmati Xudoga ayon. Nega qiz otaning fotihasini olish kerak degan savolingizga ham quyidagi oyat javob bo'lsa kerak.
Qur'oni Karimning Niso surasi, 34-oyati:
Аллоҳ баъзиларини баъзиларидан устун қилгани ва молларидан сарфлаганлари учун эркаклар аёлларга раҳбардирлар. Солиҳа аёллар–итоаткор ва Аллоҳнинг ҳифзи-ҳимояси бўйича ғойиб(эр)ларининг муҳофазасини қилувчилардир. Бош кўтаришларидан хавф қилинган аёлларга ваъз-насиҳат қилинг, ётоқларида ҳижрон қилинг ва уринг. Агар итоат қилсалар, уларга қарши бошқа йўл ахтарманг. Албатта, Аллоҳ юксак мақомли буюк зотдир. (Аллоҳ таоло ҳеч бир ишни беҳикмат қилмайди. Жумладан, эркак киши оила раҳбари бўлса ва у ўз раҳбарлигини шариатда кўрсатилгандек адо этса, бундай оилалар бахт-саодатга соҳиб бўлмоқда. Бу кўрсатмага юрмаган оилалар эса, бахтсизликка учрамоқда, шундайлардан ташкил топган жамиятлар ҳам бахтсизликка дучор бўлмоқда. Бу ерда гапни чўзиб ўтиришнинг ҳожати бўлмаса керак. Мўмина, солиҳа аёлларнинг табиатида эрига итоаткорлик бордир. Биз «итоаткорлик» деб таржима қилаётган сўз ояти каримада «қонитатун» лафзи ила келган. Бу сўз ўз иродаси, рағбати ва муҳаббати ила итоат қилиш маъносини англатади. Демак, мўмина, солиҳа аёлларнинг эрларига итоати ўз масъулиятини тушунган ҳолдан келиб чиққан бўлади. Қўрққанидан, мажбурлашдан ёки бошқа бирор босқидан эмас. Бу итоат ўзини тушунган, ҳаётдаги ўрнини, вазифаси ва масъулиятини ҳис этган гўзал инсоннинг итоатидир.)
shu sura 59-oyatida:
59 . Эй иймон келтирганлар! Аллоҳга итоат қилинг, Пайғамбарга ва ўзингиздан бўлган ишбошиларга итоат қилинг. Бирор нарса ҳақида тортишиб қолсангиз, агар Аллоҳ ва охират кунига иймон келтирган бўлсангиз, уни Аллоҳга ва Пайғамбарга қайтаринг. Ана шундай қилиш хайрли ва оқибати яхшидир.
Oyatdan ma'lumki, anglashim bo'yicha (yana ojizman) : Allohga itoat qiling, Unga (Allohga) itoat qilganingiz kabi payg'ambarlarga, o'zingizdan bo'lgan ishboshi ya'ni rahbarlarga itoat qiling (rahbar bu yerda ota bo'lsa kerak) deyilmoqda ekan.
69 . Ким Аллоҳга ва Расулга итоат қилса, бас, ана ўшалар Аллоҳ неъмат берган набийлар, сиддиқлар, шаҳидлар ва солиҳлар билан биргадирлар. Ва уларнинг рафиқлари қандай ҳам яхши! (Niso, 69-sura)
80 . Ким Пайғамбарга итоат қилса, Аллоҳга итоат қилган бўлади. Ким юз ўгирса, Биз сени уларга қўриқчи қилиб юборганимиз йўқ.
116 . Албатта, Аллоҳ Ўзига ширк келтирилишини кечирмас. Ундан бошқани, кимни хоҳласа, кечиради. Ким Аллоҳга ширк келтирса, шубҳасиз, қаттиқ адашган бўлади.
117 . Улар ундан бошқа фақат аёл-санамларга ибодат қиладилар ва фақат бебош шайтонга ибодат қиладилар. (Яъни, араб мушриклари Аллоҳдан бошқа, фақат аёл-санамларга ибодат қиладилар. Жоҳилий арабларнинг бузуқ эътиқодлари бўйича, фаришталар Аллоҳнинг қизлари ҳисобланар эди. Улар шунинг учун ҳам бутларини аёл киши шаклида ясашар ва уларга аёлларнинг исмини беришар эди.)
168 . Албатта, куфр келтирганлар ва зулум қилганларни Аллоҳ зинҳор мағфират қилмас ва йўлга ҳидоят ҳам қилмас.
171 . Эй аҳли китоблар! Динингизда ҳаддан ошманг ва Аллоҳ ҳақида ҳақдан бошқани айтманг. Албатта, Масиҳ Ийсо ибн Марям Аллоҳнинг Пайғамбари, Марямга илқо қилган калимаси ва Ундан бўлган руҳдир. Бас, Аллоҳга ва Унинг Пайғамбарларига иймон келтиринг. Уни учта деманг. Тўхтанг, ўзингизга яхши бўлади. Албатта, Аллоҳ ягона илоҳдир, ўзга эмас У Ўзининг боласи бўлишидан пок бўлди. Осмонлардаги нарсалар Уникидир, ердаги нарсалар Уникидир. Вакилликка Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилур. (Ислом дини инсониятнинг ақидасини тўғри йўлга солишга келган. Бу ўринда насороларнинг ақидасини тўғриламоқда. Маълумки, насроний дини янгилиги вақтида ақида тўғри бўлган. Лекин замон ўтиши билан бу ақида аста-секин бузила борган. Милодий олтинчи асрга келиб, Рим императорларининг тазйиқи остида насроний ақидаси тамоман бузилиб бўлган эди. Насоролар ўз динларида ҳаддан ошиб кетдилар. Аллоҳнинг бандаси ва Пайғамбари Ийсо алайҳиссаломни, Аллоҳнинг ўғли, дедилар. Сўнгра, Аллоҳ уч аслдан–ота, ўғил ва муқаддас руҳдан иборатдир, деб даъво қилдилар. Шунингдек, Биби Марямни ҳам илоҳлик даражасига кўтардилар. Худонинг табиати ҳақида битмас-туганмас ихтилофларга тушдилар. Охири келиб, ўзлари ҳам тушуниб етмайдиган ақидавий машмашаларга гирифтор бўлдилар. Уларнинг ушбу ва шунга ўхшаш кўплаб ишлари динда ғулувга кетиш–ҳаддан ошиш эди.)
Yuqorida aytilgani kabi otaning ulug'ligini rad etmadim. Hadis deb berganingiz dalilsiz ifoda etilgani uchungina menda shirk bo'lib qolgandek shubha uyg'otgan edi. Ota ulug', aziz. Ammo banda u Yaratgan bilan qanday barobar bo'lsin deb o'ylanib qoldim. Alloh O'ziga sherik qilishlarini yoqtirmaydi, nega ulug'likni otaga nisbatan me'yordan oshirib ko'rsatildi degan xayolga borib qoldim. Aniqrog'i shu yerida tushunmaganim uchun u hikmatning chindan hadismi o'zi yoki yo'qmi degan joyiga e'tiborimni qaratgan edim. Shu bois uning dalilini so'ragan edim. Chunki hujjatsiz narsaga e'tirozlar ko'payadi. Shubhali narsaga esa ergashib ketilmaydi. Ilk savolim shu tufayli qo'yilgan edi. Lekin mavzu boshqa tomonlargacha chalg'ib ketdi..
Sizning bee'tiborlik qilishingiz esa ayni damda yana izlanib yuqoridagi haqiqatlarni topishimizga ko'mak berdi. Har holda baribir bu hadisning manbasini muallifning o'zlaridan aniqlashtirib olgan ma'qul deb o'ylayman. Va bu olimlarimizni yanada hushyorroq bo'lishlariga undaydi nazarimda.
Yuqoridagi oyatlarning bari Niso surasidan olindi, uni kim qanday tushunishi har kimning o'zigagina havola. :)
Hammangizga kattakon rahmat, bir masalani oydinlatishga ko'mak berganlaringiz uchun...
Alloh rozi bo'lsin, samimiy hurmat bilan Kavsar..
Nigora Umarova
12.08.2011, 17:06
«Минг афсуслар бўлсинким, турли омилларга кўра кўплаб заиф ва сохта гаплар ҳадис сифатида китобларимизга кириб қолган. Бунга асосан ҳадисларни суриштирмасдан келтириш, аниқланмасдан ёзиш каби ишлар сабаб бўлган.
Шунинг учун ваъз-насиҳат, амру маъруф, наҳйи-мункар, тарғибот ва шунга ўхшаш ишлар билан шуғулланадиган кишилар, қолаверса, ҳар бир мусулмон ҳамма нарсани ҳадис, деб қабул қилавермаслиги керак. Балки бирор нарсани ҳадис, деб айтишдан оддин уни яхшилаб текшириб кўриш лозим. Уламоларимиз халқ ичида ҳадис дея эътиқод қилиниб, айтилиб юрган кўпгина гаплар аслида ҳадис эмаслигини исбот қилганлар. Масалан, кўпчилик орасида «Ватанни севмоқ иймондандир» деган гап ҳадис деб тушунилади, айтилади ва ёзилади. Лекин бирор киши уни ким ривоят қилганини, қайси китобда келганини зикр қилмайди. Аслида эса у гап ҳадис эмас, исломий ҳикматлардандир. Кишиларни тарғиб қиламан деб ҳадис бўлмаган нарсани ҳадис, деб айтиш Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламга нисбатан ёлғон тўқиш катта гуноҳ эмасми?!
Шунинг учун ҳам уламоларимиз ҳадисни ровийи ва ким чиқарганини зикр қилмасдан келтиришни ман этганлар. Мисол учун, аллома Ибн Ҳожар ал-Ҳайсамий ўз замонларидаги ҳокимлар-дан ҳадисларни ровий ва тўплаб чиқарувчиларини айтмай ваъз қиладиганларни ишдан ҳайдашни талаб қилганлар». (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. «Ҳадис ва ҳаёт». Муқаддима. 1-жуз. Тошкент. «Шарқ» НМАК бош таҳририяти, 2008 йил. 120-бет)
«Абдуллоҳ ибн Амр розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Мендан бир оят бўлса ҳам етказинглар. Бани Исроил ҳақида гапиринглар, танглик йўқ. Ким менга қасдан ёлғон тўқиса, дўзахдаги ўриндиғига жойлашаверсин», - дедилар».
Бухорий ва Термизий ривоят қилишган.
Ушбу ҳадисга мувофиқ, кўпгина саҳобаи киромларнинг ҳадис айтишда ўта тақводорлик қилганликлари, ўзлари яхши биладиган ҳадисларнинг ҳам бирор сўзида янглишиб қолмаслик учун ниҳоятда эҳтиёткор бўлганликлари ва ҳуда-беҳудага ҳадис айтишдан ўзларини тийганликларининг сабаби ҳам мана шунда.
Ҳа, ҳадис ривоят қилиш ва уни шарҳлаш катта масъулиятни ҳамда ниҳоятда кенг билимни талаб қилувчи соҳадир.
Билар-билмас ҳадис айтиш ила «қош қўяман деб, кўз чиқариш», савоб ўрнига гуноҳга ботиш ҳеч гап эмас».
(Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. «Мусталаҳул ҳадис». Тошкент. «Шарқ» НМАК бош таҳририяти, 2011 йил. 367-368-бетлар)
Мавзудаги ушбу мазмундаги баҳс-мунозарага шу билан якун ясайлик.
Pfefferminze
12.08.2011, 19:18
Яна бир қалбларни ларзага соладиган ривоят бор, билмадим эшитганмисиз йўқми.. "Отанг чўчқа бўлса боғлаб боқ"..Эшитилиши жуда қўпол, ..аммо ушбу мақол шу ривоят замиридан келиб чиққан..манбаларда айтилишича..
Yo'q, bu rivoyat emas, bu haqiqat...Otang cho'chqa bo'lsa bog'lab boq degani haqiqat...Muso.a.s so'ragan ekanlar Alloh s.v.t men kim bilan Jannatda birga bo'laman deb...Shunda Muso a.s ga ko'rsatilgan ekan...chap tomonalrida bir kishi turar ekan...u kishining otasi adabi xunuk inson bo'lib, Xudoni qaxriga uchragan ekan, Xudo uni jazolab cho'chqaga aylantirib quygan ekan. Ammo, o'g'il bu otatanda qaytmasdan, Otasi garchi cho'chqa holiga kelgan bulsa ham, uni sevib, quchoqlab boqar ekan...Shu o'g'il o'z farzandlik burchini a'lo bajargani uchun u jannatda Muso a.s. ninig chap tomonlarida turar ekan..
Muso. a.s ning o'ng tomopnlarida esa onasini rozi qilgan boshqa kishi turar ekan...buning hikoyasi uzoooq, yozmay qo'ya qolay....
Xullas, shu.....
R
Gulchehra Ibragimova
12.08.2011, 20:54
«Минг афсуслар бўлсинким, турли омилларга кўра кўплаб заиф ва сохта гаплар ҳадис сифатида китобларимизга кириб қолган. Бунга асосан ҳадисларни суриштирмасдан келтириш, аниқланмасдан ёзиш каби ишлар сабаб бўлган.
Бу ҳақда юқоридаги китобни тўплаб, халққа фойдаланиш учун етказган ҳурматли Абдулазиз Мансур домладан ва яна бошқа олимлардан аниқлаб, бизни ҳам Ҳадис илмидан хабардор қилиб қўярсиз деган умиддамиз..
Ёки Мана бу ерда (http://hadis.islom.uz/index.php?act=book&sec=27&subs=29) Ҳадис илми ҳақида жудаям кўп нарсани билиб олса бўларкан. Яхшиям шу баҳс сабаб, Кавсар айтгандек изланиб, кўп нарсани билмаслигимизни янаям билиб олдик ҳар ҳолда, раҳмат кўпчиликка!
Яна бир қалбларни ларзага соладиган ривоят бор, билмадим эшитганмисиз йўқми.. "Отанг чўчқа бўлса боғлаб боқ"..Эшитилиши жуда қўпол, ..аммо ушбу мақол шу ривоят замиридан келиб чиққан..манбаларда айтилишича..
Yo'q, bu rivoyat emas, bu haqiqat..
R
Ҳар бир ривоят замирида тарихий ҳақиқат ётади. Афсона эмас ҳар ҳолда, тўқиб чиқилмаган.
.Otang cho'chqa bo'lsa bog'lab boq degani haqiqat...Muso.a.s so'ragan ekanlar Alloh s.v.t men kim bilan Jannatda birga bo'laman deb...Shunda Muso a.s ga ko'rsatilgan ekan...chap tomonalrida bir kishi turar ekan...u kishining otasi adabi xunuk inson bo'lib, Xudoni qaxriga uchragan ekan, Xudo uni jazolab cho'chqaga aylantirib quygan ekan. Ammo, o'g'il bu otatanda qaytmasdan, Otasi garchi cho'chqa holiga kelgan bulsa ham, uni sevib, quchoqlab boqar ekan...Shu o'g'il o'z farzandlik burchini a'lo bajargani uchun u jannatda Muso a.s. ninig chap tomonlarida turar ekan..
Muso. a.s ning o'ng tomopnlarida esa onasini rozi qilgan boshqa kishi turar ekan...buning hikoyasi uzoooq, yozmay qo'ya qolay....
R
Ҳа, ёзиб ўтганимдек хабардорман Раъно!..Аммо тўлиқ келтирсангиз ҳам ҳеч бир зиёни бўлмасди..Тарбиявий аҳамияти жуда катта ривоят бу! Фақат мавзудан чиқиб кетиб қоламиз-да..Бу ҳақда "Fikr" сайтида гаплашса бўлади..менимча..
Uzr oldindan offtop qilayotganim uchun:
Har bir postlarimning ilk o'quvchisi odatda onam bo'ladilar. Garchi uforumga a'zo bo'lmasalar ham, g'oyibdan fikr.uz va uforumning shaydosi. :)
Bugungi postlarniyam ko'rib, ayniqsa Gulchehra opamizni judayam oq ko'ngil, bolalardek sodda ekanliklarini ta'kidladilar. Uzr bu meni gapim emas, onamniki. Postlaringizdan, bugungi javoblaringizdan men ham opamizda chiroyli samimiyat borligini anglashim qiyin bo'lmadi. Barchaga hurmatim birdek. Shu bois ortiqcha bahs bo'lishini kutmagandim. Lekin baribir, chiroyli bahsga aylanib qoldi. Bu bahs bo'lsa-da, bir foydali bo'ldi deb o'ylayman. Negaki menga ijod keldi. "Ota rozi Xudo rozi" degan hikmatni ilk marotaba sharhi, yangicha talqini kelib qoluvdi, shuni yozdim. Menimcha Gulchehra opamizni shu narsa chalg'itib qo'ydi. Shu bois maqsaddan sal uzoqlashib qoldik. Muhimi samimiylik saqlangan holda madaniy bahs bo'lgani menga yoqdi. :) Bu ham bir ibrat, bu ham bir hikmat bo'lsa ne ajab. Agar shoshilinchda sal dag'al post qoldirib ko'ngilga tegib ketgan bo'lsam uzr so'rayman.
Darhaqiqat, Nigora opamiz aytganlari kabi bunday holatlar:
«Минг афсуслар бўлсинким, турли омилларга кўра кўплаб заиф ва сохта гаплар ҳадис сифатида китобларимизга кириб қолган. Бунга асосан ҳадисларни суриштирмасдан келтириш, аниқланмасдан ёзиш каби ишлар сабаб бўлган. uchraydi hayotimizda. Menda ham unday kitoblar bor. Bu bizning aybimiz emas, kitob tartib beruvchilar diqqatsizligi bo'lsa kerak. Shularni farqlay olishni unutmasligimiz kerak. Ilgari men ham e'tiborsiz hadis ekan deb ba'zilarini ushlab olardim dastak qilib. Keyin-keyin fikr yuritsak, mantiqqa ba'zan mos tushmaydiganlariga ko'zim tushdi. Shundan so'ng dalili aytilmagan bo'lsa unday kitoblarni o'qimaydigan bo'ldim.
Ҳадисни жойлаштиришда бу томонини тўғриси ўйлаб ҳам кўрганим йўқ..бу менинг ҳақиқатдан ҳам эътиборсизлигим!
Lekin bu e'tiborsizlik yaxshi e'tiborsizlik deb o'ylayman. Chunki olimlarimizni ogohlantirishga, fikrlarini bilishga bitta bahona bor, bunday olganda
Мавзудаги ушбу мазмундаги баҳс-мунозарага шу билан якун ясайлик.
Mana bu post esa haqiqatan juda o'rinli, endi unga amal qilmasak uyat bo'lsa kerak. (imxo) :)
Sevimli opamning ta'birlari bilan aytganda,
faqat va faqat yaxshiliklarda ko'rishaylik... :)
AbuMuslim
14.08.2011, 05:45
Yo'q, bu rivoyat emas, bu haqiqat...Otang cho'chqa bo'lsa bog'lab boq degani haqiqat...Muso.a.s so'ragan ekanlar Alloh s.v.t men kim bilan Jannatda birga bo'laman deb...Shunda Muso a.s ga ko'rsatilgan ekan...chap tomonalrida bir kishi turar ekan...u kishining otasi adabi xunuk inson bo'lib, Xudoni qaxriga uchragan ekan, Xudo uni jazolab cho'chqaga aylantirib quygan ekan. Ammo, o'g'il bu otatanda qaytmasdan, Otasi garchi cho'chqa holiga kelgan bulsa ham, uni sevib, quchoqlab boqar ekan...Shu o'g'il o'z farzandlik burchini a'lo bajargani uchun u jannatda Muso a.s. ninig chap tomonlarida turar ekan.. Muso. a.s ning o'ng tomopnlarida esa onasini rozi qilgan boshqa kishi turar ekan...buning hikoyasi uzoooq, yozmay qo'ya qolay.... Xullas, shu.....
Шу ривоятнинг манбаси керак...
AbuMuslim
14.08.2011, 16:11
Assalomu alaykum, Gulchehra opa! Ro'zalar bilan charchamayapsizlarmi? Bu hadisni ilk marotaba shu yerda o'qidim. Ko'p hadis bilmayman uzr. Qaysi kitobdan oldingiz, sanadlari bilan bera olmaysizmi, yana qanday hadis bu, hasanmi, sahihmi, shular haqida ham ozgina to'xtalsangiz.
Бу ҳадисни Табароний “Авсат” китобида ривоят қилганлар. Ибн Ҳиббон уни кучлантирган. Абу Ҳотам эса заиф, деган. Бошқа кишилари саҳиҳ деган. Ундан ташқари Дайламий ҳам ривоят қилган.
Shokir Dolimov
15.08.2011, 00:06
Бир асар устида ишлаб ўтириб, бош қаҳрамонлардан бири томонидан айтилган ажойиб фикрга дуч келдим ва уни қуйидагича таржима қилдим:
Оғриқни муваққатан тўхтатиш – муқаррар қайтган фурсатда янада зўрайтириш демакдир
Қалай чиқибди? :)
AbuMuslim
15.08.2011, 00:32
Қалай чиқибди?
Зўр : )
Nigora Umarova
15.08.2011, 09:54
Гулчеҳра опа, Раъно, Кавсар!
Омма олдида гап талашиш яхши эмас. ;)
Қизил бўёқ берай дедим-ку, ушбу ойни инобатга олдим ҳамда хабарларингизни ўчириб ташлаш билан чекланибгина қолдим.
Сиз ҳам шунга риоя қилсангиз нурба нур бўлурди.
Ортиқча гапга асло ҳожат йўқ!
Pfefferminze
15.08.2011, 10:15
Гулчеҳра опа, Раъно, Кавсар!
Омма олдида гап талашиш яхши эмас. ;)
Қизил бўёқ берай дедим-ку, ушбу ойни инобатга олдим ҳамда хабарларингизни ўчириб ташлаш билан чекланибгина қолдим.
Сиз ҳам шунга риоя қилсангиз нурба нур бўлурди.
Ортиқча гапга асло ҳожат йўқ!
Nigora! Har holda men gap talashganim yo'q! Bekorga bu tamg'ani menga bosaypsiz! Yaxshi emas! Shunchaki no'o'rin "-", meni xato tushunganliklari bois, jal qildim,ammo bu talashish degani emas!
Iltimos bu postimni op'chirmang! Odamni nafsoniyati, qadr-qimmati bor har holda!
hurmat bn
R
Pfefferminze
15.08.2011, 10:22
Assalomu alaykum, Gulchehra opa! Ro'zalar bilan charchamayapsizlarmi? Bu hadisni ilk marotaba shu yerda o'qidim. Ko'p hadis bilmayman uzr. Qaysi kitobdan oldingiz, sanadlari bilan bera olmaysizmi, yana qanday hadis bu, hasanmi, sahihmi, shular haqida ham ozgina to'xtalsangiz.
Бу ҳадисни Табароний “Авсат” китобида ривоят қилганлар. Ибн Ҳиббон уни кучлантирган. Абу Ҳотам эса заиф, деган. Бошқа кишилари саҳиҳ деган. Ундан ташқари Дайламий ҳам ривоят қилган.
Hayriyat, aqlli insonlar ko'p bo'lsa yaxshi...indamasdan borib topib, aniqlik kiritib berdilar...AbuMuslim aka,katta rahmat Sizga...lekin mening shubham yo'q edi zaifligiga,ammo manbam ham yo'q edi.
cheksiz hurmat ila
R
Nigora Umarova
15.08.2011, 10:25
Nigora! Har holda men gap talashganim yo'q! Bekorga bu tamg'ani menga bosaypsiz! Yaxshi emas! Shunchaki no'o'rin "-", meni xato tushunganliklari bois, jal qildim,ammo bu talashish degani emas!
Iltimos bu postimni op'chirmang! Odamni nafsoniyati, qadr-qimmati bor har holda!
hurmat bn
R
Xususiy masalallar omma oldida emas, shaxsiy yozishma orqali hal qilinsa maqsadga muvofiq bo'lurdi.
Barcha e'tirozlarni shaxsiy xabar orqali bajonidil qabul qilaman.
Samimiyat ila N.U.
Pfefferminze
15.08.2011, 10:38
Inson, hayotda har-xil vaziyatlarga tushadi. Ba'zan bilib, ba'zan bilmay. Shunda, molu-davlat ketsa, mayli, chunki u biron kun topiladi, davlat ketsa mayli, mansab ketsa mayli, uni qaytarish mumkin, ammo g'urur ketmasin!!!
Pfefferminze
15.08.2011, 10:42
Xususiy masalallar omma oldida emas, shaxsiy yozishma orqali hal qilinsa maqsadga muvofiq bo'lurdi.
Barcha e'tirozlarni shaxsiy xabar orqali bajonidil qabul qilaman.
Samimiyat ila N.U.
Nigora, men tupitsa emasman...LSi olib tashlangan bulsa, ayb menda emas! Ilitmos! shu yerda tuxtataylik
Pfefferminze
15.08.2011, 10:59
Yo'q, bu rivoyat emas, bu haqiqat...Otang cho'chqa bo'lsa bog'lab boq degani haqiqat...Muso.a.s so'ragan ekanlar Alloh s.v.t men kim bilan Jannatda birga bo'laman deb...Shunda Muso a.s ga ko'rsatilgan ekan...chap tomonalrida bir kishi turar ekan...u kishining otasi adabi xunuk inson bo'lib, Xudoni qaxriga uchragan ekan, Xudo uni jazolab cho'chqaga aylantirib quygan ekan. Ammo, o'g'il bu otatanda qaytmasdan, Otasi garchi cho'chqa holiga kelgan bulsa ham, uni sevib, quchoqlab boqar ekan...Shu o'g'il o'z farzandlik burchini a'lo bajargani uchun u jannatda Muso a.s. ninig chap tomonlarida turar ekan.. Muso. a.s ning o'ng tomopnlarida esa onasini rozi qilgan boshqa kishi turar ekan...buning hikoyasi uzoooq, yozmay qo'ya qolay.... Xullas, shu.....
Шу ривоятнинг манбаси керак...
Abu Muslim aka, manbasi esimda yo'q...to'g'risi... hadislarni 13 yoshimdan beri o'qib kelaman, uyda bo'lsa o'sha kitoblar, Buxoroda, Toshkentda emas...
men harakat qilaman manbasini topishga...lekin va'da bermayman
Pfefferminze
15.08.2011, 11:23
Bitta sahiy hadis bor...bunga istasangiz yoki istamsangiz amal qilishga majbur bo'lasiz, magar o'zingizni musulmon deb hisbolasangiz hamda ro'zalarim qabul bo'lsin desangiz...dilimni xirra qildi bu vaziyat rosti...birov mendan xafa bo'lsa kechirsin, men ham kechirimli, chunki Xudodan ustun turolmayman, Xudo kechirimli...
Hadis: arazlashib qolganlar kechirim so'rashlari kerak, yo'qsa 30 kunlik ro'za qabul bo'lmadi...
mendan menimcha, OmoN xafa...men ham xafa edim..fursatdan foydalanib kechirm so'rayman...issiqlarda tutayotgan ro'zalarim qabul bo'lsin, Sizlarniki ham, iloyim...
Dast ba koru dil ba Yor - Qo'ling ishda bo'lsin, diling Yorda.
* * *
Safar dar vatan - Vatan ichra safar qil.
* * *
Xilvat dar anjuman - Anjuman ichinda xilvatda bo'l.
Hazrat Bahouddin Naqshband
Pfefferminze
16.08.2011, 11:58
Safar dar vatan - Vatan ichra safar qil.
Hazrat Bahouddin Naqshband
Kavsar, Safar dar Vatan, Abduxoliq G'ijduvoniyniki....menimcha...
ya'ni ma'nosi O'zingni o'rgan, o'zingni tani....o'zingni angla, tushunib yet...
R
Gulchehra Ibragimova
16.08.2011, 14:11
***
Қуёшга қараган инсон соя кўрмайди.
Хелен Келлер
Кечириш ва унутиш яхши кишиларнинг қасосидир.
Иоганн Шиллер
Соғлом фикрлардан кучли ҳаракатлар туғилади.
Шекспир
Ҳамма менинг фикримга қўшилса, янглишишдан қўрқаман.
Оскар Уайльд
Gulchehra Ibragimova
16.08.2011, 15:27
**
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl
Pfefferminze
16.08.2011, 22:35
Badbaxtlik-o'zgalar ortidan gapirib, baxtini qirqib yurishida.
Insonman desang, g'ururing uchun molu-davlating ketsa ham kurash, chunki hayot kurashdan iborat!
Nohaqlikka kurashish-haoytdagi oliy maqsading bo'lsin, chunki u jamiyatni parokandalikka olib keladi, fisqu-fasod tarqalib, ildiz otib, insoniyat halok bo'ladi! Burching- insoniyatni illatdan qutqarib qolishdan iborat, buni aslo unutma!
Insonman deginu, ammo unga xos bo'lgan xususiyat, esdan chiqaruvchilardan bo'lma! Yaxshisi odamman deb ayt, shu Senga munosib Oliy maqom! Sen hamisha oliy maqomga intil u seni yaxshilikka yetaklaydi!
Nopoklar bilan yurma! Hayotda qattiq adashasan! Yo'lingni topib olguningcha mashaqqat, azob chekasan! Vaqting ketadi! Vaqt-oliy ne'mat! Behuda sarflama! Har bir bo'lagidan tashkil topgan Sening umring!
Umringni e'zozla! oxiratingni obod qilsa,ajab emas!
Yaxshiga ergash, yomondan qoch! Seni kulfatlarga giriftor qiladi! Kasrini esa har soniya tatib turasan, u zaxardan ham achchiq!
Befavo dunoyda hammaga ham vafo qilaman deb o'zingni azobga qo'yma! Arzigan bor arzimaydigan bor! Sen esa arziydiganini tanlashni bil!
Inson-sinov bilan. Sen ham sinashni o'rgan!
Inson va Alloh uyi bir yerda! U sening qalbing! Qalbingga ishon, u aqlga yo'l ko'rsata oladi. Qalbdan aqlgacha bo'lgan yo'lni izlab top! U albatta bor va o'sha najotdir! Najot, ushbuning oralig'ida!
Sabr qanchalik qiyiin bo'lmasin, ketidan zafar kelishini bilsang, Sen undan bahra olasan, u senga yoqishni boshlaydi, ruhing tinchlanadi, qalbing orom oladi, sabr do'stingga aylanadi, bag'rikenglik shundan hosil bo'ladi.
Bir marta yolg'on gapirgan og'izga ikkinchi bor inonma! Qo'y, yolg'onchinig makoni sening davrang bo'lmasin!
Har yerni o'zingga makon qilib olma! Obro'yingni saqla.
(c)
R
Shokir Dolimov
18.08.2011, 20:25
Ҳозиргина бир пиёла муздай чой ичиб олгани ошхонага кирган эдим. Рафиқам туркларнинг «Осиё» сериалини кўриб ўтирган экан. Фильм қаҳрамонлари (аёллар) аллақандай қизнинг расмини муҳокама қилиб, улардан бири қизнинг бўйи пастлигини таъкидлаб ўтди-да:
- Бўйи паст товуқ, доимо жўжадай кўринади, - деб қўйди.
Тиқилиб қолишимга сал қолди :)
Ustozlar hikmati
Xato qilishdan qo'rqmang chunki bu dunyo xato qilish va ularni tuzatishdan iborat.
f.f.n. Ja'far Muhammad
Sahro - Allohning yerdagi jannati. Chunki odam sahrodagina U bilan yolg'iz qoladi.
dots. Abdulla Ulug'ov
Olimlar osmonga sochilgan yulduzlarga o'xshaydi. Agar olim halolni tutsa, oddiy kishilar shubhalisini ushlaydi. Agar olim shubhalisini tutsa, boshqalar haromni borib tutadi. Agar olim kishi haromni tutsa qolganlar imondan ketadi. Shu bois olimlarga faqat halollik nasib etsin.
prof. Bahodir Karimov
Pfefferminze
19.08.2011, 10:32
Ilmiga emas, amaliga qara, amal- qalb oynasi.
Sevishni bilaman desang, oldin yetimni boshini silab ko'r.
Ilmning shaydosi- amalning gadosi.
Bevafoni vafosi yo'q,
behayoni ahdi yo'q.
Ilon zaxri bilan, raqib makri bilan.
Bir himmatga ming marhamat qil!
Ko'p so'ylab dushman orttirma!
Qilsang, beminnat yaxshilik qil, minnatli yaxshilik dushmanga ham kerak emas!
Chaqimchi og'izni bir kun ilon chaqadi.
qattiq qo'ldan hayr chiqmas,
o'lik qalbdan - mehr.
Sinasang, pul bilan sinab ko'r.
Butun dunoyo yuz o'girsa ham, Xaq Taolo "yuz" o'girmasin.
Hamisha intil, Tole' intilganlar bilan!
Mag'lubiyatga mardlarcha tik ko'z bilan qara, ketidan, albatta, g'alaba keladi!
Sinalmaganga sir boy berma!
(c)
R
Ilmiga emas, amaliga qara, amal- qalb oynasi.
(c)
R
Мана шу ижодингизга қарашим озгина бошқачароқ бўлди негадир. Яхшилаб изоҳ бериб юборолмайсизми? ;)
Pfefferminze
19.08.2011, 10:47
Ilmiga emas, amaliga qara, amal- qalb oynasi.
(c)
R
Мана шу ижодингизга қарашим озгина бошқачароқ бўлди негадир. Яхшилаб изоҳ бериб юборолмайсизми? ;)
Buni ijod deb bo'lmadi, aslo. Iltimos, bu ijod qilayapti deb ham yanglish o'ylamanglar!
Men ozgina ko'pni ko'rgandirman. Hayotimda turli -xil insonlarga duch keldim, voqea-hodisalarni boshimdan kechirdim. Bu xotiralarni me'muar asar qilib yozib qoldirish niyatida ham emasman.Ammo ularni ham qaysidir bir shaklda yozib qoldirmoqchiman. Shu sabab, shunchaki qisqa qilib yozib qo'yayapman ko'rganlarimni, boshimdan kechirib, orttirgan tajribalarimni.
Qalbi pok insonlarning chiroyli amalini ko'rganim bois, shu firkga keldim...amalidan qalbini ko'rsa bo'ladi deb...
Lekin, ko'p ilmlilarni ko'rdim, ularda na amal bor edi na qalb...
Aytadilar-ku, oxiratda do'zaxga jo'nab ketayotgan mullodan hayron qolib so'rashibdi: "Bizga shuncha ilm berib, o'zingiz endi qayerga ketayapsi?". "Sizlarga ilm berib, o'zim amal qilmas edim"'- debdi....
Buni ijod deb bo'lmadi, aslo. Iltimos, bu ijod qilayapti deb ham yanglish o'ylamanglar!
Ҳикматларингиз остида муаллифлик белгисини қўйганингиз учун ўзингизнинг бисотингизданлигини эътироф этдим холос.
Амал деганингизда мен "мансаб"ни тушунибман, узр! Қилган амалига деганингизда ҳам савол туғдирмаган бўлардим. :)
Pfefferminze
20.08.2011, 12:51
Nafs ustun kelsa, ko'zbo'yamachilik, ommaga o'ynash ildiz otadi.
Riyokorlik-Xudoga xush kelmaydi.
Samimilik qiyin ish emas, ammo samimiy bo'lib qolish qiyin.
Yolg'izlik Xudoga yarashadi, ammo yolg'izlikda banda Xudoni topadi.
Kuchsiz, irodasiz odam, yon atrofdan panoh istaydi. Odamlar qanoti ostiga kiradi.
O'zini bilgan insonga buyuk ishlar nasib qilmagan.
Nafsni qondirishga qaratilgan har qanday xatti-harakat-insonning zavoli.
Ota-onani rozi qilgan inson ko'karadi.
Ra'yingizga qarshi bo'lsa ham Ota-Onani rozi qiling, Xudo ishingizni o'nglab qo'yadi, masala Siz tomon hal bo'ladi.
Fikrning beqaror, tez-tez o'zgarishi -shakllanmagan shaxsdan darak.
Qat'iyatli inson hammaga manzur.
R
Ҳаётда учрайдиган ҳолатлар ҳақида:
...Аввал ранжийсиз, кейин, кўникасиз, вақти келиб тушунасиз...
Nigora Jumaeva
23.08.2011, 09:46
Одамларнинг табиати қизиқ;
- Ўзингни бошлиқлардай тутсанг, улар сенга бўйсунишади
- Бошингни эгсанг, тепкилаб ўтади.
- Ўзингни гуноҳкордай ҳис қилсанг, айбдор қилишади.
Gulchehra Ibragimova
26.08.2011, 13:58
"Итдан кийикка, мушукдан кабутарга шафқат маҳолдир"
Алишер Навоий
Bobir Samadov
01.09.2011, 20:23
Бойлик узгларни камситиш эмас, аксинча синов учун берилади!!!
albatros
01.09.2011, 21:06
Бойлик узгларни камситиш эмас, аксинча синов учун берилади!!!
Bu so'zlar qaysidir filmdan olingan adashmasam taniqli aktiyor Saydulla Omon aytgandi. Shundaymi?
Nigora Jumaeva
02.09.2011, 13:59
Биз тушкунликка тушган сари тубанлашиб борамиз, бунга эса атрофдагиларнинг таъсири катта, чунки хоҳлаймизми-йўқми улар билан ҳисоблашишга тўғри келади.
Кимгадир суянчиқ бўлиб, унга қувонч бағишлашнинг ўзи бахт, лекин бу ўзлигингдан кечиш эвазига бўлмаслиги керак.
albatros
02.09.2011, 16:38
Shunday odamlar borki, ular suvga tushgan xasdek hech bir maqsadsiz dunyodan o‘tib ketadilar; ular suzishmaydi, oqim ularni olib yuradi.
Seneka.
Mehnat ijodga aylangan joyda, tabiiyki, o‘lim dahshati hatto fiziologik jihatdan ham yo‘q bo‘lib ketadi.
A. N. Tolstoy
Qilgan ishlaring qariganingda eslab yurishga arziydigan bo‘lsin.
Mark Avreliy
Kichik bo‘lsa ham har kuni biron-bir burchni ado etish — ajoyib ish.
E. Delakrua
Bobir Samadov
03.09.2011, 09:14
Bu so'zlar qaysidir filmdan olingan adashmasam taniqli aktiyor Saydulla Omon aytgandi. Shundaymi? Тугри, камина хам фильм номини эслай олмаяпман! Аммо, Убайдулло Омон томонидан айтилгани рост!
albatros
05.09.2011, 12:11
Yoshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman.
E. Berk.
Keksaga ko‘mak ber — suyangan tog‘ing,
Buni tushunarsan qarigan chog‘ing.
N. Xisrav
Yomon ham o‘tar, yaxshi ham —yaxshi bil,
Seni yaxshi nom birla yod aylasin el.
Sa'diy
Jamiyatni ayblashdan oldin o'z kamchiliklaringni tuzat. (c)
Jamiyatni ayblashdan oldin o'z kamchiliklaringni tuzat. (c)
Izohim bor edi
Nafs ko'p maqtalsa, Fir'avnlashadi...
Mavlono Rumiy
Мусофирга мехр кургузсанг агар,
Улар яхши номинг оламга ёяр.
Саъдий
correcthonour
17.09.2011, 12:41
Бу дунёда Отанинг елкасидаги углининг тобутидан огиррок нарса йук.
Олим золимнинг ахволини билади, чунки у олдин золим булган, золим эса Олимнинг ахволини билмиди чунки у хали Олим булмаган!
albatros
17.09.2011, 13:13
1.Orzuying armonga aylanishini istamasang, erishishing mumkin bo'lgan narsani orzu qil.
2.Hayotda birinchi tarbiyani ota-onang beradi. Ikkinchi ya'ni yanada muhimrog'ini hayotning o'zi o'rgatib qo'yadi.
Temir olovda toblanib turmasa, uni zang bosar ekan.
Temir olovda toblanib turmasa, uni zang bosar ekan.
"...Роҳат-машаққат остингдадур, ақл эрур гувоҳ,
Олтин-кумуш ҳам ўтга тушиб беғубор ўлур..."
Оразий.
Shokir Dolimov
17.09.2011, 18:32
Менга номаълум манбадан топиб, таржима қилдим.
Бола онасидан сўрабди:
- Ойи, нега Сиз баъзан ўзингиздан ўзингиз йиғлаб турасиз?
- Чунки мен аёлман, - дебди она.
- Жавобингизни тушунмадим, ойи!
Аёл боласини қучиб ўпибди-да:
- Сен буни ҳеч қачон тушунмайсан, - дебди.
Онасининг жавобидан қониқмаган болакай отасидан сўрабди:
- Нима учун ойим гоҳо ҳеч бир сабабсиз йиғлаб туради?.
- Билмадим ўғлим, аёл борки баъзан ҳеч сабабсиз кўз ёш тўкади, - жавоб бера олибди отаси.
Йиллар ўтиб балоғатга етган йигит «Нима учун аёл киши йиғлаб туради?» деган саволига сира жавоб топа олмас, сабабсиз йиғлаган аёлларни кўрганда ажабланишини қўймас экан.
Ниҳоят саволини Яратгандан сўрашга журъат қилибди. Парвардигор қуйидагича жавоб қайтарибди:
- Аёл кишини яратишга аҳд қилар эканман, уни мукаммал бўлишини истадим. Унга елка бердим шундай забардаст-ки, токи оламни кўтариб турсин, шундай мулойим-ки, фарзандининг бошига юмшоқ ёстиқ бўлсин. Сабр-тоқат бердим, ҳар қандай оғриқ-азобларга бардош берсин, деб. Ирода бердим унга, шундай кучлики, токи қолганлар ҳаёт машаққатларига бардош бера олмай қулаб тушса ҳам, у фақат олға боссин, йиқилаётганларга таянч бўлсин, беморларга ёрдам берсин, толиққанларга мадад бўлсин ва ҳеч қачон ўз толесидан нолимасин. Меҳр бердим, уни хафа қилаётган фарзандларига суйиб қараб турсин, деб. Куч бердим, токи эри ноҳақ бўлса ҳам, уни қўллаб-қувватласин. Уни атайин эркакнинг қовурғасидан ясадим-ки, токи эрининг юраги, қалбини ҳимоя қилиб турсин. Доноликни ҳам аямай бердим, токи яхши эр унга озор бермасин, рафиқасининг қудратини, доимо ёнида, иккиланмай бориш қатъиятини ҳис этсин. Ва ниҳоят кўз ёшларини, қачон ва қаерда хоҳласа истаганча йиғлаш ҳуқуқини бердим унга.
Шуни идрок этишинг керакки, аёл латофати унинг кийими, сочининг турмакланиши ёки бошқа пардоз-андозида эмас. Аёл гўзаллиги – севги-муҳаббат маскан топган қалб эшигини очувчи кўзидадир.
Бир пайтлар "Қаҳрамон она" деган "унвон" бўларди. Ажойиб, онанинг "қаҳрамон эмас"иям бўлган эканда.... (с)
Ayollarni qancha ulug'lasak, hayotimizning chirog'i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo'lamiz.
Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.
Islom Karimov.
Toki yer yuzida bittagina ayol mavjud ekan, u haqida hamisha nimadir yangi gap aytish mumkin.
S. Buffler.
albatros
19.09.2011, 10:48
Suhbatni shunday olib borish kerakki, suhbatdoshlarning har biri undan naf olsin, bilimi yanada boyisin.
Geraklit
Ota va ona! Bu muqaddas nomlar oldida barcha madhiyalar hech narsa emas, barcha balandparvoz maqtovlar o‘g‘illik muhabbati va minnatdorchiligi oldida puch va arzimasdir.
N.G.Chernishevskiy
Inson boshida uchta kulfat bor: o‘lim, qarilik va yomon farzandlar. Qarilik va o‘limga hech kim o‘z eshigini yopolmaydi, biroq yomon farzandlardan uyni farzandlarning o‘zlari asrashi mumkin.
V. A.Suxomlinskiy
Nigora Umarova
20.09.2011, 10:27
Ko'pincha ota-bobolarimizning hikmatli so'zlarini takrorlab yuramiz, o'zimizcha talqin qilamiz. Biroq o'z davrida butunlay-boshqacha ma'no-mazmun kasb etganini o'ylab ham ko'rmaymiz.
****
Ajnabiy so'ni, garchi ma'noni chuqurroq anglatsa yoki mazmunni nafisroq ifodalasa ham, qo'llamaslik lozim, deydigan tilning soxta "jonkuyarlari"ga la'nat o'qiyman.
*****
Odamlarning axloqan buzulishiga mos ravishda adabiyot ham aynab boradi.
Yohann Volfgang Gyote
Дедилар: Жумлалар тўғридир, агар сен тўғри бўлсанг.
Ин Маро Хиради ОчизамИмзонгизни биронта япон мутафаккирининг исми деб ўйлабман :)
Shokir Dolimov
22.09.2011, 21:03
Эшак минганнинг оёғи тинмас, икки хотинликнинг - қулоғи.
Pfefferminze
24.09.2011, 16:35
Shukr so'zi judayam sehrli so'z ekan...bejiz emas ekan, Qur'oni Karimda janobi Haq s.v.t badanalriga shukr aytuvchilaradn bo'linglar deb, aytamagan ekan. Shukr aytadigan bandada armon bo'lmas ekan, bearmon yashar ekan bu dunoyoda. Bearmon inson sog' odam, baxtli inson bo'ladi. Yaxshiga ham yomonga ham shukr deyish, yomonni oldi olindi shukr deyilgani, yaxshiga esa yaxshilik berildi shukr deyilgani. Hadisi Quddusiyda keltirilishicha, Inson tanasida bir parcha qo'sht bor, u og'risa butun vujud og'riydi, u- Qalbdir. Demak, inson qalbini shukr aytish bilan shukr so'zi bilan yuvib,g'uborini ketqazib turar ekan...Qur'oni karimda Alloh: Li kulli sha"yin da'vaun deydi, ya'ni har bir dardga da'vo bor...demak, shukr nainki qalb da'vosi, balki barcha dard da'vosi ekan...chunki, banda ojiz, xasta bo'lganida, Janobi Haq s.v.t farishtalardan: "Xasta bandam,dardga chalingan bandam nima deb aytayapti?"- deb so'rar ekan...Shukr aytayapti deyishlari bilan dardni Alloh s.v.t olar ekan...
Xudoyim, shukringga cheksiz shukrlar bo'lsin!
R
albatros
27.09.2011, 13:25
Men dovyuraklikdan ko'ra donishmandlik afzal degan o'yda edim. Ammo kambag'alning donoligidan nafratlanishar va uming so'zlarini tinglamas ekanlar.
Hazrat Sulaymon.
Kemada suzib borayotganlar na tiriklar, na o'liklar qatoriga kiradi.
Biant.
Odamlar ortingdan ergashishini istasang, ularning ortidan yur.
Lao Szi.
Agar so'qir kishidan "ko'rish nima?" deb so'raganlarida u, "so'qirlik" deb javob bergan bo'lardi.
Buqrot(Geraklit).
Pfefferminze
27.09.2011, 20:50
Amallarning eng yaxshisi- bildirmay qilingan yaxshilik, amallarning eng yomoni bilib turib qiligan yomonlik ekan....
Шох Салтан
29.09.2011, 08:17
нима учун яшаш керак? яхшилик қилиш учун
albatros
29.09.2011, 13:41
Bu dunyoda erishishing mumkin bo'lgan ikkita eng bebaho boylik bor. Ularni birini bu dunyoda qoldirsang, ikkinchisini u dunyoga olib ketasan. Bular: 1.Bu dunyoda qoladigan boylik - YAXSHI NOM; 2. U dunyoga olib ketadiganing - IYMON, BILIM,TAFFAKKURING.
Hikmat izlaganga hikmatdur dunyo
Illat izlaganga illatdur dunyo
Kim neniki izlasa topgusi begumon
Illat izlaganga illatdur dunyo
Xo'ja Ahror Valiy
Nigora Umarova
30.09.2011, 11:09
Hikmat izlaganga hikmatdur dunyo
Illat izlaganga illatdur dunyo
Kim neniki izlasa topgusi begumon
Illat izlaganga illatdur dunyo
(uzr xotiram sal sustroq, adshmasam J. Rumiy)
Xo'ja Ahror Valiy
Pfefferminze
30.09.2011, 12:57
Baxlning bog'i ko'karmas.....Qanchalik, to'g'ri aytilgan ushbu o'zbek maqoli...Hayotda ne ne ga'yr insonlarni, baxillarni ko'rdim hamisha janobi Haqqa noligani noligan, birovda borini ko'rolmaydi, o'zida borini berolmaydiganlardan, asra Xudoyim!!!!
R
Pfefferminze
30.09.2011, 14:02
Navoiydan oqu-qorani taniyman, Hofiz Sheroziydan qaror qabul qilishni, Xisrav Dehlaviydan sahiylikni... Rumiydan-chi deb mendan so'rasalar, odobni, sabrni, eng asosiysi, qalbni tinglashni, uni har qanday g'ubordan asrashni,avaylashni bilib olaman. Xafa bo'lgan paytda Rumiyning qalb kechinmalari haqida yozgan hikmatlari judayam katta yordam beradi...
Ey mu'su'lman, edeb ne diye sorarsin, edeb bilke her edebsizin, edebisizligini tahammu'l etmek, sabr etmek....(J.Rumiy)
Mana, shuni uzi qancha insonga taskin beradi...qancha o'zini anglab olishda, o'zini har vaziyatda bosiq ushlashda yetadi. Aslida 2 qator gap, ammo qanchalik inson ruhini sokinlashtiradigan hikmat... Haqiqatan ham odobsizning oodobiga sabr qilmoq, odob aslida...Odobini hurmat qilgan inson hamisha odobsizga beparvo bo'lishi kerak, sabr bilan tark etmoqg'i kerak odobsizlarni....
hurmat bilan,
Ra'no
Pfefferminze
30.09.2011, 14:46
Qalb ruhga der:
-Men sevaman, oshiq' bo'laman, ammo sen azobini chekasan..
Ruh javob qaytarar:-
-Sen, yetarlicha sev...
J. Rumiy
R
Shokir Dolimov
01.10.2011, 11:48
Ҳеч шубҳа йўқ-ки, устознинг ҳар бир сўзи ўз шогирди учун пурмаъно ҳикматдир. Қуйида устозларимнинг профессионаллик ва ватанпарварликка даъват этувчи айрим фикр-мулоҳазаларини келтириб ўтмоқчиман. Улар «кўринмас фронт жангчилари» бўлишгани сабабли, исмлари, ушбу ўгитларини қайси тадбирда айтишгани ёки қайси ҳужжатларда акс эттирилганлигини, таассуфки, айта олмайман. Уларнинг барчасини Устоз ва мураббийлар куни билан чин қалбимдан табриклайман
Ҳарбий унвон нечоғлик баланд экан, унвон соҳибининг профессионаллик савияси ҳам шу қадар юқори бўлиши керак.
Ҳар қандай халқ ва давлат бошидан кечирадиган фожиа, аксарият ҳолларда, унинг маънавиятига путур етишидан, онгига ёт ғоялар-у, қадриятлар сингдирилишидан ва бундай ғояларни ҳаётга татбиқ этиш учун номақбул усуллар жорий этилишидан бошланади. Бинобарин, халқнинг маънавий руҳини, ўз олдига тарихий вазифалар қўйиб, ҳал эта олиш қобилиятини ифодалайдиган маънавий хавфсизликнинг таъминланиши устувор вазифага айланиб қолади.
Ҳарбий санъат ҳеч қачон бир жойда қотиб қолмайди. Истаймиз-ми, йўқ-ми, қуролли кураш олиб боришнинг шакл ва усуллари мунтазам янгиланиб, ўзгариб бораверади. Уруш ва ҳарбий можаролар тажрибаси, фан ва техника соҳасидаги ютуқлар ҳарбий санъат ривожига туртки бериши муқаррар. Бунга тарихнинг ўзи шоҳидлик бермоқда.
Тарих, айниқса ҳарбий тарих буз учун шунчаки ҳавас, «кечаги кунга» ҳурмат эмас, у биз учун юксак маънавий руҳни шакллантириш манфаатида қўлланиладиган қудратли қуролдир.
Nigora Umarova
07.10.2011, 13:39
San'atning mohiyatini uning ishlab chiqarish effekti(samarasi)da ekanligini e'tirof etib, bundan esa "san'atning qiymati go'zalligida emas, balki kerakli ta'sir kuchiga ega bo'lishidadir", deya xulosa qilguvchi faylasuflar haqdirlar. Modomiki, samaraning o'zi samarali ta'sir kuchiga ega emas ekan, u hech bir ma'no kasb etmaydi. Agar sa'nat faqat ijodkorning ko'ngilxushligi uchun yaratiladigan bo'lsa, garchand u qay darajada balandparvoz, ko'tarinki ruhda bo'lmasin, undan jamiyatga manfaat kam bo'ladi: bunday asarlarning me'moriy obidalarning haybatli gumbazini yelkasida tutib turuvchi ulkan ustunlar peshtoqiga qo'ndirilgan mitti haykalchalardan farqi yo'q: zero, bu mitti haykalchalar o'zining xilma-xil ko'rinishlari, nafisligi bilan ko'zlarimizni quvontiradi, biroq ularda hech bir ijtimoiy foydali yuk, vazifa bo'lmaydi. Agar san'at kishilarni biror bir ezgi harakatga chorlamas, da'vat qilmas ekan, u bor-yo'g'i sohibi aql-intellektuallar uchun afyun bo'lib qolaveradi.
Somerset Moem
Nigora Umarova
08.10.2011, 14:45
Mening o'zim haqimda odamlarning nima deyishi-yu, nimani o'ylashlari ham qiziqtirmaydi. Odamlar istaganlarini o'ylayversinlar. Albatta, kimgadir manzur ekanliging kishiga yoqimli kayfiyat, rag'bat beradi, ammo yoqtirishmasa, nailoj, zorimiz boru zo'rimiz yo'q.
***
Muhtaram keksa kishi yoshlar uchun, baayni bir cho'qqidirki, uning muloqotiga noil bo'lish, bamisoli o'sha cho'qqini zabt etish kabidir.
***
Ahmoq kishi keksayib aqlli bo'lib qolmaydi.
***
Insonlarning iztirobini yengillatishga xizmat qilmas ekan, faylasufning har qanday gapi puchdir.
("Yetmish yoshimda")
***
Bir kuni mendan: "Hayotingizni qayta boshdan yashashni istarmidingiz?"-deb so'rab qolishdi. Nimayam derdim, umuman, mening hayotim juda yaxshi kechdi, aytishim mumkinki, ayrimlarga taqqoslaganda a'lo darajada yashadim. Biroq, shunday bo'lsa-da, uni qaytadan yashab ko'rishda hech bir mantiq yo'q, deb hisoblayman. Bu xuddi ilgari bir necha bor o'qib chiqilgan detektiv romanni qayta mutolaa qilish kabi zerikarli yumush bo'lur edi.("To'qson yillik yubileyimga")
Somerset Moem
*** Insonlarning iztirobini yengillatishga xizmat qilmas ekan, faylasufning har qanday gapi puchdir.
Alloh rozi bo'lsin, :)
Shunga o'xshash bir hikmatni eslatdi, hozir.
"Qiyomatga bir kun qolganida ham, insonlarni ezgulikka chorlab, ularga hayotning go'zal ekanligini anglatib yashashdan qaytmaslik kerak". Bir ustozimiz aytgandilar buni...
Nigora Umarova
10.10.2011, 13:54
Alloh rozi bo'lsin, :)
Shunga o'xshash bir hikmatni eslatdi, hozir.
"Qiyomatga bir kun qolganida ham, insonlarni ezgulikka chorlab, ularga hayotning go'zal ekanligini anglatib yashashdan qaytmaslik kerak". Bir ustozimiz aytgandilar buni...
Kavsaroy, S. Moemning hikmatlaridagi fikrlar qaysidir jihatdan Ahmad Yassaviyning ham hikmatlarini eslatdi.
albatros
14.10.2011, 01:30
Baxt haqida allomar o'giti.
Baxt besabr odamlarga ko‘p narsalarni pullab qoladi-yu, sabrlilarga ularni tekinga beradi.
F. BEKON
Agar faqat baxtli bo‘lishgina maqsad qilib qo‘yilsa, bunga tezda erishish mumkin. Lekin odamlar ko‘pincha boshqalardan ko‘ra baxtliroq bo‘lishni istay-dilarki, buning deyarli iloji yo‘q, chunki aslida bizga o‘zgalarning baxti hamisha ko‘proq bo‘lib ko‘rinadi.
Sh. MONTESKYE
Agar siz o‘zingizni baxtli deb bilsangiz, baxtingizni tekshirmang: bu — nafis kapalakning go‘zalligini yaxshiroq ko‘rish niyatida uni burdalab tashlash bilan barobar.
P. MANTEGASSO
Izlaganimiz ajoyib narsa yonimizda bo‘lganligini biz doim kechikib tushunamiz.
A. BLOK
...Baxt sotilmas va kimki agar
Ter to‘kishga bo‘lolsa molik,—
Shunda tole bo‘lur jilvagar,
Shurda shodlik qilur oshnolik.
MIRZA SHAFIY
Boshqalarning baxtini o‘ylab, o‘z baxtimizni ham topamiz.
AFLOTUN
Baxtning zarur tarkibiy qismi — bu to‘g‘ri yashayotganingga, ortingda xudbinlik, qallob-lik, makkorlik, zararkunanda-lik va yana shunga o‘xshash boshqa bir razilliklar yo‘qligiga qat’iy ishonishingdir.
A. S. MAKARENKO
Shokir Dolimov
16.10.2011, 11:39
У ёки бу мавзу муҳокама қилинаётганида рафиқам доно халқимизнинг турли мақол ва нақлларни қистириб ўтиш устасидир. Кеча кечқурун телефон орқали онаси билан аллақайси бир қариндошининг хатти-ҳаракатларини «атиги» ярим соат муҳокама қилар экан, мен муқаддам эшитмаган, ўтирган жойимда ҳайрон қолдирган қуйидаги учта нақлни ишлатди:
Кўрга кўрсатиб, карга эшиттириб қоч;
Лайлакка тенг келаман деб, чумчуқ човини йиртиб олибди;
Отга таққа қоқилаётганида эшак ҳам оёғини кўтарган экан.
"Ayollar, erkaklarga berilgan Allohning omonati. Omonatni sog'-salomat asrash kerak".
Ustoz Tohir Malik.
"Imon - insonga beriladigan, ammo yo'qotib qo'yish xavfi bo'lgan saodat. Uni nol nuqtaga olib bormaslik kerak."
Ustoz Tohir Malik.
Nigora opa, haliyam uchrashuvdagi taassurotlar bilan yuribman. ))
U yerda aytilgan shu ikki hikmat bir umr yodimdan chiqmasa kerak. Juda yoqdi menga ustozni fikrlari. :)
Nigora Umarova
24.10.2011, 17:09
Nigora opa, haliyam uchrashuvdagi taassurotlar bilan yuribman. ))
U yerda aytilgan shu ikki hikmat bir umr yodimdan chiqmasa kerak. Juda yoqdi menga ustozni fikrlari. :)
Буни билиб Сиз учун яна бир шундай учрашув ташкил этдик (http://uforum.uz/showthread.php?p=631604#post631604), сингилжоним.
Nigora Umarova
24.10.2011, 17:13
"Imon - insonga beriladigan, ammo yo'qotib qo'yish xavfi bo'lgan saodat. Uni nol nuqtaga olib bormaslik kerak."
Ustoz Tohir Malik.
Менга муҳтарам ёзувчимизнинг инсоннинг иймонини кардиограмма чизиқларига ташбеҳ қилишлари ёқди.
Инсон ҳаёт экан унинг иймонланиш даражаси кардиограмма чизиқлари сингари гоҳ юқорига кўтарилиб, гоҳ пастга тушиб инсон иродасини чиниқтиради.
Ҳеч биримизга умримиз сўнгида шайх Санъондек кетиш насиб этмасин...
Тоҳир Малик
Nigora Umarova
25.10.2011, 12:11
Ҳар бир айтилган сўз тескари маъно уйғотади.
***
Бурчинг нима ўзи у? Шу куннинг талаби.
***
Одам ҳеч қачон алданмайди, ўзини ўзи алдайди, холос.
Йоҳанн Вольфганг Гёте
Biz, holbuki o'z qalbimizni taniganimiz yo'q, o'zganing qalbini qaydan bilardik?
albatros
28.10.2011, 10:39
Har ishning o'rtachasi yaxshidur. Do'stingga ishonsang, o'rtacha ishon, chunki bir kun kelib u seni dushmaningga aylanishi mumkin. Dushmaningdan ham haddan ortiq nafratlanma. Chunki bir kun kelib u senga do'st bo'lib qolishi mumkin.
Tulqin Eshbekov
30.10.2011, 05:29
Ҳар кимга айтаверсанг дардингни,
Йўқотиб қўясан қадрингни...
Олқор Дамин.
Dedilar: "Malomat olish salomatlikning belgisidir".
Tulqin Eshbekov
31.10.2011, 05:19
Донолар сўзига қулоқ солмасанг,
Энг нодон сендирсан, билгил билмасанг!
(Мактабимизда шиордек ёзиб қўйилган битик).
Чанкок колинг... Жохил колинг...
Стив Жобс
Чанкок колинг... Жохил колинг...
Стив Жобс
изохи бор. излаб курадиганлар булса, деб атай келтирмадим....
Kahramon Jalilov
31.10.2011, 22:56
изохи бор. излаб курадиганлар булса, деб атай келтирмадим....
Ruscha yoki inglizcha variantini bering, luchshe!!!
Tulqin Eshbekov
01.11.2011, 06:26
Ҳар кимки ҳаётдан олмаса таълим, унга ўргатолмас бирор муаллим...
Behzod Saidov
01.11.2011, 15:26
изохи бор. излаб курадиганлар булса, деб атай келтирмадим....
Ruscha yoki inglizcha variantini bering, luchshe!!!
Steve Jobs 2005-yilda Stenford universiteti bitiruchchilari uchun so'zlagan nutqi (http://news.stanford.edu/news/2005/june15/jobs-061505.html)ni shunday tugatgan edi. Originalda:
Stay Hungry. Stay Foolish.
Aytgancha, bu so'zlar Jobsning o‘ziga tegishli emas. U yoshligida o‘qigan "The Whole Earth Catalog" nomli kitobdan olingan.
Bobir Samadov
03.11.2011, 19:29
Хар кандай саволга жавоб берса булади, факат у тугри берилса бас!
Афлотун
Tulqin Eshbekov
04.11.2011, 06:29
факат у тугри берилса бас!
Саволга тўғри жавоб бериш учун аввало тегишли манбани ўқиб кўриш шарт! Афсуски, баъзилар эшитганини гапиради... Масалан, "бакалавр қайси даражадаги маълумот?" деган саволимга кўпчиликдан шундай бемаъни, тутуриқсиз жавоб эшитдим: "тугалланмаган олий..."
Ахир, "тугалланмаган" дегани - тугата олмаган, эҳтимолки, ҳайдалиб кетган... деган маънони билдиради-ку.
Бу саволга тўғри жавоб "Таълим тўғрисида"ги қонунда, Кадрлар тайёрлаш Миллий дастурида аниқ ёзиб қўйилган!
"Таълим тўғрисида"ги қонунда, Кадрлар тайёрлаш Миллий дастурида аниқ ёзиб қўйилган!
Уша ёзиб куйилган "хикматли" сузларниям келтириб утмабсизда...
Tulqin Eshbekov
05.11.2011, 02:05
"хикматли"
Ҳикматли сўзларни донишмандларнинг бебаҳо маънавий хазинасидан излаш керак! Мен юқоридаги гапни мавриди келганида эслатиб қўйдим-да. Эзгу саъй-ҳаракатлар том маънода тугал бўлсин-да! :)
Nigora Umarova
05.11.2011, 09:52
So'zni avaylab-asrash kerak. Menga qolsa, So'z qurumsoqlikni yoqtiradi, derdim. Agar So'z xuddi kechasi-yu kunduzi oqib yotgan suv misoli isrof qilinsa, So'zning har bir misqoli qadrsizlanmasa, So'z tejab-tergab ishlatilmasa, o'z kuchini yo'qotadi-jonsiz bo'lib qoladi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan beri yashab kelayotgan qonuniyatga binoan, o'z so'zining ustidan chiqmaydigan inson beburd hisoblanadi va unga hech kim ishonmaydi.
Chingiz Aytmatov
Чанкок колинг... Жохил колинг...
Стив Жобс
"...Когда я был молод, я прочитал удивительную публикацию «Каталог всей Земли», которая была одной из библий моего поколения. Там была фотография дороги ранним утром, типа той, на которой вы, может быть, ловили машины, если любили приключения. Под ней были слова: «Оставайтесь голодными. Оставайтесь безрассудными». И я всегда желал себе этого. И теперь, когда вы заканчиваете институт и начинаете все заново, я желаю этого вам.
Оставайтесь голодными. Оставайтесь безрассудными.
Всем большое спасибо."
Стив Джобс, из речи перед выпускниками Стэнфорда в 2005-м
Gulchehra Ibragimova
15.11.2011, 19:36
Ne tongki, har qanday odam qancha qo‘yi borligini hech bir qiyinchiliksiz ayta oladi-yu, lekin hamma ham nechta do‘sti borligini sanab berolmaydi. Nahotki, do‘stlar shunchalik qadrsiz bo‘lsa?
********
Mardlik taqdir zarbalarini pisand etmaydi.
DEMOKRIT
(Ziyouz.komдан олинди..раҳмат.)
Sharm-hayo hamma yaramas ishlardan tiyadi,
Uyatsizlik kishi uchun juda yaramas illatdir.
Rostlik, sharmu hayo hamda go‘zal xulq,
Uchalasi biriksa, bu sevinch demakdir.
Yana biri — soflik va rostfe’llik, bo‘lar,
Ikki olamda kishini baxtiyor qiladi.
Kim yaxshilik qilsa, yaxshilik topadi,
U jabru sitamlarga qaramaydi.
Kimda kim yomonlik kurib, yaxshilik qilsa,
Ey ezgu kishi, men seni orzu qilaman,
Ey ezgu, senga kim tuyadi, aytib ber menga
Endi beri kel, men senga juda chanqoqman.
Yoru do‘stlarning ko‘nglini sindirma, yukini ko‘tar,
Kishi ko‘ngli yupqa shisha misoldir,
Uni ehtiyot qil, qo‘zg‘atma, sinadi.
Kishining ko‘ngli qolsa, halovat ketadi,
Yaqinlik uziladi, foyda yiroqlashadi.
Yaqinlik istasang, ko‘ngil olgin, ko‘ngil
Ko‘ngil sinsa, yaqinlik ketadi.
Yusuf Xos Hojib
Gulchehra Ibragimova
17.11.2011, 15:11
«Ҳаёт узунлиги билан эмас, балки мазмуни билан ўлчанади».
Сенека
Non omnis error stultitia est. (Лотин маколи)
Рус тилида Не всякая ошибка - глупость, узбекчага таржима килиб курингчи
Shokir Dolimov
18.11.2011, 20:40
Non omnis error stultitia est. (Лотин маколи)
Рус тилида Не всякая ошибка - глупость, узбекчага таржима килиб курингчи
Ҳар қандай саҳв ҳам аҳмоқликка киравермайди.
Phantomzero
20.11.2011, 01:36
Хазрат А.Навои сатрлари:
Инсон борки, инсонларнинг накшидир
Инсон борки, ундан хайвон яхшидир
Асли бундай эмасми:
Одам борки, одамларнинг нақшидир,
Одам борки, ҳайвон андин яхшидир.
Bobir Samadov
20.11.2011, 16:59
Дарахт ер, инсон дусти билан!
Ўзимга ўзимдай дўст, ўзим каби душман тополмадим.
Ҳазрати Али р.а.
albatros
21.11.2011, 14:31
Shuni bildimki...
"Bildim" deganlar,
Bilmas ekanlar, bilmasliklarini.
* * *
Do'sting qo'lingga,
Yoring husnigga,
Onang esa yo'lingga qaraydi.
* * *
Ey nodon...
Bolang aytganingni emas,
Qilganingni qiladi.
* * *
Qani edi
Pul sanayotgandagi zavq bilan
Do'stlaringni ham sanay olsang...
F. Afruz
Gulchehra Ibragimova
21.11.2011, 17:13
Haddidin oshganga loyiqdir jazo
Румий
Муҳаббатдан муҳаббат бўлди пайдо,
Муҳаббатсиз кишидин қоч, Ҳувайдо!
Қишлоқнинг қозиси бўлгунча, шаҳарнинг тозиси бўл!
Кишининг зийнати ўндир,
Бири ўзи-ю тўққизи тўндир.
Оталар сўзидан
Bobir Samadov
26.11.2011, 13:49
Ўзингга ёқмаган ишнинг бир хайри бор... Имзоингиз яхши чикибди +1
Masud Mahsudov
28.11.2011, 08:04
Ким, кучук бирла хўдукка неча қилсанг тарбият,
Ит бўлур, доғи эшак, бўлмаслар асло одами.
Алишер Навоий, "Хазоинул маоний"дан
Bobir Samadov
28.11.2011, 14:37
"Букрини гур тузатади"
Кўп бемаза сўзлайдиган эзма кечалари тонг отгунча тинмай ҳурадиган итга ўхшайди.
***
Ҳазрат Навоий айтганларидай:
Олдига келганин қайтармай емоқ аслида ақли йўқ ҳайвоннинг иши.
Оғзига келганин қайтармай демоқ фосиқ-у нодон инсоннинг иши.
Nigora Umarova
28.11.2011, 16:33
So'zdurki nishon berur o'lukka jondin,
So'zdurki berur xabar jong'a jonondin.
Insonni so'z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo'q ondin.
Alisher Navoiy
Gulchehra Ibragimova
06.12.2011, 12:10
"Болали қарғага дон тегмас"..
Fikr.uzдаги бир мақолада ўқиб қолдим..Билмадим, ўзбек халқ мақоли бўлса керак..Ўзи қисқа, аммо мушоҳада қилиб кўрилса..мантиқан топиб айтилган экан..
Шариатсиз киши учса ҳавоға,
Кўнгил қўйманг анингдек худнамоға.
Ҳавоға учса монанди чибиндур,
Ани ҳодий дема шайтони диндур.
Шариатсиз киши гар ютса ўтни,
Ҳаво ўртасида минса булутни.
Қачон топғон эрур қурбат идини,
Валий билманг тақи андоғ кадини....
Шариатга киши ким бўлса мункир,
Гумон йўқдур, бўлур албатта кофир.
Киши бўлмас муқарраб анбиёдин,
Алар безор эрур ужбу риёдин.
Кугарилмади ўлгунча алардин,
Худо ҳаргиз кўтармас ўзгалардин. («Саботул-ожизин». Сўфи Оллоёр)
Zohiring begonayu botinda bo'l ogoh har nafas,
Sendayin ozoda raftorga jahon qilgay havas.
Bu bir matematikni hayotda qo'llaydigan oddiy hikmati ekan:
0 = 0
3*yaxshilik = 2*yaxshilik + yaxshilik.
0 = 0 3*yaxshilik = 2*yaxshilik + yaxshilik. matematikani chummiydiganlaga ushbu forumullani chuntirib beriyla.:(
matematikani chummiydiganlaga ushbu forumullani chuntirib beriyla.
Salom, hurmatli Durian! Qo'limdan kelguncha izoh berishga harakat qilaman. Tushunishim bo'yicha: "Arpa ekilgan joydan bug'doy unmaydi" maqoliga to'g'ri kelsa kerak. Hayotda yaxshilik mevasidan tatimoqchi bo'lsangiz, oldin yaxshilik niholini eking, chunki matematikada 0 hamisha 0 ga teng. 3 karra yaxshilik ertami kechmi 3 karra yaxshilikni olib keladi deyilmoqchi shekilli.
Bu hikmatni antiqaligi va e'tiborimni tortgan jihati hayotni matematik formula asosida tasavvur qilinganligi.
Salom, hurmatli Durian! Qo'limdan kelguncha izoh berishga harakat qilaman. Tushunishim bo'yicha: "Arpa ekilgan joydan bug'doy unmaydi" maqoliga to'g'ri kelsa kerak. Hayotda yaxshilik mevasidan tatimoqchi bo'lsangiz, oldin yaxshilik niholini eking, chunki matematikada 0 hamisha 0 ga teng. 3 karra yaxshilik ertami kechmi 3 karra yaxshilikni olib keladi deyilmoqchi shekilli. Bu hikmatni antiqaligi va e'tiborimni tortgan jihati hayotni matematik formula asosida tasavvur qilinganligi. Alayka salom.
Falsafa fani bo'yicha nomzodkamasmisiz mabodo?:) Judayam falsafiy izoh berib yubordiz.
Ha matematikada 0 har doim 0 bo'ganidey, 1 har doim 1 ku, yo boshqa narsami?:)
Yaxshilik va savop har doim O'zi uchun qilinsa, albatta zoe bo'maydi. Shunchun yaxshilik mevasini O'zi uchun ekish kerey, shunda bu yerda nasib qimasayam, boshqa joyda nasib qiladi, bu to'chniy gap.:)
Ha matematikada 0 har doim 0 bo'ganidey, 1 har doim 1 ku, yo boshqa narsami?
Juda to'g'ri tushunibsiz, filolog bo'lsam-da, shu fikrni ixcham berolmadim.
1 = 1 ga bo'lsa, -1 = -1 ga buladi demak. :)
albatros
08.12.2011, 14:20
Juda to'g'ri tushunibsiz, filolog bo'lsam-da, shu fikrni ixcham berolmadim.
1 = 1 ga bo'lsa, -1 = -1 ga buladi demak. :)
Nyutonning qonuni ham aynan ushbu fikrni tasdiqlaydi. Ya'ni jism yoki biror bir manbaga qanday kuch bilan ta'sir qilsa, u ham shunday kuch bilan ta'sir qiladi:
F = -F
Bobir Samadov
08.12.2011, 20:19
Агар бировга яхшилик килиш кулингдан келмаса, ёмонлик килма!
Yaratgan qachon qaysi qalbga nazar qilishini bilmaymiz. Shu bois, hech kimning ko'nglini qoldirmaylik..
(c)
ilm o'rgat yoki o'rgan, uchinchisi bo'ma.:cool:
Gulchehra Ibragimova
12.12.2011, 09:42
Hammaga do`st bo`lgan odam hech kimga do`st emas.
Arastu
Gulchehra Ibragimova
12.12.2011, 09:44
• Yiqilmoq ayb emas, yiqilib qolmoq - ayb.
• Ko'zlar o'zlariga, quloqlar boshqalarga ishonadilar.
• Qadah ichiga dengizga g'arq bo'lganlardan ko'p kishi g'arq bo'ladi.
Nemis maqollari
Nigora Jumaeva
12.12.2011, 15:04
Har qachon va har yerda
sen har kim bo'lishing mumkin -
ammo hech qachon va hech qayerda hech kim bo'lib qolmaysan...
Gulchehra Ibragimova
12.12.2011, 17:18
***
• Mix taqani asraydi, taqa - otni, ot - mardni, mard - Vatanni.
• Jinni hammani telba deb o’ylaydi.
• “Yo’q”ni eksang, “hech narsa” o’rasan.
Ozarbayjon maqollari
Shavkat` Xo`jaqulov
12.12.2011, 20:35
Қобилятлиларни эмас, ўз қобилятидан фойдалана биладиганларни қадрлаш керак.
Ф. Ларошфуко
француз ёзувчиси
Bahsu munozarada g'olib bo'lishlik aslida mag'lubiyat alomatidir.
Tulqin Eshbekov
13.12.2011, 07:18
Бахтнинг қадрига етмоқлик учун ўзингни бахтсизлик гирдобига ташлаб кўр (хаёлан бўлса-да). (Ушбу мазмундаги ҳикматли гапни бир пайтлар қайси адабиётда ўқиганимни эслай олмадим, узр). Шунда кўраётган кунингга шукроналар қиласан.
albatros
13.12.2011, 14:44
Hayotdan hech qachon qilmaymiz gina,
Savol bersak hamki, kajraftor jimdir.
Ukajon, aslida o'lim-ku NIMA,
Ammo bevaqt o'lim hamisha KIMDIR.
U.Azim.
Shavkat` Xo`jaqulov
13.12.2011, 17:26
Доимий ташвиш, меҳнат, кураш, йўқчилик - бу ҳаётий зарур шар-шароитлардир, лоақал биронта одам ҳам булар ҳақида ўйлашдан ўзини бир дақиқа ҳам четга олмаслиги керак... Ҳалол яшамоқ учун интилмоқ, адашмоқ, уринмоқ, янглишмоқ, ниманидир бошламоқ ва ташлаб қўймоқ ва яна бошлаб, яна ташлаб қўймоқ, доимо курашмоқ ва йўқчиликка чидамоқ керак. Лоқайдлик ва умидсизлик - руҳий пасткашликдир!
Л. Толстой
Dardni dard ahli tushunaydir, oshiqni oshiq ahli.
Shukrli bo'lish berilgan ne'matlarning ne'mat ekanini anglashdan boshlanadi.
Уинстон Черчилль: «Сделанное тобой к тебе же и вернется».
Дўст билан душманни қўлдан давлатинг кетганда кўр.
Ё бирор дамда мусибат бошига келганда кўр.
Дўст ҳамиша биргадир яхши-ёмон ҳар лаҳзада,
Лек ғанимингнинг боши осмон қадар етганда кўр.
Ҳожиё, арпа экиб, буғдой ололмас ҳеч киши,
Ҳар киши ўз қилмишин фарзандидан топганда кўр.
Dardni dard ahli tushunaydir, oshiqni oshiq ahli. Dardizni chundim.:)
Bobir Samadov
19.12.2011, 21:26
Nima eksang-shuni o'rasan!
Hayot ustidan faqat uning zarbini totgan insongina kulishi mumkin.
Bobir Samadov
20.12.2011, 10:55
Hammaga bir xil yoqishga harakat qiladigan inson-juda xavfli insondir!
Hammaga bir xil yoqishga harakat qiladigan inson-juda xavfli insondir! Nimasi bu yerda hikmat?:(
Kim neni izlasa topgay begumon, hikmat izlaganga, hikmatdir dunyo.
Shu hikmatni aniq muallifini aytolmaysizlarmi? Qaysi asarda uchraydi, juda yoqtiraman, ammo muallifi hech yodimda turmaydi.
Bobir Samadov
20.12.2011, 14:48
"Кто ищет миллионы, редко их находит, а кто не ищет - не находит никогда"
Оноре де Бальзак
workerbeeviii
20.12.2011, 14:57
Kim neni izlasa topgay begumon, hikmat izlaganga, hikmatdir dunyo.
Shu hikmatni aniq muallifini aytolmaysizlarmi? Qaysi asarda uchraydi, juda yoqtiraman, ammo muallifi hech yodimda turmaydi.
Захириддин Бобур деган шоир утган кадимда, уша киши буладилар муаллифи.
Мумтоз адабиётимиз дурдоналаридан хам мутоаала килиб туриш кереде...
workerbeeviii
20.12.2011, 15:09
"Кто ищет миллионы, редко их находит, а кто не ищет - не находит никогда" Оноре де Бальзак
Оддий хакикатку бу, нимаси хикмат? Агар Оноре де Бальзак деган ёзуви булмаганида ёш болани гапи деб уйларди укиган одам.
Иқтибос:
Kavsar дан хабар
Kim neni izlasa topgay begumon, hikmat izlaganga, hikmatdir dunyo.
Shu hikmatni aniq muallifini aytolmaysizlarmi? Qaysi asarda uchraydi, juda yoqtiraman, ammo muallifi hech yodimda turmaydi.
Захириддин Бобур деган шоир утган кадимда, уша киши буладилар муаллифи.
Мумтоз адабиётимиз дурдоналаридан хам мутоаала килиб туриш кереде...
Миллион ва ундан зиёда узр сўраган ҳолда айтаманки, ушбу сатрлар Ўзбекистон халқ шоири Сирожиддин Саййид қаламига мансуб-ку?
Shokir Dolimov
20.12.2011, 21:33
Kim neni izlasa topgay begumon, hikmat izlaganga, hikmatdir dunyo. Shu hikmatni aniq muallifini aytolmaysizlarmi? Qaysi asarda uchraydi, juda yoqtiraman, ammo muallifi hech yodimda turmaydi
Зулмат излаганга зулматдир дунё,
Ѓурбат излаганга ѓурбатдир дунё,
Ким неки изласа топгай бегумон,
Ћикмат излаганга ћикматдир дунё.
Ушбу ћикматни А. Навоийнинг ќаламига мансуб, деб ўйлаб юрган эканман.
Зулмат излаганга зулматдир дунё,
Иллат излаганга иллатдир дунё,
Ғурбат излаганга ғурбатдир дунё.
Ким неки изласа, топгай бегумон,
Ҳикмат излаганга ҳикматдир дунё.
Иллат излаганга иллатдир дунё,
Ғурбат излаганга ғурбатдир дунё.
Ким неки изласа, топгай бегумон,
Ҳикмат излаганга ҳикматдир дунё.
Sadriddin Salim Buxoriy domlani (shoir edilar Alloh rahmat etsin) shunday bir she'rlari borligini eshitgandim. Afsuski, o'sha she'riy to'plam hozir menda yo'q. TV da ham takror aytishadi. Lekin ko'pchilik bu baytlar muallifini boshqa odam diyishadi. Yaxshi she'r, lekin muallifi kimligini aniq bilmayapman. Aynan shu baytni so'ragandim, shu she'r o'zi kimga tegishli? Bilsalaringiz manbasi va nashr etilgan yili bilan beringlar iltimos. Oldindan rahmat.
Aytgancha, hikmatimiz to'liq variantini topganidan xursandman, tashakkur..
Nigora Umarova
21.12.2011, 10:13
Sadriddin Salim Buxoriy domlani (shoir edilar Alloh rahmat etsin) shunday bir she'rlari borligini eshitgandim. Afsuski, o'sha she'riy to'plam hozir menda yo'q. TV da ham takror aytishadi.
TVda aytishganida o'z quloqlarim bilan aniq eshitganman. Muallifini Xoja Ahror Valiy, deyishgan.
Masud Mahsudov
21.12.2011, 13:51
Sadriddin Salim Buxoriy domlani (shoir edilar Alloh rahmat etsin) shunday bir she'rlari borligini eshitgandim. Afsuski, o'sha she'riy to'plam hozir menda yo'q. TV da ham takror aytishadi.
TVda aytishganida o'z quloqlarim bilan aniq eshitganman. Muallifini Xoja Ahror Valiy, deyishgan.
TV da ham xato ketishi mumkin-ku, ma'lumotlar...
albatros
21.12.2011, 14:47
Sadriddin Salim Buxoriy domlani (shoir edilar Alloh rahmat etsin) shunday bir she'rlari borligini eshitgandim. Afsuski, o'sha she'riy to'plam hozir menda yo'q. TV da ham takror aytishadi.
TVda aytishganida o'z quloqlarim bilan aniq eshitganman. Muallifini Xoja Ahror Valiy, deyishgan.
Ushbu to'rtlik va uning muallifi haqida ba'zi saytlarda ham ma'lumotlar uchrab turadi. Mana ularning ayrimlari:
1.http://www.oilavajamiyat.uz/cgi-bin/main.cgi?lan=u&raz=0&nom=40&id=584 ;
2.http://www.buxoronoma.uz/cgi-bin/main.cgi?lan=u&raz=4&id=3609 ;
Rahmat, Albatros. Sadriddin Salim Buxoriynikiligi rost ekan, Buxoronoma gazetida berilgan bo'lsa, bunga ishonaman. :)
Rahmat, Albatros. Sadriddin Salim Buxoriynikiligi rost ekan, Buxoronoma gazetida berilgan bo'lsa, bunga ishonaman. Allah rahmat qilsin Sadriddin aka ahli tasavvuf bo'lganlar. Shunchun Ho'ja Ahror Valiyni ijodidan olgan bo'lishlari mumkin.
Zotan ulug' avliyolarning har bir gapi hikmatdir.:)
Sizlargayam rahmat, aniqlashtirib berganlariz uchun. Yana bir hikmat yodimga keldi.
Dunyoni go'zallik qutqaradi degan, muallifi adashmasam agar Dostayevski edilar.
Dunyoni faqat yaxshi niyatlarga, yaxshiliklarga o'raylik..
Uforum kundan-kun yaxshilanib borayapti, ijodlarda hammaga muvaffaqiyatlar tilayman... :)
Tulqin Eshbekov
23.12.2011, 04:43
Shunchun Ho'ja Ahror Valiyni ijodidan olgan bo'lishlari mumkin.
У ҳолда шоир манбани кўрсатиб ўтиши лозим эди.
Muallifini Xoja Ahror Valiy, deyishgan.
Аниқ манбасини кўрганмисиз?
Тўртлик ғоят пурмаъно! Мен ҳам ўрни келганида уни мароқ билан тилга оламан. Фақат, муаллифи масаласида салгина иккиланаман. Лоақал, "Ўзбекистон адабиёти ва санъати" каби газетада ўқисанг бошқа гап эди... Бу газетада раҳматли Садриддин аканинг шеърлари чиқиб турарди.
Nigora Umarova
23.12.2011, 10:15
Muallifini Xoja Ahror Valiy, deyishgan.
Аниқ манбасини кўрганмисиз?
Тўртлик ғоят пурмаъно! Мен ҳам ўрни келганида уни мароқ билан тилга оламан. Фақат, муаллифи масаласида салгина иккиланаман. Лоақал, "Ўзбекистон адабиёти ва санъати" каби газетада ўқисанг бошқа гап эди... Бу газетада раҳматли Садриддин аканинг шеърлари чиқиб турарди.
Eshitgandim, TV orqali. ;)
Hozirgina shoir Jamol Kamol bilan telefon orqali suhbatlashganimda, Jamol aka Xo'ja Ahrorda bunday to'rtlik yo'qligini va bu to'rtlik yozilish uslubi jihatidan Sadriddin Salim Buxoriyga yaqinligini ta'kidladilar.
Ilmda aniqlik borligi yaxshi. Odam endi Tvda ko'rgan va eshitgan lavhalarga ham shubha bilan qaraydigan bo'ldi.
Gulchehra Ibragimova
23.12.2011, 16:26
Rahmat, Albatros. Sadriddin Salim Buxoriynikiligi rost ekan, Buxoronoma gazetida berilgan bo'lsa, bunga ishonaman. :)
мана бунга (http://tib.uz/contentmore/476)ҳам эътибор қаратсангиз илтимос..
Bu misralar aniq O'ktam akaniki emas. Undan keyin Jamol Kamoldan Huja Ahror Valiy ijodi haqida ma'lumot olishlik g'alati. man Hudo hohlasa yurtimizda tasavvuf adabiyoti bilan yaxshi tanish Sayfuddin Sayfulloh, Mirzo Kenjabek, Bahriddin Umurzoq okahonlardan surab beraman.
Тўртлик ғоят пурмаъно! Мен ҳам ўрни келганида уни мароқ билан тилга оламан. Фақат, муаллифи масаласида салгина иккиланаман.
Сиз-а?
Нуфузли университетнинг домласи-я?
Таассууууууууууффффффф!!!!!!!!!!!!!!
ллат излаганга иллатдир дунё,
Ғурбат излаганга ғурбатдир дунё.
Ким неки изласа, топгай бегумон,
Ҳикмат излаганга ҳикматдир дунё.
Садриддин Салим Бухорий
мана бунга ҳам эътибор қаратсангиз илтимос..
Assalomu alaykum, Gulchehra opa, ko'rib chiqdim, rahmat. Lekin Buxoronoma.uz saytining bergan ma'lumotiga ko'proq ishonaman. Sababi u davlatning rasmiy gazetasi va redaktori ham shoir, ustozim bo'ladilar. U kishi hech vaqt xato ma'lumot ketib qolishga yo'l qo'ymaydigan o'z ishiga mas'uliyatli jonkuyar bo'lganliklaridan kelib chiqib shunday xulosa qilgandim. Tib.uz ni esa birinchi marta ko'ryapman, hamma saytlarga ham ishonib ketolmayman...
Sadriddin Salim Buxoriy domla buxorolik shoir bo'lsalar, u kishining she'rlari haqida Buxoronoma gazetasi adashishi mumkin emas menimcha.
Tulqin Eshbekov
24.12.2011, 06:21
Сиз-а?
Ўқимишли одам тегишли мавзуни то манбасидан ўз кўзи билан кўриб ўқимагунича гапирмагани маъқул, деб биламан. Нуфузли университетимизнинг бирор китобида бу тўртлик чиқмаган бўлса айб мендами?
Мабодо бирор нашрда ёритилган бўлса, марҳамат кўрсатинг. Мамнун бўламан. ;)
Tulqin Eshbekov
24.12.2011, 06:26
Jamol Kamol bilan telefon orqali suhbatlashganimda, Jamol aka Xo'ja Ahrorda bunday to'rtlik yo'qligini va bu to'rtlik yozilish uslubi jihatidan Sadriddin Salim Buxoriyga yaqinligini ta'kidladilar.
Шеърият уммонидан чиқмаган таниқли шоир ҳам бирор манбада ўқимаганини эътироф этибдилар-ку. :)
Демак,
Нуфузли университетнинг домласи-я?
Таассууууууууууффффффф!!!!!!!!!!!!!!
деб таъна қилиш ортиқчадир-ов...
Nigora Umarova
24.12.2011, 09:26
Undan keyin Jamol Kamoldan Huja Ahror Valiy ijodi haqida ma'lumot olishlik g'alati. man Hudo hohlasa yurtimizda tasavvuf adabiyoti bilan yaxshi tanish Sayfuddin Sayfulloh, Mirzo Kenjabek, Bahriddin Umurzoq okahonlardan surab beraman.
DURIAN aka, Jamol Kamol Jaloliddin Rumiyning she'rlari va asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilganlar. Radiy Fishning "Jaloliddin Rumiy" romanini ham o'zbek tiliga o'girganlar. Shunday ekan ularni tasavvuf ilmidan yiroq deyishimiz to'g'rimikan?
Gulchehra Ibragimova
24.12.2011, 17:46
Aqldek xazina yo‘q, jahldek faqirlik yo‘q, odobday meros yo‘q, mashvaratdek yordamchi yo‘q.
Ali ibn Abu Tolib
Hozirgi davrda diyonat bilan taraqqiyot birga yashay olmaydi degan hato fikr, oqillar tomonidan emas, jahondagi johillar tamonidan tarqatiladi. Haqiqatda esa din poklikdir. Poklikka qurilgan ahloqdir, dinimizning asli aqldir. Quroli ilmdir.
Alihonto'ra Sog'uniy.
Ishonchli manbalardan kelgan habarga ko'ra yuqoridagi 4 lik, rahmatli Sadriddin Salim Buhoriy akamizga qalamiga mansub ekan.
Allah O'z rahmatiga olsin, Jannati va Jamoli bilan mukofatlantirsin.
Bilishini biladigan odamga ergashing, bilishini bilmaydigan odamni ogohlantiring, bilmasligini biladigan odamga orgating, bilmasligini bilmaydigan odamdan qoching.
Tulqin Eshbekov
26.12.2011, 06:19
Бир қизнинг ножўя хатти-ҳаракатларидан ҳушёр тортиб, ота-онасини суҳбатга таклиф эдим. Онаси ҳузуримга келди. У сўзларимни тинглаб, ташаккур билдиради ва қизини бу хатарли йўлдан қайтаради, деган умидда фикрларимни ётиғи билан тушунтиришга ҳаракат қилдим. Буни қарангки, онахоннинг ўзлари тап топртмасдан: "ман шунақа тарбиялаганман, уни сиз ўзгартира олмайсиз, ҳозирги ёшларни шунақа "эркинлик"ка ўргатишимиз керак" деб туриб олса, денг...
Ўша тобда доно халқимизнинг бир нечта ҳикматли сўзлари, мақоллари ёдимга тушди:
"Қуш инида кўрганини қилади..."
"Саёқ юрсанг - таёқ ейсан!"
"Тарбиясизга тарбия ҳақида гапириш бефойда..."
"Оналик шаънига иснод..."
Энг гўзали:
"Инсофни ўзига берсин!" ;)
Domla, sizni gaplarizga mos bir zarbulmasal kep qoldi:
Товус ва болалари
Товус бир кун кибр ила юрди,
Болалари юришин кўрди,
Тумшуқларин қилишиб осмон,
Унга тақлид қилдилар чунон.
"Бу не қилиқ?", деди у ёниб,
Дедилар: Биз олдик ўрганиб.
Ўзингизни тузатинг унда,
Одобимиз кўрасиз шунда.
Айтгансизку: "У ким бўлса ҳам,
Ўргатганни тутади маҳкам".
Не қилайлик, бизлар боламиз,
Ота қилган ишни қиламиз.
Ahmad Shavqiy.
Tulqin Eshbekov
27.12.2011, 08:19
gaplarizga mos
Ўша баҳсда бир педагог олим жуда ўрнида Шайх Саъдийнинг қуйидаги шоҳ сатрларини айтганида лол қолдик:
"Устоз заҳри - ота меҳридан устун!"
Ўша баҳсда бир педагог олим жуда ўрнида Шайх Саъдийнинг қуйидаги шоҳ сатрларини айтганида лол қолдик: "Устоз заҳри - ота меҳридан устун!" To'lqin domla (qachonlardiz To'lqin domla degan odam bo'lardi:) ) sizdey domlada bir ota so'zini sharzi-izohini so'ramoqchi edim. Siz bunaqa ishlarda mutahasis shekilliysiz.
"Ustoz otadan ulug' " degan hikmatli gapni sharxlab bering.
Shokir Dolimov
27.12.2011, 20:16
"Ustoz otadan ulug' " degan hikmatli gapni sharxlab bering
«Отадан» эмас «отангдай улуғ» дейилса, тўғрироқ бўлиб, шарҳлашга ҳожат қолмайди.
"Ustoz otadan ulug' " degan hikmatli gapni sharxlab bering.
Bu haqda ilgari mana bu yerda izoh yozilgandi: http://uforum.uz/showthread.php?t=14029&page=12
Bu haqda ilgari mana bu yerda izoh yozilgandi: http://uforum.uz/showthread.php?t=14029&page=12manku buni izohini bilamanu, lekin soha odamlaridan ham bir izoh so'ragan joyim edi.
0 = 0
3*yaxshilik = 2*yaxshilik + yaxshilik.
Aytgancha, bu hikmatning to'liq sharhi Fikr.uzda berildi:http://fikr.uz/posts/Maslahatlar/3678.html
Yana bir hikmatni o'qib qoldim: O'zgalar nuqsonini ko'ra bilishimiz bu bizning nuqsonimizdir.
Mavlono Rumiy
Bu haqda ilgari mana bu yerda izoh yozilgandi: http://uforum.uz/showthread.php?t=14029&page=12O'zimni versiyamni aytib o'tay.
Asliyatda to'g'risi "Ustoz otangdek ulug' " deb emas balki "Ustoz otadan ulug' " bo'lishi kerak. Buni hozirgi zamon odamlari yaxshi fahmlay olmagani uchun "otadek" bo'lishi kerak degan iddioda bo'ladilar. Buni tagiga yetishlik uchun ozgina din masalalarini bilish kerak bo'ladi.
Vaqtida bizning diyorlarimizda ustoz degan iborani, maktab domlalari yoki institut domlalariga nisbatdan emas balki din ustozlari, aniqroq qilib aytganda tasavvuf sohasida irshod vazifasini bajargan murshid, shayh, pir kabi zotlarga nisbat qilib aytishgan.
Chunki bizani diyorlar tasavvuf bulog'i bilan sug'orilgani uchun halqimiz tasavvuf shayhlarini o'z otalaridan ustun ko'rishgan. Sababi nimada?
Sababi, ota degan zot bizlarni bu foniy dunyoga kelishlikka sabab bo'lgan, bu foniy dunyoda bizlarni yaxshi inson bo'p yetishtirish uchun sayu harakatda bo'lgan zotdir.
Tasavvufdagi murshidi komilinlar esa, insonni abadiy hayot bo'lmish, ohirat hayoti uchun tadorik ko'rdirgani, bizlarni abadiy saodat uchun ta'lim tarbiya qilgani uchun ham, halqimiz "Ustoz otadan ulug' " degan haqqoniy nisbatni ustozlar uchun berishgan. O'sha davrlarda ohirat hayoti, bu foniy dunyo hayotidan ustun hisoblangan.
Lekin zamonlar o'zgarib, ustoz degan ibora har kimga nisbat qilinganu uchun, bu haqqoniy nisbatni asl mohiyatini halqimiz unutdi. Hozirda ustoz deb maktabdagi muallimni, universitetdagi domlani, qaysidur sohada ta'lim bergan kishiga nisbatdan USTOZ deydigan bo'ldi.
Shuning uchun "Ustoz otadan ulug' " degan iborani mohiyati o'zgarib, "ustoz otadek ulug' " deyishga o'zgardi.
Sababi, ota degan zot bizlarni bu foniy dunyoga kelishlikka sabab bo'lgan, bu foniy dunyoda bizlarni yaxshi inson bo'p yetishtirish uchun sayu harakatda bo'lgan zotdir.
Ҳасти Имом масжидининг имоми раҳматли Каримуллоҳ домлага шу ҳақда савол бергандим, яъни Устоз отадек улуғми ё отадан?
У киши "Устоз отадан улуғ", дегани тўғри, деб юқоридагича изоҳ бергандилар.
Tulqin Eshbekov
01.01.2012, 07:29
"Ustoz otadan ulug' " degan hikmatli gapni sharxlab bering.
Жуда пурмаъно савол берибсиз. Ўзбек мақолларининг изоҳига оид китобларда бу саволга кенгроқ ва теранроқ, янада асослироқ жавоб берилган. Уларни топсам, яна бир бора ўқиб, албатта мавзуга қайтаман.
Ҳозирча баъзи шахсий мулоҳазаларимни баён этмоқчиман.
Азалдан бола тарбиясида устознинг масъулиятини ошириш мақсадида унинг маънавий мартабасини ҳам кўтариб: "Устоз отангдан улуғ" деган мақол айтилган.
Қадимда тарбия масъулиятини чуқур англаган оталар болаларини устозга берар экан, "гўшти сизга, суяги бизга!" деган ўта масъулиятли талабномасини ҳам айтаркан. Бу - агар болам одобсизлик қилса, ҳар қанча жазоласангиз ҳам розиман, дегани экан. Шундай қаттиққўллик билан тарбияланган болалардан дунёни ҳайратга солган буюк донишмандлар етишиб чиққанини изоҳлашга ҳожат йўқ. Ана шундай улуғ бобокалонларимизни тарбиялаб етиштирган устозларга нисбатан қайсидир аллома: "Устоз отангдан улуғ" деган мақолни айтиб кетган бўлиши мумкин... Бу менинг шахсий хулосам.
Анча йиллар (тахминан, 16-17 йиллар) илгари бир хатоликка йўл қўйганман. Қайсидир мақоламда шу бебаҳо мақолни ўзимча "ислоҳ" этиб, отадан улуғи бўлмайди, бу мақол ҳам аслида "Устоз отангдек улуғ" дейилиши мантиқан тўғрироқ бўларди, деган қабилдаги саёз гапларни ёзганман. Бу фикрим кўпчиликка маъқул тушди, шекилли, телекўрсатувларда ҳам, радиоэшиттиришларда ҳам, бошқа газеталардаги шу мавзуга оид мақолаларда ҳам, ҳатто, тўйларда ўртакашлар тилида ҳам камина "ислоҳ" этган мақол бот-бот такрорлана бошлади...
Бир куни яхшигина дашном эшитдим. Таниқли адабиётшунос олим, профессор, Фан арбоби Умарали Норматов ўша мақоламни ўқиган экан, менга шундай деди: "Устоз отангдан улуғ" деган мақол мантиқан ҳам, моҳиятан ҳам жуда тўғри. Бу ўринда ота асло камситилмаган, фақат устознинг масъулияти ва маънавий мартабаси оширилган, холос. Абдулла Қаҳҳор "сўз атомдан кучли" деганда ҳам сўзнинг қудрати бўрттириб талқин этилган. Аслида, худо кўрсатмасин, атом портласа... сўз айтгувчилар омон қолармиди?! Худди шундай, муайян мақсадда айтилган "Устоз отангдан улуғ" деган мақолни тўғри талқин қилиш лозим!"
Бир пайтлар тажрибасизлик қилиб йўл қўйган хатоимни англаб етдим. Донишманд бобокалонларимиздан қолган "Устоз отангдан улуғ" деган мақолнинг оҳорини ўзимизча тўкиб, бузиб талқин қилишга маънавий ҳаққимиз йўқ экан!!
(qachonlardiz To'lqin domla degan odam bo'lardi )
Бу қочиримнинг сабабини тушунмадим...
Анча йиллар (тахминан, 16-17 йиллар) илгари бир хатоликка йўл қўйганман. Қайсидир мақоламда шу бебаҳо мақолни ўзимча "ислоҳ" этиб, отадан улуғи бўлмайди, бу мақол ҳам аслида "Устоз отангдек улуғ" дейилиши мантиқан тўғрироқ бўларди, деган қабилдаги саёз гапларни ёзганман."Inson o'zini hatosini ko'rmoqdek ulug' irfon yo'q" degan ekan bir moshoyih. Haqiqattan shunaqadir. Faqat bu uchun kimgadur 1-2 yil, a kimgadir 10 yillab ham yetmaydi.
Shuning uchun ham ustozlarning ro'li kottadir. Balki shuning uchun ham ustoz otadan ulug' bo'lishi kerak. :)
Бу қочиримнинг сабабини тушунмадим... Bunga ahamiyat bermen. Vaqtida shunaqa tahalluslik bir agent bo'lardi.Shuni eslab yozgan joyim edi, sizga aloqador emas bu gap.:cool:
Tulqin Eshbekov
02.01.2012, 08:05
Имловий тўғри ёзишингиз масаласида бир устозлик қилсам майлими?
Қуйидаги хато сўз ва ибораларингиз аслида тубандагича ёзилиши лозим:
o'zini hatosini
ўзининг хатосини
moshoyih
машойих
Haqiqattan
ҳақиқатан
kottadir
каттадир
bermen
берманг
tahalluslik
тахаллуслик
Тўғри ёзиш ҳам гўзал зийнатдир! ;)
Tulqin Eshbekov
03.01.2012, 01:14
Тинч яшашни истасанг тинч юр!
Тинч яшашни истасанг тинч юр! Domla qattan oldiz bunaqa hikmatli gapni?:) Oqil odamdan bunaqa hikmat tugul, oddiy lofam chiqmiydi. Ahir bu: "tinch yashashni istasang, zo'rlarni gapiga qarshi chiqma, tinch yur" degan gap bilan bir hilku.
Nimaga yoshlarni da'vat qimoqchisiz? Sizdaga yondashuvlarni deb har kimga bo'ysinib, tinch yashab ketaveramizmi?
Bo'madi bu hikmatli gapiz.:(
Nigora Umarova
03.01.2012, 11:21
Ba'zan kishi oldidan chiqqan g'ovga orqasidan chiqqan g'avg'o sabab bo'ladi.
Хаддан ортиқ ғазаб вахшийлик келтиради,
Бевақт қилинган лутф обрў кеткизади.
Беруний
Nigora Umarova
03.01.2012, 15:39
Yaxshidan xolis eshitasan, yomondan nolish.
Xalq maqoli
Nigora Jumaeva
04.01.2012, 14:12
Мақташга арзигулик хусусиятлари бўлмаган одамлар ўз бахтсизликлари билан мақтанишади.
Артуро Граф
Nigora Jumaeva
04.01.2012, 14:16
Заҳмат билан топганингни ўзингдан аяма, йиққанинг душманларингники эканини унитма.
Алишер Навоий
Tulqin Eshbekov
05.01.2012, 01:24
Bo'madi bu hikmatli gapiz
Ҳаёт сабоқларидан келиб чиқиб айтилган бу ҳикматли гап замирида жуда кўп маъно мужассам. Уни бирёқлама талқин қилмаслик керак.
zo'rlarni gapiga qarshi chiqma
Сиз назарда тутган зўрлар нотўғри гап айтишса, уни тўғрилаб қўядиган янада зўрроқлар кам эмас!! ;)
Nimaga yoshlarni da'vat qimoqchisiz?
Келажакнинг нурли чўққиларига соғ-саломат (талофатсиз!) етиб олишларини истардим.
har kimga bo'ysinib
Ҳар кимга... эмас. Бу масалада ҳам ажойиб мақол бор-ку:
Яхшига эргашдинг - етдинг муродга, ёмонга ёндашдинг - қолдинг уятга. :)
Grek xalq hikmati.
"300 yil Usmoniylar Imperiyasi mard grek halqini ustidan hukmronlik qildi. To'g'ri usmoniylar greklarni cherkovlarini buzmadi, odamlarini qatag'on qilmadi, lekin xalqini turklar bilan assemilizaciya qildi. Davlat yozuvi deb arab imlosini oldi, rahbarlari usmoniylar bo'ldi. Lekin mard grek xalqi, 300 yil qaram bo'lsa ham, boshini eggani yo'q. Sabr qildi, kutdi. Va nihoyat mustaqillikka erishdi. Faqat to'la qonlik mustaqqillikka 20-30-50 yilda erishmadi. To usmoniylarcha fikrlaydigan insonlardan halos bo'lmagunicha greklar to'laqonli mustaqil bo'lmadilar.
Hulosa.
Mustaqillikka erishish bu, 3-20-50 yilda o'tib ketadigan ish emas. To o'sha "zolim"lar tarbiyasi bilan tarbiyalangan insonlardan jamiyat forig' bo'lmagunicha, mardona grek xalqiyam mustaqil bo'lmadilar"
Hulosadan hikmat chiqara olinglar.:cool:
Shokir Dolimov
08.01.2012, 13:36
Mustaqillikka erishish bu, 3-20-50 yilda o'tib ketadigan ish emas. To o'sha "zolim"lar tarbiyasi bilan tarbiyalangan insonlardan jamiyat forig' bo'lmagunicha, mardona grek xalqiyam mustaqil bo'lmadilar"
Hulosadan hikmat chiqara olinglar
Информацион жараёнлар тобора авж олиб, ривожланиб бораётган бугунги кунда, Аброр ака (Дуриан, тахаллусидан кўра, инсон исми билан мурожаат ќилган маъќул), «золимлар» тарбиясини кўрган кишиларнинг ўтиб кетишини кутиш эмас, ўша Сиз белгилаб ўтган 50 йил давомида мустаќилликни ћимоя ќилиш, ќўлда саќлаб ќолиш учун авваламбор ўзлигимизни асраб ќолиб, ёшларимиз онги, ќалбига сингдириб бориш – энг долзарб масала бўлиб ќолади.
Tulqin Eshbekov
09.01.2012, 07:53
Аброр ака (Дуриан, тахаллусидан кўра, инсон исми билан мурожаат қилган маъқул)
Э, бормисиз! Аброр ака, қани танишейлу! Чиройли суратингиз, исми шарифингизни кутиб қолавуза!! :)
Кейин, қовун қовунни кўриб ранг олгани каби Долимов дўстимиз билан ҳам юзма-юз бўлавуза, деган умиддаман!
Dedilar: Shunday kishilar borki, ular go'yo qorong'u kechani yoritgandek bosgan har bir qadamlarida insonlar qalbini ravshan etib turadilar. Ular shundayki, niyatlari pokligidan doimo qadamlari qutlug'. Xuddi kechani yoritgan oy, zim-ziyo xonaga keltirilgan sham kabidirlar. Ular sizdan uzoqlashsa, ular bilan birga sizga yetib turgan ziyo ham ketadi....
Samarqand-uz
09.01.2012, 19:28
Erkakka uch narsa yarashmaydi - Ona Vatanga xiyonat, ayollar va o'zidan ojizlarni behurmat qilish, g'iybat hamda chaqimchilik.
workerbeeviii
09.01.2012, 21:22
Erkakka uch narsa yarashmaydi - Ona Vatanga xiyonat, ayollar va o'zidan ojizlarni behurmat qilish, g'iybat hamda chaqimchilik.
Камку.
Shuhratbek
10.01.2012, 09:33
Уч нарса бирга була олмайди Бойлик, Соглик, Рухий хотиржамлик. Улардан хохлаган иккитаси мужассам булган инсонни, учинчиси тарк этади.
ч нарса бирга була олмайди Бойлик, Соглик, Рухий хотиржамлик. Улардан хохлаган иккитаси мужассам булган инсонни, учинчиси тарк этади.
Demak, shunday qilishga intilish kerak!
Уч нарса бирга була олмайди Бойлик, Соглик, Рухий хотиржамлик. Улардан хохлаган иккитаси мужассам булган инсонни, учинчиси тарк этади.
Lekin bu narsani nima bilan o'lchashga bog'liq. Imoningiz but bulsa, demak boysiz. Hidoyatda bo'lib, hali nafas olayotgan ekansiz, demak sog'lomsiz, Yurtimizda shukrki tinchlik ekan, demak ruhiy xotirjamlikdasiz.
workerbeeviii
10.01.2012, 16:59
Уч нарса бирга була олмайди Бойлик, Соглик, Рухий хотиржамлик. Улардан хохлаган иккитаси мужассам булган инсонни, учинчиси тарк этади.
Ҳикмат эмас, бўлмағур гап бу. Муаллифи ким ўзи?
Эътибор берсам мавзуда абсурд "ҳикмат"лар тўлиб ётибди. Қандайдир беъмани ва асоссиз гапларнинг тагига "буюк"ларнинг номини ёзиб қўйган билан ҳикмат бўлиб қолармиди.
Shuhratbek
10.01.2012, 18:20
Ҳикмат эмас, бўлмағур гап бу. Муаллифи ким ўзи? Эътибор берсам мавзуда абсурд "ҳикмат"лар тўлиб ётибди. Қандайдир беъмани ва асоссиз гапларнинг тагига "буюк"ларнинг номини ёзиб қўйган билан ҳикмат бўлиб қолармиди. Хаммани узини фикри, улчов тарозиси бор, муаллифи хозир эсимда йук кейинрок куриб чикиб жавоб езаман, шунга ухшаган бошка хикмат укигандим "Уч нарса бор беркитиб булмайди -Куёш, Ой ва Хакикат" Конфуций.
Shuhratbek
10.01.2012, 18:33
Lekin bu narsani nima bilan o'lchashga bog'liq. Imoningiz but bulsa, demak boysiz. Hidoyatda bo'lib, hali nafas olayotgan ekansiz, demak sog'lomsiz, Yurtimizda shukrki tinchlik ekan, demak ruhiy xotirjamlikdasiz. ха узи энг катта бойлик хам иймон, хаммамизга хам охирги нафасгача шу бойликни ушлаб колишлик насиб килсин
albatros
22.01.2012, 14:31
Men boshga tashvish tushganda tabassum qiladigan, qayg‘uni yenga turib kuch oladigan va tafakkurni mardlik manbai hisoblaydiganlarni e’zozlayman.
T. Peyn
Boshingga qayg‘u tushganda atrofingga qarab, o‘zingni bos: senga qaraganda qismati og‘irroq kishilar ham bor.
Ezop
Dilingni yorsang, ko‘pincha darding yoziladi.
P. Kornel
Hayotning eng zo‘r huzur-halovati, eng yuksak quvonchi o‘zingni odamlarga kerakli va yaqin deb his qilishingdir!
M. Gorkiy
"Tafakkur gulshani"dan
***
"Буюк китобхонлар пайдо бўлгандагина буюк адабиёт пайдо бўлади".
Борис Пастернак.
albatros
27.01.2012, 13:14
Farzandim bemehr chiqdi deb o'pkalanmang.Ota -ona o'z ota onalaridan olgan mehrni farzandlariga beradi. Farzandlar ham o'z farzandlariga ... Axir hayot zanjiri uzilmasligi kerakku?
O'.Hoshimov
QARZ
Ota-ona orttirsa yemas,
Farzandiga tutar barini.
Farzand esa o‘zidan ortmas,
U ham o‘ylar bolalarini.
Bu – zanjirga aylangan mehr,
Undan olib buni siylashlik.
Qonun ekan farzandlik qarzi
Va bu qarzni hech uzolmaslik.
Iroda Umarova.
Bobir Samadov
27.01.2012, 18:33
Jahlni sabr bilan,
G'ururni kechirim bilan alishtirsak-chi?!
(Sardor Komilov-Sayyod)
Tulqin Eshbekov
29.01.2012, 05:21
G'ururni kechirim bilan alishtirsak-chi?!
Ғурурнинг кечирим билан алиштириш... Тушунмадим. Фикрингизни кенгроқ баён этсангиз яхши бўлардид
Gulchehra Ibragimova
01.02.2012, 20:07
Бахтга ўз кулбамизда етишамиз, бошқаларнинг боғида эмас.
Дуглас Ферральд
Бахтни излаган аёл бўйнидаги олмосларга эмас, кўпроқ столдаги атиргулларга қарайди.
Аноним
Ҳақиқий бахт ўзингизда эканини унутманг. Ҳузур, бахт, қувончни ташқи дунёдан излашни бас қилинг. Дардлашинг. Табассум қилинг.
Мандзони
Хоҳ подшо, хоҳ фуқаро бўлсин, дунёдаги энг бахтли инсон- хонадонида роҳат- ҳаловат бўлганидир.
Гёте
Tulqin Eshbekov
02.02.2012, 02:25
Ҳар қандай бахт оиладан бошланади! :)
Бахтсизлик четдан эсган чанг-тўзонли шамол каби қандайдир хуружлардан пайдо бўлади... :(
Бахтни бой бермай деган инсон аввало огоҳ, ҳушёр юрмоғи шарт! ;)
Shokir Dolimov
02.02.2012, 21:06
Урушда топган асосий ўлжамиз – тинчликнинг қадрига етганимиздир
Адабиёт бўйича Нобель мукофоти лауреати (1996 й.),
польшалик буюк шоира Вислава Шимборска
2.07.1923 – 2.02.2012 йй.
Tulqin Eshbekov
03.02.2012, 05:41
Урушда топган асосий ўлжамиз
Бундан буён тинчликни абадул-абад асраб-авайлаш учун бунақа "ўлжа" пойлашга ҳечам ҳожат бўлмасин! :)
albatros
01.03.2012, 13:11
Dunyoning qiyinchiliklari to’rtta: g’urbatda kasallik, qarilikda
yolg’izlik, hech narsasi bo’lmaganda qarzdorlik, safarda uzoq yo’l.
Ibn Mikaffa
Juda ko'p insonlarni ko'rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni
choqda hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.
Nomiq Kamol
Kitob - mashg'ullik paytingda o'zi so'z boshlamaydigan, ish vaqtingda
chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko'rinishing shart emas.
Kitob - senga laganbardorlik qilmaydigan o'rtoq, seni aldamaydigan do'st, malol kelmaydigan yo'ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo'ydir.
Ahmad ibn Ismoil
Tulqin Eshbekov
04.03.2012, 07:58
Кенгга кенг дунё, деган ҳикмат замирида куп маъно мужассам. Фақат, шу кенгликда феъли тор бўлмасангиз бас... :)
Oqil uchun har kuni bayram.
(c)
Эртаси кун қайғуга сабаб бўладиган бугунги шодликнинг маъноси йўқ.
Bobir Samadov
09.03.2012, 21:50
Эртаси кун қайғуга сабаб бўладиган бугунги шодликнинг маъноси йўқ. жуда ажойиб гап, айникса эртанси куни ичкиликнинг дастидан боши тарс ёрилай деб, ранги-руйи бир ахволда юрадиган пиёнисталар учун мос тушгандей...
Tulqin Eshbekov
10.03.2012, 05:48
Oqil uchun har kuni bayram.
Ҳар тунинг қадр ўлубон,
Ҳар кунинг бўлсин Наврўз.
(Алишер Навоий)
Shokir Dolimov
11.03.2012, 13:50
Берегись изысканного языка. Язык должен быть прост и изящен. А. Чехов
***
Красивый язык облекает в пристойную форму даже глупые мысли. В. Швебель
***
Не оскорбляй другого на языке, которого тот не знает! Это садизм. С. Лец
***
Повторять чужие слова не значит еще понять их смысл. Д. Руми
***
Как ни коротки слова «да» и «нет», все же они требуют самого серьезного размышления. Пифагор
***
Самой нужной оказывается цитата, источник которой никак не найти.
***
Крадешь у одного - плагиат, крадешь у многих - исследование.
***
Чем больше работаешь над своей идеей, тем больше убеждаешься, что она чужая.
***
Мнение как транспорт. Если нет своего, приходится пользоваться общественным.
***
Сегодня вы говорите то, что у публики на уме, а завтра на уме у публики то, что говорили вы. Радислав Гандапас
***
Выражать незримую мысль, существующую в человеке, посредством написания букв - величайшее изобретение, которое только сделал когда-либо человек. Это в некотором роде вторая речь, почти такое же чудо, как и первая. Томас Карлейль
***
Самый совершенный язык тот, который выражает наибольшее количество понятий наименьшим количеством слов. Буаст
***
Если бы раздумывание с писанием имели много общего, все люди стали бы писателями. Виктор Конецкий
***
Искусство говорить слова для слов всегда возбуждало великое восхищение в людях, которым нечего делать. Николай Добролюбов
***
Слова – самый сильный наркотик, который использует человечество. Редьярд Киплинг
Shokir Dolimov
11.03.2012, 13:50
Краткость – сестра таланта. Но она же – мачеха гонорара.
***
Нет того урода, который не нашел бы себе пары, и нет той чепухи, которая не нашла бы себе подходящего читателя. А. П. Чехов
***
Слово должно быть по росту мысли… Василий О. Ключевский
***
Хорошо выраженная мысль звучит умно на всех языках. Д. Драйден
***
Говори умно: враг подслушивает. Станислав Ежи Лец
***
Выходя из себя, не хлопай словами. Мариан Корчмарчик
***
Молчание – один из наиболее трудно опровергаемых аргументов. Генри Уилер Шоу
***
С возрастом женское красноречие перемещается от ног к языку. Лешек Кумор
***
Язык дан человеку для того, чтобы скрывать свои мысли. Талейран
***
Говорить не думая – все равно что стрелять не целясь. Мигель Сервантес
***
Судьба всех книг быть тюрьмою для мысли. Федор Гладков
***
Слово – одежда всех фактов, всех мыслей. М. Горький
***
Место для самых креативных идей – корзина для бумаг
***
Искусство писать - это искусство сокращать. А. П. Чехов
***
Сначала добудьте факты, а потом можете искажать их как угодно. Марк Твен
***
Самый совершенный язык тот, который выражает наибольшее количество понятий наименьшим количеством слов. П. Буаст
***
Шумиха стихает, а тексты остаются.
Colorado
11.03.2012, 16:39
С возрастом женское красноречие перемещается от ног к языку. Лешек Кумор
Машаллах !!!
Maqtovning ham yuki bor, uni ko'tara olmaydigan kishini zinhor maqtamang, unga jabr qilasiz. Chunki maqtovlar faqat Yaratganga xos narsa.
M.Jur'at domlamizni yangi maqtov haqidagi she'rlarini o'qib ko'rib ilhom keldi hikmatlarga. Lekin shu mazmundagi hadislar ham bo'lishi kerak.
Nigora Jumaeva
12.03.2012, 15:11
“Ақлли киши учун ҳар куни янги ҳаёт бошланади”
Ўтаётган ҳар кун сенга сўнги бор,
Нур сочар кўрсатиб қувонч, илтифот.
Сен эса журъатсиз, миқ этмай зинҳор,
Бебаҳо фурсатни айлайсан барбод...
Горатсий
римлик шоир
Gulchehra Ibragimova
12.03.2012, 19:55
Султоннинг райига қарши сўз айтмоқ-
Ўз юрак қонингга қўл ювмоқ демак.
Гар подшоҳ кундузни "КЕЧА" деб айтса,
Ҳай-ҳай..,ана "ҲУЛКАР" демаклик керак.
Саъдий
Gulchehra Ibragimova
12.03.2012, 19:58
Улкан одамлар улкан эзгуликка қодирдир.
***
Ўйламай сўзлаш-мўлжалга олмай ўқ отишнинг ўзи.
***
Севги ҳар қандай қисматга зарба беради.
Сервантес
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot