Просмотр полной версии : YANGILIKLAR TASMASI: OpenSource
Behzod Saidov
14.11.2007, 22:07
2007-yil noyabr oyi uchun dunyoning eng tezkor superkompyuterlari Top500 reytingi e’lon qilindi.
Statistika tahlilidan superkompyuterlarda qoʻllanilayotgan operatsion tizimlar ichida Linux operatsion tizimi hissasining yana ortganligini kuzarish mumkin. Shu yil iyun oyidagi ma’lumotlarga koʻra uning hissasi 77.80 foizni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda roʻyxatdagi superkomyuterlarning 85.20 foizi Linux operatsion tizmida ishlamoqda. (426 - Linux, 34 - Aralash, 30 - Unix, 6 - Windows, 2 - BSD, 2 - Mac OS).
http://linux.zn.uz/2007/11/14/eng-tezkor-superkompyuterlar-va-linux/
Behzod Saidov
20.11.2007, 21:57
ALT Linux kompaniyasi Junior yoʻnalishining maktab ta’limi uchun moʻljallangan distributivini yakunlamoqda. Hozirda distributivning beta (sinov) versiyasini oʻzida jamlagan CD va DVD disk tasvirlari taqdim qilindi.
Distributivga maktab informatika kursida ishlatish uchun kerakli boʻlgan bir qator dasturlar kiritilgan. Xususan, DVD versiyasida Free Pascal, Lazarus, Gambas va boshqa dasturlarni uchratish mumkin.
CD va DVD disk tasvirlarini quyidagi manzillardan yozib olish mumkin:
ftp://beta.altlinux.ru/junior/junior-cdinst-20071113.iso - oʻrnatish uchun CD
ftp://beta.altlinux.ru/junior/junior-cdextra-20071113.iso - qoʻshimcha CD
ftp://beta.altlinux.ru/junior/junior-dvd4-20071113.iso - oʻrnatish uchun DVD (yuqoridagi ikki CDʻni oʻzida jamlagan).
Manba (http://linux.zn.uz/2007/11/20/alt-linux-maktab-distributivini-sinov-uchun-taqdim-qildi/)
Ахадбек Далимов
22.11.2007, 10:27
ALT Linux maktab distributivini sinov uchun taqdim qildi
Бегзод - а вы сами попробовали данные дистрибутивы.
было бы очень интересно узнать - ваши впечатления - что там есть?
Behzod Saidov
22.11.2007, 11:41
Бегзод - а вы сами попробовали данные дистрибутивы.
Hozircha yoʻq. Shanba ya yakshanba kunlari internetdan yozib olishga harakat qilaman.
Behzod Saidov
22.11.2007, 11:46
KDE ish stolining yangi versiyasi KDE 4.0 Release Candidate 1 taqdim qilindi (http://www.kde.org/announcements/announce-4.0-rc1.php).
KDE 4.0-RC1 tarkibiga hali tugatilmagan Plasma paneli qoʻshilgan. KDE 4.0-RC1ni OpenSUSE distributivriga asoslangan LiveCD (http://home.kde.org/%7Ebinner/kde-four-live/) bilan sinab koʻrishingiz mumkin.
KDE Desktop 4.0 ning toʻliq relizi shu yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.
Yana shuni ham eslatib oʻtish lozim-ki, yaqinda KDE 4 uchun e’lon qilingan devor qogʻozlari(wallpaper) tanlovi natijalari (http://dot.kde.org/1195329269/) taqdim qilindi. Tanlovda qatnashgan 2000 dan ortiq rasmlardan 15 tasi KDE 4 uchun tanlab olingan.
Manba (http://linux.zn.uz/2007/11/21/kde-40-release-candidate-1/)
Behzod Saidov
22.11.2007, 14:54
Microsoft kompaniyasining OpenSource Laboratoriyasi hisoblanmish Port25 (http://port25.technet.com/) portalida "Recovering Data from Windows systems by using Linux (http://port25.technet.com/archive/2007/11/20/technical-analysis-recovering-data-from-windows-systems-by-using-linux.aspx)" ("Windows tizimlaridagi ma'lumotlarni Linux yordamida qayta tiklash") sarlavhasi ostida maqola e'lon qilindi (http://port25.technet.com/archive/2007/11/20/technical-analysis-recovering-data-from-windows-systems-by-using-linux.aspx).
Behzod Saidov
11.12.2007, 13:11
openSUSE distributivi jamoasi uning openSUSE 11.0 Alpha 0 sinov versiyasini taqdim qildi (http://news.opensuse.org/?p=563). Distributivning openSUSE 10.3 taqdimotidan so‘ng ikki mingdan ortiq paketlar tekshirib chiqilgan va ko‘pgina asosiy komponentlarga yangiliklar kiritilgan, xususan yangiliklardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: GCC 4.3.0, Linux 2.6.24-rc4, X.Org 7.3, KDE 3.5.8, KDE 4.0 RC1, CUPS 1.3.4, ALSA 1.0.15, GIMP 2.4 va YaST 2.16.
10.3-veriyasiga nisbatan juda ham ko‘p o‘zgarishlar bo‘lganiga qaramay openSUSE 11.0 Alpha 0 yetarlicha stabil ishlayotgani xabar qilinmoqda.
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot