PDA

Просмотр полной версии : Konferentsiya va seminarlar

Nozima Tashpulatova
14.11.2007, 14:54
Mazkur linkda http://highedu.zn.uz/konferentsii-i-seminaryi ta'limga oid konferensiya va seminarlar haqida doimiy e'lonlar berib borilayapti. Agar sizning ta'lim muassasangizda ham tadbirlarga oid ma'lumotlar bo'lsa o'z e'loningizni qoldiring.

Farhod Fayzullayev
14.11.2007, 17:28
Undosh harfdan so'ng kelgan «ts» tovushi «s» ko‘rinishida yoziladi

Shuhrat Dehkanov
14.11.2007, 21:50
Mazkur linkda http://highedu.zn.uz/konferentsii-i-seminaryi ta'limga oid konferensiya va seminarlar haqida doimiy e'lonlar berib borilayapti. mazkur bog'da (mevazor bog' emas, bog' - "link" so'zining o'zbek tilidagi tarjimasi) "mailing list" xizmati mavjudmi?

Timur Bazikalov
14.11.2007, 23:52
Uzur, lekin saxifani ochib bo'lmayapti:
Error establishing a database connection

Dilya Hasanova
15.11.2007, 14:07
Uzur, lekin saxifani ochib bo'lmayapti:

Bizda ochilayapti yana bir marta xarakat qilib ko'ring.

Timur Bazikalov
15.11.2007, 14:30
Bizda ochilayapti yana bir marta xarakat qilib ko'ring.
Endi o'xshadi. Rahmat.

Nozima Tashpulatova
16.11.2007, 09:41
mazkur bog'da (mevazor bog' emas, bog' - "link" so'zining o'zbek tilidagi tarjimasi) "mailing list" xizmati mavjudmi?
Foydalanuvchi uchun "bog'" so'zi tushunmovchilik tug'dirmaydimi?

Behzod Saidov
16.11.2007, 14:04
Foydalanuvchi uchun "bog'" so'zi tushunmovchilik tug'dirmaydimi?

"Link" manimcha koʻproq tushunmovchilik tugʻdirsa kerak. "Bogʻ" esa oʻzbekcha soʻz.

Nozima Tashpulatova
16.11.2007, 15:54
Aslisda, ba'zi so'zlarning qo'llanishi haqida bir muhokama ochsak bo'lar ekan. Hozir juda ko'p saytlarda ularning qo'llanishi anchagina noto'g'ri. Masalan "sayt"ni ham "Страница"ni ham sahifa deb tarjima qilinadi. "Прикрепит" ham "Загрузка" ham "yuklash" deb qo'llanilishi qanchalik to'g'ri. Bunday misollar sizda ham ancha bo'lsa kerak?

Behzod Saidov
17.11.2007, 13:04

Ushbu (http://uforum.uz/forumdisplay.php?f=336) boʻlimda xoxlagan soʻzingizni tarjimasi bo'yicha, imlo qoidalari boʻyicha mavzu ochishingiz mumkin.