PDA

Просмотр полной версии : AKT bo'yicha yangi qonunlar


Bahrom
23.03.2013, 12:05
Ta'lim muassasida AKT bo'yicha ma'sul degan mutaxassisga qanaqadir ish haqi beriladimi? Yangi qonunlar haqida kim nima biladi? Masalan E-hukumat loyihasi haqida...

Bahrom
23.03.2013, 12:09
Yaqinda Vazirlar Mahkamasi AKTga oid bir qarorida:"...davlat muassasi web sayti qoniqarli ishlaganda, shtat bo'yicha ishlovchi xodimga ish haqiga 50% ustama berilsin" degan mazmunli joyini o'qigandim.

Shahodat
23.03.2013, 20:52
Yaqinda Vazirlar Mahkamasi AKTga oid bir qarorida:"...davlat muassasi web sayti qoniqarli ishlaganda, shtat bo'yicha ishlovchi xodimga ish haqiga 50% ustama berilsin" degan mazmunli joyini o'qigandim. eshitdim, lekin hech qanday me'yoriy hujjatlar topmadim. Faqat web sayt emas, umuman AKT samarali foydalanishiga boshqalarni o'rgatishda deb tushungan edim. Hozircha
Yangi qonunlar qayerdaligini bilmadim

Kadambay Saytov
24.03.2013, 15:05
Юқоридаги ҳуқуқий меъёрий ҳужжатлар сифатида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 30 декабрдаги "Интерактив давлат хизматлари кўрсатишни ҳисобга олган ҳолда Интернет тармоғида Ўзбекистон Республикасининг Ҳукумат портали фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги 378-сонли
ҳамда 2013 йил 25 январдаги "Ахборот-коммуникация технологияларини жорий қилиш ва ривожлантириш бўйича лойиҳаларни амалга ошириш учун давлат буюртмасини шакллантириш ва молиялаштириш тартиби тўғрисидаги Низомни ва Вазирликлар, идоралар ва бошқа ташкилотларнинг замонавий ахборот-коммуникация технологияларини жорий қилиш ва ривожлантириш учун масъул бўлган ихтисослаштирилган таркибий бўлинмаларининг штатдаги ходимларини моддий рағбатлантириш тўғрисидаги Намунавий низомни тасдиқлаш ҳақида"ги 18-сонли қарорларини назарда тутган бўлсангиз керак.
http://www.lex.uz/Pages/GetPdf.aspx?file=2118310.pdf
http://www.lex.uz/Pages/GetPdf.aspx?file=2127978.pdf

Bahrom
26.03.2013, 10:00
2013 йил 25 январдаги "Ахборот-коммуникация технологияларини жорий қилиш ва ривожлантириш бўйича лойиҳаларни амалга ошириш учун давлат буюртмасини шакллантириш ва молиялаштириш тартиби тўғрисидаги Низомни ва Вазирликлар, идоралар ва бошқа ташкилотларнинг замонавий ахборот-коммуникация технологияларини жорий қилиш ва ривожлантириш учун масъул бўлган ихтисослаштирилган таркибий бўлинмаларининг штатдаги ходимларини моддий рағбатлантириш тўғрисидаги Намунавий низомни тасдиқлаш ҳақида"ги 18-сонли қарорлар]
Katta rahmat shuni nazarda tutgan edim.
Agar yaxshi tushunadiganlar bo'lsa, yana ba'zi savollarim bor edi.

Shu №18 qaror bo'yicha:
1) Bu qarorda nazarda tutilgan davlat tashkilotlari tarkibiga Akademik Litsey va KHKlar ham kiradimi?
2) Agar Akademik Litsey va KHKlar ham shu tarkibga kirsa, shu kollej yoki litseylarda Markaz va hududiy boshqarmalarning turli xatlariga javob berishda "AKT bo'yicha ma'sul" deb ataluvchi xodimga qandaydir moddiy yordam bo'ladimi?
3) Bu Qaror qachon kuchga kirar ekan? Ko'zda tutilgan xodimlarning ish haqiga 50% ustamani qachondan boshlab qo'shib beriladi?

Masalan men kollejda o'qituvchi bo'lib ishlayman. Kollejning web saytini bir o'zim tuzganman, uning administratorligini ham men bajaraman.
LEKIN hech qanday ish haqi to'lanmaydi hozirgi kunda.
Borgan sari kollej saytining faoliyatiga talab kuchayyapti, lekin pul to'lanmaydi.
Dastlab, shunchaki yordam sifatida qilgan edim.
Kollej saytini barcha talablarga javob beradigan qilib, faoliyatini yaxshilashim mumkin, lekin bunga ish haqi to'lanishi kerak.
Yuqoridagi 18 qarorda adashmasam bog'liq joyi bo'lsa kerak.
Agar bog'liq joyi bo'lsa, taxminan qachon kuchga kirar ekan bu qaror, qachon kollej yoki litsey veb sayti administratorlariga ish haqi beriladi?

Ozgina fikr.
TVda bir marta tanqidiy ko'rsatuv ko'rgandim, davlat muassasalari veb saytlarining holati to'g'risida. Ish haqi to'lanmagandirki, saytning holati qoniqarsizdir, deb gapirishmagan edi.
Masalan markaz.uz faoliyatini kim yuritadi? Uning administratoriga ish haqi to'lanadimi? Balki yetarli ish haqi berilmas, VM 18 qarorga ko'ra ish haqiga 50% ustama qo'shilsa, hozirga holatidan tubdan farq qiladigan tarzda ijobiy faoliyat ko'rsatib qolar...
Bularning barchasi AKTga oid qonunlarda aks etgan.
Mana yaqinda Janubiy Koreyalik mutaxassislar shartnoma asosida ishga kelishibdilar. Kim Nam Sok AATT qo'mitasi direktori o'rinbosari sifatida ishga kirishibdi. Maqsad "Elektron-hukumat" loyihasini yo'lga qo'yishda yordam berish ekan. Juda hursand bo'ldim.
AKTga oid yangi qonunlar yana chiqsa kerak deb taxmin qilyapman.

Kadambay Saytov
26.03.2013, 18:07
Shu №18 qaror bo'yicha:
1) Bu qarorda nazarda tutilgan davlat tashkilotlari tarkibiga Akademik Litsey va KHKlar ham kiradimi?
Агар янглишмасам, давлат ва хўжалик бошқарув органлари ҳақидига қайд этилган. Улар қаторига вазирликлар, давлат кўмиталари, агентликлар, марказлар, ҳокимликлар, йирик давлат акциядорлик жамиятлари ва компаниялар (масалан "Ўзбекистон темир йўллари", "Ўзбекистон ҳаво йўллари", "Ўзбекэнерго", "Ўзбеккўмир" ва хоказо) киради. Академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари эса биринчи навбатда ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасаларидир.

Masalan markaz.uz faoliyatini kim yuritadi?
Мазкур сайтни юритиш (ташкил этиш, янгилаш ва бошқариш) Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими Маркази томонидан амалга оширилади.

Ko'zda tutilgan xodimlarning ish haqiga 50% ustamani qachondan boshlab qo'shib beriladi?
Қарорда 50%гача устама белгилаш мумкинлиги кўзда тутилган бўлиб , уни олиш учун ташкилотнинг молиявий имконияти бўлиши ҳамда белгиланган кўрсаткичларга эришилган бўлиши лозим. (бу деган устама айнан 50% эмас, 20, 30, 40% ҳам бўлиши мумкин - бажарилган ишнинг сифати ва самарадорлигига боғлиқ)

Bahrom
27.03.2013, 10:25
Shu №18 qaror bo'yicha:
1) Bu qarorda nazarda tutilgan davlat tashkilotlari tarkibiga Akademik Litsey va KHKlar ham kiradimi?
Агар янглишмасам, давлат ва хўжалик бошқарув органлари ҳақидига қайд этилган. Улар қаторига вазирликлар, давлат кўмиталари, агентликлар, марказлар, ҳокимликлар, йирик давлат акциядорлик жамиятлари ва компаниялар (масалан "Ўзбекистон темир йўллари", "Ўзбекистон ҳаво йўллари", "Ўзбекэнерго", "Ўзбеккўмир" ва хоказо) киради. Академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари эса биринчи навбатда ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасаларидир.

Agar bu qaror ta'lim muassasalariga tegishli bo'lmasa, ta'lim muassasalarining veb saytini tayyorlash va yuritish uchun kim ma'sul bo'ladi?
Savollar ko'p, aniqlik kam.
Ish haqi to'lanmagan joyda ma'sul bo'ladimi?
O'qituvchining vazifasiga kirmasa, "Dasturchi-muhandis" zimmasidami bu ish?
Uning ish haqi qancha bo'ladi?
Demak barcha Akademik litsey va KHKlarda "Dasturchi-muhandis" ish o'rni bor ekanda?

Shahodat
27.03.2013, 20:58
Ish haqi to'lanmagan joyda ma'sul bo'ladimi?
Маъсул бўлади (вазифа кимгадир юклатилади) - натижа бўлмайди.

Kadambay Saytov
30.03.2013, 10:45
Demak barcha Akademik litsey va KHKlarda "Dasturchi-muhandis" ish o'rni bor ekanda?
Аксарият касб-ҳунар коллежи ва академик лицейларида 2та компьютер синфи мавжуд бўлса, "ЭҲМ мухандиси" ва "Мухандис дастурчи" штат бирликлари мавжуд. Айрим ҳолатларда қўшимча тарзда "ЭҲМ оператори" штат бирлиги ҳам бўлиши мумкин.
Таълим муассасаси раҳбарияти веб-сайти яратиш вазифасини "Мухандис дастурчи" ("ЭҲМ мухандиси" )-га, уни янгилаб бориш топшириғини эса "ЭҲМ оператори"-ига юклаши мумкин.

raxat
30.03.2013, 14:32
Hozirgi kunda maktablarning web-saytini yaratishni informatika fani u'qituvshilariga yuklamoqda. Nega web-saytni ishlamaysan, qashon tayyor buladi va hokazo topshiriqlar odamni qiynaydi. Maktab web-saytini yaratishni maktab direktori faqat informatika fani u'qituvshilariga yuklap quyishlari tog'rimikan. Informatiklarning boshqa ishi yoqmi. Darsga tayyorlanishi, yana u'qituvshilarni AKT kurslarini o'qitish, xisobotlari, ZiyoNET buyisha maktabda masul xodim va h.k. ....
Boshqa fan o'qituvshilarinig web-sayt bilan ishi yoq. Web-sayt faqat informatika fani u'qituvshilariga va direktorlarga kerakmi. Web-saytga malumot bering dep informatik u'qituvshi yuradi faqat. Bunga sizning fikringiz qanaqa. Boshqa maktablarda web-saytlar qanaqa yaratilgan va yaratilmoqda.

web-sayt :dash2:

Bahrom
31.03.2013, 01:21
Demak barcha Akademik litsey va KHKlarda "Dasturchi-muhandis" ish o'rni bor ekanda?
Аксарият касб-ҳунар коллежи ва академик лицейларида 2та компьютер синфи мавжуд бўлса, "ЭҲМ мухандиси" ва "Мухандис дастурчи" штат бирликлари мавжуд. Айрим ҳолатларда қўшимча тарзда "ЭҲМ оператори" штат бирлиги ҳам бўлиши мумкин.
Таълим муассасаси раҳбарияти веб-сайти яратиш вазифасини "Мухандис дастурчи" ("ЭҲМ мухандиси" )-га, уни янгилаб бориш топшириғини эса "ЭҲМ оператори"-ига юклаши мумкин.
Men ozgina qiziqib ko'rgan edim, bizning kollejda "EHM operatori" ish o'rni ham, "Muxandis dasturchi" ish o'rni ham, "EHM muxandis" shtati ham bor ekan.
Lekin unda ishlayotganlar juda ham o'z kasbini yaxshi bilishmas ekan.
Hamma xato direktorda ekan. Endi direktor bilan gaplashib ko'raman, taxminan shunday deyman:"O'rtoq direktor, ba'zi mutaxassislariz o'z ishiga loyiq emas. Ularning ishini men kamchiliksiz qilib berishni taklif qilaman")))
Menimcha ko'nadi))) Chunki kompyuter bilan bog'liq muammolarini hal qilolmayotganiga juda ko'p guvoh bo'lyapman.

dili
05.06.2013, 19:33
Barchaga salom. Shu AKTga o'qish juda cho'zilib ketdi. Avvalgi yili mayda ro'yxat bo'yicha o'qigan edik. Sertifukatga deb pul yig'ib olishdi. Odatdagidek indamay pul yig'b berdik. Keyin joriy yilning fevralida sertificat olmadik shuning uchun yana boshqa sertifikat uchun pul yig'ishdi($ kursi oshgani albatta hisobga olindi). Endi yana AKT sertifikatiga deb pul yig'ishdi. Oldingi ikkita sertifikat qani degan edim "mehribonlarim" men uchun pul to'lab yuborishibdi. Yana necha marta o'qiymiz, necha marta pul yig'amiz ??????!!!!! Savolimga aniq javob bera oladigan insonga oldindan katta rahmat!

Ustoz
06.06.2013, 16:59
Endi yana AKT sertifikatiga deb pul yig'ishdi. Oldingi ikkita sertifikat qani degan edim "mehribonlarim" men uchun pul to'lab yuborishibdi. Yana necha marta o'qiymiz, necha marta pul yig'amiz ??????!!!!!
Shu narsalar orqasidan kimlardir tirikchilik qilib (uyalmay) bola-chaqa boqib yurishibdi, "savobi" sizga ham tegib qolar. :)

Abdusalim Nursaidov
07.06.2013, 11:11
Shu AKTga o'qish juda cho'zilib ketdi. Avvalgi yili mayda ro'yxat bo'yicha o'qigan edik. Sertifukatga deb pul yig'ib olishdi. Odatdagidek indamay pul yig'b berdik. Keyin joriy yilning fevralida sertificat olmadik shuning uchun yana boshqa sertifikat uchun pul yig'ishdi($ kursi oshgani albatta hisobga olindi). Endi yana AKT sertifikatiga deb pul yig'ishdi. Oldingi ikkita sertifikat qani degan edim "mehribonlarim" men uchun pul to'lab yuborishibdi. Yana necha marta o'qiymiz, necha marta pul yig'amiz ??????!!!!!
АКТдан билимингиз етарли булса нега пул берасиз узингиз топширинг интернет оркали . Каллада билим булмагандан кейин канча хохласа шунча пул бераверасиз.
Жавобни аниги Актни билсангиз узингиз интернет оркали имтихон топшириб сертефикатни хам интернет оркали олсангиз булади. Бунга пул керак эмас.

Kadambay Saytov
07.06.2013, 11:41
Savolimga aniq javob bera oladigan insonga oldindan katta rahmat!
Ассалому алайкум!
Сизга ЛС орқали жавоб йўлладим.
Бирорта муаммо бўлса, info@xtv.uz электрон почта манзилига мурожаат этинг, ўрнатилган тартибда тегишли чора кўрилади.

Ахборот-коммуникация технологиялари ва компьютер техникасидан фойдаланиш бўйича қисқа муддатли ўқувларга қатнашиш, тест топшириш (Тест-онлайн режимда Интернет тармоғида топширилади) ва сертификат олиш жараёнлари бепул.

Shahodat
07.06.2013, 22:19
Ахборот-коммуникация технологиялари ва компьютер техникасидан фойдаланиш бўйича қисқа муддатли ўқувларга қатнашиш, тест топшириш (Тест-онлайн режимда Интернет тармоғида топширилади) ва сертификат олиш жараёнлари бепул. Qaysi saytda?