Просмотр полной версии : 17 март, якшанба куни Сирғали туманидаги 277 мактабда кўчат экиш тадбири
Аброр Шокиров
14.02.2013, 18:04
Nimagadur ko'pdan beri Hayriya tadbirlari uyishtirilmabdi. Yaqin kunlarda u bu hayriya tadbirini tashkillashtiring Nigorabegim.
Nigora Umarova
14.02.2013, 18:10
Nimagadur ko'pdan beri Hayriya tadbirlari uyishtirilmabdi. Yaqin kunlarda u bu hayriya tadbirini tashkillashtiring Nigorabegim.
Форумдошлар нима деса шу. Ҳар доимгидек савоб ишлар қилишга "лаббай" деб турамиз.
Ҳали хабарингиз 50 тага етмабди. Шунга фикрингиз ҳозирча инобатга олинмайди. :)
Аброр Шокиров
14.02.2013, 19:31
Форумдошлар нима деса шу. Ҳар доимгидек савоб ишлар қилишга "лаббай" деб турамиз.Islom akaning :
"Savob ishni har kun qilish kerak, savob ishni har kim qilish kerak" degan gaplari kak budta bu forumdagi userlarga taaluqli emasdey, hich kim "Keliyla o'rtolar, u bu hayriy uyishtiraylik" demaydi.
Endi hayriya tadbirlari orqali naqadar ulkan ajr va savoblarga ega bo'lishlik bu bor gap. Shuning uchun har kun desak ja hammaga og'ir bo'p ketadiyu (har holda hamma bola chaqali, ish joyli) lekin oyda bir marta tashkillashtirilsa hech kimga og'ir botmaydi.
Hali aniq bir ideyaga kelmadimu, lekin bahor ayyomi yaqinlashgan sari daraxt ekish tadbirini uyishtirsak yomon bo'lmas edi.
O'zi har yili maktab, mahalla hududlarida shunaqa tadbirlarni uyishtirib turamizu, lekin shunday savob ishga uforum a'zolari ham sherik bo'p qolsa degan niyatimiz bor.
Gulee Sweet
18.02.2013, 23:54
[B]"Savob ishni har kun qilish kerak, savob ishni har kim qilish kerak" ... lekin oyda bir marta tashkillashtirilsa hech kimga og'ir botmaydi.
Hali aniq bir ideyaga kelmadimu, lekin bahor ayyomi yaqinlashgan sari daraxt ekish tadbirini uyishtirsak yomon bo'lmas edi.
O'zi har yili maktab, mahalla hududlarida shunaqa tadbirlarni uyishtirib turamizu, lekin shunday savob ishga uforum a'zolari ham sherik bo'p qolsa degan niyatimiz bor.
Assalomu aleikum!
Ajoyib taliflar bilan chiqibsiz, aka. Man jismonan o'shatta bo'masamam, qalban sizlar bilanman:)
Mani nomimdana bitta daraht atavoriylar, baraka topgurlar, please. Savob ishlar Dargohida qabul bolsin!
Аброр Шокиров
19.02.2013, 06:17
Assalomu aleikum! Ajoyib taliflar bilan chiqibsiz, aka. Man jismonan o'shatta bo'masamam, qalban sizlar bilanman Mani nomimdana bitta daraht atavoriylar, baraka topgurlar, please. Savob ishlar Dargohida qabul bolsin!
Va alaykum assalom. Taklif qilishga qildikku lekin 3 kishidan boshqasiga manzur bo'lmadi shekilli bu taklifimiz.:)
Lekin baribir bu Hayriya tadbirini uyishtiramiz, hoh u uforumchilar bilan bo'lsin, hoh yo'q.
Ushbu tadbirda jismonan birga bo'lishlik shartmas. Moddiy yordam bersa ham bo'ladi. Buning shakli quyidagicha.
Forumda tadbir uyishtiriladigan joyni oldindan e'lon qilinadi. Masalan "10 mart yakshanba kuni soat 9-00 da Toshkent shaxrining palonchi yerida (maktabida yoki mahallasida) Daraxt ekish tadbiri tashkillashtirilyapti. Jismonan qatnashadiganlar belkurak va chelaklari bilan shu joyga yig'iladi. Bu tadbirga kelolmaydigan yoki ushbu savob ishga sherik bo'lmoqchi bo'lganlar quyidagi telefon raqamga palonchi N summani o'tkazishi mumkin" degan e'lon bo'ladi. Masalan bitta oddiy mevali daraxt 2500-3000 so'm tursa, ishtirok etmoqchi bo'lgan shaxs 3000 so'mni, shu nomerga Paynet yoki o'zining raqamidan jo'natadi. Va shu bilan ushbu tadbirga qatnashgan va o'zini nomidan bitta niholni yerga qadagan bo'ladi.
Colorado
19.02.2013, 11:59
Taklif qilishga qildikku lekin 3 kishidan boshqasiga manzur bo'lmadi shekilli bu taklifimiz. Lekin baribir bu Hayriya tadbirini uyishtiramiz, hoh u uforumchilar bilan bo'lsin, hoh yo'q. Ushbu tadbirda jismonan birga bo'lishlik shartmas. Moddiy yordam bersa ham bo'ladi. Buning shakli quyidagicha. Forumda tadbir uyishtiriladigan joyni oldindan e'lon qilinadi. Masalan "10 mart yakshanba kuni soat 9-00 da Toshkent shaxrining palonchi yerida (maktabida yoki mahallasida) Daraxt ekish tadbiri tashkillashtirilyapti. Jismonan qatnashadiganlar belkurak va chelaklari bilan shu joyga yig'iladi. Bu tadbirga kelolmaydigan yoki ushbu savob ishga sherik bo'lmoqchi bo'lganlar quyidagi telefon raqamga palonchi N summani o'tkazishi mumkin" degan e'lon bo'ladi. Masalan bitta oddiy mevali daraxt 2500-3000 so'm tursa, ishtirok etmoqchi bo'lgan shaxs 3000 so'mni, shu nomerga Paynet yoki o'zining raqamidan jo'natadi. Va shu bilan ushbu tadbirga qatnashgan va o'zini nomidan bitta niholni yerga qadagan bo'ladi.
Таклифингиз кўпчиликка манзур, мана режалар хам аён бўлди.
ИМХО: янги мавзу очлса яхши бўлармиди
- дарах экиш жойни (ерни) аниқлаш, рухсат олиш даркор
- дарахларни эккандан кейин суғориш проблемаси бор, ишлаб чиқиш керак
- (шивирлаб) ёлка экамизми? :), запретлардан хабарингиз бор
Чустий ни маккам ушлаш керак, мингдан ортиқ мухлислари бор, дуньёни хар четида. "Қани-қани" десалар бас. ;)
Шахсан мен бу фикрларни 100% куллаб-кувватлайман.
Аммо дарахтни кесишга рухсат кераклигини биларканману, экишга хам расман рухсат керак эканда?
Аброр Шокиров
20.02.2013, 06:26
Таклифингиз кўпчиликка манзур, мана режалар хам аён бўлди. ИМХО: янги мавзу очлса яхши бўлармиди - дарах экиш жойни (ерни) аниқлаш, рухсат олиш даркор - дарахларни эккандан кейин суғориш проблемаси бор, ишлаб чиқиш керак - (шивирлаб) ёлка экамизми? , запретлардан хабарингиз борUnaqada "ishni cho'zmasdan" mana shu yakshanba kuni daraxt ekish tadbirini uyishtiramiz.
Joy masalasida, kimda kimning farzandlari o'qiydigan maktabga borib "Hurmatli direktor. Agar ruxsat etsangiz biz "ko'ngillilar" sizning maktab uchastkangizda shuncha tup ko'chat ekib beramiz, faqat bizdan ko'chat ekish, sizdan esa shu ko'chatlarga yil bo'yi qarab turish" deyilsa, hech qaysi bir rahbar qarshi chiqmaydi.
Shaxsan 2-3 yil oldin huddi shunday tadbirni Mirzo Ulug'bek tumani 308-o'rta maktabda uyishtirgan edik. Hozir archa novdalari ancha baquvvatlashib, ko'karib turibdi.
Qani kim borib gaplashib keladi?
"Nima uchun maktab" degan savolga javob topdinglar deb o'ylayman. Chunki u yerda o'quvchilarga har bir daraxt "prikripit" qip qo'yishadi, sug'orib, qarab turish uchun.
Archaga zapret masalasini rosti manam endi eshityapman. Agar shunday bo'lsa bizlarga yanada yaxshi. Chunki archa niholi oddiy tup daraxt niholidan 2-3 barobar qimmat turadi. Ha keyin, direktorga borilganda "Qanaqa tur daraxtlarni eksak yaxshi bo'ladi" deb oldindan so'rab qo'yish kerak. Shunga qarab bozordan nihol narxlarini bilib kelamiz.
Дарахт экиш масаласи нима булди?
Тугри, бу борадаги ташкилий ишларни бир инсонни елкасига ортиб куйиш балки унча тугри эмасдир, аммо йул-йуригини яхши билганлари учун уларни кумаги мухим. Шу савобли ва асосийси экологиямизга худо хохласа ижобий таъсир ва ахамиятга эга тадбирни тезрок утказайлик :-)
Masud Mahsudov
26.02.2013, 13:50
Дарахт экиш масаласи нима булди?
Тугри, бу борадаги ташкилий ишларни бир инсонни елкасига ортиб куйиш балки унча тугри эмасдир, аммо йул-йуригини яхши билганлари учун уларни кумаги мухим. Шу савобли ва асосийси экологиямизга худо хохласа ижобий таъсир ва ахамиятга эга тадбирни тезрок утказайлик :-)
Бирорта форумдош яқин атрофидаги мактаб директори билан гаплашсин, кўчат ўтқазишга рухсат берса, мен ташкиллаштиришни ўз бўйнимга оламан. Агар ҳеч ким қарши бўлмаса, кўчат ўтқазиш кунларини тахминан 9-10 март кунларига белгилаймиз. Ким қўлидан қандай ёрдам келса, менга шахсий хабар орқали мурожаат қилсин.
Аброр Шокиров
27.02.2013, 10:42
Бирорта форумдош яқин атрофидаги мактаб директори билан гаплашсин, кўчат ўтқазишга рухсат берса, мен ташкиллаштиришни ўз бўйнимга оламан. Агар ҳеч ким қарши бўлмаса, кўчат ўтқазиш кунларини тахминан 9-10 март кунларига белгилаймиз. Ким қўлидан қандай ёрдам келса, менга шахсий хабар орқали мурожаат қилсин. 10 chi mart kuniga belgilanaversin. Har holda yakshanba kuni bo'larkan. Ertalabdan bir urunsak, 2-3 soatda ekib tashaymiz, 100 tup daraxtni.
Nigora Umarova
27.02.2013, 15:40
10 chi mart kuniga belgilanaversin. Har holda yakshanba kuni bo'larkan. Ertalabdan bir urunsak, 2-3 soatda ekib tashaymiz, 100 tup daraxtni.
Abror aka, ko'chat ekish joyi masalasini hal qildingizlarmi? Men menga tanish bo'lgan bir maktab bilan gaplashdim. Joyi tayin. Yozda o'zimiz qaraymiz deb aytishdi.
Nigora Umarova
27.02.2013, 15:53
Таклифингиз кўпчиликка манзур, мана режалар хам аён бўлди.
ИМХО: янги мавзу очилса яхши бўлармиди
- дарахт экиш жойни (ерни) аниқлаш, рухсат олиш даркор
- дарахтларни эккандан кейин суғориш проблемаси бор, ишлаб чиқиш керак
- (шивирлаб) ёлка экамизми? :)
Айтганларингизга биноан мавзу очилди.
- Дараххт экиш жойини аниқладим. Маслаҳатлашайлик-чи, майли десангизлар, шунга кўра иш кўрамиз.
- Мактаб директори жой ажратиб бера олишларини билдирдилар.
- Мевали дарахт ва атиргул кўчати экишга нима дейсизлар?
Masud Mahsudov
27.02.2013, 16:24
Таклифингиз кўпчиликка манзур, мана режалар хам аён бўлди.
ИМХО: янги мавзу очилса яхши бўлармиди
- дарахт экиш жойни (ерни) аниқлаш, рухсат олиш даркор
- дарахтларни эккандан кейин суғориш проблемаси бор, ишлаб чиқиш керак
- (шивирлаб) ёлка экамизми? :)
Айтганларингизга биноан мавзу очилди.
- Дараххт экиш жойини аниқладим. Маслаҳатлашайлик-чи, майли десангизлар, шунга кўра иш кўрамиз.
- Мактаб директори жой ажратиб бера олишларини билдирдилар.
- Мевали дарахт ва атиргул кўчати экишга нима дейсизлар?
Жуда яхши таклиф. Форумдошлар, марҳамат қилиб қатнашиш истаги борлар бу ҳақда хабар қилинглар. Қанча кўп одам бўлса, шунча яхши бўлади.
Аброр Шокиров
27.02.2013, 18:21
Abror aka, ko'chat ekish joyi masalasini hal qildingizlarmi? Men menga tanish bo'lgan bir maktab bilan gaplashdim. Joyi tayin. Yozda o'zimiz qaraymiz deb aytishdi. Yaxshi taklif. Demak sizga tanish bo'lgan maktabni adresini daraxt ekish tadbir adresiga qo'shib qo'yish kerak. Faqat qaysi kun ekamiz degan masala turibdi.
Mana shu kelayotgan yakshanba kuni havo yaxshi bo'larkanku, lekin man sal qatnashaolmay qolarkanman. Agar keyingi yakshanba yani 10 chi mart kuniga belgilasak, nimagadur o'sha kuni havo faqatgina +1+3 daraja bo'larkan. Demak yo yomg'ir yo'gadi yoki aniq sovuq bo'ladi.
Agar ho'p desangizlar undan keyingi yakshanba kuni yani 17-mart kuniga hayriya tadbirini belgilaylik. Hudo hohlasa o'sha kuni yaxshi havo bo'lar. man direktor bilan uchrashib qanday daraxtlar ekilishi kerak, joy ahvoli qanday, mehnat qurolli va hakozo ishlarni gaplashib kelaman. Ma'qulmi?
Colorado
27.02.2013, 18:39
Айтганларингизга биноан мавзу очилди. - Дараххт экиш жойини аниқладим. Маслаҳатлашайлик-чи, майли десангизлар, шунга кўра иш кўрамиз.
мактаб ён атрофида чойхона бўлса, роса маза бўларди :)
Мен Бобир боғи ёнида жойлашкан "Сиэтл" жахон боғида тадбир ўтказишни тавсия этмоқчи эдим.
https://img.uforum.uz/thumbs/qwyuodf9002343.jpg (https://img.uforum.uz/images/qwyuodf9002343.jpg) https://img.uforum.uz/thumbs/sfmkkop4358803.jpg (https://img.uforum.uz/images/sfmkkop4358803.jpg)
Парк Ташкент в Сиэтле, "Semurg" bird of Heppines
https://img.uforum.uz/thumbs/sfmkkop4358803.jpg (https://img.uforum.uz/images/sfmkkop4358803.jpg)
Бу истакни хам, иншааллах, амалга оширамиз.
Colorado
27.02.2013, 18:53
17-mart kunigalli va hakozo ishlarni gaplashib kelaman. Ma'qulmi?
менга маъқул, чойхона (палов) эсдан чиқмасин :)
Аброр Шокиров
27.02.2013, 21:28
менга маъқул, чойхона (палов) эсдан чиқмасин Joyi va soatiga qarab oshniyam tashkillashtirib yuboramiz.:) Faqat anu "qarz" o'tirishini bunga bog'lamasak yaxshi bo'lardi. Chunki ushbu tadbirda tanigan bilmagan odamlar kep ketishlari mumkun. Lekin tadbir ishtirokchilarini ish-vazifasi katta bo'lsa unda mehnatkashlar uchun oshxo'rlik ham uyishtirsak bo'ladi.:)
Lekin mani hisobimga ko'ra 15 kishilik guruh 100 ga yaqin ko'chatni 2-3 soat ichida bemalol ekib tashlaydi.:cool:
Tulqin Eshbekov
03.03.2013, 03:46
- Дараххт экиш жойини аниқладим. Маслаҳатлашайлик-чи, майли десангизлар, шунга кўра иш кўрамиз.
- Мактаб директори жой ажратиб бера олишларини билдирдилар.
- Мевали дарахт ва атиргул кўчати экишга нима дейсизлар?
Мана бу бошқа гап! Камина бу ишдан асло четда қолмайман, албатта бораман. Фақат, жойи, вақти аниқ бўлса бас!
Agar keyingi yakshanba yani 10 chi mart kuniga belgilasak, nimagadur o'sha kuni havo faqatgina +1+3 daraja bo'larkan. Demak yo yomg'ir yo'gadi yoki aniq sovuq bo'ladi.
Agar ho'p desangizlar undan keyingi yakshanba kuni yani 17-mart kuniga hayriya tadbirini belgilaylik.
Яна бир гап, 10 март куни ёмғир ёғмаса, кўчат экаверишимиз керак. Вақти ўтиб кетса, ниҳоллар кўкариши қийинроқ кечади.
Шу ишимиз муваффақиятли чиқса, келгуси йили маҳалламиздан жой топамиз ва ҳашар Оши каминадан бўлади!
Демак, 10 март куни эрталаб форумга кириб вақти ва жойини аниқлайман.
Модераторимиздан илтимос, шу иш бўладиган бўлса, эрталаб телефон ҳам қилиб қўйсалар хурсанд бўлардим. (Чунки, гоҳида интернетга кириш қийин бўлиб қолмоқда).
Ёш келар - ишга, деганларидек, бир меҳнат байрами қилейлу!
Ҳашарда кўришгунча!
Tulqin Eshbekov
03.03.2013, 13:20
Ўриклар гуллай бошлади! Кўчатларни вақтлироқ экмасак, кўкармай қолиши мумкин...
Tulqin Eshbekov
05.03.2013, 00:41
Бугун кўп қаватли уйларимиз орасидаги йўлаклар ва майдонлар четига кўплаб манзарали дарахт кўчатлари ўтқазилди. Ҳашарда (сал кечроқ келиб бўлса-да) ҳисса қўшдим. Икки тупгина терак кўчати ўтқаздим.
Форумдошларимиз ҳашарини орзиқиб кутяпмиз.
Аброр Шокиров
05.03.2013, 02:13
Domla unaqa qimende. O'zi har doim mana shunaqa qilib, yani vaqt o'zgartirib oddiy tadbirni ham uyishtiraolmay qolamiz.
Siz ko'pchilikni rayiga qarab 17 chi kunni belgilavering. man hozir chetdaman. 9 chi kuni yetib kelaolaman. 1 kun ichida bu tadbirni tashkillashtirib yuborish sal qiyin. Shunchun bir kichikni gapiga ho'p dengde, 17 chi kuni ketmonizni ko'tarib kelin!!!
Tulqin Eshbekov
06.03.2013, 22:31
17 chi kuni ketmonizni ko'tarib kelin!!!
Баҳор шу қадар шитоб билан сепини ёйиб, дарахтлар шунчалик гул кирдики, энди экиладиган кўчатлар униб-ўсиши даргумонга ўхшаб қолди...
Демак, кўчат экишга киришишдан аввал мутахассислар билан маслаҳатлашиш лозим...
Colorado
06.03.2013, 22:38
17 chi kuni ketmonizni ko'tarib kelin!!!
Баҳор шу қадар шитоб билан сепини ёйиб, дарахтлар шунчалик гул кирдики, энди экиладиган кўчатлар униб-ўсиши даргумонга ўхшаб қолди...
Демак, кўчат экишга киришишдан аввал мутахассислар билан маслаҳатлашиш лозим...
8-10 куни қор ёғиши кутилмоқда, Аброрбек ўз постида бу хақда гапириб ўтди. Ақилликлик қилишингиздан фойда ёқ, хеч бўлмаса, ишни белига тепманг.
Tulqin Eshbekov
06.03.2013, 22:45
8-10 куни қор ёғиши кутилмоқда
Офтоб чарақлаб турча-чи? Унда нима қиламиз?
Ақилликлик қилишингиздан фойда ёқ
Ақл билан иш кўриш ҳечам зарар келтирмаган. Қоалверса, ақлни Сиздек донишманд оғамиздан ўрганамиз!
хеч бўлмаса, ишни белига тепманг.
Ҳечам тепмайман! Фақат, меҳнатимиз зое кетмаслиги учун барвақтроқ ҳаракат қилсакмикин, демоқчи эдим-да.
Майли, ҳозирча таътилдаман-ку. Ишингизга халал бермайман. Омон бўлинг.
Аброр Шокиров
11.03.2013, 21:27
Hamma yaxshilarga salom.
Bugun 277-maktabga Nigorabegim bilan borib tadbir masalasini maktab direktori bilan gaplashib keldik.
Hullas ushbu "DARAXT EKISH" tadbirini 17-fevral kuni soat 9-00 da Sergeli tumani, 277-maktab hovlisida uyishtiriladi.
Orientir : Toshkent Avto Halqa Yo'li (betonka) bo'ylab Sergeli tarafdan kelayotganda chap tarafda "ELBRUS" to'yhonasidan o'tgandan keyin, agar Qo'yliq bozori tarafidan kelayotganda chap tarafda "PETROL" benzozapravkani qarshisida, yani Qo'yliq-6 va Qo'yliq-7 massivlarini orasidagi "Usmon Alibekov" ko'chasida joylashgan.
Shu ko'chaga kiraverishida chiroyli arka bor. Unda "Abdurrahmon Jomiy mahallasi" deb yozib qo'yilgan. Quyidagi fotoda surati bor.
Shu ko'cha bo'ylab kirilganda chap tarafdagi 277-maktab. O'ng tamonida 268-maktab bor. Faqat adashib u yerga kirib ketmanglar.
http://i057.radikal.ru/1303/4b/d4f6072d385c.jpg
Аброр Шокиров
11.03.2013, 21:36
Ushbu tadbirda mehnati bilan qatnashmoqchi bo'lgan userlarni yakshanba kuni 9-00 ga shu manzilga yetib kelishi so'raladi. Imkoni borlar lapatka, chelak olish esdan chiqmasin.(shaxsiy transporti borlar)
Imkoniyati bo'maganlar shundaylikcha kelaverishlari mumkun. Mabodo manzilni topaololmasangiz +99891 1325303 nomerga tel qilinglar.
Kimki ushbu tadbirda qatnashaolmaydiyu lekin savobidan bebahra bo'lmaslikni istasa 1325303 nomeriga Paynet orqali yoki o'zining raqamidan pul 5000 so'm pulni o'tkazib yuborsalar, ularni nomidan bitta nihol ekiladi.
Bugun Qo'yliq bozoriga borib archa daraxtini narxini surishtirib keldim. 1,5 metrlik archa (sosna) niholi 6000 so'm ekan. Ko'proq olamiz deb 5000 gacha tushirishni mo'ljallayapmiz. Shuning uchun bitta daraxt niholini 5000 so'm deb belgiladik.
Kimda kim savob ishga qo'shilmoqchi bo'lsa va o'zidan sadaqai joriya qoldirmoqchi bo'lsa yuqoridagi telefon raqamga shu summani o'tkazishlik iltimos qilinadi.
Аброр Шокиров
11.03.2013, 21:41
Maktab direktori "iloji bo'lsa archa daraxti" deganlari uchun aksar nihollarni archa deb belgiladik. Bundan boshqa, bir forumdosh 20 ta tup mevali daraxtni shundaylikcha beradigan bo'p turibdi. Agar yana boshqa userlarda shunday istak bo'lsa, bemalol o'z ko'chat-nihollari bilan tadbirga tashrif buyurishlari mumkun.
Mo'ljal 100 tup nihol ekishga niyat qilinyapti.
Colorado
11.03.2013, 23:14
"DARAXT EKISH" tadbirini 17-fevral kuni
аттанг, бир ойга кеч қопкетиммиз :)
гул кўчат экишни режалаштириш иложи бўлса, қанд иш бўларди.
Нигорахонга форумдошлардан салом, вапше форумда ва ФБда кўринмаяптилар......
Аброр Шокиров
12.03.2013, 09:34
гул кўчат экишни режалаштириш иложи бўлса, қанд иш бўларди.Gul ko'chat ekishga sharoit bor, faqat shaxsan man hech gul ko'chat o'tkazmaganman. Lekin siz o'tkazaman deseyz hech qarshilik yo'q. Faqat qaerda sotishligini va narxi necha pul ekanligini men bilmayman.
Нигорахонга форумдошлардан салом, вапше форумда ва ФБда кўринмаяптилар...... Hozir ilm bilan band ekanlar. Hudo hohlasa yakshanba kuni ushbu tadbirda bosh qosh bo'lalla.:)
Colorado
12.03.2013, 11:33
iz o'tkazaman deseyz hech qarshilik yo'q. Faqat qaerda sotishligini va narxi necha pul ekanligini men bilmayman.
OK. Гул кўчатларни купинча Фархадскийдан оламиз, эрталаб бозорга ўтиб келаман, гул кўчат олишга, мактабга соат 10 ларга етиб борсам керак.
ushbu tadbirda bosh qosh bo'lalla.
кўк сома, қовурилган кўк чучварага тобингиз қалай, деб савол берсангиз, Нигорахон қотирсалар керак деб жавоб қилардим.
модератор хоним, мавзуни номини ўзгартирсангиз: Кўчат экиш тадбири. 17 март, якшанба куни Сирғали тумани 277 макктаб
Dilya Hasanova
12.03.2013, 14:29
Мавзу номи "17 март, якшанба куни Сирғали туманидаги 277 мактабда кўчат экиш тадбири " га ўзгартирилди.
Аброр Шокиров
15.03.2013, 19:08
Yomg'iram hich to'htay demaydide. Hoyna hoy domlani duolari murtajab bo'votti shekilli.:(
Hozircha uchbu tadbirga qatnashishga o'z istagini bildirganlarni soni 15 tadan ziyod bo'ldi. Qolganlarni ham yakshanba kuni 9 ga yetib kelishi so'raladi.
Kimda kim forumdagi Abu Muslim degan userni tanisa, sizlardan iltimos shu bolaniyam tadbirga chaqiringlar. A to Qo'yliqda turib, mezbon sifatida qatnashmasa uyat bo'sa kerak.:cool:
Shahodat
15.03.2013, 19:50
Hozircha uchbu tadbirga qatnashishga o'z istagini bildirganlarni soni 15 tadan ziyod bo'ldi. Qolganlarni ham yakshanba kuni 9 ga yetib kelishi so'raladi. 17- da hammada yakshanbalik e'lon qilingan. O'z maktabimizda hasharga chiqamiz.
domlani duolari murtajab bo'lmasa
Nigora Umarova
16.03.2013, 20:17
Yomg'iram hich to'htay demaydide. Hoyna hoy domlani duolari murtajab bo'votti shekilli.:(
Hozircha uchbu tadbirga qatnashishga o'z istagini bildirganlarni soni 15 tadan ziyod bo'ldi.
Ob-havo bugun sal bo'lsa-da ochildi. Ertaga daraxt ekish tadbirimizda kunlar charag'on bo'ladi. Nasib bo'lsa tadbir bahamjihatlikda ajoyib tarzda o'tadi.... :)
Colorado
16.03.2013, 23:55
Ertaga daraxt ekish tadbirimizda kunlar charag'on bo'ladi.
Эртага бир икки форумдошлар билан аввал гул бозорига ўтамиз, сал кечикиб келамиз.
кўк сомса, кўк чучварани биз келгунча гумдон қилиш ёқ :)
Ҳориманглар, яхшилар. Жуда яхши тадбирни бошлабсизлар, кам бўлманглар...
Бош-қош бўлганларга, едирган-ичирганларга, ҳай баракаллачиларга, ҳамма-ҳаммага раҳмат айтсанг арзийди... :)
Nigora Umarova
17.03.2013, 14:52
кўк сомса, кўк чучварани биз келгунча гумдон қилиш ёқ :)
Kennechabiyimizga ko'k chuchvarani yetkazdingizmi? :)
Daraxt ekish tadbirida qatnashganligimizdagi turar joy aholisining sumalagi juda mazali-shokoladsimon chiqibdi. Otkir shirin ta'mi kishining og'zida qoldi.
Nigora Umarova
17.03.2013, 15:01
Ҳориманглар, яхшилар. Жуда яхши тадбирни бошлабсизлар, кам бўлманглар...
Бош-қош бўлганларга, едирган-ичирганларга, ҳай баракаллачиларга, ҳамма-ҳаммага раҳмат айтсанг арзийди... :)
Salomat bo'ling.
Tadbir maroqli o'tdi. Archa, mevali daraxtlar, atirgul ko'chatlarini "Barakala, bor bo'linglar" deya yerga qadadik. Maktab direktori ham, o'qituvchilar ham, o'quvchilar ham juda-juda xursand bo'lishdi. Tadbirda qatnashgan barcha-barchaga, shu jumladan, Abror aka, Yevgeniy Semyonovich Sklyarevskiyga, Rahimjon akaga, Mas'udbek va ko'chat ekish tadbirida jamuljam ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Navro'z bayrami asosida bajarilishi lozim bo'lgan udumlarimizdan biri bu daraxt ekish hisoblanadi. Yaqin kunlarda ikkinchi udumni ham bajarmoqchimiz. Bu qariyalar va bemorlarni borib ko'rish. Kim agar ushbu tadbirda qatnashmoqchi bo'lsa 20 mart kuni(chorshanbada), soat 11-00 da Qariyalar pansionatida "Bayram" guruhi bilan o'tkaziladigan xayriya tadbirida ishtirok etishga taklif etamiz.
Colorado
17.03.2013, 22:03
Kennechabiyimizga ko'k chuchvarani yetkazdingizmi?
https://img.uforum.uz/images/uhcsdne6915855.jpg
Liliya M. say: Nigora, вкус изумительный: начинка впечатлила, а тесто просто великолепное-с хрустинкой, не твердое и не мягкое. Надеюсь, поделитесь рецептом.
Colorado
17.03.2013, 22:17
turar joy aholisining sumalagi juda mazali-shokoladsimon chiqibdi. Otkir shirin ta'mi kishining og'zida qoldi.
https://img.uforum.uz/images/lnlovsl2596164.jpg
Сумалак просто дахшат, ЕС, Нигорахон билан бир пиёладан қозон устида проба қилдик, насибани уйга хам олиб келдик.
Уткир ширин тамга мен хам эътибор бердим. Ёнғоқ солинган сумалакни биринчи маротаба татиб кўришим. Уйдагиларга хам ёқди.
Liliya M. say: Сумалак с крупинками, не совсем "майин", скорее всего добавляли кукурузную муку, т.е. то, что надо.
Маъсудбек жуда содда экан. Ўйга на чучвара, на сумалак олиб борди :)
Evgeniy Sklyarevskiy
18.03.2013, 01:24
Всем спасибо, было классно!
http://mytashkent.uz/wp-content/uploads/2013/03/a0068-800x552.jpg
Вот три репортажа:
http://mytashkent.uz/2013/03/18/xashar-v-shkole-chast-pervaya-zhivoj-bazar-na-farxadskom/
http://mytashkent.uz/2013/03/18/xashar-v-shkole-chast-vtoraya-v-shkole-277/
http://mytashkent.uz/2013/03/18/a-ryadom-so-shkoloj-varili-sumalyak/
Аброр Шокиров
25.03.2013, 07:26
Uzr, 1 haftalik kechikish bilan "Daraxt ekish" tadbiri haqida hisobotni berib qo'yay.
17-mart kuni uyishtirilgan ushu tadbirda ja'mi 132 ta tup daraxt, 82 ta archa va 50 ta mevali daraxt ko'chatlari ekildi. Bulardan boshqa 50 ta atirgul ko'chati ham yaxshi niyatlar bilan yerga qadaldi.
Ushbu tadbirda qatnashgan va PayNet orqali pul yuborgan barcha userlarga kattadan katta rahmat aytamiz. Qilgan sadaqai joriyangizni O'zi O'z dargohida qabul qilsin.
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot