PDA

Просмотр полной версии : Ўқитувчи. У қандай бўлиши керак?

dili
19.09.2012, 06:08
Оффтоп: устоингиз расм жойлашда саводингизни чала чиқарганга ўхшайди
Компьютерга ўқиган вақтимда интернет унақа ривожланмаган эди. Интернетга уланиш имкони ҳам йўқ эди. Бировни устидан кулгандан кўра тўғри жойлаштиришни ўргатинг. Интернетда ишлаш бўйича саводим чалалигини тан оламан.

Hero
19.09.2012, 08:16

Unaqa demang bizni o'qituvchilarimiz hali internetdan qanday foydalanishni nimaligi bilishmaydi. Siz bu sohani albatta bilimdonisiz. Calarado vaqti-vaqti bilan hazillashib turadilar

Colorado
19.09.2012, 17:42
Интернетда ишлаш бўйича саводим чалалигини тан оламан.
Greate! I hope this means your life going well.
Calarado vaqti-vaqti bilan hazillashib turadilar
Diliга ухшатдим :)
https://img.uforum.uz/images/jcpixia6387536.jpg

жойлаштиришни ўргатинг
by all means албатта!

Hamidbey
19.09.2012, 20:17
Forumdoshlar maktabda o'qituvchilar o'qiyotgan AKT bo'yicha bitta mavzu ochinglar.Masalan AKT o'qishlari

dili
20.09.2012, 07:02
Greate! I hope this means your life going well.
You are right. Thank you for your photo.
Colorado вақтингиз бўлса бизнинг мактабга келинг, инглиз тилидан дарс соатлари бор.

Hero
20.09.2012, 08:02
Forumdoshlar maktabda o'qituvchilar o'qiyotgan AKT bo'yicha bitta mavzu ochinglar.Masalan AKT o'qishlari

AKT bo'yicha qanday savollar qiynaydi sizni shu forumda ham shuni amalga oshirsa bo'ladi

Ustoz
20.09.2012, 09:00
AKTda ko`pincha kerakmas narsalarni so`rashadi. Har bir shaxs kompdan foydalanishning umumiy prinsiplarini bilib olsa, u yog`i keyin o`ziga kerak bo`lganlarini o`zi o`rganib ketadi. Qaysi tugmani bossa nima bo`ladi, nima qilish uchun qaysi tugmani bosish kerak, degan savollarni men shu narsalarni tushunmaydigan odam tuzgan deb hisoblayman.
Har bir dasturda, masalan WORD, EXCEL, POWERPOINT va shu kabilarda faylni ochish, saqlash, o`zgartirish, bosmaga chiqarish va shu kabilar deyarli bir xil. Shularni o`rganib, o`sha dasturning HELPidan foydalanishni o`rganib olsa, bo`ldi, oddiy narsalarni qilaoladi. O`zim shu yo`l bilan o`rganganman.

dili
20.09.2012, 20:47
Ўқитувчи қандай бўлиши кераклигини директорлардан сўранг.
Мактабга киришда карточкали турникет ўрнатишаркан. Ўрнатишдан олдин ота-оналарнинг фикрини билиш учун анкета тарқатишди. Анкетада интернетга нима орқали кирасиз деган савол бор экан. Жавоблари ноутбук, планшет, смартфон ва шунга ўхшаш нарсалар.Мен дугонамга айрим ота-оналар планшет нима, интернет нималигини билишмайдию десам гапимни директор эшитиб турган экан дарров "темирни иссиғида босдилар": Яхшиям интернетга киришни билмайди, бўлмаса ақллилик қилиб менга ақл ўргатишни бошлайди, деб қолдилар.
Шундай қилиб ҳурматли устозлар интернетдан нарироқ юрсангиз, директор сизнинг гапингизни пойламайди ва сиз ЯХШИ ўқитувчилар қаторидан ўрин оласиз.

Hamidbey
20.09.2012, 21:40

Шундай қилиб ҳурматли устозлар интернетдан нарироқ юрсангиз, директор сизнинг гапингизни пойламайди ва сиз ЯХШИ ўқитувчилар қаторидан ўрин оласиз.Dili opa nimaga direktoringgiz bilan uncha kelishmaysiz. Direktoringgiz ayol kishimi erkakmi

Hamidbey
20.09.2012, 21:42
AKTda ko`pincha kerakmas narsalarni so`rashadi. Har bir shaxs kompdan foydalanishning umumiy prinsiplarini bilib olsa, u yog`i keyin o`ziga kerak bo`lganlarini o`zi o`rganib ketadi. Qaysi tugmani bossa nima bo`ladi, nima qilish uchun qaysi tugmani bosish kerak, degan savollarni men shu narsalarni tushunmaydigan odam tuzgan deb hisoblayman.
Har bir dasturda, masalan WORD, EXCEL, POWERPOINT va shu kabilarda faylni ochish, saqlash, o`zgartirish, bosmaga chiqarish va shu kabilar deyarli bir xil. Shularni o`rganib, o`sha dasturning HELPidan foydalanishni o`rganib olsa, bo`ldi, oddiy narsalarni qilaoladi. O`zim shu yo`l bilan o`rganganman.
O'qituvchilarning 90% i kompyuterni yoqishni bilmaydi bizning maktabda. Qiziqishmaydi tekin deyilsa ham dars tugasa bo'ldi uyiga chopishadi va qachon oylik tusharkan deb poylashadi ular.

Hamidbey
20.09.2012, 21:47
Forumdoshlar maktabda o'qituvchilar o'qiyotgan AKT bo'yicha bitta mavzu ochinglar.Masalan AKT o'qishlari

AKT bo'yicha qanday savollar qiynaydi sizni shu forumda ham shuni amalga oshirsa bo'ladiAKT o'qishi nima maqsadda tshkil qilingan o'zi. Masalan har oyni ohirida hisobot topshirish kerak unga pul kerak. Pul bo'lmasa qabul qilmaydi . Rayona hodimlari. Keyin Iyun avgustda paxta chopig'i. SEntyabr oktabr noyabrda paxta o'qituvchilar paxtada kim o'qiydi bu AKT ni shunga hayronman. O'qish faqat qog'ozda va pul bilan hisobotlar yopilmoqda nimaga kerak bunaqa o'qish shunga hayronman.:dash2:

dili
20.09.2012, 22:30
Dili opa nimaga direktoringgiz bilan uncha kelishmaysiz. Direktoringgiz ayol kishimi erkakmi
Opaxonimiz bilan nimaga kelisha olmayotganimni sababini "Maktablarda pul yig'ilishi to'g'rimi" degan mavzudan o'qing.

myu
20.09.2012, 23:39
Hamidbey, Қайси фандан дарс берасиз? Узр! Бир мен ҳам ўқитувчини текшириб қўйдим-да, мактабда ўқиб юрганимда дафтаримда қизил ёзувлар учраб турар эди. :)
Сўзларди бир хил "Ҳ" ҳарфи ишлатилган H
AKT o'qishi nima maqsadda tshkil qilingan o'zi. Masalan har oyni ohirida hisobot topshirish kerak unga pul kerak. Pul bo'lmasa qabul qilmaydi . Rayona hodimlari. Keyin Iyun avgustda paxta chopig'i. SEntyabr oktabr noyabrda paxta o'qituvchilar paxtada kim o'qiydi bu AKT ni shunga hayronman. O'qish faqat qog'ozda va pul bilan hisobotlar yopilmoqda nimaga kerak bunaqa o'qish shunga hayronman.

Shahodat
21.09.2012, 00:20
AKT o'qishi nima maqsadda tshkil qilingan o'zi. Masalan har oyni ohirida hisobot topshirish kerak unga pul kerak. Pul bo'lmasa qabul qilmaydi . AKTni o'qish - zamon talabi. O'quvchilarga sifatli bilim beraman desangiz AKTdan foydalanish kerak, darsingiz qiziq bo'ladi, uni o'zlashtirish ham o'quvchilar uchun yengilroq bo'ladi.
Pulingiz ko'p bo'lsa to'laverasiz - oladigani olib mazza qiladi.

Ustoz
21.09.2012, 06:32
Pulingiz ko'p bo'lsa to'laverasiz - oladigani olib mazza qiladi.
Berganning betiga qarama. :)
Beradigan odam bo`lganidan keyin oladigan nega olmasin. Siz bermang, tamom vassalom. Men shunday deb o`ylayman. Bergan ham gunohkor, olgan ham, ko`proq bergan gunohkor. Xristian dinida "Ne soblyaznyay" degan gap bor. Pul berib o`zinglar yo`ldan urib o`rgatib qo`yasizlar-da, keyin kim kirib kelsa ular qo`lga qaraydigan bo`lib qoladi.

Hero
21.09.2012, 08:01
Ўқитувчи қандай бўлиши кераклигини директорлардан сўранг.
Мактабга киришда карточкали турникет ўрнатишаркан. Ўрнатишдан олдин ота-оналарнинг фикрини билиш учун анкета тарқатишди. Анкетада интернетга нима орқали кирасиз деган савол бор экан. Жавоблари ноутбук, планшет, смартфон ва шунга ўхшаш нарсалар.Мен дугонамга айрим ота-оналар планшет нима, интернет нималигини билишмайдию десам гапимни директор эшитиб турган экан дарров "темирни иссиғида босдилар": Яхшиям интернетга киришни билмайди, бўлмаса ақллилик қилиб менга ақл ўргатишни бошлайди, деб қолдилар.
Шундай қилиб ҳурматли устозлар интернетдан нарироқ юрсангиз, директор сизнинг гапингизни пойламайди ва сиз ЯХШИ ўқитувчилар қаторидан ўрин оласиз.

Avval boshida direktorlardan oppoq inson bo'lmaydi vaqt o'tishi bilan o'zgaradi. lekin bilishmaydi bu lavozim vaqtinchalik.

Hero
21.09.2012, 08:05
AKT o'qishi nima maqsadda tshkil qilingan o'zi. Masalan har oyni ohirida hisobot topshirish kerak unga pul kerak. Pul bo'lmasa qabul qilmaydi . Rayona hodimlari. Keyin Iyun avgustda paxta chopig'i. SEntyabr oktabr noyabrda paxta o'qituvchilar paxtada kim o'qiydi bu AKT ni shunga hayronman. O'qish faqat qog'ozda va pul bilan hisobotlar yopilmoqda nimaga kerak bunaqa o'qish shunga hayronman

Hamma ham bitta oylikka ishlamaydi aka

Hamidbey
21.09.2012, 11:50
Hamidbey, Қайси фандан дарс берасиз? Узр! Бир мен ҳам ўқитувчини текшириб қўйдим-да, мактабда ўқиб юрганимда дафтаримда қизил ёзувлар учраб турар эди. :)
Сўзларди бир хил "Ҳ" ҳарфи ишлатилган H
AKT o'qishi nima maqsadda tshkil qilingan o'zi. Masalan har oyni ohirida hisobot topshirish kerak unga pul kerak. Pul bo'lmasa qabul qilmaydi . Rayona hodimlari. Keyin Iyun avgustda paxta chopig'i. SEntyabr oktabr noyabrda paxta o'qituvchilar paxtada kim o'qiydi bu AKT ni shunga hayronman. O'qish faqat qog'ozda va pul bilan hisobotlar yopilmoqda nimaga kerak bunaqa o'qish shunga hayronman.
Matematika va informatika. Shoshib yozgandim

Hamidbey
21.09.2012, 11:51
AKT o'qishi nima maqsadda tshkil qilingan o'zi. Masalan har oyni ohirida hisobot topshirish kerak unga pul kerak. Pul bo'lmasa qabul qilmaydi . AKTni o'qish - zamon talabi. O'quvchilarga sifatli bilim beraman desangiz AKTdan foydalanish kerak, darsingiz qiziq bo'ladi, uni o'zlashtirish ham o'quvchilar uchun yengilroq bo'ladi.
Pulingiz ko'p bo'lsa to'laverasiz - oladigani olib mazza qiladi.Gap pul ko'pligida emas. Meni o'zim bilaman. Boshqa o'qituvchilar bilmaydida. O'qituvchilar paxtada bo'lsa

Hamidbey
21.09.2012, 11:53
Pulingiz ko'p bo'lsa to'laverasiz - oladigani olib mazza qiladi.
Berganning betiga qarama. :)
Beradigan odam bo`lganidan keyin oladigan nega olmasin. Siz bermang, tamom vassalom. Men shunday deb o`ylayman. Bergan ham gunohkor, olgan ham, ko`proq bergan gunohkor. Xristian dinida "Ne soblyaznyay" degan gap bor. Pul berib o`zinglar yo`ldan urib o`rgatib qo`yasizlar-da, keyin kim kirib kelsa ular qo`lga qaraydigan bo`lib qoladi.
Meni o'zim bermayman pul lekin qishloq maktablari hammasi pul bilan yopadi hisobotni.

Hamidbey
21.09.2012, 11:55
AKT o'qishi nima maqsadda tshkil qilingan o'zi. Masalan har oyni ohirida hisobot topshirish kerak unga pul kerak. Pul bo'lmasa qabul qilmaydi . Rayona hodimlari. Keyin Iyun avgustda paxta chopig'i. SEntyabr oktabr noyabrda paxta o'qituvchilar paxtada kim o'qiydi bu AKT ni shunga hayronman. O'qish faqat qog'ozda va pul bilan hisobotlar yopilmoqda nimaga kerak bunaqa o'qish shunga hayronman

Hamma ham bitta oylikka ishlamaydi akaShunaqa deysizu. Lekin masalaning ikkinchi tamoni borda o'qituvchilar AKT ni bilishmaydida.

Hamidbey
30.09.2012, 20:41
Hamkasblar sizlarning maktabinggizda AKT o'qishlari qanday va qay yo'sinda davom etmoqda

Hamidbey
23.10.2012, 20:12
Hurmatli hamkasblar sizlarga bitta savolim bor. Har bir sinf xonasida o'zbekiston va jahon xaritasi bo'lishi shart degan qarormi yoki qonunmi bormi.

Kadambay Saytov
24.10.2012, 09:29
Hurmatli hamkasblar sizlarga bitta savolim bor. Har bir sinf xonasida o'zbekiston va jahon xaritasi bo'lishi shart degan qarormi yoki qonunmi bormi.
Биринчи марта эшитишим. Бу тўғрисида шарт ёки бошқа ҳуқуқий-меъёрий ҳужжат бўлмаса керак.

Биллур
24.10.2012, 09:45
sinf xonasida o'zbekiston va jahon xaritasi
Сиз илиб қўйинг, курасиз болаларнинг шахартопди уйинлари-ни... :)
Менимча яхши бўлади, лекин мажбур эмас.

Sayyora
24.10.2012, 10:56
Компьютерга ўқиган вақтимда интернет унақа ривожланмаган эди. Интернетга уланиш имкони ҳам йўқ эди. Бировни устидан кулгандан кўра тўғри жойлаштиришни ўргатинг.

Menga adresingizni yozib yuboring, Sizga Internetga oid yangi qollanmamni yuboraman. Adresingizni shahsiy sahifaga tashlaganingiz maqul. Maktab adresini yozsangiz ham boladi. Rahmat.

Hamidbey
24.10.2012, 19:14
Hurmatli hamkasblar sizlarga bitta savolim bor. Har bir sinf xonasida o'zbekiston va jahon xaritasi bo'lishi shart degan qarormi yoki qonunmi bormi.
Биринчи марта эшитишим. Бу тўғрисида шарт ёки бошқа ҳуқуқий-меъёрий ҳужжат бўлмаса керак.Men 6 sinf rahbariman . Geografiya fani o'qituvchisi menga buyruq berayabdi jahon haritasini ilib qo'yishga majbursan diydi shunaqa qaror 3 yil oldin chiqqan diydi.Mani ped, stajimga hali 2 yil to'ldi.Meni o'zim eshitmaganman unaqanggi qarorni. Nima men endi geografiya fani o'qituvchisini ko'rgazmali qurolini sinf rahbari topib berishi kerakmi aziz forumdoshlar?

Hamidbey
24.10.2012, 19:21
Компьютерга ўқиган вақтимда интернет унақа ривожланмаган эди. Интернетга уланиш имкони ҳам йўқ эди. Бировни устидан кулгандан кўра тўғри жойлаштиришни ўргатинг.

Menga adresingizni yozib yuboring, Sizga Internetga oid yangi qollanmamni yuboraman. Adresingizni shahsiy sahifaga tashlaganingiz maqul. Maktab adresini yozsangiz ham boladi. Rahmat. hamidsheva@mail.ru , fcbarcelona@inbox.uz qo'llanmanggizni kutib qolaman . Intilganga tole yor . Oldindan rahmat.

Hamidbey
29.10.2012, 21:54
hamkasblar menga 275 qarorni kim topib bera oladi. O'tgan yili direktor va zavuchlarga attestatsiya bo'ldi. Shunda ko'pchiligidab 275-qarorni so'radi

Kadambay Saytov
30.10.2012, 09:51
275 qarorni kim topib bera oladi.
www.lex.uz-га кириб, излаб кўрдингизми?

akmal-a23
31.10.2012, 00:50
АКТ ни урганиш хар бир уқитувчи учун зарур деб уйлайман!
Ҳеч ким учун сир эмас-ки, аксарият ҳолларда компьютер ва унга яқин технологияларни ўқувчилар ўқитувчидан кўра тезроқ ўзлаштирмоқдалар. Бу табиий ҳол. Агар ўқитувчи ўзи компьютерни билмаса ва уни ҳатто элементар даражада ҳам билишни хоҳламаса – бу ачинарли холдир.

Hamidbey
02.11.2012, 08:17
Nimaga o'qituvchilarning oyligidan har yili obunaga deb maoshdan 25% tutib qolishadi. Obuna majburiymi. Majburiy bo'lsa qaror bormi shunga.

Sayyora
02.11.2012, 10:13
АКТ ни урганиш хар бир уқитувчи учун зарур деб уйлайман
Assalom, oqituvchi AKT kompetentligi borasida UNESCO tavsiylar va treninglar uchun modullar ishlab chiqqan. Ular bilan tanishish mumkin. Rahmat

Jabbor
02.11.2012, 23:49
Hamkasblar sizlarning maktabinggizda AKT o'qishlari qanday va qay yo'sinda davom etmoqda

Akt o'qishlarini tugatdik. Faqat maktablar internetga ulanmayotganini aytmasa hammasi yaxshi.O'qituvchilarimiz internetda ishlashni, Ziyonet ta'lim tarmog'idan foydalanishni nazariy qismini o'rgandilar. Amaliyot bo'lmadi. Maktabda may oyining oxiridan internetga ulanish imkoniyati yo'q. Bir necha marta 1500808 nomerga telefon qilib so'radim. Boshqarmaning xatiga ko'ra maktablarga internet xizmati ko'rsatish to'xtatilgan deb javob berishdi. Boshqa viloyatlarda ham shunaqamikan.

Hamidbey
03.11.2012, 22:03
Hamkasblar sizlarning maktabinggizda AKT o'qishlari qanday va qay yo'sinda davom etmoqda

Akt o'qishlarini tugatdik. Faqat maktablar internetga ulanmayotganini aytmasa hammasi yaxshi.O'qituvchilarimiz internetda ishlashni, Ziyonet ta'lim tarmog'idan foydalanishni nazariy qismini o'rgandilar. Amaliyot bo'lmadi. Maktabda may oyining oxiridan internetga ulanish imkoniyati yo'q. Bir necha marta 1500808 nomerga telefon qilib so'radim. Boshqarmaning xatiga ko'ra maktablarga internet xizmati ko'rsatish to'xtatilgan deb javob berishdi. Boshqa viloyatlarda ham shunaqamikan.Qaysi viloyatdansiz aka. Sizda yahshi kelib o'qishibdi. Bizda kelmadilar o'qituvchilar.Bizda internet ishlaybdi faqat uz saytlari ishlayabdi.

Jabbor
04.11.2012, 21:20
Qaysi viloyatdansiz aka. Sizda yahshi kelib o'qishibdi. Bizda kelmadilar o'qituvchilar.Bizda internet ishlaybdi faqat uz saytlari ishlayabdi.
Toshkent viloyatidan. Bizda umuman ishlamayapti.Bundan tashqari har yili servis xizmati ko'rsatishardi. Bu yil umuman kelishmadi.

Hamidbey
05.11.2012, 19:15

Qaysi tumanidansiz. 2009 yilda ishga kelgan bo'lsam maktabga bir marta ham servis ko'rsatilmadi kompyuterlarga

moro3
12.11.2012, 06:47
O'qituvchilarning 90% i kompyuterni yoqishni bilmaydi bizning maktabdaO`qituvchininig uyida kompyutrei bolmasa o`rganish juda mashaqqatli kechadi.Shuning uchun ham ular AKTga uncha qiziqidhmaydi....Maktab oqituvchilariga kreditga va`da qilingan PKlar qani?

moro3
12.11.2012, 06:50
Toshkent viloyatidan. Bizda umuman ishlamayapti.Bundan tashqari har yili servis xizmati ko'rsatishardi. Bu yil umuman kelishmadi. Мактабда инженер-программист ставкасида ким утирибди?Ушани кулогини бураш керак-у шу учун ойлик олаяпти-ку!

Hero
12.11.2012, 08:17
Мактабда инженер-программист ставкасида ким утирибди?

Shunaqa lavozim ham bormi?

Shahodat
13.11.2012, 00:29
Shunaqa lavozim ham bormi? бор.Оператор йўқ.
Оффтоп: Maktab oqituvchilariga kreditga va`da qilingan PKlar qani? Бир куни келиб қолар деб пойлаб ўтирибмиз.

Ustoz
13.11.2012, 07:04
Бир куни келиб қолар деб пойлаб ўтирибмиз.
"Kutmoq va umid qilmoq kerak" Edmond Dantes. :)

Jabbor
15.11.2012, 01:37
Toshkent viloyatidan. Bizda umuman ishlamayapti.Bundan tashqari har yili servis xizmati ko'rsatishardi. Bu yil umuman kelishmadi. Мактабда инженер-программист ставкасида ким утирибди?Ушани кулогини бураш керак-у шу учун ойлик олаяпти-ку!
Бизда Инженер-программист лавозими бор ва у амалий ишлар ўтказишда ўқитувчига ёрдам беради. Сервис хизмати марказлашган тарзда вилоят бошқармаси томонидан тузилган шартнома асосида хизмат кўрсатади. Уларнинг вазифасига бузилган қурилмаларни тузатиш хам киради. Ўтган йили бизга Сателлит - систем фирмаси хизмат кўрсатган эди.

Hero
15.11.2012, 08:17
[

Bizda hali bunaqa lavozim yo'q. Sababini bilmadim

Kadambay Saytov
15.11.2012, 14:15
Ҳурматли педагоглар ва форум иштирокчилари!
Инглиз тилини ўрганиш истагида бўлганлар, Британия Кенгашининг Ўзбекистондаги ваколатхонаси томонидан тақдим этилган мультимедиа-ресурслар ("Teaching English", "Learn English Kids", "Learn English")дан фойдаланиши мумкин.
Мазкур ресурсларни қуйидаги манзиллардан олишингиз мумкин:
http://uzedu.uz/uzb/info/pedagog/recommen/
http://eduportal.uz/source/english/british_council/teaching_english/index.html
http://eduportal.uz/source/english/british_council/learn_english_kids/index.html
http://eduportal.uz/source/english/british_council/learn_english/index.html

ZiyoNet-даги ҳаволалар:
http://ziyonet.uz/learning/learning_eng/
http://ziyonet.uz/learning/learning_eng_kids/
http://ziyonet.uz/learning/teaching_eng/

Jabbor
16.11.2012, 07:40
[
Бизда Инженер-программист лавозими бор ва у амалий ишлар ўтказишда ўқитувчига ёрдам беради. Сервис хизмати марказлашган тарзда вилоят бошқармаси томонидан тузилган шартнома асосида хизмат кўрсатади. Уларнинг вазифасига бузилган қурилмаларни тузатиш хам киради. Ўтган йили бизга Сателлит - систем фирмаси хизмат кўрсатган эди.

Bizda hali bunaqa lavozim yo'q. Sababini bilmadim

Мактабларда бир компьютер синфи бор бўлса о.5 ставка , икки компьютер синфи бор бўлса 1 ставка инженер-программист ( баъзи ҳужжатларда оператор- программист) лавозими бўйича штат бирлиги бор.Ойлиги 200000сўм атрофида.

Адхамжон
26.11.2012, 05:54
Мактабларда бир компьютер синфи бор бўлса о.5 ставка , икки компьютер синфи бор бўлса 1 ставка инженер-программист ( баъзи ҳужжатларда оператор- программист) лавозими бўйича штат бирлиги бор.Ойлиги 200000сўм атрофида.Оператор программист компьютерларни созлаши мумкинми?Масалан ,Windows урнатиш, принтерларни заправка килиш унинг вазифасига кирадими?

Shahodat
26.11.2012, 21:55
Масалан ,Windows урнатиш, принтерларни заправка килиш унинг вазифасига кирадими? Уни вазифасига нима киради билмадим. Лекин Windows ўрнатади. Картриджни заправка қилади. Заправкага пул тўлаймиз (материалига).

Hero
27.11.2012, 08:44
Уни вазифасига нима киради билмадим. Лекин Windows ўрнатади. Картриджни заправка қилади. Заправкага пул тўлаймиз (материалига).

Bu gapga man ham qo'shilaman (kecha katrijimni, baraban rakil, rang, rizinvalini almashtirgandim. hammasi bo'lin 52 ming so'm keldi) bu manimcha operatorlikka kirmydi

Hamidbey
28.11.2012, 18:57
Hurmatli forumdoshlar maktab direktori bo'lishi uchun qanday shartlar bor. Maktab direktori bo'lish millat tanlaydimi. Qozoq millatiga mansub pedagog maktab direktori bo'lishi mumkinmi O'zbekiston hududida.

Shahodat
28.11.2012, 19:45
Maktab direktori bo'lish millat tanlaydimi. O’zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi'(O'zR konstitutsiyasining 8-moddasi) Menimcha millat emas, boshqa talablari bor. (ulardan biri o'zbek (Davlat) tilini bilganligi.
Qozoq millatiga mansub pedagog maktab direktori bo'lishi mumkinmi O'zbekiston hududida. Bitta Toshkent shaharning bittagina tumanini olsangiz bir nechta millat direktorlari bor.

Jabbor
30.11.2012, 19:38
Мактабларда бир компьютер синфи бор бўлса о.5 ставка , икки компьютер синфи бор бўлса 1 ставка инженер-программист ( баъзи ҳужжатларда оператор- программист) лавозими бўйича штат бирлиги бор.Ойлиги 200000сўм атрофида.Оператор программист компьютерларни созлаши мумкинми?Масалан ,Windows урнатиш, принтерларни заправка килиш унинг вазифасига кирадими?
Уни вазифасига нима киради билмадим. Лекин Windows ўрнатади. Картриджни заправка қилади. Заправкага пул тўлаймиз (материалига).
Инженер-программист синф компьютерларини амалий иш ўтиш учун тайёрлайди. Ўқитувчиларга амалиёт ўташ учун ёрдам беради. Компьютер синфида фақатгина информатика дарсларида эмас, балки бошқа фан ўқитувчилари хам дарс ўтишади. Мактабимизга 2004 йили компьютер синфи келган, ОСни ўзим ўрнатаман, принтерни заправкасини ўзим қиламан. Тонерни хам ўзим сотиб оламан. Мактаб спец счётидан компьютерлар учун бирон сўм хам пул ололмаганман. Қанча сичқонча сотиб олганимни ҳисобини билмайман.

Shahodat
30.11.2012, 20:37
Мактаб спец счётидан компьютерлар учун бирон сўм хам пул ололмаганман.янги йил бошида смета тузилганда запрвкага, комп.ремонтига бандлари бор(сервис ҳизматларига шартнома тузилади). Бухгалтерия вактида киритиш керак, туман молия бўлими билан келишган ҳолда

Sayyora
30.11.2012, 23:53
Оператор, еки оператор программист компьютер синфи администратори сифатида тавсия этилган эди. У Информатика укитувчиси ердамчиси хисобланади. Улар биргаликда, яъни хамкорликда ишлашса яхши булади.

Jabbor
03.12.2012, 21:15
Мактаб спец счётидан компьютерлар учун бирон сўм хам пул ололмаганман.янги йил бошида смета тузилганда запрвкага, комп.ремонтига бандлари бор(сервис ҳизматларига шартнома тузилади). Бухгалтерия вактида киритиш керак, туман молия бўлими билан келишган ҳолда
Сиз айтган сметани кўриб чиқиб, бухгалтер ва мактаб директори билан биргаликда мактабимиз сметасини тузиб , компьютер учун керакли нарсалар олиш учун берилган бандларини тўлдириб бир неча йиллардан буён шаҳар молия бўлимига тақдим этамиз. Аммо молия бўлими ҳар сафар ўз вариантларини тасдиқдан ўтказиб беришади. Шу масалада молия бўлими рахбарига учраганимда мактаб спец счетидан оласизлар деган жавобни олганман.

Kadambay Saytov
04.12.2012, 08:56
Аммо молия бўлими ҳар сафар ўз вариантларини тасдиқдан ўтказиб беришади. Шу масалада молия бўлими рахбарига учраганимда мактаб спец счетидан оласизлар деган жавобни олганман.
Молия бўлимига шунча шахсий мурожаат ёрдам бермаса, расмий (хат орқали) мурожаат этиб, расмий жавоб олиш керак, ва олинган жавобни нусхасини илова қилган ҳолда вилоят молия бошқармаси, ҳокимият ва бошқа бошқарув органларига мурожаат этиш керак.

Jabbor
04.12.2012, 16:22

Тўғри Сиз айтгандай расмий хат билан мурожаат қилиш керак. Аммо мактабдаги компьютерлар ишчи холатида бўлиши фақат информатика фани ўқитувчиси учун керакми? Оддий ўқитувчи мактаб директорига мурожаат қилиши мумкин. Бу мурожаатлар учун жавоб хам беришмайди. Аммо бир кези келганда текшириб тўғрими , нотўғрими тузлаб кетишади. Мактаб директори эса хизмат хати билан вилоятга эмас, шаҳар молия бўлимига ҳам чиқа олмайди.
Қадамбой Мактабимизга 2011 йил декабрь ойида янги компьютерлар келган. Компьютерлар учун Махсус мебел келмаган. Аммо оддий парталарга ўрнатиб қўйганмиз. Ўрнатиб кетган ташкилот АКТ тузиб ишлатишни маън этиб кетган. Камчиликларни бартараф этдик. Фақат махсус мебел келмаган. Бир неча марта Сиз айтгандай мактаб рахбарига хат билан ёзма равишда мурожаат қилдим. Хеч қандай жавоб бўлгани йўқ. Гороно рахбарига хам июль ойида ёзма мурожаат қилдим. Бу хатга хам жавоб бўлгани йўқ. Фуқароларнинг мурожаатлари ҳақидаги қонуннинг мактаб директори ва гороно мудирига алоқаси йўқ бўлса керак, яна билмадим.
Аммо 30 ноябрь куни мудир келиб бир йилдан буён ишлатмаяпсан бошқа мактабларда бундай компьютерлар йўқ деб хамма айбни менинг бўйнимга қўйиб кетди. Сиз бўлса ёзма мурожаат қилинг дейсиз

Shahodat
07.12.2012, 20:40
Ҳамма мактаблар ҳозирги кунда "билимлар беллашуви"га тайёргарлик кўрмоқда. Кўпчиликда (ҳам ўқувчиларда, ҳам педагогларда) саволлари бор. Турли семинарлар ўтказилмоқда. Лекин етарлича эмас. Масалан она тилидан диктант матни қандай бўлиши мумкинлиги намуналар келтирилган бўлса, информатика фанидан умуман хеч қандай намуналар йўқ. Ўқитувчилар тайёрлаб беради (ким қанақа тушунган бўлса), лекин ҳаммаси эмас (биринчи йил ишлаганлар бор) Республика таълим марказининг ўз сайти мавжуд. Лекин у ерда "эски" янгиликлар. Uzedu.uz да ҳам шу аҳвол. Мактабларга бу сайтлардан доим фойдаланиш тавсия берилган. Афсуски...

Jabbor
08.12.2012, 18:47

Фикрингизга қўшиламан. Информатика фанидан ўтган йилги шаҳар "билимлар беллашуви"да ва олимпиадада берилган амалий ишлар ва тест саволларининг кўпчилигида хатолар бор эди. Жюри аъзолари билан хатоларни кўрсатиб далолатнома тузиб берганмиз. Таълим марказининг сайтида ва ХТВ сайтида керакли маълумотлар кам. Айниқса информатика фанидан. Борлари хам эски.

Shahodat
09.12.2012, 00:06
"билимлар беллашуви"да ва олимпиадада берилган амалий ишлар ва тест саволларининг кўпчилигида хатолар бор эди. Дарсликларда ва методик кўланмаларида ҳам бор.

Ustoz
09.12.2012, 07:12
Дарсликларда ва методик кўланмаларида ҳам бор.
Hozir ta`lim kimlar uchundir daromad manbaiga aylanib qoldi. To`g`ri, o`zim ham shu sohada tirikchilik qilib bola-chaqa boqib yuribman, ammo men avvalo ta`limga ta`lim sifatida qarayapman, ana keyin Olloh menga nasibamni yuboryapti. Hozir esa har 3 yilda kitoblar o`zgaradi, yangi kitoblar keladi, ochib qarasang deyarli birorta o`zgarish yo`q. Tekshirgani kelishadi, qanchalik ko`p tekshirishsa shunchalik battar bo`lib boryapti, nega? Chunki tekshirgani kelgan i***sni ta`lim qiziqtirmayapti, qayerdan bo`lsa ham kamchilik topib o`qituvchi yoki ma`muriyatni qaqshatib ketish ularning niyati. Ahmoqoqna qonun-qoidalar chiqarib qo`ygan, bajarolmaysan, bir nima desang, o`sha talablarni ko`rsat deydi, ko`rsatolmaysan, demak o`zing qonunga xilof ravishda ishlayapsan deydi. Bu narsalarning bari, tuyaga o`tirib uzoqni ko`zlagan holda qilingan, bu narsalardan kelib chiqqan hulosani o`ylasang odam qo`rqib ketasan. Nahotki kimdir (yoki kimlardir) bizni ataylab jarga qarab olib ketyapti?

Shahodat
09.12.2012, 20:30
Jabbor,Информатика фан ўқитувчиси сифатида қуйидаги талабларга нима дейсиз.
Халқ таълими вазирлигининг 2012 йил 5 ноябрдаги 321 - сонли буйруғига 3- илова дан

Barcha bosqichlarda 5 ta amaliy ish topshirig`i 7-8 sinflarda informatika fanining optimallashtirilgan o`quv dasturi bo`yicha shu kunga qadar o`rganilgan mavzulari asosida tanlanadi.
Unga 1 soat (60 daqiqa) vaqt ajratiladi.
Ushbu bosqichlarda har biri to`g`ri bajarilgan topshiriq 10 balldan, jami 50 ball bilan baholanadi. Bellashuvning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to`rtinchi bosqichida taqdim etiladigan 5 ta masalani yechimini ko`rsatish uchun o`quvchi tomonidan ofis dasturlari yoki grafik muharrirlar yordamida kompyuterdan amaliy foydalanilishiga imkoniyat va shart-sharoit yaratilishi shart. Topshiriqlarni tuzishda mantiqiy fikrlashga, nostandart masalalardan iborat bo`lishiga e’tiborni qaratish lozim.
O`quvchi tomonidan savollar tanlanadi va kompyuter oldida javob beradi. Ya’ni ushbu bosqichda o`quvchi har bir savolni kompyuter oldida amaliy ko`rsatadi.

(Адашмасам, ўтган йили 5 та масалага 3 соат вақт берилган эди.)

Hamidbey
13.12.2012, 08:31
Hurmatli o'qituvchilar sizga savolim bor edi.Maktablarda o'qituvchilarga obuna majburiymi? Bu yil bizning maktabda obuna uchun 13 million so'm ushlandi. Shundan 11 million 600 ming so'miga majburiy siyosiy gazeta va jurnallarga yozib qo'yishibdi. Qolgan summa o'qituvchilarning uyiga obuna bo'lishiga yetmaydi. Har bir o'qituvchining oyligidan 25% ushlab qolishdi majburiy deb.Shu to'g'rimi?

Адхамжон
13.12.2012, 23:43
Hurmatli o'qituvchilar sizga savolim bor edi.Maktablarda o'qituvchilarga obuna majburiymi? Bu yil bizning maktabda obuna uchun 13 million so'm ushlandi. Shundan 11 million 600 ming so'miga majburiy siyosiy gazeta va jurnallarga yozib qo'yishibdi. Qolgan summa o'qituvchilarning uyiga obuna bo'lishiga yetmaydi. Har bir o'qituvchining oyligidan 25% ushlab qolishdi majburiy deb.Shu to'g'rimi? Обунадан кутулишнинг осон йули бор-директор фондидан премия ёзилади- уч-туртта укитувчига,хамма пулни обунага утказилади-сих хам куймайди,кабоб хам :-)!

akmal-a23
14.12.2012, 14:42
Директор фондидан маблағларни обунага ишлатиш мумкин эмаску.
Умуман узи мажбурий обуна булиш керакми ?

Ustoz
14.12.2012, 14:51
Умуман узи мажбурий обуна булиш керакми ?
Bizda o`zi nima bo`lishi kerakday bo`lyapti-ki bundan hayron qolsanglar :)

Hamidbey
14.12.2012, 21:19
Hurmatli o'qituvchilar sizga savolim bor edi.Maktablarda o'qituvchilarga obuna majburiymi? Bu yil bizning maktabda obuna uchun 13 million so'm ushlandi. Shundan 11 million 600 ming so'miga majburiy siyosiy gazeta va jurnallarga yozib qo'yishibdi. Qolgan summa o'qituvchilarning uyiga obuna bo'lishiga yetmaydi. Har bir o'qituvchining oyligidan 25% ushlab qolishdi majburiy deb.Shu to'g'rimi? Обунадан кутулишнинг осон йули бор-директор фондидан премия ёзилади- уч-туртта укитувчига,хамма пулни обунага утказилади-сих хам куймайди,кабоб хам :-)!Unda direktorning cho'ntagiga qayerdan pul tushadi

Shahodat
14.12.2012, 21:25
nima bo`lishi kerakday bo`lyapti маъмуриятга кундузги навбатчилик хафтасига бир кун камлик қилаётган эди, энди тунги навбатчилик хам хафтасига камида бир кун бўляпти. Нима учун? Ёки унга пул тўланар эканми? Ҳозир тунги навбатчиликни коровулдан ташқари бита ўқитувчи ва бита администратор туриш керак эканмиш. Хафтасига неча соат ишлаш керак? (48 соатдан ташқари)

Ustoz
15.12.2012, 07:11

Qizig`i shunda-ki kimga shikoyat qilma hamma sizga oi`xshab norozi va yuqoridan shikoyat qiladi. Bunday ahmoqona buyruqlarni chiqarib o`tirgan o`sha "yuqorini" pastlab qo`yish vaqti kelmadimikan?
Bu axir vazirlikning sayti-ku, to`g`rimi? Shunaqa forum borligidan ularning habari bormikan, yo "akillab-akillab" qolaverarmikanmiz? Bu yerdagi gaplarni o`qib "Bu kuningdan battar bo`llaring" deb ustimizdan kulib o`tirishganmikan? Axir butun dunyoga sharmandamiz chiqib bo`ldi-ku!
Jurnalistlar! Lab bo`yoqlarini ayollarga qoldirib boshqa dolzarb mavzularni ko`tarsanglar-chi.

Hamidbey
15.12.2012, 08:58
nima bo`lishi kerakday bo`lyapti маъмуриятга кундузги навбатчилик хафтасига бир кун камлик қилаётган эди, энди тунги навбатчилик хам хафтасига камида бир кун бўляпти. Нима учун? Ёки унга пул тўланар эканми? Ҳозир тунги навбатчиликни коровулдан ташқари бита ўқитувчи ва бита администратор туриш керак эканмиш. Хафтасига неча соат ишлаш керак? (48 соатдан ташқари)Sizlarda haftasiga bir kun ekan bizlarda har kuni kunduzi ayol o'qituvchilar kechasi erkak o'qituvchilar navbatchilik qilishaybdi.

Hamidbey
15.12.2012, 09:00
Hurmatli hamkasblar ped. soat necha soat darsgacha yoziladi. Masalan menda 30.5 soat dars bor shuning hammasiga ped.soat yoziladimi. Direktorimizdan so'rasak 24 soat darsingga ped.soat yoziladi. qolganiga yozilmaydi deydi. Shu to'g'risida to'liq ma'lumot bersanglar

barlos
15.12.2012, 12:16
Ochig'i, maktab(lar)da buncha muammolar borligini shu mavzuga kirib bildim, tashqaridan bilinmas ekan...

Биллур
15.12.2012, 19:07
Unda direktorning cho'ntagiga qayerdan pul tushadi
Сиз ўйлаброқ ёзинг илтимос. Бу сузларингиз нахотки бошқа мактаб рахбарларининг шахсиятига тегишини ўйламадингиз.
Агар шундайлари бўлса, билсангиз, Сиздан колдирган изоҳингизга аниқлик киритишингизни талаб қиламан!

Ustoz
15.12.2012, 19:28
Ochig'i, maktab(lar)da buncha muammolar borligini shu mavzuga kirib bildim, tashqaridan bilinmas ekan...
Siz bu yerda o`qiyotganlaringiz yozish mumkin bo`lganlari, xali qanchasi haqida indalmay ketilyapti. Siz bilganingiz muztog`ning faqat ko`rinib turgan qismi, asosiy qismi suv ostida. :)

Shahodat
16.12.2012, 17:42
Sizlarda haftasiga bir kun ekan bizlarda har kuni kunduzi ayol o'qituvchilar kechasi erkak o'qituvchilar navbatchilik qilishaybdi. Unda sizlarda bitta administrator bir oyga bir marta navbatchi bo'ladimi? Bizda esa har haftada bir marta - ham kunduzi ham kechasi (ma'muriyat hammasi ayollar)

myu
16.12.2012, 17:57
Ишдан кейинги набатчилик нима учун керак?

Ustoz
16.12.2012, 18:23
Ишдан кейинги набатчилик нима учун керак?
Yaxshi savol, ammo javob yo`q. Kimningdir miyasiga urib qolib buyruq chiqarib qo`ygan, (menimcha o`zi ham tushunmasa kerak) endi bekor qilishga uyalayotgan bo`lishi mumkin. :) Nima bo`lganida ham, O`zbekiston Respublikasi Qonunlariga zid buyruqlar, chunki pul to`lanmagan holda tuni bilan birovni oilasidan tortib olib maktabga qorovul qilib qo`yish... :(

Shahodat
16.12.2012, 18:42
Ишдан кейинги набатчилик нима учун керак? Уйдагиларингиз сизни соғиниб туришсин деб. Сиз эса исситиш асбобларини (батареялар, регисторлар) текшириб туришингиз керак. Тешилса милиция-я-я деб чақирар экансиз.

Ustoz
16.12.2012, 19:01
Тешилса милиция-я-я деб чақирар экансиз.
Mening navbatchiligimda favvora bo`lib issiq suv otilgan. XTB navbatchisiga qo`ng`iroq qilsak, "Men nima qilaolaman" degan javob oldik. U holda ularga qo`ng`iroq qilishni nega talab qilishadi hayronman. Hullas suvda qolib, shalabbo bo`lib ertasiga ming-minglab pul sarflab davolandim. Kimlardir esa shuning orqasidan pul ishlab o`tiribdi, biz esa laqma bo`lib yuribmiz :)

Hamidbey
16.12.2012, 21:06
Ишдан кейинги набатчилик нима учун керак? Уйдагиларингиз сизни соғиниб туришсин деб. Сиз эса исситиш асбобларини (батареялар, регисторлар) текшириб туришингиз керак. Тешилса милиция-я-я деб чақирар экансиз.Maktabda katyolshik degan shtat bor yanglishmasam.

Anvar Atakhanov
16.12.2012, 21:25
Maktabda katyolshik degan shtat bor yanglishmasam.
Не-а, "катёлшик" катёлига қарайди, батареялар сантехникнинг иши, а сантехник биронтаям мактабда бўлмаса керак, так што...

Jabbor
17.12.2012, 14:59
Jabbor,Информатика фан ўқитувчиси сифатида қуйидаги талабларга нима дейсиз.
Халқ таълими вазирлигининг 2012 йил 5 ноябрдаги 321 - сонли буйруғига 3- илова дан

Barcha bosqichlarda 5 ta amaliy ish topshirig`i 7-8 sinflarda informatika fanining optimallashtirilgan o`quv dasturi bo`yicha shu kunga qadar o`rganilgan mavzulari asosida tanlanadi.
Unga 1 soat (60 daqiqa) vaqt ajratiladi.
Ushbu bosqichlarda har biri to`g`ri bajarilgan topshiriq 10 balldan, jami 50 ball bilan baholanadi. Bellashuvning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to`rtinchi bosqichida taqdim etiladigan 5 ta masalani yechimini ko`rsatish uchun o`quvchi tomonidan ofis dasturlari yoki grafik muharrirlar yordamida kompyuterdan amaliy foydalanilishiga imkoniyat va shart-sharoit yaratilishi shart. Topshiriqlarni tuzishda mantiqiy fikrlashga, nostandart masalalardan iborat bo`lishiga e’tiborni qaratish lozim.
O`quvchi tomonidan savollar tanlanadi va kompyuter oldida javob beradi. Ya’ni ushbu bosqichda o`quvchi har bir savolni kompyuter oldida amaliy ko`rsatadi.

(Адашмасам, ўтган йили 5 та масалага 3 соат вақт берилган эди.)
Yuqorida o'tirganlar bizning mehnatimizga yuqori baho berayotgan bo'lsa kerak. Nahotki bir yilda 3 baravarga bilim ,malaka va ko'nikmalarni oshirishga erishgan bo'lsak . Aslida 3 soat ham kam. 7-8 sinflarda necha soat amaliyot bo'lganligiga e'tibor bering.

Hamidbey
26.12.2012, 08:22
Hurmatli o'qituvchilar va forum a'zolari sizlarni va oila a'zolaringgizni kirib kelyotgan 2013-yil bilan shaxsan o'z nomimdan va oila a'zolarim nomidan tabriklayman. Kelinglar bir zum bo'lsa ham maktabdagi tashvishlardan xoli bo'lib bayramni yahshi kutib olaylik. Ilon yiliva Obod turmush yili hammamizning oilamizga tinchlik xotirjamlik sihat salomatlik olib kelsin. Happy New Year!

Jabbor
17.03.2013, 17:39
Ўқитувчи. У қандай бўлиши керак?
Men O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri INOYATOV ULUG`BEK ILYASOVICH
qabuliga kirmoqchiman.
Ta'lim vazirligi saytidagi "vazirga murojaat" bo'limi ishlamas ekan. Nimaga qo'yilgan?
Dushanba kungi qabulga esa bir necha bor borsamda kiritishmayapti.
Chirchiq shahar 11- maktab "direktori" Asiltoyev Z.A. ning noqonuniy ishlarini isbotlovchi bir necha dalillarni yanvar oyida viloyat Xalq Ta'limi boshqarmasi boshlig'i Azamatov A.ga maktab kollektividan olti nafar o'qituvchi olib borib topshirganimizdan so'ng menga qarshi, ya'ni 19 yildan buyon shu maktabda ishlayotgan, maktab kasaba uyushmasi raisiga qarshi direktor boshchiligida uyushtirilgan tuxmat va bo'htonlar tugamayapti. Shu sababli bu dalil va isbotlarni prokuraturaga topshirdim. Maktab direktorining hujjatlarni qalbakilashtirgani va byudjet mablag'ini talon-taroj qilganligini isbotlovchi dalillar.
Shu sababli balki yangi vazir INOYATOV ULUG'BEK ILYASOVICH o'qituvchining arzini tinglarmikan deb yozayapman.

Ўқитувчи қандай бўлиши кераклигини директорлардан сўранг....
Яхшиям интернетга киришни билмайди, бўлмаса ақллилик қилиб менга ақл ўргатишни бошлайди, деб қолдилар.
Шундай қилиб ҳурматли устозлар интернетдан нарироқ юрсангиз, директор сизнинг гапингизни пойламайди ва сиз ЯХШИ ўқитувчилар қаторидан ўрин оласиз.

Maktabimizda bir necha "YAXSHI" o'qituvchi bor.

“Таълим тараққиёти журнали”нинг 2013 йил 1-сонида Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлигининг 2012 йил 2 ноябрдаги Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимида коррупцияга қарши курашиш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида”ги 319-сонли буйруғи нимага чиқарилган?

Feruza Rahmatova
17.03.2013, 20:22
Poytaxtda ta'limning qishloqlashishi...
Ta'limni mavjuddek qilib ko'rsatish, muqallidlik...
Ta'limning haddan ziyod mafkuralashishi...
O'zbek matning tanazzuli, taraqqiyotga xizmat qiladigan matnlarning yo'qligi...
O'qish istagidagi kallaning o'tmishga qaratilganligi...
Savol berish huquqining cheklanganligi yoki ta'qiqlanganligi...
O'qituvchi kasbining sayyorada obro'sizlanishi, eng kam ish haqqi bilan belgilanganligi...
Kuch ishlatish, qo'rqitish va zo'ravonlik menejmenti oldida uyat va qo'rquvdan egilgan boshlar...
Jamiyat yoki davlat manfaatlari degan tanlov oldida ijtimoiy fikrning zaifligi...
Ijtimoiy irodasizlik va ommaviy ruhiy og'ishlar...
Ilojsiz yolg'onga aylangan ahloq...
Badiiy adabiyot tug'dirgan eskepizm...

Feruza1986
01.07.2013, 17:34

Фикрларингизга кушиламан. Таълим тизими ночор ахволда.Балик бошидан сасигани каби таълимга жуда куплаб пул дардига дучор булган рахбарлар кириб келишди. Укитувчи укитиш урнига баклашка териб, куча тозалаб юрибти. Шу сабабли 9- битирган укувчи исм шарифини хам ёзишни билмай коллежга бораяпти!!!!
Мактаб ва богчаларга порахурлар директор килиб тайинланаяпти.:dash2:

Биллур
02.07.2013, 10:57
Таълим тизими ночор ахволда.Балик бошидан сасигани каби таълимга жуда куплаб пул дардига дучор булган рахбарлар кириб келишди. 9- битирган укувчи исм шарифини хам ёзишни билмай коллежга бораяпти!!!!
Мактаб ва богчаларга порахурлар директор килиб тайинланаяпти.
Avvalo assalomu alaykum!
Muxtarama Feruza1986, fikrlaringizni xurmat qilaman lekin Siz so'zlaringizni isboti bilan yozishga harakat qiling.
Bo'lmasa bunday ayyuhannosni keragi tugul foydasi ham yo'q.

Jabbor
06.07.2013, 20:15

"Народное слово" газетасида Ўзбекистон Республикаси прокурори Р. Кадировнинг мақоласи берилди. Менимча Сиз айтган исбот , ўша мақолада келтирилган. Чет элга кетган ўқувчини бир неча йил "ўқитишган".

Биллур
15.07.2013, 17:25
Чет элга кетган ўқувчини бир неча йил "ўқитишган".

Укитувчи укитиш урнига баклашка териб, куча тозалаб юрибти.

Javobingiz biroz qoniqarli, tashakkur ammo xurmatli Feruza1986 ning nega bunchalar kuyinish sababi qiziq. Bu narsani o'zgartirish mumkin?!

Shahodat
15.07.2013, 22:11
Bu narsani o'zgartirish mumkin?! Биллур, bu savol forumdoshlarga emas, balki Vazirlikgadir. O'qituvchilarni qo'lidan kelgan ishi - bilim berish. O'qituvchilarni esa ming kerak emas ishlarni bajarishga majburlashadi, RayONOlar umuman ortiqcha. Ustama haq berilmasin va ped yuklama yuklatilmasin , lekin yetarli oylik berilsin, o'qituvchi vaqtida uyiga borsin va sifatli darsiga tayyorlansin. Yozda to'liq mehnat ta'tilida bo'lsin, har kuni arzimas narsaga maktabga chaqirilmasdan

Nigora Umarova
16.07.2013, 16:33
Yozda to'liq mehnat ta'tilida bo'lsin, har kuni arzimas narsaga maktabga chaqirilmasdan

Yozda ba'zi maktablarda o'qituvchilar maktabga chaqirtirilyapti ekan. Nima emish, maktab rekonstruksiya qilinayotganda o'qituvchi qanday qilib dam olishi mumkin, vijdoni bunga qanday yo'l qo'yadi, emish. Baraka topkur, ta'til charchagan asablarni mustahkamlash uchun ham kerak-ku, deydigan odam yo'q.

Ustoz
17.07.2013, 03:23
deydigan odam yo'q.
deydiganlar ko`p, eshitadigan va tushunadiganlar yo`q, to`grirog`i, ular ham bor, ammo ... :(

Nigora Umarova
17.07.2013, 04:12
deydiganlar ko`p, eshitadigan va tushunadiganlar yo`q, to`grirog`i, ular ham bor, ammo ... :(

Tushunishni istamaydiganlar esa yetarlicha topiladi

dili
17.07.2013, 13:00
O'tgan yili mendan boshqa hech qaysi o'qituvchi ta'tilga chiqqani yo'q. Direktor qop-qop va'dalar beruvdi, kuzgi ta'til vaqtida navbati bilan otgul beraman degan edi Lekin mana o'quv yili ham tugadi, hech kimga hech qachon, hattoki bir kun ham otgul bermadi. Bu bizning maktab uchun yangilik emas. Direktorlarga alloh insof bersin.

dili
17.07.2013, 13:04
Ta'til vaqtida o'qituvchilarni dam oldirmay ishlatishga tuman xalq ta'limi bo'lim mudiri bosh bo'lgan edi. Allohga shukur ishdan bo'shatishdi, o'rniga insoflisi kelsin deb duodamiz.

Shahodat
17.07.2013, 21:25
q. Direktor qop-qop va'dalar beruvdi, kuzgi ta'til vaqtida navbati bilan otgul beraman degan edi Lekin mana o'quv yili ham tugadi, hech kimga hech qachon, hattoki bir kun ham otgul bermadi. Bu bizning maktab uchun yangilik emas. Direktorlarga alloh insof bersinTa'til vaqtida o'qituvchilarni dam oldirmay ishlatishga tuman xalq ta'limi bo'lim mudiri bosh bo'lgan edi. Балик бошидан сасигани каби hammasiga yuqoridagi XTB ning boshligi ayibdor bo'lgan ekanda. Qolganlar faqat indamay ta'tilda ishlagan. O'z huquqini bilmasdan

Биллур
19.07.2013, 18:59
Биллур, bu savol forumdoshlarga emas, balki Vazirlikgadir. O'qituvchilarni qo'lidan kelgan ishi - bilim berish. O'qituvchilarni esa ming kerak emas ishlarni bajarishga majburlashadi, RayONOlar umuman ortiqcha. Ustama haq berilmasin va ped yuklama yuklatilmasin , lekin yetarli oylik berilsin, o'qituvchi vaqtida uyiga borsin va sifatli darsiga tayyorlansin. Yozda to'liq mehnat ta'tilida bo'lsin, har kuni arzimas narsaga maktabga chaqirilmasdan
Мухтарама Shahodat опажонимей, бор булинг.
Фикрларингизни хурмат киламан, "... кани Сайёрахон консерваторияни битириб олсинчи кейин балки...".
Кераксиз бўлишдан Ўзи асрасин Опа, иши тушибди (ҳали кўп) чақиришади. Нима, йўқ дея оласизми? Сиз билан биз қилмасак ким қилади, қўшнилар келиб қилиб берармиди.
Мамлакат аграр бўлса!
Ҳа-я яна бир нарса (балки нотўғридир) Францияда билим берувчи инсонлар соҳасидан бошқа иш қилиши мумкин эмас экан. Ишонгим келади...

Shahodat
19.07.2013, 20:47
Кераксиз бўлишдан Ўзи асрасин Опа, иши тушибди (ҳали кўп) чақиришади. Нима, йўқ дея оласизми? Сиз билан биз қилмасак ким қилади, қўшнилар келиб қилиб берармиди. Иш тўғри юритилганда ҳамма ўз вақтида дам олади, ўз вақтида ишлайди.
"... кани Сайёрахон консерваторияни битириб олсинчи кейин балки...".Бунисини тушунмадим.

dili
22.07.2013, 22:42
Бизнинг мактабда (энди бизнинг эмас ишдан бушадим) 4 та инглиз тили укитувчисидан 3таси, 5 та рус тили укитувчисидан 2 таси ва яна 2 та укитувчи мактабдаги шароитга чидай олмай ишдан бушашди. 40 кишилик педжамоа учун бу куп эмасми. Кадрлар кунимсизлигини бартараф этиш деган нарса бор. Юкори ташкилотдан биров келиб бундай ишдан кетишларнинг сабабини урганадими ёки хаммани ишдан ёппасига кетишини кутишадими?

Shahodat
23.07.2013, 04:59
Бизнинг мактабда (энди бизнинг эмас ишдан бушадим)
dili,может это к лучшему, работа для Вас найдется. Сколько можно себе нервы мотать?
Юкори ташкилотдан биров келиб бундай ишдан кетишларнинг сабабини урганадими ёки хаммани ишдан ёппасига кетишини кутишадими? Келмаса керак. Келадиган бўлса ўтган йили келган бўлар эди. Да не переживайте Вы так. История развивается по спирали. Ваши обидчики рано или поздно получат по заслугам. Успехов Вам.

Улугбек Абидов
30.01.2014, 12:44
Ўқитувчи. У қандай бўлиши керак?
У бой булиши керак. :-)

- "Эшитдингизми, фалончи укитувчининг уйидан анча миллион пул чикибди!"
- "Йуг-э! Ростдан-а? Утган куни уни "малибу" минганини курувдим"
- "Ха, лекин кейин куйиб юборишибди. Айтишларича, пуллари халол экан"
- "Во! Укитувчилар хам "одам" булиб колишибди-да, а?"

Tadano
30.01.2014, 20:49
У бой булиши керакха, якинда жойлашган мактабнинг ҳалитдан учинчи директор шахсий автомобилга эга буляпти.... энди икки нчи завуч хам машинага эга.... оддий укитувчилар тартибида шекели....

Улугбек Абидов
05.02.2014, 18:20
Курица - не птица, завуч - не учитель (С)

Tadano
05.02.2014, 19:49
Курица - не птица, завуч - не учитель (С)
наши учителя в булочную на импала не ездят !!!!

Maulen
17.02.2014, 13:18
[QUOTE=dili;800638]Ўқитувчи қандай бўлиши керак?
Dilixon men ham siz kabi o'qituvchiman.Savolingizga olgan ilmimdan,hayotiy tajribamdan va ota sifatida ham ozgina tajribamdan kelib chiqqan holda fikr bildirmoqchiman xalos.Abu Ali ibn Sino bobomiz umrim bino bo'lib o'qidim o'rgandim vaqti kelib o'zim hech narsa bilmasligimni bildim degan ekanlar.Avestoda - Komil inson qanday bo'ladi degan savolga javob bor ekan:1) Ilm olgan;2) Ilmiga amal qilgan;3) Ibrat bo'lgan.Agar o'qituvchimi u boshqa kasb egasimi kim bo'lishidan qatiy nazar yuqoridagilar etiborni qaratsalar edi BU JAHON JANNAT MAKON EKANLIGIGA AMIN BO'LARDILAR.Tarixni nima uchun o'rganamiz?!Avvalgilar qilgan xatolarini qaytarmaslik ularning turmush tarzlari ibrat ekanliklarini esdan chiqazmaslikdadur.Qisqasi hamma ham o'qituvchi bo'laolmaydi.Faxrlansa arziydigan kasb chunki JAMIYATNING YO'L BOSHCHISIDUR.Rahbarlar ma'lum bir guruh rahbarligini esdan chiqazmaslik kerak.Asosiysi KARVON manzilga borishida adashmasligi zarur.Yo'ldagi har qanday qiyinchiliklar barchasi o'tkinchidir.Insonning o'zi bu dunyoga mehmondur (Maxtumquli).Kasbini sevgan undan halol risqini topib yeganlar jannatiy bo'ladi.Sizga omad tilab hamkasabangiz Mavlon.