PDA

Просмотр полной версии : O'zbek tilining Imlo lug'ati

Behzod Saidov
21.05.2007, 21:22
Loyihadagi ayrim muammloarni yechishda lotin alifbosidagi o'zbek tilining imlo lug'ati va uning boshida keltirilgan imlo qoidalari juda kerak bo'layapti. Uning elektron varianti bormi? Bor bo'lsa qayerdan olish mumkin?

Timur Bazikalov
08.06.2007, 16:37
Salom, Behzod.
Wikipediyani boshdan-oyoq kezib chiqqandursiz. Shunday bo'lsada, mana link:
http://geeklife.ru/anonym/index.php?req_enc=aHR0cDovL3V6Lndpa2lwZWRpYS5vcmcv d2lraS9WaWtpcGVkaXlhOl9PJUNBJUJCemJla19sb3Rpbl9hbG lmYm9zaV9xb3lkYWxhcmk%3D&req_mode=a02439ec&req_action=baafe343

Behzod Saidov
11.06.2007, 14:56

Timur, ushbu mavzuga boʻlgan Eʻtiboringiz uchun raxmat. Darhaqiqat, wikipediada bu maqola bor (http://uz.wikipedia.org/wiki/Vikipediya:_O%CA%BBzbek_lotin_alifbosi_qoydalari). Lekin undagi maʻlumotlar juda ham kam. Agar yuqorida aytilgan kitobning asl nusxasi yoki uning elektron varianti boʻlsa juda yaxshi boʻlardi.

ssanjarr
10.12.2007, 17:38
Settings - O'zbekchada nima deb tarjima qildinglar?

Behzod Saidov
10.12.2007, 18:22
Settings - O'zbekchada nima deb tarjima qildinglar?

Settings - moslamalar. Bunaqa savollar uchun ushbu boʻlimda yangi mavzu ochishsangiz boʻladi.

Behzod Saidov
10.12.2007, 18:23
Aytgancha. Imlo lugʻatini oʻzim topib, skanerdan oʻtkazdim. 42 MB PDF fayl boʻldi...

Akmal
24.04.2008, 23:13
Агар имконингиз бўлса имло луғатини бизга ҳам жўнатинг. Бирорта рапидшарега ўхшаш сайтга қўйсангиз ҳам бўларди.

join
29.04.2008, 00:49
Aytgancha. Imlo lugʻatini oʻzim topib, skanerdan oʻtkazdim. 42 MB PDF fayl boʻldi...
Qaysi yil, nashriyot? Ikki tomli "O'zbek tilining izohli lug'ati"mi? Atigi 42 metr bo'ldimi?

Behzod Saidov
29.04.2008, 16:45
Qaysi yil, nashriyot? Ikki tomli "O'zbek tilining izohli lug'ati"mi? Atigi 42 metr bo'ldimi?
1995-yil chiqqan Lotin alifbosiga asoslangan o'zbek tilining imlo lug'ati. 288 bet. Bitta tom. Ikki tomli emas.

Агар имконингиз бўлса имло луғатини бизга ҳам жўнатинг. Бирорта рапидшарега ўхшаш сайтга қўйсангиз ҳам бўларди.

Lug'at haqida floss-uz-l10n loyihasida gaplashgandik (http://groups.google.com/group/floss-uz-l10n/browse_thread/thread/1a5fb6b875ef5b7/d8589c2fd27d0949?lnk=gst&q=bir.uz#d8589c2fd27d0949).
U yerda qayerdan olish mumkinligini ham aytgandim. Manimcha hali ham o'sham manzildan olish mumkin. :)

join
30.04.2008, 13:56
1995-yil chiqqan Lotin alifbosiga asoslangan o'zbek tilining imlo lug'ati. 288 bet. Bitta tom. Ikki tomli emas.
Sorry, my bad.. Izohli lug'at bilan adashtirib yuboribman ))

Adham Kurbanov
20.02.2009, 20:11
Mozilla Firefox uchun o'zbek tili imlo lug'ati tekshiruvi (http://blog.kurbanov.info/2009/02/uzbek-spell-checker-for-mozilla-firefox.html), hali beta jarayonda ;)

Avaz Ibragimov
20.02.2009, 20:32
Mozilla Firefox uchun o'zbek tili imlo lug'ati tekshiruvi (http://blog.kurbanov.info/2009/02/uzbek-spell-checker-for-mozilla-firefox.html), hali beta jarayonda ;)

Katta rahmat. Lotin alifbosi ham qo'shilsa yaxshi bo'lardi.