Ïðîñìîòð ïîëíîé âåðñèè : O'zbek she'riyatida aruz
albatros
20.02.2012, 13:15
O'zbek mumtoz she'riyatida she'riy vaznlarning o'rni beqiyos. Xususan jahon adabiyotida o'chmas iz qoldirgan klassik she'riyatimizning ulkan yutuqlariga erishishiga aruz vaznini ahamiyati kattadir. Ushbu mavzuda biz aynan ana shu she'riy vazn - aruz vazning kelib chiqishi, adabiyotimizda uning o'rni, bugungi kun she'riyati va mumtoz she'riyatimizda aruz vazning qo'llanilishi haqida fikr yuritamiz.
Nigora Umarova
20.02.2012, 14:45
Ushbu mavzuda biz aynan ana shu she'riy vazn - aruz vazning kelib chiqishi, adabiyotimizda uning o'rni, bugungi kun she'riyati va mumtoz she'riyatimizda aruz vazning qo'llanilishi haqida fikr yuritamiz.
Aruz ilmi haqida so'z yuritishdan avval arab alifbosiga asoslangan eski o'zbek alifbosini mukammal bilmoq kerak.
albatros
20.02.2012, 15:10
. "Aruz" atamasining kelib chiqishi haqida ikki xil fikr mavjud.
1. Alisher Navoiyning ma`lumot berishicha bu atama vazn asoschisi Xalil Ibn Ahmadning vatani bo’lmish Arabiston yarim orolida jaylashgan bir vodiyning nomi bo’lib, u vodiydagi kishilarning asosiy mashg’uloti vaqtinchalik uy-chodir tikib sotishdan iborat ekan. Arab tilida uy ma`nosi “bayt” so’zi bilan ifodalanganligi uchun, Xalil Ibn Ahmad she`rning eng kichik qismini ham shu so’z bilan nomlagan. Aruz tizimidagi atamalarning ko’pchiligi shu vodiy xalqining urf-odatlari, ashyolari nomidan olingan.
2. "Aruz" so’zi, shuningdek, uyning (chodirning) asosini tashkil etuvchi ustunlar-ruknlardan birining nomini ham ifodalar ekan. Ayrim olimlarning fikriga ko’ra vaznning nomi aynan shu so’zdan olingan.
Aruzshunos olimlar, xususan Alisher Navoiyning fikriga ko’ra aruz vaznlari arab she`riyatida anchà qadimdan qo’llangan. Shuningdek, "Qur`oni Karim"dagi ayrim oyatlar ham aruz vaznlariga mos ekanligini ta`kidlab Navoiy bir encha misol ham keltiradi.
Aruz she`riy vaznlar tizimi nazariyasiga milodning VIII asrida yashab o’tgan arab filologi Xalil Ibn Ahmad (vafoti 791 y.) tomonidan asos solingan. Uning "Kitob ul-ayn" asarida mazkur vaznning nazariy qonuniyatlari o’z ifodasini topgan.
Aruz vazni IX asrdan boshlab fors-tojik she`riyatiga, XI asrdan boshlab esa turkiy she`riyatga ham kirib keldi. Biroq mazkur tillar (arab, fors-tojik va turkiy) fonetik, leksik va grammatik jihatdan tubdan farq qilishi tufayli, har bir tildagi aruzning o’ziga xos belgilarini yoritish, aruzni boshqa tillarga moslashtirish, yoxud shu tillarni aruzga moslashtirish muammosi yuzaga chiqdi. Natijada, "forsiy aruz", "turkiy aruz" kabi maxsus atamalar vujudga keldi. Shu bilan birga, badiiy ijod, xususan, she`riyatning ravnaq topishi natijasida amalda qo’llangan vaznlar Xalil ibn Ahmad tomonidan ko’rsatilgan bahr va vaznlar doirasidan kengayib ketganligi sababli, aruz nazariyasiga oid yangi asarlarga ehtiyoj sezildi.
Xalil ibn Ahmaddan keyin XI-XIII asrlarda bir qator arab va fors-tojik she`rshunos olimlari yuqoridagi muammolar tahliliga bag’ishlangan asarlarni maydonga keltirishdi. Rashiddin Vatvotning (vafoti 1183 y.) "Hadoyiq us-sehr", Ibn Hojibning (1188-1249) "Ilm ul-aruz", Shamsiddin Muhammad ar-Roziyning "Al Mu`jam fi ma`oyiri ash`oril Ajam", Nosiriddin Tusiyning (1210-1274) "Me`yor ul-ash`or" kabi asarlari shular jumlasidan bo’lib, keyingi davr aruzshunoslari o’z fikrlarini asosan shu manbalarga tayangan holda ifoda etishgan.
Aruzshunoslik tarixida XV-XVI asrning birinchi yarmi, ya`ni temuriylar davri alohida o’ringa ega. Shu davrda, aniqrog’i, 1437 yilda Shayx Xudoydodi Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug’bek topshirig’i bilan yozgan "Funun ul-balog’a" asari turkiy tilda mazkur masala tahliliga bag’ishlangan ilk manba bo’lganligi bilan muhim ahamiyatga ega.
Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon", Zahiriddin Boburning "Muxtasar", Atoulloh Husayniyning "Badoe` us-sanoe`" (fors-tojik tilida) kabi asarlarda ham she`rshunoslikning boshqa jihatlari (janrlar, badiiy san`atlar) bilan bir qatorda turkiy va forsiy aruzning nazariyasi hamda o’z davriga ko’ra amaliyotiga oid fikr-mulohazalar, qonuniyatlar o’z ifodasini topgan. Sanalganlar orasida Navoiy va Boburning asarlari shu muammoga maxsus bag’ishlanganligi bilan ahamiyatlidir.
Nigora Umarova
20.02.2012, 15:13
Komiljon!
Aruz haqidagi fikrlaringizni keltirayotganligingizda mualliflik huquqi bilan bog'liq muammolar kelib chiqmasligi uchun manbalarni ham ko'rsatib boring.
Yuqoridagi qaydlar ushbu mavzuda fikr qoldiruvchi barcha forumdoshlarga tegishli
albatros
20.02.2012, 15:18
XX asrda ham aruz she`riy tizimi tadqiqiga bag’ishlangan bir qator ilmiy asarlar, monografiya va dissertatsiyalar maydonga keldi. Bu borada rus olimlari Y.E.Bertels, M.Stebleva, tojik adabiyotshunoslari Bahrom Sirus va M.Zehniy hamda o’zbek olimlaridan Abdurauf Fitrat, U.To’ychiev, S.Hasanov, A.Hojiahmedov kabilarni alohida qayd etish lozim. Mazkur olimlarning ayrimlari (M.Stebleva, S.Hasanov) alohida manbalarni tadqiq etish orqali, ayrimlari esa aruz she`riy vaznlar tizimini yaxlit o’rganish asosida (Fitrat, Bahrom Sirus, U.To’ychiev, A.Hojiahmedov) o’z tadqiqotlarini yaratishdi.
Bu borada, ayniqsa U.To’ychiev va A.Hojiahmedovning ishlarini alohida qayd etish lozim. U.To’ychievning "O’zbek poeziyasida aruz sistemasi" monografiyasi aruzning nazariy asoslari hamda turkiy she`riyatdagi tadrijiy taraqqiyotini o’rganishda qimmatli manba bo’lsa, A.Hojiahmedovning "O’rta maktabda aruzni o’rganish", "O’zbek aruzi lug’ati" kabi qator kitoblari aruzni o’rganish va o’rgatish uslubiyati uchun hozirda birlamchi manbalar sanaladi.
Aruz vaznida she`rning eng kichik bo’lagi bayt hisoblanadi. Bayt deganda biz, odatda, ikki misrani tushunamiz. Bayt ruknlardan, ruknlar esa juzvlardan tashkil topadi. Juzv so’zi arab tilida qism ma`nosini bildirib, jonsiz predmetlarga nisbatan qo’llanadi. Juzvlar arab alifbosidagi harflarning harakatli (fatha, kasra, zamma) yoki sokin tarzda qo’llanishidan hosil bo’ladi. Demak, baytning hosil bo’lishini quyidagicha ko’rsatish mumkin:
harf → juzv → rukn → bayt
Binobarin, aruz nazariyasini o’rganish uchun arab alifbosini, xususan, abjad hisobida ishtirok etadigan 28 ta asl arab harflari haqida tasavvur hosil bo’lishi zarur.
Abjad hisobi tarixiy sanalarni ifodalashning Sharq xalqlari orasidagi o’ziga xos usuli bo’lib, unda sanalar raqamlar bilan emas, harflar yoki harflar ishtirokida hosil bo’luvchi so’z va jumlalar vositasida ifodalanadi. Abjad hisobida harflarning maxsus tartibi mavjud bo’lib, "abjad" so’zi ham mazkur tartibdagi dastlabki to’rtta harfni (alif, be, jim va he) ifodalovchi so’zdir. 28 ta harf jami sakkizta so’zda jamlanadi. Bular: abjad, havvaz, huttiy, kalaman, sa`fas, qarashat, saxxaz, zazag’. Demak, shu sakkizta so’zni va ularning arabcha yozilishini yod olgan kishi abjad hisobidagi harflar tartibini eslab qoladi. Raqamlar 1 dan 9 gacha, 10 dan 90 gacha, 100 dan 1000 gacha har bitta harfga biriktiriladi.
Endi ayrim misollarni ko’rib o'tamiz:
Yusuf Amiriyning "Dahnoma" dostonida quyidagi bayt tarix sifatida keltirilgan:
Bitidik emdi tarixini kotib,
Erur tarixi uchun "zabti vojib".
"Zabti vojib" birikmasi arab yozuvida quyidagi harflar bilan ifodalanadi:
ﻭ ﻄ ﺏ ﺽ ﺍ ﺝ ﺏ
Bu harflar quyidagi raqamlarni ifodalaydi:
800 + 2 + 9 + 6 + 1+ 3 + 2 = 823
Demak, asar hijriy 823 yilda yozilgan. Bu melodiy 1420 yilga to’g’ri keladi.
Izoh: M = (H -H /33) + 622. Bunda H -hijriy, M - melodiy yil.
*- Ushbu ma'lumotlar S.Q. Tohirovning "O'zbek tilida aruz" nomli uslubiy qo'llanmasidan olindi
albatros
14.03.2012, 13:52
Kecha bir paytlar yon daftarchamda "qayerdandir" yozib olgan she'riy vaznlar haqidagi ma'lumotlarni ko'rib qoldim.Aniq manbaasini bilmadim-u ammo qimmatli ma'lumotlar ekan(chamamda).
Hozirda adabiyotimizda mavjud bo'lgan bahrlarning qo'llanilish doirasiga qarab quyidagicha guruhlash mumkin:
1.Foydalanilmaydigan bahrlar:
Vofir;
Muqtazab;
Tavil;
Madid;
Basit;
Qarib;
Mushokil;
G'arib.
2. Kam qo'llaniladigan bahrlar:
Mutadorlik;
Komil;
Ariz;
Ami(y)q;
Munsareh;
Muzore'.
3.Keng qo'llaniladigan bahrlar:
Hazaj;
Rajaz;
Ramal;
Mutaqorib;
Xafif;
Mujtass;
Sari.
1.Foydalanilmaydigan bahrlar:
Vofir;
Muqtazab;
Tavil;
Madid;
Basit;
Qarib;
Mushokil;
G'arib.
Agar bularni afoillari ham berilsa yanayam yaxshi bo'lardi. qisqa cho'ziq, cho'ziq, qisqa, o'ta cho'ziq va hk. v - -v ... )
Atoulloh Husayniy ham "Sanoi" aruzshunoslikda qimmatli ma'lumotlarni berib ketgan ekanlar. Rahmat, aruz haqdagi ma'lumotlar uchun, uzi aruzshunoslikka oid barcha ma'lumotlarni shu yerda jamlab qiyosiy o'rgansak bo'lar ekan. Aslida unchalik ham murakkab narsa emas bu vazn, faqat tushunib, bir me'yorga tushib olguncha qiyin kecharkan. Aruzni yaxshiroq tushunish uchun ko'proq shu vazndagi mumtoz g'azallarni, eposlarni o'qib tursa tez natijaga erishsa bo'lar ekan.
O'zimga o'xshagan o'quvchilarga, bu ham bitta maslahat ;) )
albatros
16.03.2012, 14:41
Agar bularni afoillari ham berilsa yanayam yaxshi bo'lardi. qisqa cho'ziq, cho'ziq, qisqa, o'ta cho'ziq va hk. v - -v ... )
Ushbu bahrlar hozirgi adabiyotimizda qo'llanilmaganligi bois, ular haqidagi ma'lumotlar juda kam. Shunday bo'lsada ayrim ma'lumotlar saqlanib qolgan:
Vofiri musammani solim
Firoq o‘tidin kuyar badanim, tafidin erib oqar jigarim,
G‘amim budururki, bog‘lanibon yuzung sori tushmagay nazarim.
Mafoilotun mafoilatun mafoilatun mafoilatun
MUQTAZAB BAHRI
(Muqtazabi musamman)
Muqtazabi musammani matviy
Ey nigori mahvashim, ey harifi jur’akashim,
Tut qadahki, behad erur ishq tobidin otashim.
Foilotu muftailun foilotu muftailun
Muqtazabi musammani matviyi maqtu’
Ey yigit, buyon kelki, shavqdin xarobingmen,
Bo‘yni bog‘lig‘ it yonglig‘ bastai tanobingmen.
Foilotu maf’ulun foilotu maf’ulun
MUQTAZABI MURABBA’
Muqtazabi murabbai matvin
Furqating yoshim oqizur.
Hasratnng qonim tomizur.
Foilotu muftailun
(Muqtazabi) murabbai maqtu’
Boda keltur, ey soqiy,
Qilma ayshni boqiy.
Foilotu maf’ulun
Foilotu maf’ulun
Muqtazabi murabbai maxbuni matviy
Jamolingda qoldi ko‘zum,
G‘amingda uzoldi so‘zum.
Mafoiylu muftailun
Mafoiylu muftailun
(Muqtazabi) murabbai matviy
Hasratingda afsurdamen,
Furqatingda ozurdamen.
Foilotu mustaf’ilun
Foilotu mustaf’ilun
Tavili musammani solim
Firoqingda jon berdim, boshimg‘a qadam yetkur,
Agar xud tirik ermas, chu yolg‘on dedim o‘ltur.
Failun mafoiylun faulun mafoiylun
Madidi musammani solim
Ey qadingdin sarvg‘a ming xijolat har nafas,
Sarv qadingdin mening ko‘ngluma yuz ming havas.
Foilotun foilun foilotun foilun
Basiti musammani solim
Ey sunbulung halqasi bo‘ynumg‘a toqib rasan,
Har tobida yuz balo, har torida ming shikan.
Mustaf’ilun foilun mustaf’ilun foilun
Qomatu zulfu ko‘zu qoshu uzoru xat ila xoli
Labingdurki, alarcha emas, ey sho‘xi sitamgar.
Failotun failotun failotun failotun
Failotun failotun failotun failotun
Sarv ila sunbul nargis yangi oyu quyoshu sabzai
Jannat kurai nofau gulbarg aro shakkar.
Failotun failotun failotun failotun
Failotun failotun failotun failotun
MUShOKIL BAHRI
Mushokili musaddasi makfufi maqsur
Ishqing ichra manga asru sitamdur,
Ko‘nglum o‘tig‘a charx uzra alamdur.
Foilotu mafoiylu mafoiyl
Mushokili musammani makfufi maqsur
Qayda bordi nigorimkim, gum o‘ldi qarorim,
O‘ldi jismi zaifim, kuydi joni nizorim.
Foilotu mafoiylu foilotu mafoiyl
MUShOKILI MURABBA’
(Mushokili) murabbai makfuni maqsur
Ey nigori pariyro‘y,
Gul’uzori sumanbo‘y.
Foilotu mafoiyl
Foilotu mafoiyl
(Mushokili) murabbai makfuni mahzuf
Qayda erdi habibim,
G‘ussa bo‘ldi nasibim.
Foilotu faulun
Foilotu faulun
Manba(Shu va aruz vaznining boshqa bahrlari haqidagi ma'lumotlar):
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä: zCarot