Просмотр полной версии : [Без оффтопа] Ma'naviyat burchagi
Assalamu alaykum.
Forum oqsoqollari bilan bamaslahat qilgan holda "ma'naviyat burchagi" mavzusini ochishga qaror qildik.
Ushbu mavzuda diniy ahloq, odob, ezgu-amallar haqida so'z bo'radi. Diniy propaganda o'rniga o'zligimizni tanish, ota bobolarimiz merosi haqida savol javoblar qilamiz.
Faqat bu ishda bir birimizni hurmat qilgan holda, ekstremistik va dahriycha yondashuvlar qilmasdan, atayin offtop qilib bo'lsa ham mavzuni boshqa yondashuvlarga sabab bo'lmasligini siz azizlar va hurmatli moderatordan so'rab qolamiz.
Ko'pchilikka ma'lum lekin hadismi yoki hadismasligi haqida turli hil mavjud bo'lgan "Vatanni sevmoq iymondandir" haqida.
Ushbu hadisni Alihonto'ra Sog'uniy juda ko'p yerda takrorlab o'tganlar. Hatto Vatanni sevmaganlar bizdan emas deganlar Rasululloh sav. deb aytganlar.
To'g'ri u davrdagi ilm va uni qaynog'ini surishtirish hozirgiga qaraganda ancha qiyin ish bo'lgan bo'lsa ham lekin o'sha zamonlar, yaniykim qizil sovet tuzumi paytida bu ibora juda dolzarb edi. Shuning uchun bo'lsaki, hazrat bu hadisni bosh shior sifatida ko'targanlar.
Bu hadisni ne chog'li hadis ekanligini tekshirishga mani ilmim yetmasa ham lekin ikki o'tning orasida, o'rtani ushagan holda javob bergim kelyapti. Chunki ushbu forumda Shohruh deganlar va Shokirbek degan ahli ilmlar bor. Birisi uchun yozgan gapim "diniy ekstremistik targ'ibot" boshqalariga esa "Ahli ilm gapiradigan joyda ilmsizlar gapirmasade" bo'p chiqadi. Lekin vsyo taki risknu.:)
man uchun "Vatanni sevmoq iymondandir" hadisi hadisdir. Mayli zaif isnod bilan kelasa ham u hadis. Hamda o'z ahamiyatini hech qachon yoqotmaydigan hadis.
Sovet tuzumining iskanjasidan halos bo'lgan bo'lsakda ushbu hadisni milliy g'oya asosi deb qabul qilishimiz kerak. Chunki Vatanni sevmoq har bir ushbu Vatan fuqorosining burchidir.
Agar Iymon so'zini lug'atdagi sinonimi bilan almashtirsak "Vatanni sevmoq ishonchdandir" bo'p keladi. Nimaga nisbattan ishonch. Albatta Hudoga nisbattan ishonch, shu Vatanda tug'ulib o'sganing uchun ishonch, ushbu Vatanda yashayotgan musulmonlarga nisbattan ishonch bo'lganligi uchun Vatanni sevmoqlik kerak.
Ba'zi bir "berilib ketganlar" ga ko'ra "Bizlarning Vatanimiz Jannat, chunki biz Odam Atoning farzandlarimiz, bizlar Jannatni sevamiz" deyishsa ham, bularni inkor qilmagan holda, inson o'zi tug'ulib o'sgan joyi, yaqinlari, aqrabolari bor yer ham Vatandir.
Rasululloh sav. ham o'z Vatan, diyorlarini sevganlar. Hatto Makkadan Madinaga hijrat qilgan bo'lsalar ham, o'z Vatanlarini har doim eslab, yodga olganlar.
Hatto musulmonlarni e'zozlagan qibla masalasida ham, har doim o'z mamlakatlaridagi uyni (Baytullohni) qibla bo'lishligini orzu qilganlar.
Allahu Taolo "Sizlarning namozda yuziylani Makkaga burishlik farz qilindi" degan oyati nozil bo'lganda juda juda hursand bo'lganlar.
Demak Rasululloh sav. dan silsila sifatida og'zaki hadis kelmagan bo'lsa ham, lekin amalan Rasululloh sav. dan ushbu hadisni asosi borligini bilsak bo'ladi.
Alihonto'ra Sog'uniy juda ko'p yerda takrorlab o'tganlar. Hatto Vatanni sevmaganlar bizdan emas deganlar Rasululloh sav. deb aytganlar.
Алихон Тўра Соғунийни халқимиз асосан "Тарихи Муҳаммадий" асари муаллифи сифатида билади.
Аслида бу зоти шариф эл-юрт мустақиллиги учун (ҳам ғоявий, ҳам амалий) кураш олиб борган буюк тарихий шахслардандир.
Алихон Тўра Соғуний олим, саркарда, давлат арбоби, шоир, табиб, таржимон.
У кишининг шеърлари ҳам ўзига хос.
"Туркистон қайғуси" асарининг аҳамиятини "Бобурнома"га қиёслаш мумкин.
Алихон Тўра Соғуний ҳақида истеъдодли ёзувчи Муроджон Мансурнинг "Жудолик диёри" асарида ҳам муҳим маълумотлар келтирилган.
Ўша инсон ҳақида билганларимизни ўртоқлашишни жуда-жуда хоҳлардим.
Зеро, тарихи Соғуний асарини кимдир, кимларлардир ёзиши керак-ку.
Расулуллох сав. хам ўз Ватан, диёрларини севганлар. Хатто Маккадан Мадинага хижрат қилган бўлсалар хам, ўз Ватанларини хар доим эслаб, ёдга олганлар.
Ҳатто саҳобалар ҳам кечалари Маккаи мукаррама томонга қараб йиғларканлар. Бу ватан соғинчидан албатта.
Шундан келиб чиқиб, мен ҳам "Ватанни севмоқ иймондандир" деган гапни ҳадис деб ўйлайман.
To'lqin domla bilan bir gapni ustida baxs yuritib qoldik, silayam o'rtoqlashiyla. "Salomga qarab alik" degan gap qaerdan paydo bo'lgan va bu gapning zamirida nima ma'no yotadi?
O'zimni shaxsiy fikrim shunday (dindorchasiga).
Allahu Taolo O'zining Kalomida, niso-86 oyatida shunday deydi:
"Қачон сизларга бирон ибора билан салом берилса, сизлар ундан чиройлироқ қилиб алик олинглар ёки (ҳеч бўлмаса) ўша иборани қайтаринглар. Албатта Аллоҳ ҳамма нарсани ҳисобга олгувчи бўлган зотдир"
Demak musulmon kishiga kimdur salom bersa yo shu salomga muqobil alik yo undan ziyoda qilib javob qaytarishi kerak bo'ladi. Masalan:
Bir kishi salom berdi "Assalomu alaykum" deb, alik oluvchi unga teng qilib "va alaykum assalom" deb yoki " va alaykum assalom va rahmatulloh" deb javob berishligi kerak bo'ladi.
Tepadagi baxs masalasi bo'limish gap ham shunday kep chiqqan bo'lsa kerak.
Yoki boshqa bir variant.
SALOM bu Allahning 99 ism-sifatlarining biridir. SALOM jannat nomlaridan biridir. Bir musulmon salom berishligida shu sifatlar nazarda tutilib "Assalomu alaykum" yani "sizlargaga Allahning Salomi, jannati bo'sin" deganidir.
Alik ham "va alaykum assalom" yani "sizlarga ham Allahning Salomi va jannati bo'sin" deganidir.
Rasululloh sav. davrida yahudiylar hiyla qilib ibronichasiga "As-somu alaykum" der edilar. Buning ma'nosi "Sizlarga o'lim bo'sin" deganidir.
Bir kuni bir yahudiy Rasululloh sav.ga "Assomu alaykum" dedi, Rasululloh sav.ham "va alaykum" dedilar. Shunda so'rashdi sahobalar "nimaga alik oldingiz,ahir bu yahudiy ataylab sizga o'lim bo'lsin dediku" deyishganida "man salomiga qarab "va alaykum" dedimku" dedilar. Yani va alaykumni ma'nosi "sizlarga ham" deganidir.
Agar shu hadisdan kep chiqadigan bo'lsak kimni salomiga qanday javob berishlik kerakligini o'rganamiz.
Balki shuning uchun hamdir bizlarning buyuk bobokalonlarimiz "Salomga qarab alik" degan gapni ishlatishgandir.
Lekin hozirgi zamondagi ma'noda, kim sanga qanaqa muomila qilsa, san shunaqa qaytargin ma'nosida bo'lmasa kerak.
Musulmon kishi o'zining yaqinlari, musulmonlar uchun yaxshilikka ham yomonlikka ham yaxshilik bilan qaytarishi kerak.
abdurahmonaka
30.12.2011, 23:12
Шундан келиб чиқиб, мен ҳам "Ватанни севмоқ иймондандир" деган гапни ҳадис деб ўйлайман. __________________ хадис ёки хадис эмаслигига Шайх хазратларининг бу ерда жавоблари бор экан http://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,22504.msg136017.html#msg136017
хадис эмаслигига Шайх хазратларининг бу ерда жавоблари бор экан http://savollar.islom.uz/smf/index.p...html#msg136017Aka Abdurahmon. Agar sizga zahmat bo'masa shu ssilkeyzdagi matni shu yerdan qo'yvoring, nimagadur bu saytga kirib bo'mayotir. Oldindan rahmat.
abdurahmonaka
31.12.2011, 00:12
shu ssilkeyzdagi matni shu yerdan qo'yvoring, nimagadur bu saytga kirib bo'mayotir. Oldindan rahmat. - Qisqaroq qilib keltirdim:
“Ҳадис ва Ҳаёт” китобининг биринчи жузида бу ҳақда қуйидагилар ёзилган:
“...ҳар бир мусулмон ҳамма нарсани ҳадис, деб қабул қилавермаслиги керак. Балки бирор нарсани ҳадис, деб айтишдан олдин уни яхшилаб текшириб кўриш лозим. Уламоларимиз халқ ичида ҳадис дея эътиқод қилиниб, айтилиб юрган кўпгина гаплар аслида ҳадис эмаслигини исбот қилганлар. Масалан, кўпчилик орасида «Ватанни севмоқ иймондандир» деган гап ҳадис деб тушунилади, айтилади ва ёзилади. Лекин бирор киши уни ким ривоят қилганини, қайси китобда келганини зикр қилмайди. Аслида эса у гап ҳадис эмас, исломий ҳикматлардандир”.
Bu masalada shayh bilan tortishish qiyin, lekin, lekin degan joyiyam bor. Aslida mavzuyimizni tortishuvlarga aylantirmoqchi emasmanku, lekin bir qarshiligimni aytib o'tay.
Internetda, asosan salafiy saytlarida mana shu "Vatanni sevmoq imondandir" degan gapni hadis emasligiga bir qancha dalillar keltirilgan. Bizani shayhimizam shunaqa saytlardan olganlar shekilli.
O'sha saytlarda bu hadis emas degan olimlar asosan zamonamiz olimlari, husasan Alboniy, Usaymn va ibni Boz ga o'xshagan olimlarini "zaklyucheniyasi" dan kep chiqqan. Bularni qanaqa yo'nalishlarning rahnamolari ekanligini ko'pchilik bilmasayam, Hudoga shkur biza bilamiz.
Shunchun shayhni bu gaplarini ochiq qoldirish kerak. Ahli sunnat ulomolarini zaklyucheniyasidan keyin hulosa chiqarsak to'g'ri ish bo'ladi. Nima didiz bunga aka Abdurahmon?
abdurahmonaka
31.12.2011, 01:11
shayhni bu gaplarini ochiq qoldirish kerak Ха албатта!!!
Boshqa bir qiziq misolga o'taylik.
Bilamizki o'zbeklarda, yani kotta yoshdagi otahonu onahonlarda "Hoy qo'lingni yuvganingdan keyin, silkitma!!!" deb qattiq tanbeh berishganini eslaymiz.
Anig'rog'i man shunday eslayman. Bizga har doim shunaqa uqtirishlar qilishar edi.
manam yura yura yoshim paloncha o'zim endi 37 ga kiryapman:) yoshga yetganda kattalarning bu gapini asl mohiyatini chungandey bo'ldim.
A ungacha rosa o'ylanardim, "ha nima bo'pti qo'lni silkitsa, bir narsa bo'p qomaydiku" deb.
Keyin imomi Termiziy bobomizni kitoblarini o'qiganimdan keyin buni hikmatini tushundim.
Bilamizki (uzr, dindorlar biladiki) bir hadisi sharifda, Rasululloh sav. shunday deganlar:
«Musulmon banda tahorat olayotib, yuzini yuvganida ko‘zlari bilan qarab qilgan har bir gunohi tahorat suvi bilan yoki suvning oxirgi tomchisi bilan (yoki shunga o‘xshash ta’bir qo‘lladilar) yuzidan yuvilib tushadi; qo‘llarini yuvayotganida qo‘llari bilan sodir qilgan har bir gunohi suv yoki suvning so‘nggi qatrasi bilan qo‘llaridan to‘kiladi va shunday qilib, banda gunohlaridan poklanib chiqadi». (Sunani Termizi)
Demak tahorat bandani poklar ekan. Banda a'zolari bilan qilgan gunohni, shu tahorat suvi tekkan, yuvgan joyini poklar ekan. Hatto tomchi,qatralari ila badandan gunohlari forig' bo'lar ekan.
Shuning uchun ko'pchilik tahorat olayotgan paytda ustiga suv sachramasligiga juda diqqat qiladi.
Endi yuqoridagi gapdan kep chiqadigan bo'lsak, qachonlardir tahorat olayotgan bir yosh yigitga buvisi "Hoy bolam, qo'lizni silkitmen kiyimlarizni nopok qip qo'yishi mumkin" degan ma'noda, farzandini qaytargan bo'lsa, sekin sekin kunlar aro, zamonlar o'tgan sayin, halqimiz har qanday yuvishlik paytida "Hoy bolam, qo'l yuvib bo'lgandan keyin sachratmang" deyishgan bo'lsa ajab emas. :cool:
Ma'naviyat burchagida inson ma'naviyatini oshiradi baribir, shuning uchun savolimni shu yerda qoldirsam.
Sal antiqa savol qilishdi, javobini topolmayapman, biladiganlar bo'lsa aytib yuborsin iltimos:
Inson aqlni boshqaradimi yoki aql insonnimi? Aqlni nima boshqaradi?
Rahmat oldindan.
Mahmud Jurat
10.01.2012, 23:58
Inson aqlni boshqaradimi yoki aql insonnimi? Aqlni nima boshqaradi?
Ушбу саволингизга бир қадар жавобни Абу Ҳомид Ғаззолийнинг "Иҳё улум ад-дин" ва "Мукошафат-ул қулуб" асарларини ўқиб чиқсангиз топасиз деган умиддаман. Бу саволлар фалсафа ва психологиянинг асосий саволларидан бири бўлиб унга фанда, айниқса психологияда турли жавобларни учратишингиз мумкин. Советлар даврида бу саволга бошқача жавоб берилар эди. Яъни, сиз нимани (материяними ёки ақлни) биринчи деб қабул қилишингизга боғлиқ.
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot