PDA

Просмотр полной версии : [Лента] Vatandosh.uz saytidagi maqolalarga oid mavzu.


DURIAN
05.12.2011, 19:18
Assalamu alaykum.
Ushbu mavzuda Vatandosh gazetasida chop etilayotgan maqolalar va ularni tahlili haqida boradi.
Bu yerdagi ko'pchilik ziyoli userlarni bu mavzu qiziqtiradi degan umiddaman.

DURIAN
05.12.2011, 19:20
Мадаминбекни Шермуҳаммадбек ўлдирганми? (2-мақола)

DURIAN
05.12.2011, 19:23
O'zbekiston tarihida muhim o'rin tutgan Milly Ozodlik kurashchisi Madaminbekni kim o'ldirdi degan savolga javob bo'laoladigan maqola. Bu maqolani 1 chi va 3 chi qismini o'qiyolmadimu, lekin kim obuna bo'lgan bo'sa, shu do'stlarimizdan iltimos, shu yerga qo'yib qolganlarni ham bahramand qilishin.
Keyin fikr almashamiz.

DURIAN
05.12.2011, 20:02
Мадаминбекни Шермуҳаммадбек ўлдирганми? (2-мақола)

Муҳаммад Анвар Бек хотираларидан:
Шермуҳаммадбек ва Мадаминбеклар орасидаги муносабатлар жуда самимий бўлган, чунки 1917 йилда улар Қуръонни олиб, биргаликда озодлик учун курашишга қасам ичганлар. Шермуҳаммадбек Мадаминбекка нисбатан ёш жиҳатдан кичикроқ бўлганлиги туфайли унга нисбатан ҳурмат билан қараган. Мадаминбек Чор ҳукумати даврида Сибирга сургун қилинган. Россияда 1917 йилнинг февралида бўлиб ўтган инқилобдан кейин, Шермуҳаммадбек анча пул сарфлаб, унинг Ватанига қайтиб келишига катта кўмак берган, шунингдек, уни ўртоқлари билан биргаликда Когон темир йўл станциясида кутиб олган. Чунки Мадаминбекнинг шахсий душманлари томонидан ўлдирилиши хавфи мавжуд эди. Ўшанда Шермуҳаммадбекнинг ўртоқлари Мадаминбекнинг қиёфасини ўзгартириб, унга рус аскарини кийимини кийдириб, киши танимас ҳолга келтириб, нақд ўлимдан қутқазиб қолишади. Шермуҳаммадбекнинг ўртоқлари унинг қўлига пул, икки тўпонча тутқазишади ва Мадаминбекни яшириб, уни Марғилонгача бирга кузатиб боришади. Шермуҳаммадбек ва Мадаминбеклар бу қамалишдан олдин ҳам бир-бирларини яхши билишган. Шунинг учун Мадаминбек ҳам ёши каттароқ бўлишига қарамай, Шермуҳаммадбекни ҳурмат қиларди.
Мадаминбек гапга чечан бўлишига қарамасдан, Шермуҳаммадбекнинг ҳарбий билимлари олдида ўзини ожизроқ сезган ҳамда буни кўп жойда тан олиб гапирар, бу билан унга ўз ҳурматини билдирарди. Шермуҳаммадбек ҳам у кишини жуда сийлаган. Лекин тарихга назар ташласак, уларнинг ички ва ташқи душманлари бу икки тарихий шахсни бир-бири билан тўқнаштириш ва улар ўртасида низо чиқариш мақсадида кўп саъй-ҳаракат қилганлар. Мадаминбек қандайдир сабабларга кўра қизиллар билан алоқада бўлганига қарамасдан, Шермуҳаммадбек ҳеч бир ерда уни камситадиган ёки ҳақоратловчи гапларни гапирмаган, ҳақиқатни вақт кўрсатади, деб босиқлик қилган. Уларнинг дўстлиги эса абадийлигича қолган. Мадаминбек хатоликка йўл қўйганини, қизиллар тузоғига илиниб қолганини тушунганидан сўнг, қизиллар уни йўқ қилиш тараддудига тушадилар. Мадаминбек советлар фитнаси билан ўлдирилганидан кейин эса ҳамма айбни Шермуҳаммадбекка қўядилар, ҳатто, Мадаминбекнинг аёли Саодатхон опа ҳам уларнинг гапларига ишониб, газеталарга берган бир интервьюсида Мадаминбекни Шермуҳаммадбек ўлдирган, деб хатоликларга йўл қўядилар…
Мавлон ШУКУРЗОДА (http://vatandosh.uz/category/kolumnistlar/mavlon-shukurzoda/)


http://vatandosh.uz/%D0%BC%D0%B0%D0%B4%D0%B0%D0%BC%D0%B8%D0%BD%D0%B1%D 0%B5%D0%BA%D0%BD%D0%B8-%D1%88%D0%B5%D1%80%D0%BC%D1%83%D2%B3%D0%B0%D0%BC%D 0%BC%D0%B0%D0%B4%D0%B1%D0%B5%D0%BA-%D1%9E%D0%BB%D0%B4%D0%B8%D1%80%D0%B3%D0%B0/

Nigora Umarova
06.12.2011, 09:19
Мадаминбекни Шермуҳаммадбек ўлдирганми? (2-мақола)


Madaminbek haqida falsafa fanlari doktori Ibrohim Karimovning "Madaminbek" nomli tarixiy hujjatli qissasi bor. Domla kitobni yozish jarayonida tarixiy hujjatlardan foydalanganlar, Madaminbekning yaqin insonlari bilan suhbatlashganlar. "Madaminbek" ismi "Muhammad Aminbek" so'zining qisqartirilgan shakli hisoblanadi.
Ibrohim Karimov bizga dars o'tganlarida ushbu tarixiy hujjatli qissa yuzasidan o'z fikr-mulohazalarimni bildirib, savollar berib bahs yuritgandik.
Ushbu qissani o'qib ko'rishni tavsiya qilaman.

gofurov
06.12.2011, 09:26
Мадаминбекни Шермуҳаммадбек ўлдирганми? (2-мақола)
Мен хам шу маколани укиб анчагина таъсирландим. Маколани давоми булганда фикрлашардик, ростини айтганда мен хозирга кадар бу икки инсонни узаро муносабатлари хакида хеч нарса билмасдим.

DURIAN
06.12.2011, 10:19
Madaminbek haqida falsafa fanlari doktori Ibrohim Karimovning "Madaminbek" nomli tarixiy hujjatli qissasi bor. Domla kitobni yozish jarayonida tarixiy hujjatlardan foydalanganlar, Madaminbekning yaqin insonlari bilan suhbatlashganlar. Оффтоп: "Madaminbek" ismi "Muhammad Aminbek" so'zining qisqartirilgan shakli hisoblanadi. Ibrohim Karimov bizga dars o'tganlarida ushbu tarixiy hujjatli qissa yuzasidan o'z fikr-mulohazalarimni bildirib, savollar berib bahs yuritgandik. Ushbu qissani o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Internetdan hich shu domlani asarlarini topaolmadim. Hatto ziyouzdanda topolmadim. Nahot bunday kereyli adabiyotni Abdulaziz o'z nigohidan qochirgan bo'lsa.

Keyin Nigorahon. Siz Vatandoshga obuna bo'seyz kere. Ilojisi bo'sa maqolaning 1 chi va 3 chi qismini mana shu yerga qo'yib, bizlarni hushnud etseyz.:)

DURIAN
06.12.2011, 10:23
Мен хам шу маколани укиб анчагина таъсирландим. Маколани давоми булганда фикрлашардик, ростини айтганда мен хозирга кадар бу икки инсонни узаро муносабатлари хакида хеч нарса билмасдим. Hamma o'zligini biladiyu,lekin bizlar haliyam nima,nima haqidaligini bilmaymiz. Tarihga nazarsiz kelajak bo'lmaganidek, bahtli kelajak haqida gapirish cho'pcheydir.
Bilaman bunaqa mavzular aksar ommaga forumdagi yoqmaydi. Lekin bunaqa mavzular ochishlikka va fikr almashishiga qarshilik qilisha olishmasa kere deb o'ylayman.:cool:

gofurov
06.12.2011, 11:56
Internetdan hich shu domlani asarlarini topaolmadim.
Алишер Ибодиновни "Қўрбоши Мадаминбек" хужжатли қиссаси бор.
http://uforum.uz/showthread.php?p=394440

AbdulAziz
06.12.2011, 13:21
Internetdan hich shu domlani asarlarini topaolmadim. Hatto ziyouzdanda topolmadim. Nahot bunday kereyli adabiyotni Abdulaziz o'z nigohidan qochirgan bo'lsa.

So'ralgan asarni kiritib qo'ydim:
Ibrohim Karim. Madaminbek (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=1413)

Shuningdek, mavzu ila bog'liq quyidagi asarlardan ham fikr olish mumkin:

Mansurxo'ja Xo'jayev. Shermuhammadbek qo'rboshi (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=1009)
Alisher Ibodinov. Qo'rboshi Madaminbek (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=734)
Bosmachilik: haqiqat va uydirma (1991) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=4961&Itemid=372)

AbdulAziz
06.12.2011, 13:35
O'zbekiston tarihida muhim o'rin tutgan Milly Ozodlik kurashchisi Madaminbekni kim o'ldirdi degan savolga javob bo'laoladigan maqola. Bu maqolani 1 chi va 3 chi qismini o'qiyolmadimu, lekin kim obuna bo'lgan bo'sa, shu do'stlarimizdan iltimos, shu yerga qo'yib qolganlarni ham bahramand qilishin. Keyin fikr almashamiz.

Ushbu maqola Shermuhammadbek haqidagi maqolalar tizimining ikkinchisi bo'lib, birinchi maqola Нега Кўршермат? (1-мақола) (http://vatandosh.uz/%d0%bd%d0%b5%d0%b3%d0%b0-%d0%ba%d1%9e%d1%80%d1%88%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b0%d 1%82/) deb nomlanadi.
3-maqola esa Шермуҳаммадбекнинг хориждаги ҳаёти (3-мақола) (http://vatandosh.uz/%d1%88%d0%b5%d1%80%d0%bc%d1%83%d2%b3%d0%b0%d0%bc%d 0%bc%d0%b0%d0%b4%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%bd%d0%b8%d0% bd%d0%b3-%d1%85%d0%be%d1%80%d0%b8%d0%b6%d0%b4%d0%b0%d0%b3%d 0%b8-%d2%b3%d0%b0%d1%91%d1%82%d0%b8/) deb nomlanadi.

Quyida shu ikki maqolani ilova qildim.

DURIAN
06.12.2011, 17:09
Iltimos "Nega Ko'rshermat" maqolasi haqida fikr qarashlaringiz bilan o'rtoqlashing. mandayam 2-3 ta sporni, savolga muhtoj yerlariga duch kelganim uchun, yaxshiroq infoga ega bo'vomoqchiman.Hozir Muhammadamin bek haqidagi kitobni o'qiyapman.
Kimda savol bor?

Nigora Umarova
06.12.2011, 17:24
Ushbu maqola Shermuhammadbek haqidagi maqolalar tizimining ikkinchisi bo'lib, birinchi maqola Нега Кўршермат? (1-мақола) (http://vatandosh.uz/%d0%bd%d0%b5%d0%b3%d0%b0-%d0%ba%d1%9e%d1%80%d1%88%d0%b5%d1%80%d0%bc%d0%b0%d 1%82/) deb nomlanadi.
Quyida shu ikki maqolani ilova qildim.


Iltimos "Nega Ko'rshermat" maqolasi haqida fikr qarashlaringiz bilan o'rtoqlashing. mandayam 2-3 ta sporni, savolga muhtoj yerlariga duch kelganim uchun, yaxshiroq infoga ega bo'vomoqchiman.Hozir Muhammadamin bek haqidagi kitobni o'qiyapman.
Kimda savol bor?

Amir Temurni haqoratlash ma'nosida "Temurlang"(Temur cho'loq) deganlaridek, Shermuhammadbekni ham bolsheviklar "Ko'r Shermat" deb atashgan.

DURIAN
06.12.2011, 18:08
Amir Temurni haqoratlash ma'nosida "Temurlang"(Temur cho'loq) deganlaridek, Shermuhammadbekni ham bolsheviklar "Ko'r Shermat" deb atashgan. Yo'q unda emas ekan. Qaysidir jangda o'ng ko'zidan o'q yegani uchun, hamma u kishini ko'rshermat der ekan. Bundan o'zlari hafa bo'mas ekanla.

Nigora Umarova
06.12.2011, 18:37
Yo'q unda emas ekan. Qaysidir jangda o'ng ko'zidan o'q yegani uchun, hamma u kishini ko'rshermat der ekan. Bundan o'zlari hafa bo'mas ekanla.

Baribir "cho'loq" yoki "ko'r" so'zlari laqab tarzida qo'llanilishi haqoratdek bo'lib tuyuladi. Ayniqsa, tarixiy shaxslarga nisbatan.

DURIAN
06.12.2011, 19:02
Baribir "cho'loq" yoki "ko'r" so'zlari laqab tarzida qo'llanilishi haqoratdek bo'lib tuyuladi. Ayniqsa, tarixiy shaxslarga nisbatan. Birinchi "Nega Ko'rshermat" degan maqolani o'qimiy o'tib ketibsiz shekilli. U kishiga ezgu maqsad yo'lida ko'zdan judo bo'lishlikni yodga solar "Ko'rshermatlik" laqabi fahr hisoblangani uchun u kishi qarshi bo'magan ekanlar ushbu laqab bilan chaqirishligini.
Buni sovet propagandasi o'ylab topgan ibora emas ekan.

DURIAN
06.12.2011, 20:02
"Nega Ko'rshermat" degan maqola haqida. Ushbu maqoladan parcha :
Барча қўрбошилар бирлашгач, 1920 йилнинг 3-майида Фарғона
водийсининг Олтиариқ ҳудудидаги Ғариб ота қишлоғида ўтказилган қўрбошиларнинг
навбатдаги қурултойида “Туркистон-турк мустақил ислом жумҳурияти”, яъни “Туркистон
Муваққат ҳукумати” ташкил этилади.
Барча қўрбошилар Шермуҳаммадбекни Туркистон Муваққат ҳукумати раиси ва Бош
қўмондон – лашкарбоши этиб сайлайдилар. Шермуҳаммадбек укалари
Нурмуҳаммадбекни Бош қўмондон ўринбосари лавозимига тайинлайди. Янги ҳукумат
ишини ташкил қилишда Шермуҳаммадбекка маҳаллий зиёли ва уламолар ҳамда Заки
Валидий ва туркиялик дўстлар амалий ёрдам беришган.O'zi boshidan nima sababdan "Turkiston-turk mustaqil islom jumhuryati" deb qo'yishgan deb o'ylab yurardim, lekin turkiyalik Zaki Validiy va boshqa turkiyalik shaxslar ko'makdosh bo'lganligini ko'rib keyin tushundim. Shu yerda ham turklar panturkist chunchalarini yoyishmoqchi bo'lishgan. Ungacha hammasi turkistonlik bo'p turgan joyda nimaga aynan turklikka urg'u berilishi mani diqqatimni tortdi. Sizdachi?:(

VatandoshCom
07.12.2011, 17:14
Sovet davri tarixchilari tomonidan bosmachilar, mustaqillik davri targ'ibotchilari tomonidan istiqlolchilar, Alixonto'ra Sog'uniy kabi ayrim tarixiy shaxslar tomonidan qora botirlar deya atalgan Madaminbek, Shermuhammadbek kabi kurashchilarning kimligi va ular qilgan ishlar hanuz xolis va haqiqiy bahosini topmagan.
Gazetamizda Mavlon Shukurzoda muallifligida Shermuhammadbek avlodlari tilidan hikoya qilinayotgan turkum maqolalar bosmachilik harakati haqidagi ilmiy bahsning bir qirrasini ochib beradi, xolos.
Yaqinda Nyu Yorkda istiqomat qilayotgan 85 yoshli o'zbek otaxoni bilan uchrashdik. Bu kishi uzoq yillar O'zbekiston, Afg'oniston, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi o'lkalarda yashagan ziyoli inson. Shermuhammadbekni va boshqa bir qator tarixiy shaxslarni shaxsan tanigan, ko'p suhbatlarida bo'lgan va ular ishtirokidagi ko'p voqealarning guvohi bo'lgan odam.
Uning Shermuhamamdbek haqidagi fikrlari Mavlon Shukrzoda qarashlaridan farq qiladi. U kishi bizga hali biror tarixiy manbada uchramagan, Shermuhammadbek shaxsini ochib berishga xizmat qiladigan yana bir qator qiziqarli voqealarni so'zlab berdi.
Yaqinda shu kishining maqolalarini gazetamizda e'lon qilishni maqsad qilib turibmiz. Umid qilamizki, mavzuning davomi siz uchun qiziqarli bo'ladi.

Hurmat bilan,
"Vatandosh" gazetasidan.

www.vatandosh.uz

DURIAN
07.12.2011, 18:15
Sovet davri tarixchilari tomonidan bosmachilar, mustaqillik davri targ'ibotchilari tomonidan istiqlolchilar, Alixonto'ra Sog'uniy kabi ayrim tarixiy shaxslar tomonidan qora botirlar deya atalgan Madaminbek, Shermuhammadbek kabi kurashchilarning kimligi va ular qilgan ishlar hanuz xolis va haqiqiy bahosini topmagan. Gazetamizda Mavlon Shukurzoda muallifligida Shermuhammadbek avlodlari tilidan hikoya qilinayotgan turkum maqolalar bosmachilik harakati haqidagi ilmiy bahsning bir qirrasini ochib beradi, xolos. Yaqinda Nyu Yorkda istiqomat qilayotgan 85 yoshli o'zbek otaxoni bilan uchrashdik. Bu kishi uzoq yillar O'zbekiston, Afg'oniston, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi o'lkalarda yashagan ziyoli inson. Shermuhammadbekni va boshqa bir qator tarixiy shaxslarni shaxsan tanigan, ko'p suhbatlarida bo'lgan va ular ishtirokidagi ko'p voqealarning guvohi bo'lgan odam. Uning Shermuhamamdbek haqidagi fikrlari Mavlon Shukrzoda qarashlaridan farq qiladi. U kishi bizga hali biror tarixiy manbada uchramagan, Shermuhammadbek shaxsini ochib berishga xizmat qiladigan yana bir qator qiziqarli voqealarni so'zlab berdi. Yaqinda shu kishining maqolalarini gazetamizda e'lon qilishni maqsad qilib turibmiz. Umid qilamizki, mavzuning davomi siz uchun qiziqarli bo'ladi. Hurmat bilan, "Vatandosh" gazetasidan.Mana bu boshqa gap.
O'zi bu Shermuhammad qo'rboshi haqidagi maqola haqida baxs munozaraga qolganalrni tortishligimdan maqsad, Alihonto'ra So'g'uniy "Turkiston qayg'usi"kitobida qo'rboshilar haqida salbiy fikr berib o'tganlar. Lekin Mavlon Shukurzoda maqolalarida teskari fikrlar kep qolgani uchun hammani e'tiboriga havola qoldim bu mavzuni.
Qani kimni qanday bilganligi bor ekan deb.
Aslida aqrabolik rishtalari har doim mutaassib (dindagi emas) likka qarab ketaversa ham,lekin haqiqatni yuzaga chiqishi uchun hamma fakt va voqiyalikni to'g'ri aks ettirish kerak.
Nimaga bunday qarama qarshilik paytida Alihonto'ramni fikrini yoqlab chiqmoqdaman (faqat qarindoshlik tarapidan dimeyla, bizada adolat, silai rahmdan ustun turadi) sababi bu kishi tarihchi hamda dindorligi aniq bo'lgan shaxs. Bu kishini tarihga oid voqialikda yolg'on habar berishligi mumkin emas.
Shuning uchun keliyla bu mavzuga qiziqqan yurtdoshlar bilan bu maqola yuzasidan fikr almashaylik.

Nigora Umarova
10.12.2011, 13:33
Birinchi "Nega Ko'rshermat" degan maqolani o'qimiy o'tib ketibsiz shekilli. U kishiga ezgu maqsad yo'lida ko'zdan judo bo'lishlikni yodga solar "Ko'rshermatlik" laqabi fahr hisoblangani uchun u kishi qarshi bo'magan ekanlar ushbu laqab bilan chaqirishligini.
Buni sovet propagandasi o'ylab topgan ibora emas ekan.

Tarix fanlari doktori Qahramon Rajabov "Shermuhammadbek" risolasining 44-betida keltirib o'tgan fikrlarga diqqatingizni qaratishingizni so'rardim:
Shermuhammadbek sovet rejimi davrida Ko'rshermat(janglarning birida uning chap ko'ziga o'q tekkan edi) deb tahqirlangan va uning jangovor faoliyati soxtalashtirilgan edi. Xayriyatki, vaqt barcha narsani tartibga soldi. Bugungi kunda Shermuhammadbekning serqirra faoliyati to'g'risida Turkiya, O'zbekiston, Italiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda ko'plab kitoblar yozilgan. O'zbek haykaltaroshi Abdumalik Ubaydullayev Shermuhammadbekning haykalini yaratgan. Iste'dodli yozuvchi Jonrid Abdullaxonovning "Tarki dunyo" (2009) roman xronikasi hamda o'rmonchi ijodkor Mansurxo'ja Xo'jayevning "Shermuhammadbek qo'rboshi" (2008) nomli tarixiy badiasi nashr etildi.

Qahramon Rajabov "Shermuhammadbek" kitobini yozish jarayonida yurtimizda, Turkiyada, Moskvada chiqqan 70 dan ortiq kitob, maqolalardan foydalangan.

Nigora Umarova
10.12.2011, 13:42
Shuningdek, Andijon Davlat universiteti professori Rustambek Shamsutdinnov 1995-yil oktabr-dekabr oylarida Nyu-York(AQSh)da bo'lganida, Shermuhammadbekning o'g'li Davronbek va jiyani Anvarbek tomonidan unga xo'tiralarning bir nusxasi taqdim etiladi. Rustam Shamsutdinnov bu xotiralarni 1997-yili "Fan va turmush" jurnalining 2-sonida(18-20 -betlar) hamda 2006-yili "Tarixning hasratli sahifalari" nomli kitobda e'lon qildiradi.

Nigora Umarova
10.12.2011, 14:08
Shermuhammadbek

Ma'nan haqlidurman g'ururlanmoqqa,
Ajdodlarim ruhin xotirlamoqqa.
Sho'rolar yomonlab xaloskorlarni,
Keldilar urunib ishontirmoqqa.

Ona-Turkistonim uzra keng osmon,
Kalxat, quzg'unlarga bo'lganda makon.
Millat faxri bo'lgan ne-ne alp qomat,
Alpomish yigitlar fido etdi jon.

Shularda sher qadam Shermuhammadbek,
Bosqinchilar tomon chiqib bordi tik.
Shunqorlarni chorlab, belini bog'lab,
Hujumga otlandi Manguberdidek.

Elu yurt nomusi sharaf-shonim deb,
Bobom Temur qo'llar, bor imkonim deb.
Dovyurak sarkarda Shermuhammadbek,
Kunu tun jang etdi Turkistonim deb.

Har so'zni fikrlab bir bor kesdi u,
Sho'rolar hiylasin payqab sezdi u.
Vatan ozodligin buyuk baxt bilib,
Kurashda ayovsiz yovni ezdi u.

Xaloskor qo'shinga saylangan sardor,
O'ksik ko'ngillarga bo'ldi madadkor.
Botir o'g'lonlarga yo'lboshlovchi bo'lib,
Ozodlik tug'ini tutdi u shior.

Birdan bir maqsadi birlashmoq edi,
Bir yalov ostida kurashmoq edi.
Ozod Vatan uchun bir tan-jon bo'lib,
To'lqinli daryodek jo'sh urmoq edi.

Bag'rni tirnardi Bekning armoni,
Kundan kunga bo'ldi zulm zamoni.
Badkirdor xoinlar "xizmati" bilan,
Uzaydi g'animning qo'li zaboni.

Shermuhammad chuqur o'ylarga tolib,
Boqdi samolarga nigohin solib.
Noiloj yurtidan ayro ketdi u,
Vatan tuprog'idan bir siqim olib.

Ona-Vatan ramzi qalbga etdi jo,
Yaxshilar hurmatin etdilar bajo.
Izzatda yashadi, ammo yodidan,
O'chmadi Vatandan bo'lgani judo.

Taqdirga tan berib, Turk tomon ketdi,
Adana tuprog'in panohgoh etdi.
Millat qahramoni Shermuhammadbek,
Yetmish yetti yoshda olamdan o'tdi.

Alloh haq! Shukurkim yetmish yil o'tib,
Keldi istiqlolning shukuhi yetib.
Ruhlari shod bo'lsin xaloskorlarni,
Deb, so'zim tugatdim duolar etib.

Alloh rahmat etsin xaloskorlarni...

A'zam Naziriy, 2010-yil

VatandoshCom
15.12.2011, 11:40
Bosmachilik harakati va Shermuhammadbek shaxsi haqida yangi faktlar va fikrlar. Bu safar ularni xorijlik mutaxassis, turkiyalik jurnalist Ali Bademchi tilidan eshitasiz.

Xорижлик тадқиқотчилар Шермуҳаммадбек ҳақида (5-мақола) (http://vatandosh.uz/xorijlik-tadqiqotchilar-shermuhammadbek-haqida-5-%D0%BC%D0%B0%D2%9B%D0%BE%D0%BB%D0%B0/)

gofurov
15.12.2011, 12:43
Тохир Маликни "Девона" асарида қўрбошилар, уларни ўзаро муносабатларини бадиийлаштирилган холда тасвирланган. Асарда қўрбошиларни ва босмачилик харакатини фақат салбий томонларини очилган деб ўйлайман. Эхтимол асар 1976-1982 йилларда ёзилгани учун босмачилик харакатини салбий томонлари ёзилгандир. Асарда ".....Хозир унча-бунча одамга сўз бермайман, дегувчи Шермухаммад хам милтиқ отишни Холиқбердидан ўрганган. Ўрганиш чоғида милтиқ пилтасидан учқун сачраб, бир кўзни кўр қилиб олиб «Кўршермат» деган номни олволди......." деган жумлалар хам бор эди. Эхтимол бу жумлалар фақатгина асарни ёзилиш жараёнидаги бадиий тўқималардир. .........