Ïðîñìîòð ïîëíîé âåðñèè : Alisher Navoiy "Sab'ai sayyor" dostoni
Assalomu alaykum hurmatli, qadrli forumdoshlar! Men yaqinda Alisher Navoiy hazratlarining "Sab'ai sayyor" dostonini qayta o'qib chiqib, olam- olam taassurotlarni oldim. Shu bois, o'z taassurotlarim haqida, Siz, azizlarga ham yetkazsam degan umiddaman. Bu yerda tahlil desam sal xato bo'ladi, chunki o'qiyotganimda hayolimga kelgan fiklarni yozib qoldirgan edim. Tahlildan farqi shuki, inson tahlil uchun jiddiy yondashadi, qo'shimcha manbalarga qaraydi va.h.k. Menda esa bundan farqli o'laroq fikrlar majmuasi paydo bo'ldi hamda shularni oq qog'ozga tushirib qo'ygan edim. Xudo xohlasa, vaqt topib asta-sekin yozgan fikrlarimni, izohlarimni quyida joylashtirib boraman.
Cheksiz hurmat va ehtirom ila..
Yuqorida yozganimdek, o'qish jarayonida yog'ilib kelgan fikrlarni oqqa tushirgan edim, endi ularni shu yerga joylashtirib borsam...O'qib qarasam, men ko'p yozgan ekanman, ammo ularni qisqartirib joylashtirman...
Xamsani qo'limga olganimda,hayolimdan ko'tarilgandek bo'ldi hammasi, go'yoki men bir vaqtlar eshitgandayman, ammo tafsilotlari yodimda yo'qday. Shunda chuqur uylanib qoldim, bir savol vujudga keldi: "Hazrat nima demoqchilar, nimaga sha'ma qilmoqdalar, nimani bizga anglattirmoqchilar?". O'qib bo'lgach, shuni angladimki, Hazrat bizga bu doston orqali baxt yo'lini, chinakam saodat yo'lini badiiy obrazlar orqali, ajoyib personajlar orqali yetkazib, oltin merosni qoldirgan ekanlar. Baxt- inson uchun yomonlikdan qaytib, yaxshilik yo'lida qilingan harakat, xijrat. Insonning yomondan qochib, yaxshi, tog'ri yo'lni tanlashi-xijrat, ko'chishi degani. Har bir jon yaxsilik yo'lida yursagina maqsadiga yetadi. Masqadiga yetgan odam esa, eng baxtli inson hisoblanadi.
Meni qiziqtirgan boshqa yana masala, oshiqlarning taqdiri baxtsizlik bilan fojea bilan tugaydi? Shox Bahrom ichkilikka, ayshu-ishratga berilishi bilan hayoti ostin –ustun bo’ladi. Saltanatiga putur yeta boshlaydi. Tabiatidagi loqaydlik, irodasizlik, jahldorlik, jizzakilik, ichkilikka ruju qo’yishlari oxir-oqibat uni hamma narsadan: davlatidan toritib, sevimli yorigacha ayiradi. Mast holida oddiy haqiqatni ko’tara olmadi, oxir-oqibat yoridan uzini uzi judo qildi, O’zi esa fojea bilan bu yorug’ olamni tark etdi. Tabiatga qilgan vaxshiy xiyonati unga ulimiga tuzoq buladi. Hayvonning qoni unga balchiq, botqoqlik bulib, uni yutib yuboradi. Harom qilingan ichimlik insonga baxt keltirmagan. Ona tabiatga zulm, Xudoga, Yaratganga zulm qilishi bilan teng. Bu ne’matga o’t ochish, Yaratganga noshkurlikdir. Shu sabab ham Yaratgan Shoh Bahromni mana shunday Haq va’dasi bilan halok qildi. Shox Bahromni oshiq obrazida A. Navoiy bizga baxtsizlikka eltuvchi harom qilingan ishlarni qoralab ko’rsatdi. Oshiqning mashuqasiga qayta erishishini Allohning bandasiga qilgan marhamati, kechirimi deb ko’rsatdi, bu baxtni ushlab qolish imkonini yana bir bor berdi Haq s.v.t, ammo yana qayta zavolga ketish, yana ayshu-ishratga berilish, Yaratganni qaxrini keltirish edi. Yomonlikni insonga Xudo ravo ko’rmaydi. Insoninig uzi yomonlikni ketidan, nafsiga qul bo’lgan holda yuguradi. Oxir-oqibat hayoti zavolga yuz tutadi. Navoiy, bizga bu bilan eng to’g’ri yo’l- shukrona aytish, haqiqatni tan olish,mustahkam irodali bo’lishni, jon-fido bulib yashashni, oshiq ma’shuqiga yetishi-baxt ekanini, uni saqlay bilish undan-da baxt ekanini, tabiatni asrashni, tirik jonni , Haq.s.v.t yaratgan jonzotlarni asarashni-barcha-barcha yaxshiliklarni qilish- baxt ekanini ko’rsatmoqchi bo’lgan...
Yetti iqlim hikoyatiga o'tsam...( ikkinchi iqlim hikoyatidan boshlasam, yaxshi deb o'yladim)
Ikkinchi iqlim yo’lidan keltirilgann musofir hikoyatidan….Zayd tarixi…A. Navoiy Zayd obarzi orqali insonning har qanday holatida, uni qiyinchilikdan olib chiquvchi narsa- ilm degan g’oyani ushbu hikoyada olg’a surgan. Inson hamisha o’z kasbi-koriga fidoiy bo’lishi kerak, uni sevishi kerak, u bilan halol umr kechirishi uchun halol inson bo’lishi kerakligni, kasbiga hurmat bilan qarashni, unga xiyonat qilmaslikni aytgan. Kasibini xor qilib, unga xiyonat qilsa, inson ko’p tashvish azobga qolishi, hayoti xavf ostida qolishiga sha’ma qiladi. Inson boriga qanoat hosil qilib yashashi kerak. Ko’zochlik, insonning fojeasi deb, Navoiy Zaydning shohga nisbatan qo’llagan hiylasi oraqli kitobxonga tushuntirayapti. Ochko’zlik tufayli aldash, hiyla ishlatish-o’z-o’zini tuzoqqa ilish. O’ziga chuqur qazish demakdir. Chunki, inson bu olamda nafaqat do’st, balki ogoh bo’lsin, hamisha, dushman qurshovida yashaydi. Istaydimi yo’qmi, insonning do’sti bilan barobar dushmani ham bo’ladi. Zayd ham dushmanlarining yomonligiga uchradi. Ammo, Navoiy sha’ma qilgan aql tufayli u yo’l topib zindondan qochib ketdi. Aqlu-farosati ila yana g’ayridinni talon-taroj qilib, o’z qarzini uzish maqsadida, shoh oldiga kelib, oltinlarni sochdi. Inson-xatokor, gunohkor. Ammo, o’z vaqtida anglangan xato, gunohdan forig’ etadi. Zaydning qarzini shoh oldida to’lashi, bu dunyodan qarzdor bo’lib, tark etish durust emasligidan nishona, ishorat. Har bir banda ertami-kechmi o’z qarzini uzishi kerak. Zaydning shuncha hiylasiga qarshi turgan Shox, Zaydga, uning ilmi, tabobatiga yana muhtoj bo'ldi. Navoiy demoqchiki, turli sohadan xabardor bo’lish-omon qolish demakdir. Kerakli inson bo’lib yashashga intilish-kishi baxtidan darak,ya’ni Zaydning turli kasb egasi bo'lganligi uchun ham uning hiylayu-xiyonati kechirildi. Inson hamisha o’z yutug’I yoki davlatiga, molu dunyosiga ehtiyot bo’lishi kerak, chunki bu narsa uning dushmanini hamisha qizitiradi. Soddadillik Shohni shu kuyga soldi. Ishonch yaxshi narsa, ammo ehtiyotkorlik undan-da yaxshi narsa. Inson hamisha ulkan aql sohibi bo'lishi kerak, oz ilmu-farosati ila davlati tez qo’lidan ketishi mubolag'asizdir.
Qissadan hissa shuki, Navoiy ilmni, aqlni, turli-xil kasb egasi bo’lishni ulug’laydi. Hamda hayotning har-xil vaziyatlarida hamisha aql g’olib kelishini, dushmanga uning eng nozik jihatiga zarba berib qulatish oson ekanini mohirona tarzda Zayd obrazi orqali yoritib bergan va oxir oqibat, Shoh barcha zindon ahlini ozod etishi- inson hamisha kechirimli bo’lishini ko’rsatgan bo’lsa ajab emas. Aqlni esa hamisha yaxshi , to’g’ri yo’lda ishlatish kerakligini, egri yo’lda ishlatib hiylaga qo’l urib, yolg’on gapirib, xiyonatgacha borgan ish-insonga ko’p malomat, kulfat keltirishni Zayd obrazida Navoiy mohirona tarzda ko’rsatgan.
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä: zCarot