PDA

Просмотр полной версии : Ўзбек шеъриятининг асосий мавзулари


AbuMuslim
17.09.2011, 13:52
Бугунги кун Ўзбек шеъриятининг асосий мавзулари нималардан иборат... ва сизнинг қалбингизга шеъриятнинг қайси мавзуси жуда яқин...

Kavsar
17.09.2011, 23:59
Bugungi kunda ilohiy ishq tarannum etgan irfoniy yoki orifona she'rlarni uchratib qolsam, yerdan marjon topib olgandek xursand bo'laman. Bilmadim, balki zamondan juda orqa qolib ketdimmi, lekin tasavvufiy mumtoz baytlar va shu ruhda yozilgan zamon she'riyatini juda qadrlayman.

O'zbek she'riyatining mavzulariga kelsak, faqat yosh ijodkorlar haqida aytish mumkinki, ularning aksar she'rlari majoziy ishq-muhabbatdan nariga o'ta olmayotgandek tuyuladi...

Alisher Asror
19.09.2011, 11:47
Menimcha she'rning mavzusi 2- darajalik, asosan sherda dard, did va nazokat bo'lishi kerak.

AbuMuslim
21.09.2011, 03:24
sherda dard, did va nazokat bo'lishi kerak

Шу санаган нарсаларнингиз... шеър мавзусида намаён бўлмайдими?

Alisher Asror
21.09.2011, 12:11
Шу санаган нарсаларнингиз... шеър мавзусида намаён бўлмайдими?

Мавзу бирламчи эмас демоқчиман... Жуда кўп бемаъни нарсалар аввалдан мавзу танланганликдан келиб чиқади. Зўрма-зўракилик , нохолисликлар, реалликдан узоқлашиб аввалдан кўзланган мақсадни ёритиш соҳталикка олиб келиши мумкин.

fayzullajohn
21.09.2011, 14:01
ўзи хозирги кунда шоирларимиз борми?

совет парчаланганидан кейин кўзга кўринган шоирларининг аксарияти бошқа йўналишларда "ижод" қилмоқдалар.

мактаб дарсликларида ҳам эркин вохидов-у абдулла ориповларнинг совет давридаги шеърлари ўргатилар эди. улар хозир шеър ёзишмоқдами?

сўровномада 4 вариантни танлайман. 6 вариант ҳам чакки эмас.

1 ва 2 вариантлардаги интим сўзи бироз тушунарсиз. чунки классик адабиётда интим- илоҳий ва шахсий ишқ бир пайтда келади.

Nigora Umarova
21.09.2011, 14:20
мактаб дарсликларида ҳам эркин вохидов-у абдулла ориповларнинг совет давридаги шеърлари ўргатилар эди. улар хозир шеър ёзишмоқдами?



"O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi, "Sharq yulduzi" jurnallarini muntazam kuzatib borsangiz, ularning yangi ijod namunalaridan boxabar bo'lishingiz mumkin.

fayzullajohn
21.09.2011, 15:30
"O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi, "Sharq yulduzi" jurnallarini muntazam kuzatib borsangiz, ularning yangi ijod namunalaridan boxabar bo'lishingiz mumkin.

gazetani bir-ikki kuzatgandim, qandaydir, zerikarli edi. Sharq yulduzini qo'limga olmaganimga ancha bo'lib ketdi.

shu adabiyotlarning elektron versiyasi bormi? birinchisining sayti ishlamas edi, o'qigan paytimda, keyin qidirish esdan chiqib ketgandi.

adabiyot bo'yicha ziyouz.com dan ko'p narsa olaman. lekin sizga aytgan shoirlarimning yangi ijod namunalarini ko'rmadim.

Nigora Umarova
21.09.2011, 15:39
"Sharq yulduzi"ni qo'limga olmaganimga ancha bo'lib ketdi.

shu adabiyotlarning elektron versiyasi bormi? birinchisining sayti ishlamas edi, o'qigan paytimda, keyin qidirish esdan chiqib ketgandi.



www.sharqyulduzi.uz saytiga kirib ko'ring.
"Tafakkur" jurnalining joriy yilning 3-sonida shoir Erkin Vohidov bilan bo'lib o'tgan suhbat chop etilgan. Undan tashqari forumimizda Erkin Vohidov bilan bo'lgan suhbatda ularning yangi ijod namunalari joylashtirilgan.

Pfefferminze
23.09.2011, 14:33
Бугунги кун Ўзбек шеъриятининг асосий мавзулари нималардан иборат... ва сизнинг қалбингизга шеъриятнинг қайси мавзуси жуда яқин...

Qur'onda o'qigan edim...She'rning eng chiroylisi, she'rning eng shirin "yolg'oni"da ekan...She'r "yolg"onni" ko'tara oladi, shu bilan jozibali chiqadi...Inson qachon she'r yozadi, qachonki dardi bo'lsa, yurakdagi dard to'kilsa, she'r chiqadi...
Shu sababli, menga ham yurakdagi dardni tinglash yoqadi...


R

AbuMuslim
23.09.2011, 21:18
Qur'onda o'qigan edim...She'rning eng chiroylisi, she'rning eng shirin "yolg'oni"da ekan...She'r "yolg"onni" ko'tara oladi, shu bilan jozibali chiqadi...Inson qachon she'r yozadi, qachonki dardi bo'lsa, yurakdagi dard to'kilsa, she'r chiqadi... Shu sababli, menga ham yurakdagi dardni tinglash yoqadi...

Сайтдаги янги мақола: Ёлғоннинг шаръий ва шеърий илинжи

...Дастлаб нозил бўлган сураи Карималардан бири «Шуаро» (227 оят)нинг сўнгги тўрт ояти бевосита шоирлару шоирлик тўғрисидадир ва умуман сўз санъатининг яшаш йўлини, шартини белгилаб берган илоҳий далиллардир.
Аллоҳ субҳанаҳу ва таоло айтади:
«Ва шоирларга гумроҳлар эргашур (224-оят).
Уларнинг ҳар водийда дайдишини (225-оят).
Ва ўзлари қилмайдиган ишларни айтишини кўрмадингми? (226-оят)».

http://e-adabiyot.uz/adabiyotshunoslik/tanqidchilik/576-maqola.html

Pfefferminze
24.09.2011, 15:21
Сайтдаги янги мақола: Ёлғоннинг шаръий ва шеърий илинжи

...Дастлаб нозил бўлган сураи Карималардан бири «Шуаро» (227 оят)нинг сўнгги тўрт ояти бевосита шоирлару шоирлик тўғрисидадир ва умуман сўз санъатининг яшаш йўлини, шартини белгилаб берган илоҳий далиллардир.
Аллоҳ субҳанаҳу ва таоло айтади:
«Ва шоирларга гумроҳлар эргашур (224-оят).
Уларнинг ҳар водийда дайдишини (225-оят).
Ва ўзлари қилмайдиган ишларни айтишини кўрмадингми? (226-оят)».

http://e-adabiyot.uz/adabiyotshunoslik/tanqidchilik/576-maqola.html

Yaxshi maqola ekan, rahmat.


R

Pfefferminze
24.09.2011, 17:14
Men bitta narsaga tushunmayapman, Abu Muslim aka. Iltimos, meni kechring, chunki sal ikkichiroq qizman, ko'p narsalarni uncha fahmiga yetmayman ba'zida..nega sarlavhada, o'zbek she'riyati deysiz? she'riyat deb aytmaysiz? Chunki, menimcha, she'riyatning millati, ellati, irqi yo'q. Biz bandalar millatimiz, dinimiz, irqimiz har xil bo'lgani bilan nomimiz bitta, odam, insonmiz...She'rni esa inson yozadi. Insonning qalbi bitta, dardi bir xil, iztirobi, alami, g'ami, qayg'usi, tashvishi- millati, irqi, dinidan, e'tiqodidan qat'iy nazar bir xil, shunday emasmi? to'g'ri, muallifiga qarab, aniqrog'i muallif millatiga qarab ajratsak, unda qozoq, turkman, o'zbek she'riyati v.h.k deymiz...lekin she'rga talab ketganida, menimcha, uni yaxlit deb olamiz she'riyat deb...Siz targ'ib qilmoqchi bo'lgan fikr hamma millatning she'rida uchraydi, shunday emasmi? Demak, biz insonlar 6 mlrd Yer yuzidagi insonlar bir xil ekanmiz nisbiy ma'noda...Menimcha, shu uchun she"riyatga talab qo'yganda siz 6 mlrd Yer yuzidagi aholiga talab qo'ya olmaysiz..buni payg'ambarlar ham bajara olishmagan, chunki dindor bor, aksi g'ayridin ham bor....
She'riyat insonning qalbida mujassam bo'lgan ulkan maskan...uning ichida ko'p narsa bor...Biz ko'ra oladigan va ko'rolmaydigan...Siz esa yuqoridagi talablaringiz bilan ( odnim maxom) tartibga solmoqchisiz...bilmadim, balki men adashayotgandirman...lekin she'riyat bobida chegara qo'yish- 6 mlrd aholi ustidan nazoratdek tuyuldi, menga...
Qur'oni Karimda insonga nisbatan ko'p ta'qiq bor...bizning vazifamiz, bajarish...lekin, qaysi birni qoyilmaqom bajarayapmiz? qiyin a? shunday emasmi? she'riyatni ham jilovlash, inson odobi-axloqini jilovlashdek qiyin narsa...
bilmadim, men she'riyatni-inson qalbi deb tushunaman...uning egasi esa Yaratganni o'zi...Yaratgan, yurkaning o'rtasida...Men birovga buni yoz, uni yozma deb aytolmayman..Buni faqat Xudoni O'zi hal qiladi...menig vazifam esa o'zimga keragini olib, kerakmasini tark qilish...menimcha, hamma shunga o'ziga keragiga intilib, ortiqcha kerkasizdan cheklansa, Siz aytayotgan masala, menicha, tezroq, soddaroq va beozoro tarzda yechiladi....
bilmadim...men shunday o'ylayman...

hurmat bilan,

R

Pfefferminze
24.09.2011, 17:17
P.S....Agar, Sizni xato tushungan bo'lsam, uzr...


R

AbuMuslim
12.10.2011, 05:03
Менга Пушкин бир жаҳону,
менга Байрон бир жаҳон.
Лек Навоийдек бобом бор,
Кўксим осмон ўзбегим.
Э.Воҳидов



Abu Muslim aka. Iltimos, meni kechring, chunki sal ikkichiroq qizman, ko'p narsalarni uncha fahmiga yetmayman ba'zida..nega sarlavhada, o'zbek she'riyati deysiz? she'riyat deb aytmaysiz? Chunki, menimcha, she'riyatning millati, ellati, irqi yo'q. Biz bandalar millatimiz, dinimiz, irqimiz har xil bo'lgani bilan nomimiz bitta, odam, insonmiz...

Умуман олганда тўғри таклиф бераётганга ўхшайсиз... Аммо бирон нарсани ўраганётганда ёки бирон нарса ҳақида сўз очилганда умумийдан бир бўлагини ажратиб ўрганилса яхши, тушунарли ва фойдали бўлади... Яъни бирон бир фанни ўрганаётганда ҳам тасниф қилиб ўрганишади-ку... бу шунга ўхшаш нарса...

Умумий шеърият мулкида... ажойиб бир бўстон бор... ўзбек адабиёти деб аталмиш... шу бўстон ичра эрса бир чаман бор... уни баъзилар ўзбек назм гулшани ҳам деб атайди...
Мавзу эса шу ҳақида... бошқа боғу-бўстонлар ва чаманзорлар эса бошқа мавзуда : ))

Pfefferminze
12.10.2011, 13:46
Умумий шеърият мулкида... ажойиб бир бўстон бор... ўзбек адабиёти деб аталмиш... шу бўстон ичра эрса бир чаман бор... уни баъзилар ўзбек назм гулшани ҳам деб атайди...
Мавзу эса шу ҳақида... бошқа боғу-бўстонлар ва чаманзорлар эса бошқа мавзуда : ))]
Men dunyoga hech vaqt bir ko'z bilan qaramayman..chunki, men Odam farzandiman...Insonman....Odamzotning ildizi bitta- hammamiz Odam Atodan tarqalganmiz...
OMAD!
R