Просмотр полной версии : Forumda "ko'rinmaslik" holatiga o'tib olishning sababi nimada?
Pfefferminze
15.08.2011, 17:27
Men bitta narsaga umuman tushunmadim. Nega bu forumda hamma invisible, ko'rinmas bo'lib o'tiradi. 10-16 kishi o'qib turgan bo'ladi, ammo 1-2 kishi visible, ko'rinib turadi. Hamma o'qish uchun kiradi bu forumga, yozganda esa 2-3 kishi bilan chegaralanib qolinadi. Nega?
Men judayam xohlar edim buning sababini bilishga.
1. Yoki Sizga ushbu forumning saviyasi yoqmaydi va shu uchun yozishdan ko'ra o'qishni ma'qul ko'rasiz.
2. Yoki fikr bildirishni yoqtirmaysiz
3.yoki ...bilmadim....
xullas, anchadan beri kuzataman ahvol shu...odam ba'zida xijolat tortar ekan visible/ko'rinib turinishidan, online bo'lib turishidan...
Sekin-asta men ham offline bo'lib postlarni pinhon o'qib o'tiradigan passiv ishtirokchiga aylansam kerak....:-)
hurmat bn
R
Shomurodov Shohruh
15.08.2011, 17:30
Men judayam xohlar edim buning sababini bilishga.
Нега?
Pfefferminze
15.08.2011, 17:37
Men judayam xohlar edim buning sababini bilishga.
Нега?
shaxsan menga, ayg'oqchi, josusdek ko'rinadi...Inson samimiy bo'lsa yaxshi....yoshinib yurish, ko'rinmay turish, ma'lum ma'noda har kimning shaxsiy ishi, tanlagan yo'liga ishim yo'q, hurmat qilaman, ammo hamisha 10-16 raqami ko'rinmas odamlarni ko'rsatsa, shubha , gumonga boraman...ochig'i shu...bor gap shu....
Shomurodov Shohruh
15.08.2011, 17:41

Бир домламизнинг гапларига ухшаб кетди. Унда узингизга хам савол, нега шу пайтгача реал-айди олиб "юзингизни очмадингиз"? Бунга барча имкониятингиз бор, "Зиёнет"дагилар сизни яхши танишади.
Shomurodov Shohruh
15.08.2011, 17:46
Nega bu forumda hamma invisible, ko'rinmas bo'lib o'tiradi
Барча IMларда инвизибл деган функцияси бор, ушани одамлар нима учун ёкса, бу ерда худди шу учундир балки. Яъни хаммага куринмаслик истаги, ёки оддийгина бошликнинг иш пайтда форумда утирганини курмаслиги учундир :)
Мавзуни "Общее" бўлимига ўтказишингизни тавсия қиламан!
Pfefferminze
15.08.2011, 17:47
shaxsan menga, ayg'oqchi, josusdek ko'rinadi...Inson samimiy bo'lsa yaxshi....yoshinib yurish, ko'rinmay turish, ma'lum ma'noda har kimning shaxsiy ishi, tanlagan yo'liga ishim yo'q, hurmat qilaman, ammo hamisha 10-16 raqami ko'rinmas odamlarni ko'rsatsa, shubha , gumonga boraman...ochig'i shu...bor gap shu....
Бир домламизнинг гапларига ухшаб кетди. Унда узингизга хам савол, нега шу пайтгача реал-айди олиб "юзингизни очмадингиз"? Бунга барча имкониятингиз бор, "Зиёнет"дагилар сизни яхши танишади.
u boshqa narsa-ku Shohruh...meni yuzim ko'rinmasa ham hech bo'lmasa meni ko'rishgan, Pfefferminze Ra'no deganini hamma biladi va men hamisha xabarni ostida R deb qo'yaman....
rasmga tushishni aslida yoqtirmayman...qizlar darvrasida ham tushmadim..buni hamma biladi va hurmat bilan qaraydilar...
imkoniyat bor bulgani bu degani hamma imkoniaytdan albatta 100% foydalanish kerak degani emas...inson tanlashi ham kerak...shu bois men yuqoradi variantlarni keltridim misol sifatida....
Pfefferminze
15.08.2011, 17:48
Мавзуни "Общее" бўлимига ўтказишингизни тавсия қиламан!
to'g'ri fikr...mening e'tiborsizligim bu...
R
Pfefferminze
15.08.2011, 17:49
Nega bu forumda hamma invisible, ko'rinmas bo'lib o'tiradi
Барча IMларда инвизибл деган функцияси бор, ушани одамлар нима учун ёкса, бу ерда худди шу учундир балки. Яъни хаммага куринмаслик истаги, ёки оддийгина бошликнинг иш пайтда форумда утирганини курмаслиги учундир :)
aaa.... shu aqlimga kelmabdi...:-)
Shokir Dolimov
15.08.2011, 17:54
... бошликнинг иш пайтда форумда утирганини курмаслиги учундир
Айтдим, нега шанба-якшанба кунлари хабарлар сони жуда кам бўлиб, форум фаолияти кескин сустлашиб кетади, деб. Гап бу ёқда денг!!! :)
Nigora Umarova
15.08.2011, 18:07
... бошликнинг иш пайтда форумда утирганини курмаслиги учундир
Айтдим, нега шанба-якшанба кунлари хабарлар сони жуда кам бўлиб, форум фаолияти кескин сустлашиб кетади, деб. Гап бу ёқда денг!!! :)
Xabarlar tunda yoki saharda ham qoldiriladi. Forumdagi muloqot jarayoni ertalabmi yoki kechqurun, shanba yoki yakshanbaligiga aslo qaramaydi.
Shokir Dolimov
15.08.2011, 18:17
Xabarlar tunda yoki saharda ham qoldiriladi. Forumdagi muloqot jarayoni ertalabmi yoki kechqurun, shanba yoki yakshanbaligiga aslo qaramaydi.
Асосий меҳнат фаолиятидан чалғимаслик, бошлиқдан гап эшитмаслик учун ёки иш жойида Интернет тармоғи бўлиши тавсия этилмаган (ман этилган) жойда ишлайдиган кишилар ўз хабарларини тунда ёки саҳарда ёхуд меҳнат таътили давомида (уйда ўтириб) жойласалар керак-да
Behzod Saidov
17.08.2011, 01:32
1. Yoki Sizga ushbu forumning saviyasi yoqmaydi va shu uchun yozishdan ko'ra o'qishni ma'qul ko'rasiz.
2. Yoki fikr bildirishni yoqtirmaysiz
3.yoki ...bilmadim....
Imlo yoki uslubiy xato bilan yozib qo'yishdan qo'rqib yozmaydiganlar ham bor. ;)
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot