PDA

Просмотр полной версии : Қўшиқ айтаётган одам

AbuMuslim
14.08.2011, 04:50
http://info.islom.uz/images/stories/2011/13_08_00006.jpg

Бугунги қўшиқлар касалманд. Унга ташхис қўйиб, даволаш йўлларини излашга эҳтиёж бор. Буни ҳеч ким инкор этмайди. Қўшиқларда ҳаёсиз, асаббузар вируслар кўп. Айниқса, бир мақомда бир сўз тинимсиз такрорланадики, бунинг санъатга қандай дахли бор, англаш қийин.

Мактаб ёшидагилар нари турсин, боғча боласининг ҳам ўша қўшиқларга маҳлиё бўла бошлагани ҳақиқат. Бу кетишда боланинг маънавий-руҳий оламида ямаш имконсиз баҳайбат йиртиқлар пайдо бўлади. Қўшиқ санъатида бамаъни сўз, завқли мусиқа, гўзал оҳанг ўрни ва аҳволига баҳо бера билмайдиган дидсиз калтабинлар авлоди шаклланади. Бу хатарли. Радио ва телевизорда берилаётган «замонавий эстрада» намуналарида ўзбекона табиатимизга, мусулмонча урф-одатларимизга номувофиқ беҳаё қилиқлар (қитмирлик, дегани тўғрироқ) бор. Маънавий юк, масъулиятдан гап очилгудек бўлса, дарҳол моддият, пули тўлангани рўкач қилинади, бизнес замонида яшаётганимиз эслатилади. Қўшиқчиликдан мақсад пул эканини яширишмайди.

Шарм-ҳаё, иффат, одамийлик, уят, андиша туйғуларини оёқ ости қилаётган пул! Шу билан бирга қўшиқ айтаётган одам машҳур бўлишни; тарих саҳифаларида ном қолдиришни ўйлар экан...

давоми: info.islom.uz (http://info.islom.uz/content/view/2832/988/)

Ҳозирги қўшиқ айтаётганларнинг ўртача "портрети" қандай? Ким билади?

labzak
11.09.2011, 16:51
Hozirgi qo'shiq aytuvchilar fikrlash doirasi tor, g'arbdan kirib kelgan madaniyat bilan zaharlangan inson!

myu
11.09.2011, 17:25
Хозирда куйланаётган кушикларни эшитиб, мен хам шеър ёзсаммикин деб, уйлаб коламан,шеър ёзишни булмасам хам...

Shokir Dolimov
11.09.2011, 21:07
Хайрият, бу дунёда мен ёлғиз эмас эканман :) . Экранда микрофон ушлаб олиб «қўшиқ» айтаётган бирортасини кўриб, кимлигини сўрасам «Ҳаётдан жуда орқада қолиб кетгансиз-да, дада. Ахир бу фалончи-ку!», дейди ўғлим. Ростини айтсам, ана ўшанақа «қўшиқ айтаётган одамлар» ва хотин-қизларимиз учун мўлжалланган турли-туман сериаллар дастидан ўзимизнинг телеканалларимизни (информацион дастурлардан ташқари) кўрмай қўйганман.

Shuhrat Ismailov
12.09.2011, 00:11
Барча мутахассисларга саволим бор.
Қўшиқ билан ашула сўзларининг фарқи борми? Агар бўлса тушунтирворинглар, илтимос.

Kavsar
12.09.2011, 07:31
Ҳозирги қўшиқ айтаётганларнинг ўртача "портрети" қандай?

Nazarimda ilgari juda ko'p qo'shiqchilar xalqni o'ziga ergashtirgan bo'lsa, hozirgilari (bundan ba'zi haqiqiy san'atkorlar mustasno) xalqni ortidan (ba'zi ma'naviy estetikaga ega bo'lganlar bundan mustasno) ergashib ketyapti. Sifat buzilisining sababi shundadir ehtimol.

Har qanday vaziyatda ham chin san'atkor o'z prinspida tura oladi. U faqat muxlislari uchun emas, barchaga hidoyat nuridan ulashish uchungina ijod qiladi. Mana shunday san'atkorning qo'shiqlari xalq orasida boqiy qolishiga, insoniylikka xizmat qilishiga ishonish mumkin.

Har bir sohada agar inson niyatni to'g'ri tanlay olmasa maqsaddan adashadi. Qo'shiq kuylash ham modomiki kishi ruhiyatini tarbiyalashga qaratilgan ekan, bu ham bir Alloh yo'lidagi ibodat bo'lsa kerak....

labzak
13.09.2011, 00:55

Qo'shiqni foydasidan ko'ra zarari ko'proq deb eshitganman !

Kavsar
13.09.2011, 05:37
Qo'shiqni foydasidan ko'ra zarari ko'proq deb eshitganman !

Men ham eshitgandim, lekin bu gapga qo'shilish qiyin.

Dunyo shaffof bir shishaga o'xshaydi. Uni qaysi rangga bo'yashsa, shunday tovlanadi.
Hatto ilmning ham ofati bor, agar uni yomonlikka sarf qilishsa.

Sami Yusuf yoki Mahir Zain kuylagan salowatlarning zararidan ko'ra foydasi ko'proq bo'lsa kerak.
Bunda hamma narsa insonning o'ziga, nima va qanday narslarni eshitishiga bog'liq.

Lekin savolda asosan, qo'shiqchilarning portreti so'ralgan.

Abdumalik Ismailov
13.09.2011, 12:28
Hozirda o'zini "qo'shiqchi" deb ataydigan, aslida bu san'at turidan ancha yiroq shaxslar va shu shaxslar hisobiga mumay daromad topayotganlar qo'payib ketdi. Jonli ijro etadiganlarni kunduzi sham yoqib topish qiyin bo'p qoldi. Yurgan yo'lida fonograma. XATTO TO'YLARDA HAM FONOGRAMAGA OG'ZINI QIMILLATADIGANLAR JUDA KO'P.

O'zim guvoh bo'lganlarim: Ozodbek Nazarbekov, Sardor Raximhon, Sharof Muqimov va boshqa sanoatkorlar. To'y egalari ularga 300 dollar deb yozilgan oq qog'oz berishmaydiku, ter to'kib topgan pulidan berishadi.

Aytilayotgan qo'shiqlarni ma'nosi haqida gapirmasa ham bo'ladi. "Sen meni sevasan, men seni sevmayman" kabi qo'shiqlar bosib ketgan. Bir opoy "Muhabbatni chiqargandir chidaganga" so'zini bir qo'shiq davomida 40-50 marta takrorlaydi. Ayrim ongi past insonlar bu qo'shiq ostiga o'ynashadi ham.

Abdumalik Ismailov
13.09.2011, 13:06
Bugun bir "qo'shiq" eshitib qoldim. Bittasi 3,5 minut davomida allo-allodan nari o'tmadi. Ayrimlar shuni ham san'at deyishadi.

myu
13.09.2011, 13:18
To'y egalari ularga 300 dollar deb yozilgan oq qog'oz berishmaydiku, ter to'kib topgan pulidan berishadi.
To'yda ularni qo'shiq aytishi hech kimga kerakmas, to'y egasini obro'si uchun kerak xolos.

myu
13.09.2011, 13:23
Bugun bir "qo'shiq" eshitib qoldim. Bittasi 3,5 minut davomida allo-allodan nari o'tmadi. Ayrimlar shuni ham san'at deyishadi.
Hozir ko'shiq aytish uchun qobilyat kerakmas, yaxshigina mablag' evaziga sizni yaxshigina raskrutka qilib berishadi.
P.S. bu yozganim haqiqiy qushiqchi san'atkorlarga tegishlimas.

Nigora Umarova
13.09.2011, 13:32
Bugun bir "qo'shiq" eshitib qoldim. Bittasi 3,5 minut davomida allo-allodan nari o'tmadi. Ayrimlar shuni ham san'at deyishadi.

Muhammad Ismoilga o'xshab tahliliy maqola yozsangiz bo'larkan. Ancha-muncha ma'lumot to'plabsiz.

Nigora Umarova
13.09.2011, 13:38
Jonli ijro etadiganlarni kunduzi sham yoqib topish qiyin bo'p qoldi. Yurgan yo'lida fonograma. XATTO TO'YLARDA HAM FONOGRAMAGA OG'ZINI QIMILLATADIGANLAR JUDA KO'P.

Qo'shiqchilar mikrafonni o'ylab topganga kumushdan, fonogrammani o'ylab topganga oltindan haykal qo'yishlari kerak.

O'tkir Hoshimov

Abdumalik Ismailov
13.09.2011, 13:40
Bugun bir "qo'shiq" eshitib qoldim. Bittasi 3,5 minut davomida allo-allodan nari o'tmadi. Ayrimlar shuni ham san'at deyishadi.

Muhammad Ismoilga o'xshab tahliliy maqola yozsangiz bo'larkan. Ancha-muncha ma'lumot to'plabsiz.

Bundan bir necha yil avval , adashmasam "Xurriyat" gazetasida Bojalar va shunga o'xshashlar haqida maqola chiquvdi. Jurnalistni boshi "razborka"dan chiqmay qoluvdi.

Hero
13.09.2011, 13:42
Hozirgi zamonda eng yahshi qo'shiqchi kim deb o'ylaysiz.

1. Ozodbek Nazarbekov
2. ???????????

Nigora Umarova
13.09.2011, 13:55
Bundan bir necha yil avval , adashmasam "Xurriyat" gazetasida Bojalar va shunga o'xshashlar haqida maqola chiquvdi. Jurnalistni boshi "razborka"dan chiqmay qoluvdi.

Yo'g'ey, eshitmagan(o'qimagan) ekanman. ;)

Siz ham har xil "razborkalar"ga vaqtim yo'q demoqchimisiz. :)

Abdumalik Ismailov
13.09.2011, 14:14
Bundan bir necha yil avval , adashmasam "Xurriyat" gazetasida Bojalar va shunga o'xshashlar haqida maqola chiquvdi. Jurnalistni boshi "razborka"dan chiqmay qoluvdi.

Yo'g'ey, eshitmagan(o'qimagan) ekanman. ;)

Siz ham har xil "razborkalar"ga vaqtim yo'q demoqchimisiz. :)

Tarvuzda katta muhokama bo'luvdi.

Ularni TV yoki gazetadan tanqid qilib bo'lmaydi, chunki yoki hushtori yo qarindoshi amaldor.

Husen
15.09.2011, 09:57
Bundan bir necha yil avval , adashmasam "Xurriyat" gazetasida Bojalar va shunga o'xshashlar haqida maqola chiquvdi. Jurnalistni boshi "razborka"dan chiqmay qoluvdi.

Ўша журналистни олдига "ҳамдардликка" борганимда, ундан маколага киритилмаган яна ҳам "қизиқ" фактларни эшитгандим. Ойнаи жаҳонда "фаришта" имиджида чиқадиган айримлар аслида... майли буёғини ёритиш сариқ матбуотга тан.

Pfefferminze
22.09.2011, 14:56
Men ham qo'shiqni tushunmas edim, yoqmas edi...tushunmagan odamga, albatta, tushunarsiz bo'ladi....Uyimizda esa Dadam hamisha biz bilan o'tirganlarida Navoiyning, Mashrabning g'azallarini kuylasalar-da uncha tushunmas edim, rosti..:-) lekin eshitar edim...Klassikani eshiitb kelar edim...Yaqinda Munojot opa Yo'lchievaning tushuntirib berganlarini eshitib, sevib qoldim...Navoiy g'azallarini xirgoyi qilib yuradigan odat chiqardim...Kuydi bu xasrat o'tina kuymagan jonim mani deb...:-)))
Kuy ajoyib narsa aslida ekan...

Kavsar
17.10.2011, 20:46
Hozirgi zamonda eng yahshi qo'shiqchi kim deb o'ylaysiz.

1.Ozodbek Nazarbekov

O'zbek xonandalari orasidami?

1. O'ktam Mo'minov ijrosidagi qo'shiqlar.

2.Sherali Jo'rayevning esa ko'proq "Hayot soqiy", "Oshiq bo'ldim", "Konya" qo'shiqlarini juda qadrlayman...

3. Bobomurod Hamdamov. "Devona bo'ldim"

Shokir Dolimov
17.10.2011, 21:47
4. Фахриддин Умаров "Ўн саккизга кирмаган ким бор?"

OmoN
18.10.2011, 11:27
4. Фахриддин Умаров "Ўн саккизга кирмаган ким бор?"0. Таваккал Қодиров. "Ўхшайдику".

Nigora Umarova
18.10.2011, 11:48
Hozirgi zamonda eng yahshi qo'shiqchi kim deb o'ylaysiz.

Ҳозирги замонда бундай қўшиқчилар ўртасида энг яхшисини танлаш мушкул. Бироқ аввалги санъаткорларни ҳақиқий санъаткор дейиш мумкин.
Таваккал Қодировнинг "Сайдинг қўя бер сайёд" қўшиғи бошқа хонандаларнинг ижросига нисбатан дардли куйланган.
Умуман олганда, Комилжон Баратов, Таваккал Қодиров, Камолиддин Раҳимов, Нуриддин Ҳамроқулов, Бобомурод Ҳамдамовларни мириқиб тинглайман.

Shokir Dolimov
18.10.2011, 22:01
Ҳозирги замонда бундай қўшиқчилар ўртасида энг яхшисини танлаш мушкул. Бироқ аввалги санъаткорларни ҳақиқий санъаткор дейиш мумкин.
Ўша санъат, ўша қўшиқ чунонам соф, жозибасининг сеҳри шу қадар кучлики, висолига етишиш насиб этмаган қўшни қизнинг ўн саккиз ёшли қалбимга муҳрланиб қолган Шоҳиста исмини йиллар ўтиб, қизимга беришимга сабаб бўлди.

gofurov
30.12.2011, 17:41
Hozir ko'shiq aytish uchun qobilyat kerakmas, yaxshigina mablag' evaziga sizni yaxshigina raskrutka qilib berishadi.

http://www.dir.uz/ru/files/show/10557/xaqiqiy_artist.mp3.html
:)

мафтун
30.12.2011, 20:40
Куни кеча ТвМда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Райҳон Ғаниеванинг "Сумбула" қўшиғига ишланган клипни кўриб, ёқа ушлаб қолдим. Минг йиллик халқ қўшиғини айтаётган (исмидан ўзбек!) қизнинг оёғини кўтариб олган тасвирлари бор!
Тасаввур қиляпсизми?
Бир пайт охирроғида оёғи тамоман тепага чиқиб кетди.
Ҳозир шу сўзларни ёзаётиб, мен ҳижолатга тушиб кетяпман.

Узр, мен балки қишлоқда яшаганим учун савиям тушиб кетдимикан?!
Сиз, пойтахтда яшаётган форумдошим, бу хҳолатни қандай изоҳлайсиз?
Бир сўз билан айтганда беҳаёликнинг чеки чегараси бормикан?
(узр, бу ҳол биз тмонда ўта шармандали, айниқса, қиз ! бола учун)

abdurahmonaka
30.12.2011, 22:33
бу хҳолатни қандай изоҳлайсиз? бу "оммавий маданият" таъсири бўлса керак!

DURIAN
30.12.2011, 22:47
Узр, мен балки қишлоқда яшаганим учун савиям тушиб кетдимикан?! Сиз, пойтахтда яшаётган форумдошим, бу хҳолатни қандай изоҳлайсиз? Бир сўз билан айтганда беҳаёликнинг чеки чегараси бормикан? (узр, бу ҳол биз тмонда ўта шармандали, айниқса, қиз ! бола учун) Qiz!bola dib ajratganizdan qanaqa ma'no anglasak bo'ladi maftunkor yigit?:(
Undan keyin bunaqa "oyo ko'tarishlar" Rayhona uchun birinchi va ohirgisi emas shekilli.
Bunaqa "oyo ko'tarishla" bizani uje diqqatimizni jalb qimiydigan bo'p qogan.:)
Nimeykan deb tomosha qippana...:)

Shokir Dolimov
02.06.2013, 21:07
Замонавий «қўшиқчилар (http:///uzclub.net/uzmusic/487-jemalkhan-sirojxan-akeshxan-bilmaysan-mega-premyera.html#.Uatsh9K8CMh)»

https://img.uforum.uz/images/ugffrqv3864835.jpg

Ҳамма рақсга тушсин :)

myu
02.06.2013, 22:44
Гамасятина какаята
http://uzclub.net/uzmusic/487-jemalkhan-sirojxan-akeshxan-bilmaysan-mega-premyera.html#.Uatsh9K8CMh очилмади

Мана бу (http://uzclub.net/uzmusic/487-jemalkhan-sirojxan-akeshxan-bilmaysan-mega-premyera.html)очилди

AbuMuslim
02.07.2013, 03:23
Олдинлари қўшиқчилар кастюм-шим, галстукларда чиқишар эди...
Ҳозиргилари эса, йиртиқ-ёмоқ, ола-була, олабўжи...

Қўшиқчининг саҳна кўриниши бунчалик ўзгариб кетишига нима сабаб бўлди экан-а? Уларнинг бундай кийиниши замонавийлик белгисими, энди...?

Ustoz
02.07.2013, 10:10
Олдинлари қўшиқчилар кастюм-шим, галстукларда чиқишар эди...
Ҳозиргилари эса, йиртиқ-ёмоқ, ола-була, олабўжи...
Qoshig`i ham kiyimiga mos-da:
Go`zal bo`lish ham bir san`at,
San`atingga men fanat ...

Shokir Dolimov
02.12.2017, 11:26
«Мени ўп»га ўхшаган ҳар хил бемаъни, бетаъсир «қўшиқ»ларнинг олдида мана бу қўшиқ ўлса ўлиги ортиқдир:

Кўнгилга сиғмас қилни мен қирққа ёргим келар,
Қалдирғич қанотида ёнингга боргим келар,
Йиллар мени етаклар, боролмасман ёнингга
Жонимни қўшиб қўйди гулим сенинг ёнингга.

https://www.facebook.com/Hotira.studio/videos/1622894781106800/