PDA

Просмотр полной версии : Iskandarim bilan tabriklang!!!


Pfefferminze
09.08.2011, 19:11
Bir olam ish, bir dunyo taassurot...Mehribonlik uyidan og'il bola, ellik birinchi bolani oldik. Dadam ismini Iskandar deb qo'ydilar. 50 ta bolalari bor Dadamning 18 yildan beri...bugun saflariga 51 qo'shildi, ulardan farqli o'laroq, u uyimizda istiqomat qilib turadi. Hozircha menikida. Bir kunda erka, injiq, qizdan, mas'uliyatni o'z zimmmasiga olgan Oyiga aylandim. Avvaliga Ra'no opa deb chaqirsa kerak desam, bemalol, ketimdan Oyi ,Oyi deb yuribdi qarasam...yuragim shuuuv etdi...G'alati bo'lar ekan odam...batafsilroq keyin yozaman...Iskandarning ovqatini beirhs kerak...:-))

Mehribonlik uyida saqlanayotgan bolalarni yashash turar joyini, tarbiyasini, kiyim-kechagini qoyil maqom qilgan davlatimizga rahmat!!! Shunday yurtning farzandi ekanidan g'ururlandim yana bir!!!

R

Nigora Umarova
10.08.2011, 09:22
...G'alati bo'lar ekan odam...batafsilroq keyin yozaman...

Mehribonlik uyida saqlanayotgan bolalarni yashash turar joyini, tarbiyasini, kiyim-kechagini qoyil maqom qilgan davlatimizga rahmat!!! Shunday yurtning farzandi ekanidan g'ururlandim yana bir!!!

R

Tabriklayman. Ilohim, har taraflama yetuk qilib tarbiyalashingizga va jmiyatda Iskandar o'z o'rnini topishiga O'zi madadkor bo'lsin.

Har safar ko'nglim odamlardan charchaganida 21-mehribonlik uyiga boraman. Bolajonlar bilan suhbatlashib ularga ham mehr berib, ham mehr olib ruhan yengil tortib qaytaman.

Eh, ularning mehrga tashna mungli ko'zlari... Qaysi ota-ona ko'zi qiyib bu norasidalarni shu yerga tashlab ketdi ekan-a... Biroq ota-onalari tashlab ketgan bo'lishiga qaramay bolajonlar o'z ota-onasini yomon ko'rmaydi. "Mening oyim,- yoki -mening adajonim bor" deya ko'zlarini muruvvat uyining darvozasiga tikib turishadi.

Ulugbeck
10.08.2011, 09:45
50 ta bolalari bor Dadamning 18 yildan beri...bugun saflariga 51 qo'shildi,
ростдан 50 та болани тарбияга олганларми? унда жаннатдан жой банд экан худо хохласа.

OmoN
10.08.2011, 10:31
Qaysi ota-ona ko'zi qiyib bu norasidalarni shu yerga tashlab ketdi ekan-a...Бунақа ота-оналарни мустақиллик майдонидаги аркага(турналар турган жойга) осиш керак.

Gulchehra Ibragimova
10.08.2011, 11:34
Avvaliga Ra'no opa deb chaqirsa kerak desam, bemalol, ketimdan Oyi ,Oyi deb yuribdi qarasam...yuragim shuuuv etdi...G'alati bo'lar ekan odam...



Раъно аввало табриклайман! Содиқ ва солиҳ фарзанд бўлиб етишсин илоҳа! Фазлу камолини кўриш насибу рўз айласин!
Дадангизга ҳам Аллоҳ кетмас давлат, куч-қувват ато этсин!

..Юрагингиз ""ойи" деган сўздан алланечук бир ширин ҳисни туйган бўлса керак?! Ҳа, албатта, бу бахт..Яъни ОЙИ бўлиш бахт. Бу неъмат ҳаммага ҳам насиб этавермайди, ҳамма ҳам буни англаб етавермайди..

Болалар шунчалик беғубор хилқат-ки! Гўдагингизни бағрингизга бир босинг-да...ҳамма-ҳамма нарсани унутасиз..Улардан жаннатнинг ҳиди келади.жамбилу райҳонларнинг ифори таралади..

Боласини кўчада қолдирган ношудлар бу бахтни оёқости қилган нонкўр, Худо уриб қўйган Худо бехабар гунохкор бандалардир..


Бунақа ота-оналарни мустақиллик майдонидаги аркага(турналар турган жойга) осиш керак.

Оҳо, унда бу каби манфур кимсаларнинг жасадлари жуда табарруклашиб кетмайдимикин Омон ака?! ..

Бошқачароқ жазо чорасини топиш керагов..

Nigora Jumaeva
10.08.2011, 15:48
Раъно опа табриклайман!

Фарзандингиз ўзларингизга ўхшаган яхши инсон бўлсин. Тарбия қилишдек машшақатли вазифани бажаришингизда Оллоҳ ўзи мададкор бўлсин!
Гулчеҳра опа айтганидек, “Гўдагингизни бағрингизга бир босинг-да...ҳамма-ҳамма нарсани унутасиз..Улардан жаннатнинг ҳиди келади.жамбилу райҳонларнинг ифори таралади..” Бу меҳрни ҳеч нарса тенглаштириб бўлмайди.
Болаларни меҳрибонлик уйларида қолдирадиган инсонларда юракнинг ўрнига бир парча гўшт жойлашган бўлса керак.

OmoN
10.08.2011, 16:13
Оҳо, унда бу каби манфур кимсаларнинг жасадлари жуда табарруклашиб кетмайдимикин Омон ака?! ..
Бошқачароқ жазо чорасини топиш керагов..Табаррук жасадлар тинчгина тупроққа қўйилади. Мен бошқа нарсадан хавотирдаман. Жой етармикан? Ё яна бир нечта арка қуриш керакмикан?

Husen
10.08.2011, 16:35
Ҳамма Pfefferminze хонимни қутлаётган бир пайтда гапнинг дангалини айтсам, мени кўпроқ 50 та боласи бор Дада қизиқтиряпти! Мумкинми у зот ҳақида кўпроқ ва хўброқ маълумот қолдириш?
18 йилда 51 нафар, соддароқ қилиб айтганда 1 йилда ўртача 3 нафар, э бор-э, яна ҳам соддалаштирсам ҳар 4 ойда 1 нафар бола боқиб олаётган Инсон ким ўзи? Яқиндан танишишнинг имкони борми?

Ulugbeck
10.08.2011, 18:24
гапнинг дангалини айтсам, мени кўпроқ 50 та боласи бор Дада қизиқтиряпти
Журналистларда "бет" йукда :)) бошкалар андиша килиб турганда, дангал сурайди куяди :))

50 ta bolalari bor Dadamning 18 yildan beri...bugun saflariga 51 qo'shildi
тахминимча, Раъно опани дадалари "Мехрибонлик уйи"да ишласалар керак, шунинг учун багрикенглик килиб шунча болани уз фарзандлигига олиб, фамилиясини бериб, тарбиясига кузкулок булиб турганлар шекилли.

ulardan farqli o'laroq, u uyimizda istiqomat qilib turadi
Искандарни булса оилада, уз уйларида тарбиялаш учун опкелганлар менимча.

Раъно опа, хато тахмин килган булсам узр, узбекчиликда энди, кизикамизда J

Pfefferminze
11.08.2011, 18:51
Ҳамма Pfefferminze хонимни қутлаётган бир пайтда гапнинг дангалини айтсам, мени кўпроқ 50 та боласи бор Дада қизиқтиряпти! Мумкинми у зот ҳақида кўпроқ ва хўброқ маълумот қолдириш?
18 йилда 51 нафар, соддароқ қилиб айтганда 1 йилда ўртача 3 нафар, э бор-э, яна ҳам соддалаштирсам ҳар 4 ойда 1 нафар бола боқиб олаётган Инсон ким ўзи? Яқиндан танишишнинг имкони борми?

nimani sanab yubordiz? yiliga emas, birdaniga bulgan...

men nima dardda sizlar nima dardda....

Pfefferminze
11.08.2011, 19:05
Gulchehra opa, Siz, ona, sizga aytish oson...men shokka tushib utiribman....o'ylab kuring, birdaniga kechasi yoningizda, bola uyg'onib, Oyi Oyi desa...yoki sahar turib, chopib yonziga kelsa-da, Sizning esa hayoingizda ham yo'q, u bulsa, birdaniga quchoqlab olsa, Oyi, yaxshi yotib turdingizmi, assalomu alaykum desa, yoki har utirib turganida Oyi rahmat, desa...bir kunda oyiga aylandim qiz bola boshim bilan..men shokda...og'ir kechayapti hammasi...
Dadam bilan kelishdim bola a'lo tarbiyanlanga...tarbiyasiga qaytamga men puturu yetkazishim mumkin..shu sababli, dushanba -jumagacha mehribonlik uyida qoladi, dam olish kunlari, bayram kunlari borib olib keaman...
Ona bumay turib, Onalik qilish, menga qiyin kechayapti...men unga o'qituvchi , ustozday bulib qoldim...Ona emas...ona bulish oson ekan-da...
harakat qilsam ham chiqmaydi mendan tuzuk ona..:-) HAr ertalab stadionga olib chiqamiz... 50 metrga chopolmaydi...jahl qilib yuboribman...400 metrga bugun choptiridim...shuniyam oyimi deb quydim uzimga...boladan birdaniga kup narsa talab qilib yuborayapman, shekillli....xullas, xafaman uzimdan...mayli, turay, muzqamoq olish kerak hali....

R

Pfefferminze
11.08.2011, 19:08
Ovqat berish, yuvintirish, tarash, kyintirish: bularning hammasi problema emas...asosiy muammo mehr berish ekan...Uni faqat his qilish kerak ekan....

lekin, qoyil, bola a'lo tarbiyanlgan...judayam....unga qrab uzimni tarbiyamga qaradim...ancha menikida darz ketganligiga amin buldim. :-) tarbiyasizman uning oldida..yosh bola mendan kura aqlli, tarbiyaliroq...:-) buni tan olaman...:-)

R

Gulchehra Ibragimova
12.08.2011, 10:40
dushanba -jumagacha mehribonlik uyida qoladi, dam olish kunlari, bayram kunlari borib olib keaman...

R

Эй, Раъно, нималар деяпсиз? Шунча табрикларимизни қайтариб оламиз, унда! Нимага биздан суюнчи олдингиз-ў, ..http://uforum.uz/images/icons/icon9.gifhttp://uforum.uz/images/icons/icon7.gif

"Мустақиллик аркаси" билан Сизниям қўрқитишга тўғри келяпти..чамамда http://uforum.uz/images/icons/icon7.gifhttp://uforum.uz/images/icons/icon7.gifhttp://uforum.uz/images/icons/icon10.gif


Ona bumay turib, Onalik qilish, menga qiyin kechayapti...men unga o'qituvchi , ustozday bulib qoldim...O
R

Яхши-ку, ҳақиқий она бўлгунинигизча тажрибангиз ортади..

Ёки рўзадан кейин..тўйни бошлаш керак.. "Қизлар давраси"даги гаплар эсингиздами? http://uforum.uz/images/icons/icon7.gif ..

OmoN
12.08.2011, 11:00
HAr ertalab stadionga olib chiqamiz... 50 metrga chopolmaydi...jahl qilib yuboribman...400 metrga bugun choptiridim...Биратўла марш бросокка олиб чиқа қомапсиз :)

Pfefferminze
12.08.2011, 19:00
voy, voy...:-) qizlar davrasida nima dedim, Gulchehra opa??? :-)) har holdan mendan demadim...:-) yonizdagi 2 tasini jo'nating avval! ana Sizga. :-))))

Jiddiy yozsam, yo'q, men chuqur tahlil qildim...birovni taqdiri bilan o'ynashib bulmaydi...men to'g'ri qaror qildim...chunki, tarbiasyi a'lo, uni o'sha yerda ko'pni ko'rgan oqila ayollar tarbiyalaypti...!!! oqila!!!! bizning uyda uni erkalatib yuborishadi, bor tarbiyani yoqotib yuborishadi. bunga ko'zim shundoq yetib turibdi...bobo-buvilar hech qachon ota-ona tarbiyasini berolmaydi, ular haddan tashqari erkalatib yuborishadi...
meni esa safarim bor...shu uchun dam olish kunlari, bayram oldi olib kelib tursam hozircha yaxshi, chunki har holda oilasi borligini, u endi yolg'iz emasiligni his qilidirib qo'yish ham yaxshi..u shuni his qildi, shunisi menga kifoya....katta bulganida Xudo xohlasa, to'yini qilib bersam, sovchi deganalriday....boshini 2 ta qilib qo'ysam ham men rozi shundan...
Ona bo'l'may turib Onalik qilish qiyin ekan...ko'p narsani talab qilib yuborib, qaytamga dilini og'ritib qo'yishdan juda qattiq cho'chidim...aytgancha, hali to'liq tasarrufimizga o'tmagan , rasmiyatchilik ishlari bir talay ekan...o'zi ham biladi...hali -beri bizniki emasligini...

men nega bu yerda bu haqida yozdim, demoqchimanki, insonning qilgan yaxshi ishlari, amali, hayru-saxovati, oilasiga qilgan yaxshiligi, ota-onasiga qilgan yaxshiligi, olgan ilmi-bilimi, hamma-hammasi bir tomon ekan tarozining bir yengil pallasiga kelar ekan(chepuxa ekan), ammo bir norasida yakkani olib tarbiya qilish, tarozining eng og'ir pallasiga to'g'ri kelar ekan...men 4 kundan beri buning shohidi buldim...uzimni odam deb yurgan ekanman, aslida esa shuncha qilgan ishlarim buning oldida bir tiyin ekan...eng qiyin, mashaqqat ish shu ekan...buni his qilish kerak, his qilish uchun bola olib kurish kerak ekan...bu biz tasavvur qilganimzcha emas ekan, umuman...boshqa narsa ekan...men ko'rpani ichiga kirib, yostiqqa yuzimin qo'yib yum-yum yig'ladim oxiri...inson shunchalik hayvon sifat, nafsga berilgan uzini uylaydigan bir mavjudot ekan deb...shuncha ne'matlarga, nafsga ega bulib, nafs quli bulib, ko'kragimizga urib yurar ekanmiz, aslida hammasi bir tiyin ekan bir yetimni boshini silashda....
joyimda yig'lab yotsam, Iskandar sekin oyog'imni uchiga kelib o'tiribdi ekan qarasam...jim utirgan ekan oyi deb....battar ezilib kettim....
Demoqchimanki, hali savobni S harifida ham yurmagan ekanmiz/ekanman....

bor gap shu....

R

Kavsar
13.08.2011, 11:18
Ra'no opa, Alloh rozi bo'lsin sizdan. Xudo xohlasa bolaga eng mehribon va yoqimli tarbiyachi bo'lasiz, muhimi bolaning ko'ngli. Xayrli amallaringiz qabul bo'lsin! :)

Pfefferminze
13.08.2011, 17:51
Iskandarning qilgan xatti-harakatlari menimcha, bir umr yodimdan chiqmaydi...Mehrni u bizdan ko'radi, desam, mehrni menga ko'rsatdi....Birchinchi kun. Uyga kirishdan oldin, avval bozorga, kirdik. Mevani yuvib bersam, shaftoli edi, danagini yerga qayerga tashlashini bilamy. Oyi, bu yerda axlat tashlaydigan joy qani desa bo'ladimi...shunday qarab qolibmna, uning farosatiga....ber, uzim uyga borganda chelakka tashlayman dedim...kichkina oraliqdan o'tayotganimda...qo'lizni menga bering Oyi, ushlab olay, yo'qsa, oraliqda qolib ketasizmish...:-) voy, deb qolibman....aha, xo'p deb....uyga kiridk, ovqatini berdim, sal turib boshqa ovqatga urunishi boshladim...piyoz ko'zingizni achishtirmaydimi Oyi, ko'zingizni yumib oling,-deydi...dasturxonni bezatdim...ovqatga, dasturxondagi narsalarga qarab, Oyi Siz ham oling, Dada oling deb bizga mulozamat ko'rsatayapti...Dadam menga men dadamga qarab quydim...ovqatini yeb bulsa, Oyi ishdlarni yuvib quyaymi...Oyi rossa charchadingizda..deb xijolat chekadi....kir yuvsam, oyi suvlarni to'kib quyaymi, Oyi qiynalmaysimi, deb quyadi....
Savollar girdobida qoldim...kim-kimga mehr ko'rsatayapti o'zi deb......

R

Pfefferminze
13.08.2011, 18:12
Iskandar:

-Oyi sizni yaxshi ko'raman...

men:

-rostan a? nega? kulib yubirdim...

Iskandar:

-chunki, menga Qur'onni o'rgatdingiz...

Kalimasini urgatganimga minnador buldi...bir ajoyib bola...

Pfefferminze
16.08.2011, 12:05
HAr ertalab stadionga olib chiqamiz... 50 metrga chopolmaydi...jahl qilib yuboribman...400 metrga bugun choptiridim...Биратўла марш бросокка олиб чиқа қомапсиз :)

Koptok olib berdim, birga chiqdik magazinga...sportning qaysi turini ma'qul ko'rishini so'rasam, futbol dedi..penaltini yotriaman dedi...xo'p dedim..stadionga olib chiqdim, birga penalty tepishga...:-) keyin bildim nega penalty tepishni yaxshi ko'rar ekan, sababi 50 mertgacha chopolmas ekan... penaltydan oldin yugurish kerak deb yugurtirdim...

мафтун
26.09.2011, 23:07
ketimdan Oyi ,Oyi deb yuribdi qarasam...yuragim shuuuv etdi...G'alati bo'lar ekan odam...
Яхши киз, Постингизни укиб, шокка тушдим. хайратимнинг чек-чегараси йук. мен хам болаларни жудаям яхши кураман. узимнинг 4 нафар фарзандим бор. Сизга, отангизга тасанно. Искандар калай энди? Яхши юрибдими? Анчадан буён юфорумдан кунлим совиб, киргим келмай юргандим. бугун, тушунтириш осонмас, чарчокларим ёзилиб, узбеклигимдан яна бир карра гурурландим. Яхши хабар учун сизга чексиз ташаккур.
(Мабодо тасаввурларимни бузадиган хабар булса, илтимос. ёзманг.)

Pfefferminze
27.09.2011, 13:46
(Мабодо тасаввурларимни бузадиган хабар булса, илтимос. ёзманг.)


:-))) so'rab qo'yganiz uchun katta rahmat....hammasi yaxshi....tasavvurni buzadigan xabar yo'q. :-))))


hurmat bn


R

Bahrom
30.09.2011, 11:43
Juda bir erkalatmasdan tarbiylasangiz hammasi zo'r bo'ladim u sizni oyi deb bo'libdi:)

Pfefferminze
30.09.2011, 12:59
Juda bir erkalatmasdan tarbiylasangiz hammasi zo'r bo'ladim u sizni oyi deb bo'libdi:)

"Bizni uyga kiring, bizniki chiroyli uy",- deganlarida, payg'ambarimiz aytgan ekanlar: " Yetimi bor uy chiroyli"-, deb....


R

Hero
07.10.2011, 08:47
ketimdan Oyi ,Oyi deb yuribdi qarasam...yuragim shuuuv etdi...G'alati bo'lar ekan odam...


Ra'no opa tabriklayman. Albatta qachondir Iskandar ulg'ayib katta bo'lganda manu shu gaplarizni eslab quvonchizni yana ortib ketadi