PDA

Просмотр полной версии : Рейтинг - баҳолаш тизими ҳақида

Maulen
09.04.2011, 12:48
Nigoraxon REYTING haqida ham fikrlashsak

Nigora Umarova
09.04.2011, 12:54
Nigoraxon REYTING haqida ham fikrlashsak

Litseyda "5 baholik" reyting tizimi asosida baholab boramiz. Yarim yillik oxirida o'rtacha joriy, o'rtacha oraliq, yakuniy nazorat va ijodiy ishlarning bahosini inobatga olgan holda yakuniy baho chiqaramiz.

Fayzbek
09.04.2011, 14:19
Assalomu alaykum...
...REYTING haqida ham fikrlashsak.
Baholashni reyting sistemasini analiz qilishdan oldin baholashni o'zi haqida so'z yuritsak:
BAHOLASH-ta'lim jarayonining ma'lum bir bosqichida o'quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o'lchash, natijalarini aniqlashdan va taxlil qilishdan iboratdir.
Bundan ko'rinib turibdiki baholash uchun dars maqsadi aniq bo'lishi kerak ekan.
Demak, bizdachi? O'qiruvchilarimiz kunlik ish rejani xo'jako'rsinga yozadi, maqsad aniq emas yoki be'ega, darsda qilinadigan ishlar faqatgina yuzaki vaqtlarga ajratilgan va bunga hech kim amal qilmaydi. Jurnalga esa ba'ho qo'yadi. U bahoni qandy qoydi degan savol tug'ilishi tabiiy, ha to'g'ri reja bo'lmasa, maqsad bo'lmasa, qanday baho qo'yiladi?
Demak biz oldin o'qituvchilarimizni tarbiyalashimiz kerak va keyin bu o'qituvchilar o'quvchilarni tarbiyalaydi.

Maulen
11.04.2011, 13:44
Nigoraxon REYTING haqida ham fikrlashsak

Litseyda "5 baholik" reyting tizimi asosida baholab boramiz. Yarim yillik oxirida o'rtacha joriy, o'rtacha oraliq, yakuniy nazorat va ijodiy ishlarning bahosini inobatga olgan holda yakuniy baho chiqaramiz.
Men maktab reytingi haqida fikrlashmoqchi edim.2010-2011 o'quv yilidan yangi tizimga o'tilgan edi.Shu sababdan maktab o'qituvchilari qanday amalda ish ko'rishayapti degan maqsadda fikringizni bilmoqchi edim.

Maulen
11.04.2011, 13:50
Baholashni reyting sistemasini analiz qilishdan oldin baholashni o'zi haqida so'z yuritsak:
BAHOLASH-ta'lim jarayonining ma'lum bir bosqichida o'quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o'lchash, natijalarini aniqlashdan va taxlil qilishdan iboratdir.
Bundan ko'rinib turibdiki baholash uchun dars maqsadi aniq bo'lishi kerak ekan.
Demak, bizdachi? O'qiruvchilarimiz kunlik ish rejani xo'jako'rsinga yozadi, maqsad aniq emas yoki be'ega, darsda qilinadigan ishlar faqatgina yuzaki vaqtlarga ajratilgan va bunga hech kim amal qilmaydi. Jurnalga esa ba'ho qo'yadi. U bahoni qandy qoydi degan savol tug'ilishi tabiiy, ha to'g'ri reja bo'lmasa, maqsad bo'lmasa, qanday baho qo'yiladi?
Demak biz oldin o'qituvchilarimizni tarbiyalashimiz kerak va keyin bu o'qituvchilar o'quvchilarni tarbiyalaydi.
Meni kechirasizu siz XALQ Ta'limi vazirligi tomonidan chiqazilgan qonun qoidalardan bexabarsizmi yoki siz keltirgan fikrlarni oldiniga o'zingizdan boshlash kerakmi deb o'ylab qoldim.

Nigora Umarova
11.04.2011, 14:21
Men maktab reytingi haqida fikrlashmoqchi edim.2010-2011 o'quv yilidan yangi tizimga o'tilgan edi.Shu sababdan maktab o'qituvchilari qanday amalda ish ko'rishayapti degan maqsadda fikringizni bilmoqchi edim.

Bu haqida maktabda faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar fikr bildirishsa ma'qulroq bo'lardi. Men akademik-litseyda, fayzbek, bilishimcha Oliy Ta'lim sohasida faoliyat olib boradilar.

Maulen
11.04.2011, 15:03

Nega Xalq ta'limi xodimlari masalan har oy oxirgi payshanba kunlari FORUMchilar bilan uchrashuv tashkillashtirmaydi.Agar uchrashuv vaqti oldindan ma'lum qilinsa barcha fidoiy o'qituvchilar qatnashishi turgan gap.

Fayzbek
11.04.2011, 23:13
Meni kechirasizu siz XALQ Ta'limi vazirligi tomonidan chiqazilgan qonun qoidalardan bexabarsizmi yoki siz keltirgan fikrlarni oldiniga o'zingizdan boshlash kerakmi deb o'ylab qoldim.
Сизни билмадиму, мен камчиликни ўз номи бн камчилик деб атайман.
Таълим соҳамиз ислоҳатларни талаб қилмоқда. Шунинг учун хам баҳолашнинг бир конкрет шакли ҳали ишлаб чиқилмаган. Ҳар ҳил усуллардан фойдаланиляпти, ҳар бирининг ўзига яраша камчилиги бор. Булар ҳақида кейинроқ айтиб ўтаман.

Maulen
16.04.2011, 13:58

Мен хам фикрлар хилма хиллигини куллаб куватлайман факат бу фикларнинг барчасидан хулоса чиказиш тугри булур.Яна шу нарсани хам этибордан колдирмаслик даркор ДАВЛАТ КОНУНЧИЛИГИ ва ДАВЛАТ ТАЪЛИМ СТАНДАРТИ буларсиз иш куриш хам мумкин эмас.Агар сиз хам уз фикрингизни уртага ташласангиз балким инобатга олишар.Сизга уз фикримни келтирдим халос.Мен хам юкори ташкилотларга фикрларимни билдирмокдаман РЕЙТИНГ тугрисида.