Nigora Umarova
01.04.2011, 18:28
"Xabar" gazetasining bugungi 1-aprel sonida ushbu maqola berilibdi. Bu borada fikr-mulohazalashsak:
Ta'lim va AKT
Maktablarimizda foliyat ko‘rsatayotgan 423 574 nafar o‘qituvchining barchasi 2011 yil yakuniga qadar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganadi.
2010 yilning 17 dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yurtboshimiz Islom Karimov o‘qituvchilarni darslarga tayyorgarlik ko‘rishda internetdan faolroq foydalanishga va olingan bilimlarni yoshlarga yetkazishga chaqirgandi: “Buyuk Britaniyada, Amerikada nimalar bo‘lyapti, Germaniyada nima yangiliklar bor, qaysi jurnalda sizni qiziqtiradigan ma'lumot paydo bo‘ldi? Bu ma'lumotlarni topib, so‘ng tayyorlanish kerak, ularni bolalar bilan baham ko‘rish, shu mavzuda suhbatlar o‘tkazish kerak... Ochiq va xolis aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda talabalar kompyuterda ishlashni o‘qituvchilardan ko‘ra ancha yaxshi biladi. O‘qituvchilarning obro‘sini oshirish uchun bu masala ustida doimiy ish olib borish lozim”.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Prezidentimizning yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqib, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarini yanada rivojlantirish, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida keng ko‘lamli ishga qo‘l urdi. 2011 yilning oxiriga qadar respublikamiz maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan 423 574 nafar o‘qituvchining barchasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘z malakalarini mustahkamlaydilar.
Darhaqiqat, bugungi kunda kompyuter va internet hayotimizga shu darajada kirib kelmoqdaki, undan hatto o‘rta maktablarning kichik sinf o‘quvchilari ham foydalana olish imkoniga egalar. Bolalardagi bu qiziqish faqatgina kompyuter o‘yinlari bilan bog‘liq emas, o‘quvchilar uchun internet ta'lim jarayonida ajoyib ko‘makchiga aylanadi. Bilimni buloqqa qiyoslaydilar. U inson tafakkuri chanqog‘ini qondiradi. Faqat maktab darsliklari bilan cheklanmagan bilimga chanqoq yoshlar internet orqali qo‘shimcha darsliklar va adabiyotlar, ijodiy ishlar, eng so‘nggi ma'lumotlar bilan tanishishlari mumkin. Hozirgi kunda o‘quvchi va talabalarning internetdan tayyor referatlarni ko‘chirib olib, o‘z nomidan foydalanayotganliklari ham bor gap. Ammo vaziyatni o‘nglash o‘qituvchi va murabbiylar izmida. O‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘nalish berilsa, internetdan ko‘chirib olingan referatlar ijodiy ish emas, shunchaki namuna vazifasini o‘taydi, xolos. Mustaqil ravishda qidirib topgan manba va ma'lumotlardan o‘z izlanishlarida unumli foydalana olayotgan o‘quvchilar harakatidan esa faqatgina quvonmoq kerak. Shunday muhitni hosil qilish uchun esa o‘qituvchilar ham kompyuter va internetdan yaxshi xabardor bo‘lishlari, uning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishlari lozim.
Respublikamizda aprel oyidan boshlab tashkil etiladigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka oshirish kurslari maktab o‘qituvchilarining ishdan ajralmagan va dars mashg‘ulotlariga salbiy ta'sir ko‘rsatmagan holda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar tartibi o‘ziga xos zanjir tarzida bo‘ladi.
Malaka oshirish kurslari har bir viloyat, har bir shahar va tumandagi belgilangan talablarga javob beradigan va tegishli sharoitga ega bo‘lgan 2467ta tayanch maktablarida tashkil etiladi. Ya'ni, malaka oshirish uchun tanlab olingan tayanch maktablari zamonaviy kompyuterlar va uning qurilmalari (videoproyektor va hokazo) hamda internet bilan ta'minlangan bo‘lishi lozim.
Ma'lumki, respublikamiz maktablari bosqichma-bosqich “ZiyoNET” tarmog‘iga ulanmoqda.
Tayanch maktablarda malaka oshirish kurslari 2011 yil aprel-dekabr oylari davomida tashkil qilinib, kurslarga umumiy o‘rta ta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha fan o‘qituvchilari, maktab ma'muriyati jalb qilinadi.
1-bosqich: O‘qituvchi-trenerlar tayyorlash.
24-25 mart kunlari Respublika ta'lim markazida Xalq ta'limi vazirligining ta'lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi, Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi, “ZiyoNET” Resurs markazining XTV huzuridagi bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalarining 28 nafar mutaxassisi, hududlardagi Koreya Respublikasi EKSIM banki ishtirokida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Koreya Respublikasida malaka oshirishda bo‘lgan 28 nafar mutaxassisning o‘quvi tashkil etildi.
Ikki kunlik treningda ishtirokchilar kelgusida joylarda o‘quvlarni tashkil etish, o‘qitiladigan mavzular, tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashdilar. O‘z navbatida, ushbu mutaxassislar malaka oshirish institutlarida o‘tadigan o‘quvlarda o‘qituvchi-trenerlik qilishlari belgilandi. Ya'ni, 2011 yilning 28 martidan 2 apreligacha har bir viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga biriktirilgan to‘rt nafardan mutaxassis joylardagi o‘quvlarda trenerlik qiladilar. Ushbu o‘quvlarda tayanch maktablarga biriktirilgan 2467 nafar tajribali informatika fani o‘qituvchilari 6 kun davomida guruhlarga bo‘lingan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka oshiradilar. Aynan ular joylarda tashkil etilgan 2467ta tayanch maktablarida o‘qituvchi-trenerlik qiladilar.
Ushbu tayyorlangan trenerlar orasidan har bir tuman (shahar) uchun bir nafardan jami 194 nafar eng faollari saralab olinadi. Ular keyinchalik o‘zlarining tuman va shaharlaridagi tayanch maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarida xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga ko‘maklashadi.
2-bosqich: Tayanch maktablardagi o‘quv jarayoni.
2011 yilning 4 aprelidan boshlab tayanch maktablarida shu maktabga biriktirilgan maktablar o‘qituvchilari uchun tasdiqlangan reja asosida ikki haftalik malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi. Har bir kursga mazkur tayanch maktabdagi hamda unga yaqin joylashgan maktablardagi 20-25 nafardan o‘qituvchilar reja-jadval bo‘yicha jalb etiladi. Kurslar tayanch maktabdagi va boshqa maktablardagi dars jarayoniga xalaqit bermagan holda tashkil qilinadi. Demakki, tayanch maktablariga biriktirilgan trener-o‘qituvchilar vazifasi ikki barobarga ortadi. Ularning qo‘shimcha mehnatlari o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarda Direktor jamg‘armasidan va boshqa manbalardan rag‘batlantirilishi oldindan belgilab qo‘yilgan.
Yana bir muhim jihat: 9-sinf rahbarlari bitiruvchilarni ta'limning keyingi bosqichiga jalb etishi bilan bog‘liq masalalar to‘liq hal etilgach, ya'ni avgust oyidan so‘ng o‘quv kurslariga jalb etiladi.
3-bosqich: O‘quv jarayonini amalga oshirish.
Tayanch maktabiga yaqin joylashgan maktablarning direktorlari o‘z maktablaridagi malaka oshirishi lozim bo‘lgan o‘qituvchilar to‘g‘risida ma'lumotlarni tayanch maktabiga buyurtma sifatida taqdim etadi...
Lutfillo TURSUNOV
(Maqolaning davomini www.xabar.uz (http://xabar.uz/uz/news/technology/364/) saytidan o'qishingiz mumkin.)