PDA

Просмотр полной версии : [Вопрос] Betaraf va ratsional tanqid: u qanday bo'ladi?


Abdulaziz Muhammad
16.11.2010, 19:09
Bugungi kunda axborot rang barangligi shunaqangi darajada kengayganki, haqiqatni ajratib olish mushkullashib qolgan. Har kim o'zining bilimi, kuzatuvchanligi, analiz qila olish kabi qobiliyatlari darajasiga tayanib u yoki bu axborotni haqiqat deb qabul qiladi, va uning yolg'onga nisbatan darajasini belgilaydi. Albatta, bu asl haqiqatmi yoki yo'qmi - bu boshqa aloxida savol.

Axborotni betaraf, ob'yektiv (har tomonlama xisobga olishlik) nuqtai nazardan kuzatib unga ratsional tanqid bilan yondoshish haqiqatga yaqinlik darajasini va uni yolg'ondan ajrata olishlik sifatini oshiradi.

Aytingchi, bunday yondoshish uchun insoniyat nimalarga ahamiyat bermog'i va nimalarni bilmog'i, o'rganmog'i lozim?

Kavsar
18.11.2010, 21:38
Aytingchi, bunday yondoshish uchun insoniyat nimalarga ahamiyat bermog'i va nimalarni bilmog'i, o'rganmog'i lozim?

Ojiz fikrimcha, har qanday axborotni diqqat bilan kuzatish kerak dastlab. Tanqidga shoshilishdan oldin o'sha axborot yetkazuvchining o'rniga o'zini qo'yib ko'rish, axborotda yashiringan nuqtani (maqsad) topish, uni his qila olish kerak bo'ladi. Keyin mantiqqa to'g'ri kelmaydigan o'rinlar taroziga tortilib, tanqid chig'irig'idan o'tkaziladi. O'shanda yaxshisi yaxshiga, botili, botil tomonga o'tib qoladi. O'sha axborotning qanchalik chin yoki yolg'onligini o'lchab olsa bo'ladi. Umuman, har qanday informatsiya bu - haqiqat degani emas hali. O'sha informatsiya insonning haqiqatiga aylanishi uchun, shaxs bu xabarni sinovlardan o'tkazishi va real deb tan olishi kerak. Xalq og'zaki ijodida maqollar haqiqat mavzusiga yaqinroq turadi menimcha, chunki ular xalqning turmush tarzidagi tajribalaridan ko'p marta o'tib sinalgan va u maqol bo'lib, xalqning haqiqatiga aylangan nazarimda. Shu sabab oddiy so'z ba'zan kishiga uncha ta'sir qilmasa-da, bitta maqol bilan odamning hayotini butunlay o'zgartirib yuborish, unga ta'sir o'tkazish mumkinligi fanda isbotlangan..
Bilasizmi, har bir narsaga tanqid bilan qarash har doim ham biz kutgan samarani bermaydi. Tanqid kelajak mevasi deyilgan bo'lsa-da, inson ko'pincha muvaffaqiyatlarga tafakkur bilan erishadi. Bir masala ustida ko'proq izlanish yoki yechimini topishga intilish tajribani oshirsa kerak. Va aynan o'sha tajriba deylik, yot va ezgulik niqobiga o'ralgan botil fikrlarni ochishimizda bizga foydasi tegishi mumkin.

Abdulaziz Muhammad
20.11.2010, 03:15
Aytingchi, bunday yondoshish uchun insoniyat nimalarga ahamiyat bermog'i va nimalarni bilmog'i, o'rganmog'i lozim?

Ojiz fikrimcha, har qanday axborotni diqqat bilan kuzatish kerak dastlab. Tanqidga shoshilishdan oldin o'sha axborot yetkazuvchining o'rniga o'zini qo'yib ko'rish, axborotda yashiringan nuqtani (maqsad) topish, uni his qila olish kerak bo'ladi. Keyin mantiqqa to'g'ri kelmaydigan o'rinlar taroziga tortilib, tanqid chig'irig'idan o'tkaziladi. O'shanda yaxshisi yaxshiga, botili, botil tomonga o'tib qoladi. O'sha axborotning qanchalik chin yoki yolg'onligini o'lchab olsa bo'ladi.
Umuman, har qanday informatsiya bu - haqiqat degani emas hali. O'sha informatsiya insonning haqiqatiga aylanishi uchun, shaxs bu xabarni sinovlardan o'tkazishi va real deb tan olishi kerak. Xalq og'zaki ijodida maqollar haqiqat mavzusiga yaqinroq turadi menimcha, chunki ular xalqning turmush tarzidagi tajribalaridan ko'p marta o'tib sinalgan va u maqol bo'lib, xalqning haqiqatiga aylangan nazarimda. Shu sabab oddiy so'z ba'zan kishiga uncha ta'sir qilmasa-da, bitta maqol bilan odamning hayotini butunlay o'zgartirib yuborish, unga ta'sir o'tkazish mumkinligi fanda isbotlangan..
Bilasizmi, har bir narsaga tanqid bilan qarash har doim ham biz kutgan samarani bermaydi. Tanqid kelajak mevasi deyilgan bo'lsa-da, inson ko'pincha muvaffaqiyatlarga tafakkur bilan erishadi. Bir masala ustida ko'proq izlanish yoki yechimini topishga intilish tajribani oshirsa kerak. Va aynan o'sha tajriba deylik, yot va ezgulik niqobiga o'ralgan botil fikrlarni ochishimizda bizga foydasi tegishi mumkin.

Salom Kavsar! Fikrlaringizga qo'shilaman. Tog'ri, har qanday informatsiya - haqiqat degani emas.

Demak, tanqid ko'p hollarda u yoki bu axborotni jamiyatga yetkazib beruvchi vosita (ijodkor, jurnalist) tomondan amalga oshiriladi. Jurnalist yoki ijodkor ma'lum ro'y bergan (''yoki bermagan'') voqeaga o'z prizmasi, nuqtai nazaridan, ko'p hollarda u yon bosayotgan tomonning manfaatlarini o'ylab yondoshadi, va bu voqeani yoritadi. Uning tanqidida bir tomonga og'ishni gohida sezish mumkin, gohida esa yo'q. Mahoratli jurnalist bo'lsa sezish juda qiyin.

Albatta, ko'p sezilib turadi bizning jurnalistlarimiz, qolaversa butun jamiyatimiz, ya'ni o'zimiz ''sallasini olib kel'' desa, kallasini ko'tarib kelamiz.

Axborot muxlisiga qarab har xil yoritilishi mumkin. Axborotning asosan keng ommaga qaratilgan qismi gohida barcha elementlarni o'z ichiga olmaydi. Menimcha shu sabab u gohida sohta tuyuladi. Jurnalistlar qo'lidagi bor materialdan foydalanadilar, albatta. Ammo, bor materialni ham evlab yetkazib berish yuksak mahoratni talab etadi. Mamlakatimizda ularning faoliyatini kengaytirish zamon talabi, menimcha. Bu masalaning bir tomoni.

Masalaning ikkinchi tomoni, keng qamrovli axborotlarni jamiyatimizning barcha qatlamlari (umumiy sonining kamida uchtan ikki qismi) to'gri qabul qilishga tayyormi? Ya'ni olingan axborot asosida voqeani keng qamrovli tanqid ostiga ololadimi? Menimcha yo'q. Bunday sharoit jurnalistlarimiz uchun yana bir muammoni uyg'otadi.

Albatta, halqni, ommani shu tomonga yo'naltirish uchun keng ko'lamli ishlar olib borilyapti. Nodavlat ijtimoiy tashkilotlarning faoliyati kengaytirilishi kerak. Jamiyatimizning siyosatdagi ishtirokini yanada kengaytirish kerak, menimcha. Jamiyat esa bunday masuliyatli ishni qo'liga olish uchun birdek harakat qila olishi kerak. Halq esa bo'lib o'tayotgan voqealardan tez tez xabardor bo'lishi kerak va bu voqealar keng yoritilishi kerak. Halq esa eski o'rganish, stereotiplardan o'zini halos etmog'ligi kerak. Demokratik tushunchalarni o'zida mujassam etmog'ligi kerak

Misol: halq biror mansabdor shaxsning poraxo'rligini bilib salbiy tanqid qilishi mumkin, ammo ko'p joylarda tanqid qilayotgan inson o'z ishini bitirish uchun kimgadir pul qistirganini ijobiy tanqid qilishi mukin, agar fahmlasa.

Ba'zilar, ''ha endi bermasa ish bitmaydi, hamma yoqda shu'',- deb tanqid qiladilar. Ahamiyat bersak, har doim ham ilojsizlikdan kelib chiqmaydi bunday holat.
Ba'zi joyda navbat bilan ko'riladigan sharoit bo'lsa shu inson o'zining navbatdagi o'rnini qisqartirish uchun tanish bilish, yoki qistir-qistir ishlatadi. Bu yerda albatta ikki tomon manfaatda. Ammo, uchinchi tomonchi, ya'ni navbatini to'g'ri poylab kelayotgan insonlar? Yuqoridagi aytib o'tilgan ikki tomon toifa insonlar qonunga hilof ishlarni ham amalga oshiradilar. Demak, bu yerda jamiyatning o'zi ham o'z ustida ishlashi kerak. Manfaatparastlik, urug'-aymoqchilik, poraho'rlik kabi illatlarga qarshi kurashishi kerak.

Yana, boshqa fikrlar bo'lsa, marhamat. Ularni o'rtaga tashlaylik.